M. A. Kerimovning fikricha davlat shakliga ichki va tashqi xususiyatlari nuqtai nazaridan qarash muxim axamiyat kasb etadi


Download 15.38 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi15.38 Kb.
#1762433
Bog'liq
DXN mustaqil ish KAZUS Jaynoqov Xudoshukur va Ikromov Lazizbek


M.A.Kerimovning fikricha davlat shakliga ichki va tashqi xususiyatlari nuqtai nazaridan qarash muxim axamiyat kasb etadi.
Z.X.Islomovning yondashuviga ko’ra siyosiy rejimni davlatning ichki shakli sifatida tushunish zarur boshqaruv va davlat tuzilishi shakllari majmui esa tashqi shaklni tashkil etadi.
S.A.Qomarov esa davlat shakli deganda 3 tarkibiy qism-boshqaruv shakli, tuzilish shakli va siyosiy idora usuli birgalikda olingan siyosiy hokimyat tashkiloti tushunilishini bildirib o’tgan.
Davlat tuzulish shaklini olimlarning fikrlari bilan taxlil eting. Fikringizni amaliy misollar bilan asoslang.

Javob
Davlat shakli- bu o’z ichiga davlat boshqaruvi,tuzilishi va siyosiy rejimni qamrab oluvchi siyosiy hokimyatni tashkil etish usullari yig’indisidir. Davlat shaklining tarkibiy elementlari


- boshqaruv shakli, ya’ni davlat hokimyati va boshqaruvni tuzish hamda tashkil etishning muayyan tartibi ;
- tuzilish shakli ya’ni davlatning hududiy tuzilish shakli markaziy va mahalliy hokimyatlar o’rtasidagi munosabatlar;
- siyosiy rejim ya’ni siyosiy hokimyatni amalga oshirish usul va uslublari.
Manba: O’zbekiston yuridik ensiklapedyasi
Z.X.Islomovning fikriga ko’ra davlat shakllarini 2 turga ya’ni ichki va tashqiga ajratish maqsadga muvofiq.Ichki qismiga siyosiy rejimni tashqi qismiga esa boshqaruv hamda tuzilish shaklini kiritgan.Aynan siyosiy rejimni kiritishiga asosiy sabab shundaki bilamizki davlatning suverinitetga egaligi uning tashqi ya’ni boshqaruv va tuzilish shakli orqali anglash mumkin. Masalan shimoliy Koreani olsak ularni siyosiy rejimiga nazm soladigan bo’lsak nodemakratik davlat ekanligi yaqqol ma’lum bo’ladi. Ammo tuzilish va boshqaruv shakliga keladigan bo’lsak bu davlat o’z suverenitetiga ega . Bu esa ayni o’rinda nega siyosiy rejim ichki funksiyasiga kirishini anglatadi.
‘’Davlat shakli “ tushunchasi borasida huquqshunos olimalar o’rtasida yakdil fikr mavjud emas.Masalan , bir guruh olimlar “davlat shakli “ tushunchasini “davlat tuzumi”ning sinonimi deb xisoblab unga 3 ta tarkibiy qism ya’ni boshqaruv , tuzulish hamda siyosiy rejimni kiradi deb hisoblaydilar.Bu fikr aynan S.A.Qomarovning fikrini tasdiqlayotgani Ravshan.2 chi toifa huquqshunoslar davlat shakliga davlat boshqaruvi va davlat tuzulish shakli kiradi deb hisoblashadi.
3 chi toifa huquqshunoslar esa davlat shaklini- faqat davlat hokimyatining tuzulish shakli kiradi deb hisoblaydilar.Bu borada A.M.Axmedshayeva ham o’z fikrini ilgari surganlar ya’ni ular davlat shakli deganda 3 ta qism ya’ni davlatning boshqaruv, tuzulish hamda siyosiy rejimini tushunish maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar huddi S.A.Qomarov kabi .
MANBA: A.M.Axmedshayeva tomonidan nashr etilgan Davlat va huquq nazaryasi darsligi 65-bet
Biz bu ma’lumotlarga asoslangan holda davlat shakli deganda 3 ta tarkibiy qism ya’ni boshqaruv , tuzulish va siyosiy rejimini tushunishimiz maqsadga muvofiq bo’ladi deb hisoblaymiz hamda S.A.Qomarovning ilmiy qarashlariga qo’shilamiz.
Download 15.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling