М аъ л у м отн о м а саттарова Мухаббат Мухторовна


Baholash: Rag‘batlantirish, 5 balli tizim asosida baholash


Download 406.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana15.11.2017
Hajmi406.16 Kb.
#20199
1   2   3   4   5

Baholash: Rag‘batlantirish, 5 balli tizim asosida baholash. 

Kutiladigan 

natijalar 

O‘qituvchi:  mavzu  qisqa  vaqt  ichida  barcha  o‘quvchilar 

tomonidan  o‘zlashtiriladi.  O‘quvchilarning  faolligi  oshadi. 

O‘quvchilarda 

darsga 

nisbatan 



qiziqish 

uyg‘onadi. 

Mavzuda  o‘quvchilar  egallashi  lozim  bo‘lgan  bilim, 

ko‘nikma va malakalardan kelib chiqqan holda o‘quvchilar 

bilimi  baholanadi.  O‘z  oldiga  qo‘ygan  maqsadlariga 

erishadi.  O‘quvchilar  og‘zaki  va  yozma  axborotlarni 

mustaqil  o‘rganish,  uni  xotirada  saqlash,  boshqalarga 

yetkazish,  savol  berish  va  savollarga  javob  berishga 

o‘rgatiladi. 

O‘quvchi:  yangi  bilimlarni  egallaydi.  Yakka  va  guruh 

bo‘lib  ishlash  malakasiga  ega  bo‘ladi.  Og‘zaki  va  yozma 

nutqi  rivojlanadi.  Eslab  qolish  qobiliyati  (xotirasi) 

mustahkamlanadi.O‘z-o‘zini  nazorat  qilish,  ijodiy  va 

tanqidiy fikrlash ko‘nikmasi shakllanadi. Qisqa vaqt ichida 

ko‘p  ma’lumotga  ega  bo‘ladi.  Jarayonni  baholay  oladi  va 

munosabat bildiradi.  



Kelgusi 

rejalar  

(tahlil, 

o‘zgarishlar) 

O‘qituvchi: 

Yangi  pedagogik  texnologiyalarni  o‘zlashtiradi  va  darsga 

tatbiq  etib,  takomillashtirishga  erishadi.  O‘z  ustida 

ishlaydi.  Mavzuni  hayotiy  voqealar  bilan  bog‘laydi  va 

solishtiradi. Pedagogik mahoratini oshiradi. 

O‘quvchi:  Matn  bilan  mustaqil  ishlashni  o‘rganadi.O‘z 

fikrini  ravon  bayon  qila  oladi.  Shu  mavzu  asosida 

qo‘shimcha materiallar topadi, ularni o‘rganadi.O‘z fikri va 

guruh  fikrini  tahlil  qilib,  bir  yechimga  kelish  malakasini 

hosil qiladi. 

      

        DARSNING  SHIORI:   YUKSAK  MA’NAVIYAT  YENGILMAS  KUCH.  

(I.A. KARIMOV

 

Darsning borishi: 



I.Tashkiliy qism.a)salomlashish.  b) davomat olish.  c) ma’naviyat  daqiqalari – 

Do’st  bilan  obod  uying 

Gar bo’lsa u vayrona  ham  

Do’st qadam qo’ymas  ekan 

Vayronadir  koshona ham. 

O’quvchilarga  ma’naviy  saboq  berish  uchun  bunday daqiqalar  foydali.  

II.O`quvchilar  bilimini  botanikadan  mustaqil  o`quv-ish  daftaridagi  test  topshiriqlari 

yordamida aniqlash va baholash. 



UYGA VAZIFANI  SO’RASH: test shaklida.(6-daqiqa) 

1.Yuqumli kasalliklarning suv va havo orqali tarqalishini qaysi olim aytgan? 



A. Abu Ali ibn Sino       B. A.R. Beruniy 

D. R. Braun                    E. A.Levenguk 

2.Qadimda odamlar qaysi kasalliklar tufayli ko`plab nobud bo`lgan? 

A.Terlama      B.Vabo      D.O`lat      E.Barchasi to`g`ri 

3.Qaysi o`simliklar bakteriyalarni o`ldiradigan moddalar ishlab chiqaradi? 

A.Gledichiya, archa, terk, yong`oq 

B.Tol, archa, terak, yong`oq 

D.Gledichiya, tok, terak, bodom 

E.Akatsiya, o`rik, terak, yong`oq 

4.O`simliklar ishlab chiqaruvchi, bakteriyani o`ldiradigan modda nima deb ataladi? 

A.Antibiotik     B.Fitonsid     D. Toksin      E.Fitopigment 

5.G`o`za gommozi bakteriyasi g`oza niholiga  qayerdan o`tadi? 

A.Tuproqdan                B.Havodan 

D.Barg og`izchasidan         E.Barg eti hujayrasidan 

6.G`oza gommozi bakteriyasi sog`lom g`ozalarga qayerdan o`tadi? 

A.Tuproqdan                B.Havodan 

D.Barg og`izchasidan          E.Barg eti hujayrasidan 

7. G`oza gommozi bakteriyasi nima bilan oziqlanadi? 

A.Barg epidemisi  hujayralari bilan 

B.Barg og`izchasi hujayralari bilan 

D.Barg eti hujayrasi bilan 

E. Ildiz hujayralari bilan 

8.G`oza gommozi bakteriyasiga qarshi kurash choralari nimalardan iborat? 

A.Chigitni ekishdan oldin dorilash 

B.Tuproqni o`g`itlash 

D.Kasallangan o`simliklarni daladan yo`qotish va yoqib yuborish 

E.A va D 

9.Sutda, yangi sabzavotlarda, o`tlar bargi, poyasida qaysi bakteriyalar yashaydi? 

A.Achituvchi bakteriyalar      B. Chirutuvchi bakteriyalar 

D. Tuganak bakteriyalar         E. Parazit bakteriyalar 

10.Qaysi bakteriyalar saprofit bakteriyalarga kirmaydi? 

A.G`o`za gommozi             B.Achituvchi bakteriya 

D.Chirutuvchi bakteriyalar     E.Barchasi 

III.O’tgan  mavzuni  yakunlash  va yangi mavzuni  o’rganish. 

IV.O’quvchilar  faoliyatini yangi  mavzuni o’rganishga  qaratish. 

V.O’quvchilar jamoasi  bilan savol- javob ,o’quv munozaralarni  o’tkazish. 

    VI.  Mazkur    mavzu    mazmunini  quydagi    tugalllangan  mantiqiy  mazmunga  ega      

modul  (blok  yoki qism) ga ajratish mumkin.  

 

1.Zamburug’lar  bo’limiga xos xususiyatlar. 



2.Mog’ar  zamburug’ining  tuzulishi. 

3.Mog’ar  zamburug’ining  yashashi  uchun zarur omillar. 

4. Mog’ar  zamburug’ining   ko’payishi. 

5. Mog’ar  zamburug’ining   ahamiyati. 

Modulni    bajarishdan  avval    o’quvchilarga    “Botanika”        o’quv    filmning   

tegishli       mavzusi   namoysh   etiladi. 

YANGI DARSNI BAYONI     (15-daqiqa) 

Ma'lumki,  non  yoki  kesilgan  ho'l  meva  issiq  va  nam  joyda  qoldirilsa,  2—3  kundan 

keyin ulami po'panak bosadi. Buni xalq orasida «mog'or bosdi» ham deyishadi. Ana shu 

po'panak  mog'or  zamburug'ining  vegetativ  tanasidir.  Agar  buyum  oynasidagi  suv 

tomchisiga nina bilan ana shu po'panakdan kichik bir bo'lakcha qo'yib mikroskop ostida 

ko'rilsa, uning iplardan tashkil topganligi aniq ko'rinadi. Zamburug'ning vegetativ tanasi 

bitta katta hujayradan iborat. 

Po'panak  zambumg'i  yaxshi  sharoitda  jinssiz  ko'payadi.  Bunda  zambumg'ning 

vegetativ tanasidan shoxlanmagan gifa (sporangiyband) tik ko'tarilib chiqadi. Sporangiy 

bandning  uchida  sharsimon  bo'rtma  —  sporangiy  hosil  bo'ladi.  Sporangiy  ichida  esa 

sporalar shakllanadi. Bir zamburug'da bir necha o'nlab sporangiy, bir sporangiy da esa 

o'n mingdan ortiq spora yetishadi. Sporangiy voyaga yetgach (ichidagi sporalar tayyor 

bo'lgach)  qoramtir  rangga  kiradi.  Sporangiyda  yetilgan  sporalardan  qulay  sharoitda 

yangi  mitseliy  hosil  bo'ladi.  Po'panak  zambumg'i  oziqlanish  usuli  jihatidan  xuddi 

bakteriyalar  singari,  saprofit  oziqlanadi.  Shuning  uchun  ham  uning  hayoti  uchun 

yorug'likning  hojati  yo'q.  U  qorong'ida  ham  yashay  oladi,  lekin  namlik  va  issiqlik 

bo'lmasa yashay olmaydi. 

Mahsulotlar mog'orlamasligi uchun sovutgichlarda saqlanadi. 

Mog'or  zamburug'lari  orasida  foydalilari  ham  bor.  Ularning  ba'zilaridan  (masalan, 

penitsill  zamburug'idan)  qimmatli  dori  penitsillin  olinadi.  Boshqa  mog'or 

zamburugiarida  o'simlik  va  hayvonlarning  o'sishini  tezlatishga,  chorva  mollarining 

mahsuldorligini oshirishga yordam beradigan moddalar bor. Ana shu moddalar mol va 

parranda  ovqatiga  qo'shib  berilsa,  buzoqlar  va  jo'jalar  tez  o'sadi.Shunday  qilib, 

zamburug'laming  o'sishi  uchun  harorat,  namlik  va  oziq  zarur.  Qulay  sharoitda  ular 

vegetativ (jinssiz) yo'l bilan ko'payadi. 

 

O’quvchilar    kichik    guruhlarga    ajratib  olinadi    va    guruhlarga  nom  beriladi. 

Guruh  sardorlari  saylanadi.(2-daqiqa) 

Savol bering- javob beramiz.( 8-daqiqa) 

1-guruhga  quyidagi  savollar  beriladi: 

a)  Zamburug’  hujayrasining  tuzilishini  o’rganing. 

b) Zamburug’  hujayrasida nimalar  bo’lmaydi? 

c) Zamburug’ning  vegetativ tanasi  nima deb  ataladi? 

 

2- guruhga  quyidagi  savollar  beriladi:  

a)Mog’or  zamburug’ini  yana  qanday  nomlash  mumkin? 

b) Mog’or  zamburug’lari  qanday usulda oziqlanadi? 

c) Mog’ar  zamburug’ining  yashashi  uchun zarur omillar? 

 

3-  guruhga  quyidagi  savollar  beriladi:   

a) po’panak  qanday  sharoitda  jinssiz  ko’payadi? 



b) po’panak  mitseliysidan  nima o’sib  chiqadi? 

c) sporangiy  ichida nimalar  yetiladi? 

 

4-  guruhga  quyidagi  savollar  beriladi: 

a) Mog’or  zamburug’lari  qanday dorilar  olinadi? 

b) Mog’or  zamburug’lari  qanday maqsadlarda foydalaniladi? 

c)  Mog’or    zamburug’lari    qaysi    uy  hayvonlarni    bolalarni  o’stirish  uchun  

foydalaniladi? 

 

VII.Yangi  mavzu  bo’yicha  o’quvchilar bilimni test  savollari  yordamida nazorat 



qilish va  baholash.  

Mustahkamlash:test  shaklida.( 10-daqiqa) 

1.Mog`or zamburug`ini yana qanday nom bilan atash mumkun? 

A.Po`panak   B.Achitqi    D.Qo`ziqorin    E.Qo`zidumba 

2.Qulay sharoitda mog`or zamburug`i qabday usulda ko`payadi? 

.A.Jinsiy   B. Jinssiz   D.Vegetativ    E.Kurtaklanib 

3.Mog`or zamburug`larining vegetativ tanasi nima deyiladi? 

A.Mevatana     B.Sporangiy    D.Mitseliy     E.Gifa 

4.Mog`or zamburug`ining sporasi yetiladigan a’zosi nima deb ataladi? 

A.Meva tana    B.Sporangiy    D. Mitseliy     E.Gifa 

5.Mog`or zamburug`i jinsiy yo`l bilan ko`payganda nima hosil qiladi? 

A. Mevatana   B.Spora    D.Mitseliy    E.Zigota 

6.Mog`or zamburug`i  qanday usul bilan oziqlanadi. 

A.Sporafit      B.Parazit    D.Fotosintez   E.A va B 

7.Mog`or zamburug`ining hayoti uchun qanday omillar zarur? 

A.Yorug`lik ,namlik             B.Oziq, yorug`lik, namlik 

D.Oziq, harorat, namlik        E.Harorat, namlik 

8.Mog`or  zamburug`ining hayoti uchun qanday omillar zarur emas? 

A.Yorug`lik      B.Oziq     D.Harorat    E.Namlik 

9.Penitsill zamburug`lari qaysi zamburug`larga kiradi? 

A.Achitqi    B. Qalpoqchali     D. Mog`or   E. Po`panak 

10.Mitseliy ingichka ipchalar yig`indisidan iborat bu ipchalar nima deb ataladi/ 

A. Mevatana     B. Sporangiy     D. Mitseliy     E. Gifa  



Rag’batlantirish:O’quvchilar to’plagan ballari asosida rag’batlantiriladi. (2daqiqa) 

Uyga  vazifa : Mavzu boyicha o’qish va qo’shimcha yangiliklar topish, 5ta yopiq test   

tuzish,   rasm  chizish.( 2-daqiqa) 



 

 


 

 

Mavzu:

       


Mendel  qonunlari.  Mendelning  birinchi  qonuni. 

Darsning  ta’limiy  maqsadi:   O’quvchilarning  Mendel  qonunlari  bilan  tanishtirish 

, irsiy  jihatidan  bir  juft   belgilari  bilan  farq  qiluvchi  organizmlarni   ozaro  

chatishtirish   bo’yicha  qanday  organizmlarni  olish  mumkinligini  tushintirish.  

Dominantlik  va  chala  dominantlik  bo’yicha  o’quvchilarga  tushincha  berish . 



Darsning  tarbiyaviy  maqsadi:  Mendel  qonunlarini  tushintirish  orqali  

o’quvchilarni  dunyoqarashini  kengaytirish,  iqtisodiy ,  ekologik  va   estetik , axloqiy   

tarbiya  berish , kasbga  yonalltirish. 

Darsning    rivojlantiruvchi    maqsadi:   O’quvchilarning   Mendel  qonunlarini  

tahlil  qilish,  ushbu  qonunlar  asosida  masalalar  yecha  olish,  tabiiy  obyektlar   

bilan  ishlash,   taqqoslash,   darslik  ustida  mustaqil  ishlash    ko’nikmalarini   

rivojlantirish. 



Darsni  jihozi:   1.Mendel  tomonidan  o’rganilgan  no’xot  o’simligi  bo’yicha  

tayyorlangan  jadvallar.2.Magnitli  doska. 3.Videorolik .4.Didaktik 

materiallar.6.Klassik  musiqalar  yozilgan  audio.  

Darsning  turi:  Noan’anaviy   dars, 

Darsning  usuli:  og’zaki  bayon,  savol – javob,  “ Tezkor savollar”, “Aql charhi”, 

“Masalalar  yechish  organamiz-  orgatamiz” ,darslikdagi  rasmi  chizilgan  plakatlar. 



Darsni   rejasi:

  

 

 



Dars    davomida  bajariladigan  vazifalar 

Daqiqa 


Tashkiliy    qism 



O’qituvchini  kirish   so’zi 



Uyga berilgan  vazifani  so’rash,  davra  suhbati 



Yangi  mavzuni  elektron  darslik  orqali  namoyish  qilish 



10 

Guruhlarga  tezkor  savollar 



Mustahkamlash     “  Auksion”  oyini   sardorlar  bahsi 



“Masalalar  yechishni  organamiz-  orgatamiz” 



10 

O’quvchilarni  rag’batlantirish  va  ba’holash 



Uyga  vazifa 





Darsning  shiori  :  Ilimdan  yaxshiroq  xazina  bo’lmas,  

                               qo’lingdan  kelgancha  tera  olsang  bas. 



Darsning  borishi: 

I.  Tashkiliy  qism:  navbatchi   hisoboti,   davomatni  aniqlash.(  Navbatchi  xisoboti  

va  davomat olish  ingliz  tilda   yoritiladi ) 



II.O’tilan  mavzu  bo’yicha    o’quvchilarning    bilimlarini  biologiyadan   mustaqil   

ish  daftarlariga    test  yordamida  aniqlash. 



Kutilayotgan  natija: 

-O’qituvchi:  

- o’quvchilani  darsga    bo’lgan  qiziqishlarini   oshiradi. 

- oquvchilarni  mavzu yuzasidan  egallagan  bilim ,  ko’nikma, malakalarini  

ba’holaydi. 

- oquvchilarni  kasbga  yo’naltiradi. 

O’quvchi:  

-Mendel  qonunlari  asosida  I-II  qonunlar  bo’yicha  masalalar  yechishni  o’rganib  

oladilar.  

-darsda  olgan  nazariy  bilim,  ko’nikma  va  malakalarini  kundalik  hayotga  

qo’llashni  o’rganadi. 

-sog’lom  turmush  tarziga  odatlanadi. 



Darsni  asosiy  qoidasi: 

Intizom 


 Har qanday ijodiy fikrni quvvatlash 



Vaqtga  rioya  qilish 



Tortinchoq  bo’lmaslikmaslik 



Fikrni  takrorlamaslik 



Ilmiy so’zlarda  xatolikga yo’l  qo’ymaslik 



O’zaro  hurmat 



O’ng  qo’l  qoidasi 

O’quvchilar  guruhlarga  bo’lib  olnadi, har  bir  guruhda  5tadan  o’quvchi  bo’ladi  va   

4ta  guruhga  bolinadi.  Guruhlarga  nom  beriladi   I-  guruh  “  G.  Mendel ” ,II- guruh 

“ G.  De  -Friz ”, III- guruh  “ E.  Chermak ”,  VI-  guruh  K.  Korrens   deb nomlanadi.   

Guruhlar   o’z  joylarini  egallaydi   va   sardorlarni  saylab  oladilar,  eng  bilimdon , 

chaqqon  o’quchilar  sardorlikga  saylanadi   

I-topshiriq.   “ Bilimdonlar’’  uchun  test  

1. Irsiyat  va  o’zgaruvchanlikni  qaysi  fan  o’rganadi? 

A)   Genetika      B) Sitologiya      C)  Anotomiya       D)  Fiziologiya 

2. Organizmdagi  ma’lum  barcha  genlar  yig’indisi   nima  deb  ataladi? 

A)   Geniologiya     B) Sitologiya      C)  Fenotip     D) Genotip 

3.Organizmdagi  barcha  belgi  va  xususiyatlar   yig’indisi  nima  deb  ataladi? 

A)   Geniologiya     B) Sitologiya      C)  Fenotip     D) Genotip 

4. Genetika  faniga qachon  asos  solingan? 



A)  1900 yil   B)  1918 yil   C)1920 yil   D) 1926 yil 

5. Duragaylash  yoki   chatishtirish  usulida  qaysi  olim  ish  olib  borgan? 

A)  E.  Chermak          B)  K.  Korrens     C)    G.De- Friz    D)   G. Morgan 

Javob  kaliti  quydagicha; 



Savol 



2  







javob 











II- Topshiriq.   

Yopiq  test  “Tezkor  savolga  tezkor   javob”   oyini 

1. Organizmdagi  ma’lum  barcha  genlar  yig’indisi   nima  deb  ataladi? 

2. G. Mendel  o’z  qonunlarini   qachon   e’lon   qildi? 

3. Qaysi  olimlar  G.Mendel  qonunlarini   qayta  o’rganib  chiqishdi? 

4.Organizmdagi  barcha  belgi  va  xususiyatlar   yig’indisi  nima  deb  ataladi? 

5.Tana  tuzilishi  va  organlar  tuzilishi  qaysi  fenotipik   guruhga  kiradi? 

Javob  kaliti;   Yopiq  testni  javoblari. 

1)  genotip;  2)  1865  yil;  3) E.  Chermak, K.  Korrens, G.De- Friz; 4) fenotip;   

5)  anotomik 



III- topshiriq.      ”  O’yla , izla,   top”    jadval   no’xat   o’simligidagi  quydagi   

dominant  ressesiv  belgilar   jadvalga  yoziladi.  Sariq,  silliq,  yashil ,  bo’g’imli, 



qizil,  oq,  burishgan,  uzun  ,  kalta,  oddiy   deb  yozilgan  jadval  guruhdagi  

o’quvchilar  qo’liga  topshiriladi. 

Quydagi  jadvalni  to’ldiring. 

 

Dominant  belgi 



Ressesiv  belgi 

Donning  rangi 

 

 

Gulning  rangi 



 

 

Poyaning  uzunligi 



 

 

Donning  shakli 



 

 

Dukkakning tuzilishi 



 

 

III-  topshiriqni   javob   kaliti. 



Har  bir  guruh raqib  komandani  ishlarini  javob  kalitga  qarab  tekshirib  beradilar.  

Yangi  mavzu  rejasi: 

1.Monoduragay  chatishtirish.                        2.Mendelning  birinchi qonuni.  



3.Dominant va retsessiv  belgilar.                   4. Mendelning ikkinchi  qonuni. 

Yangi  darsni  bayoni:  Multimediya  orqali   o’quvchlarga  qisqacha    I-II qonunlar  

isbotlab  o’quvchilarga  tushintirib  beriladi. I-qonun   dominantlik  qonuni  ushbu  

sxema  orqali  tushintiriladi. 

 

 



                              

                                     

 

 

 



 

Mendelning ikkinchi (belgilarni ajralish) qonuni. Agar geterozigota holatdagi F

x

 



bo'g'inlar o'zaro chatishtirilsa, ikkinchi bo'g'in (F

2

)da ajralish hodisasi kuzatiladi: II-



qonun   qonuni  ushbu  sxema  orqali  tushintiriladi. 

 

Mustahkamlash:       “  Auksion”  o’yini    Quydagi  rasmlar  orqali  no’xot 

o’simligini  dominant  va  retsessiv  belgilarini  toping.    Rasmlar  ekranda  namoyish  

etiladi  va  guruhlarning  javoblari  eshitiladi.  

   


 

 

 



 

Mendel guruhiga savollar:     

1.  Medelning  birinchi  qonuni  nima  deb  nomlanadi? 

2. Mendelning  II-qonuni  genatip bo’yicha  ajralish  qanday  nisbatlarda  bo’ladi? 

3. Prokariot  organizmlarga  misollar  keltiring? 

4. Boburmirzoning  o’g’ilarinig ismlari? 

5.2016- yil  qanday  nomlanadi? 



 E.  Chermak  guruhiga  savollar:     

1.  Medelning  ikkinchi qonuni  nima  deb  nomlanadi? 

2. Mendelning  II-qonuni  fenatip bo’yicha ajralish  qanday  nisbatlarda  bo’ladi? 

 

 



3. Hayotni  hujayrasiz  shaklini  ayting. 

4. Preztidentimizni  yangi  asarini  nomi? 

5. O’zbekistondagi  eng  katta  ekologik  muammoni  ayting?   

 K.  Korrens guruhiga  savollar:     

1.AA-  belgisi  qanday  belgi  hisoblanadi? 

2. Tahliliy  chatishtirishda   fenatip bo’yicha  ajralish  qanday  nisbatlarda  bo’ladi? 

3. Oqsillarni  monomerini  ayting? 

4. Xazrat  Navoiyning   eng do’sti kim  edi?  

5. Yurtimizda qaysi kompazitorni  100 yillik to’yi  nishonlanmoqda?   



G.  De  -Friz guruhiga  savollar:     

1.Aa-  qanday  organizm  hisoblanadi? 

2. “Yukasak  ma’naviyat  yengilmas kuch “ asarini  muallaifi kim? 

3.Tahliliy  chatishtirishda   genatip  bo’yicha ajralish  qanday  nisbatlarda  bo’ladi? 

4.Nuklein  kislotalarning  monomerini  nomini  ayting? 

5. Qaysi  bola  o’qimasdan  ham  turli  kasbni  egallash  mumkin  deb o’ylaydi?  

Har  bir  guruhga  I- II  qonunlar  bo’yicha  masala  beriladi. 

                                                                              

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar:  



1.A.Zikiryaev,A. To’xtaev, I.Azimov, N.Sonin   9-sinf darslik   Biologiya  sitologiya 

va  genetika  asoslari.  O’zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligi  umumta’lim 

maktablari  uchun  darslik  sifatida  tavsiya  etilgan.  Qayta  ishlangan  5-nashri.Toshkent 

“Yangiyo’l poligraf servis” 2014yil 



2.J.Tolipova,  M.  Umaralieva      Botanika  o’qituvchilar  uchun  o’quv  qo’llanma 

“Taffakur” nashiryoti Toshkent -2011.

 

3.  ZIYO NET   tarmog’i  

4. “ O’zbek o’quvavtomatika”   RIO’MSHIM 



2- Dars:               6-sinf              Botanika 

 

I.MAVZU.  Ikki urug’pallalilar  mavzusida  umumlashtiruvchi   dars. 

II.Maqsadlar: 

ta’limiy: O’quvchilarning ikki urug’pallalilar o’simliklar bo’limi  bo’yicha  olgan  

bilimlarini  mustahkamlash va  sistemaga  solish. 



tarbiyaviy: O’quvchilarni  bir- biriga  o’zaro  hurmat, jamoa bo’lib  ishlash, o’zaro  

ba’ho  berish va  ma’suliyatni  sezish  ko’nikmalarini  tarkib  toptirish. 



rivojlantiruvchi: O’quvchilarning kitob  bilan ishlashlarini  rivojlantirish,fikrini  aniq  

ifodalashga  o’rgatish



Dars  tipi:Aralash. 

Dars  turi:No’ananaviy 

Dars o’tish  uslublari:        “Savol  bering – javob beramiz”,     “Qaysi  hayvon…”, 

“O’yla,izla, top”   “Muzyorar”   ,”Auksion” 



Dars  jihozlari: buklet,  kompyuter, tarqatma  materiallar,darsliklar, rasmlar,ekran, 

Umumlashtiruvchi  darsni  tashkil  qilish. 

“muzyorar” o’yinini   qo’lagan    holda sinf    oquvchilari    4 guruhga   bo’linadi.  Har  

bir   guruhga   nom   beriladi . Topshiriqlar  yozma,   og’zaki,  rasmlar   orqali  

o’tkaziladi. Har   bir  javob uchun  ball  berib   boriladi,   olingan  ballar dosksga  

yoziladi.   Agar  birinchi  guruh   savollarga  javob bera olmasa  ,ikkinchi guruh   javob  

berib qo’shimcha ball oladi. 

  VIII .    REJA. 

  1.”Savol  bering – javob  beramiz”  

  2.”Aqliy  hujum”  

  3. “Auksion” 

  4.”Oyla, izla,  top”   

  5.” Qaysi  o’simlik” 

  I- topshiriq;  “savol  bering –javob beramiz”   guruhlarga  quydagi  savollar 


Download 406.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling