M a m a d m u sa m am adazim ov


Download 8.26 Mb.
Pdf просмотр
bet1/25
Sana21.12.2019
Hajmi8.26 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25

M.Mamadazimov

O'ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  OLIY  VA O'RTA  M AXSUS T A ’LIM
VAZIRLIGI
M A M A D M U SA   M AM ADAZIM OV
UMUMIY 
ASTRONOMIYA
O 'zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o'rta  m axsus  t a ’lim  vazirligi 
5140200  -   Fizika  va  astronomiya  ixtisosligi  bo'yicha  tahsil 
olayotgan  talabalar  uchun  darslik  sifatida  tavsiya  etilgan
Toshkent 
«Yangi asr avlodi» 
2008

«Umumiy astronomiya» darsligi pedagogika universiteti va institutlarining «Fizika 
va  a stro n o m iy a »   ix tiso slik la ri  uchun  m o 'lja lla n g a n   kurs  b o 'lib ,  u  «Sferik 
astronomiya»,  «Osmon  mexanikasi  va  nazariy  astronomiya  asoslari»,  «Astrofizika 
metodlari  va  kuzatish  asboblari»,  «Quyosh  sistemasi jismlarining  fizik  tabiati», 
«Yulduzlar»,  «Bizning  Galaktikamiz  tuzilishi  va  tarkibi»,  «Tashqi  galaktikalar», 
«Kosmogoniya va kosmologiya elementlari» boiim larini o'z ichiga olgan. Pedagogika 
oliy o ‘quv yurlarining «Fizika», «Fizika va astronomiya» ixtisosliklari talabalari uchun 
«Umumiy astronomiya» kursidan o'quv materiallarini o'rganishda ham undan muhim 
o ‘quv  vositasi  sifatida  foydalanish  mumkin.
Taqrizchilat:
SH.A.  EGAM BERDIYEV, 
fizika-matematika  fanlari  doktori,  professor 
I.S. SATTOROV, 
fizika-matematika  fanlari  doktori,  professor
ISBN 978-9943-08-361-5
©  Mamadazimov  Mamadmusa  «Umumiy  astronomiya». 
«Yangi asr avlodi», 2008-yil

SO'ZBOSHI
Umumiy  astronomiya  kursi  talabalarda  asosan  ilmiy  dunyoqarashni 
shakllantirishni ko'zda tutgan holda, ularga Koinotning tuzilishi va evolyutsiyasi 
to‘g‘risidagi ilmiy tasavvumi, osmon jismlari va ularning sistemalarining fizik 
tabiatlari haqida tushunchalami shakllantirishni hamda astronomiyaning inson 
o‘z hayotida foydalanib kelgan va foydalanayotgan ayrim amaliy tomonlarini 
ko'rsatish, tushuntirishni maqsad qiladi.
Astronomiya  kursi  shuningdek  talabalarda,  osmon jismlari,  ularning 
sistemalarida  kechadigan  barcha  hodisalarning  fizik mohiyatini  ilmiy  talqin 
etishga va bu hodisalarning kechishida hech qanday g‘ayri-tabiiy kuchlarning 
o ‘mi  yo‘qligiga  shuningdek,  ular tabiatning mavjud  qonunlari asosida  ro‘y 
berayotganligi borasida to‘g‘ri ma’lumotlarni beradi.
Zamonaviy  astronomiya  elektromagnit  toiqinlar  shkalasining  deyarli 
barcha diapazonlarini zabt etib, bu toiqinlarda Yerdan va Yer atmosferasidan 
tashqarida to ‘la kuzatish olib boradi.
Oxirgi  yillarda  quvvatli  teleskoplarning  ishga  tushirilishi,  o‘nlab  sun’iy 
yo‘ldoshlar  yordamida  elektromagnit  toiqinlar  shkalasining  qisqa  toiqinli 
diapazonlarda olib borilayotgan kuzatishlar, insonning ko‘rish chegarasini bir 
necha milliard yorugiik yiliga teng masofaga qadar cho‘zishga imkon berib, 
Koinot qa’rida ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan behisob g'aroyib hodisalar va 
ko‘plab juda quvvatli obyektlarning kashf etilishiga olib keldi. Bu obyektlarda 
(neytron yulduzlar, kvazarlar va boshqalar) kechadigan fizik jarayonlar, ko‘p 
hollarda jumboqliligi  bilan  nazariyotchi  va  amaliyotchi  fiziklami  hayratga 
solmoqda.  Bu hodisalar sirlarini bilish, oqibatda insoniyatga plazma fizikasi
yadro fizikasi va energetika muammolarini hal qilishda katta yordam bera olishi 
ko'zda tutilmoqda. Shu bois Koinot evolyutsiyasi va undagi fizik jarayonlar 
bilan XXI  asr talabalarini tanishtirish,  ularni global masshtabda fikrlash va 
tafakkur qilishni o'rgatish astronomiya predmetining o'z oldiga qo'ygan muhim 
vazifalaridan  hisoblanadi.
Bakalavriatning «fizika-astronomiya» ixtisosligiga moijallangan umumiy 
astronomiya kursi 210 soatga moijallangan boiib, o ‘quv dasturida keltirilgan 
m ateriallarni  to 'liq  o'z  ichiga  oladi.  Darslikda  bayon  qilingan  o'quv 
materiallarining maium qismi, talabalar tomonidan bilimlami chuqurlashtirish 
maqsadida, mustaqil o'qish uchun tavsiya etiladi. Darslik mazmuni negizida, 
o'quv dasturi bo'yicha moijallangan astronomiyadan amaliy va laboratoriya 
mashg'ulotlarini ortiqcha qiyinchiliklarsiz to'liq bajarish imkoni mavjud.
3

KIRISH
l-§ .  Astronomiya  fanining  predmeti  va  uning  vazifalari
«Astronomiya»  yunoncha  so‘z  b o iib ,  «astron» -  yulduz,  «nomos»  -  
qonun degan m a’noni bildiradi. Astronomiya osmon jismlari va ulaming 
sistemalari  harakatini,  tuzilishini  va  rivojlanishini  o ‘rganadigan  fandir.
Astronomiya tabiat fanlari ichida eng qadimiysi hisoblanadi.  Kishilar 
juda  qadim  zamonlardayoq  osmon jismlari,  jum ladan,  Quyosh,  Oy  va 
say y o ralar  h a ra k a tla rin i  o ‘rganib,  yil  fasllari,  Oy  fazalari,  h a tto  
tutilishlarini  ham  oldindan  ayta  oladigan  darajaga  erishganlar.
Boshqa  tabiat  fanlari  vakillaridan farqli  o ia ro q ,  astronomlar  osmon 
jismlari bilan bevosita tajribalar o ‘tkazish imkoniga ega emaslar (hozircha 
Yer,  Oy  va  sayyoralarini  hisobga  olm aganda).  Shuning  uchun  ham 
astronomiya  kuzatish  fani  deyiladi,  chunki  osmon jismlarining tabiatiga 
tegishli  b arch a  x ulo salar  asosan  kuzatish  m ateriallarin i  o 'rg an ish  
yordamida  q o ig a   kiritiladi.
Osmon jismlarini  o ‘rganishda,  astronomiya fani,  o ‘z oldiga yechilishi 
talab   etiladigan  quyidagi  uchta  asosiy  vazifani  q o ‘yadi  deb  qarash 
mumkin:
1) osmon jismlarining fazoda ko‘rinma holat va harakatlarini, so'ngra 
bu  m a iu m o tla r  asosida  ularning  harakatlarini  o ‘rganish,  ulargacha 
b o ig a n   masofalar,  oicham lari,  massalari  va  shakllarini  aniqlash;
2)  osmon jismlarining  kimyoviy  tarkibi  ichki  va  sirtiga  tegishli  fizik 
sh a ro itn i  (te m p e ra tu ra ,  zichlik,  bosim   va  b o sh q a  shu  k a b i  fizik 
kattaliklam i)  aniqlash;
3)  osmon jismlari  va  sistemalarining  kelib  chiqishi,  evolyutsiyasi  va 
kelajak  taqdirini  o'rganish.
4

Astronomiyaning birinchi vazifasiga tegishli masalalar juda qadimdan 
o ‘rganiladi.  Ayniqsa,  osmon mexanikasining asosiy qonunlari Kepler va 
N yuton  tom onidan  ochilgandan  so‘ng  bu  sohada  k atta  yutuqlarga 
erishildi.
Osmon jismlarining  fizik  tabiatlarini  tadqiq  etish  esa  nisbatan  qisqa 
davr ichida amalga oshirildi, asosan oxirgi bir necha o ‘n yillar mobaynida 
bu  sohada  bir  necha  yangi  m etodlar  va  quvvatli  jihozlarning  ishga 
tushirilishi  evaziga  muhim  va  salmoqli  natijalar  qo‘lga  kiritildi.
Astronomiyaning  uchinchi  vazifasi  oldingi  har  ikkala  vazifalaridan 
ham  murakkab  bo‘lib,  uning  yechilishi  bir  necha  yuz  yillar,  hatto  ming 
yillar  davom ida  yig'ilgan  m ateriallarni  o ‘rganish,  tahlil  qilish  bilan 
bog'liq.  Shu  bois  hozircha  bu  sohaga  tegishli  bilimlarimiz  farazlar, 
taxminlar  va  gipotezalar  bilangina  cheklanadi.
2-§.  Astronomiya  fanining  bo‘limlari
Hozirgi  zam on  astronom iya  fani  o ‘zaro  bog'liq  bir  necha  asosiy 
bo'limlardan  tashkil  topgan.  Quyida shu bo‘limlar va ulaming predmeti 
keltirilgan:
1.  Astrometriya kosmik jismlarning fazodagi  ko‘rinma vaziyatini  va 
harakatini  tekshiradi.  Vaqtni  o ‘lchash  masalalari  bilan  shug‘ullanadi. 
Astrometriya  o‘z  navbatida:  a)  sferik  astronomiya,  b)  fundamental 
astronomiya,  d)  amaliy  astronomiya  kabi  bo‘limlarga  bo'linadi.
2.  Nazariy  astronomiya va  osmon mexanikasi  butun  olam  tortishish 
qo n u ni  va  K epler  q o n u n la ri  asosida  osm on  jism larin in g   haqiqiy 
harakatlari  va  orbita  elementlarini  o ‘rganadi.
3.  Astrofizika, samo jismlarining tuzilishi,  fizik tabiatlari va kimyoviy 
tarkibini  o‘rganadi.
4.  Y u ld uzlar  astron om iyasi  yu lduzlar,  u larning  sistem alari  va 
yulduzlararo materiyaning fazoda taqsimlanishi va harakatlarini, ulaming 
fizik  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  tadqiq  etadi.
5. Kosmogoniya osmon jismlari va ular sistemalarining paydo  bo‘lishi 
va  evolyutsiyasi  qonuniyatlarini  o ‘rganadi.
6.  Kosmologiya  esa  Koinotning  tuzilishi  va  rivojlanishining  umumiy 
qonuniyatlarini  o ‘rganish  bilan  shug‘ullanadi.
5

3-§.  Astronomiya  fani  shakllanishining  qisqacha  tarixi
Astronomiya  ham  boshqa  barcha  fanlar  singari jamiyatning  amaliy 
ehtiyojlari  asosida  vujudga  kelgan.  Astronomiya  fani  kurtaklari  Bobil, 
Misr, Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlarda bundan bir necha ming 
yil  avval  mavjud  bo‘lgan.  Masalan,  Misr  kohinlari  miloddan  3  ming 
yilcha  avval  N il  d ary o si  to sh q in in in g   b o sh lan ish in i  a stro n o m ik  
kuzatishlar  asosida  oldindan  aytib  berganlar.  Bunda  osmon  shimoliy 
yarim sharining eng yorug*  yulduzi Siriusning sharqda, ertalabki Quyosh 
shafaqlari bilan birinchi ko'rinadigan vaqtda va Nil daryosi toshqinining 
boshlanishi  orasida  bogianish  borligi  aniqlangan.  K o ‘p  yillik  bunday 
kuzatishlar  tropik  yilning  uzunligini  aniqlash  imkonini  berdi.
Qadimda  yunon  astronomlari  izchil  kuzatishlar  asosida,  kuzatilgan 
astronom ik  hodisalarning  kelib  chiqish  sabablarini  aniqlashga  va 
tushuntirishga ham harakat  qilganlar.  Xususan,  Pifagor (mil.avv.VI  asr) 
birinchilardan  bo'lib  Yerning  sharsimon  shaklda  ekanligi  haqida  fikr 
berdi,  Aristotel  (mil.avv.  IV  asr)  esa  Olam  markazida  harakatsiz  Yer 
joylashgan  degan  geosentrik  sistem aga  asos  soldi.  A leksandriyalik 
Eratosfen  (mil.avv.III  asr)  birinchilardan  b o iib   Yer meridiani  yoyini va 
keyinchalik,  shu  asosda  sayyoramizning  radiusini  o ich ad i.  M ashhur 
yunon  olimi  va  faylasufi  Gipparx  (mil.avv.  II  asr)  yuzlab  yulduzlarning 
koordinatalarini  o'zida  aks  ettirgan  birinchi  yulduzlar  katalogini  tuzdi 
va pretsessiya hodisasini kashf qildi.  Milodning II asrida mashhur yunon 
astronomi Klavdiy Ptolemey  «Megale sintaksis» («Buyuk tuzilish»)  nomli 
asarida yunon  astronomiyasi  yutuqlarini  umumlashtirib,  sayyoralarning 
ko'rinm a  sirtmoqsimon  harakatlarini  tushuntira  oladigan  va  asosida 
Aristotel-Gipparxlaming  geosentrik  nazariyasi  yotgan,  Olam  tuzilishi 
haqidagi  yangi  ta ’limotni  yaratdi.  Bu  ta ’limotga  k o ‘ra,  o ‘sha  paytda 
m a’lum  bo'lgan  beshta  sayyora  (Merkuriy,  Venera,  Mars,  Yupiter  va 
Saturn)  epitsikl  deyiluvchi  aylanalar  bo'ylab,  mazkur  epitsikllarning 
markazi  esa,  Yer  atrofida  deferent  deyiluvchi  katta  aylanalar  bo'ylab 
ay lan ad i.  G archi  geosentrik  n azariy a  O lam   tuzilishining  haqiqiy 
m anzarasini  aks  ettirm agan  b o is a -d a ,  biroq  u  salkam  o ‘n  besh  asr 
davomida  tan  olib  kelindi.
Umuman  olganda,  III-V  asrlargacha  astronomlar  erishgan  yutuqlar 
shulardan  iborat  bo'lib,  keyinchalik  VI-ХИ  asrlarda  Yevropada  feodal 
tuzumning yemirilishi, o'zining qoloq agrar xo'jaligini va savdo aloqalarini
6

y o ig a  qo'yishda,  astronomiyadan  amaliy  bilimlarga  katta  ehtiyoj  seza 
boshladi.  Bu  davrda  mavjud  barcha  dinlar  uchun  Yer  Olam  markazida 
joylashgan  degan  teologik  q arash  hukm ron  edi.  Shu  bois  bunday 
qarashga shak keltiradigan har  qanday  boshqa qarashlarning mualliflari 
din  vakillari  tomonidan  qattiq jazoga  mustabid  edi.
Ayni  davrda  sharqda  vujudga  kelgan  yirik  teokratik  davlat  islom 
xalifaligida  fan  va  madaniyat  taraqqiyoti  uchun  qulay  sharoit  vujudga 
keldi.  Ayniqsa,  IX-XV  asrlarda,  Yaqin va  0 ‘rta  sharq hamda  Markaziy 
Osiyo mamlakatlarida yirik astronomik rasadxonalar barpo etildi. IJlarda 
Al-Battoniy,  A l-F arg‘oniy,  Al-Xorazmiy,  Abul-Vafo  Buzjoniy,  Abu 
M ahmud  Hamid  al-X o‘jandiy,  A bdurahm on  as-So‘fiy  va  ibn  Yunus 
k ab i  m a sh h u r  o lim la r  ijo d   qildi.  X u su san ,  A l-B atto niy   yunon 
astronomiyasi  erishgan  yutuqlarni  umumlashtirib,  Oy  harakatiga  doir 
b a ’zi  m a’lum otlarlarni  aniqladi.  Buyuk  vatandoshimiz  A l-Farg‘oniy 
yozgan «Astronomiya asoslari» nomli asar o ‘sha davr astronomiyasining 
o ‘ziga  xos  qomusiy  kitobi  xizmatini  o ‘tadi.  Oy  va  uning  harakatlari 
to ‘g‘risidagi  kashfiyotlari,  Yer  meridiani  uzunligini  o ich ash  bo‘yicha 
ishlari bilan Abu-al-Vafo dunyoga  tanildi.  X-XI  asrda yashab ijod etgan 
ulug‘  o ‘zbek  allomasi  Abu  Rayhon  Beruniyning  astronomiyaga  oid  40 
dan  ortiq  asarlari  bizgacha  yetib  kelgan.  Uning  «Xronologiya»  asarida 
Yevropa va  Osiyodagi  deyarli  barcha xalqlaming turli davrlarga tegishli 
taqvim tizimlari batafsil yoritilgan bo‘lib, ularda bu taqvimlarning asoslari 
va  biridan  ikkinchisiga  o ‘tish  y o ilari  to iiq   bayon  qilinadi.
Beruniyning  «Geodeziya»,  «Qonuni  M as’udiy»  va  «Yulduzlar  ilmi» 
asarlari  toialigicha  astronomiyaga  bagishlangan  b o iib ,  ularda  Quyosh, 
Oy  va  Sayyoralarning  harakatlariga  doir  k o ‘plab  m a iu m o tlar,  Yer 
radiusini  oichashning  o ‘sha  zamonda  m aiu m   b oigan  bir  necha  usullari 
keltirilgan. Beruniynng izdoshi Umar Hayyom ham koinot haqida bir qator 
falsafiy fikrlar bildirib, nihoyatda katta aniqlikka ega boigan, ayni paytdagi 
quyosh-hijriy taqvimining asosi bo igan Quyosh kalendarini ishlab chiqdi.
XV  asrda  sharq  astronom iyasining  yana  bir  buyuk  nam oyandasi 
U lug‘bek  Sam arqandda  dunyoda  eng  yirik  astronom ik  rasadxonani 
barpo  etdi.  R asadxonaning  bir  necha  o ‘n  yillik  faoliyati  davom ida 
Qozizoda  Rumiy,  G iyosiddin  Jamshid  Koshiy  va  Ali  Qushchi  hamda 
boshqa  taniqli  olimlardan  iborat  astronomiya  maktabi  shakllandi.
Astronomiyaning  keyingi  ravnaqi  Yevropada  bir  qator  olimlarning 
astronomiya  sohasidagi  fundamental  kashfiyotlari  bilan  b o g iiq .  Bu
7

borada  polshalik  astronom  N.Kopemik  (1473-1543),  italiyalik  J.Bruno 
(1548-1600) va Galiley (1564-1642), nemis Iogann Kepler (1572-1630) va 
ingliz  Isaak  N yuton  (1643-1727)  lam ing  ijodiy  faoliyatlari  ayniqsa 
barakali  bo‘ldi.  XVI  asrdan  XX  asrning  boshlarigacha  tabiatshunoslik 
yo'nalishida  qilingan  asosiy  kashfiyotlar va  qonuniyatlarning  aksariyati 
yuqoridagi  olimlarning  nomlari  bilan  b o g iiq .  Shuningdek,  bu  davrda 
taniqli  olimlardan  О.  K.  Remer,  E.  Galley,  J.  Bradley,  I.  G.  Galle,  V. 
Y a.  Struve,  F.  V.  Bessel  va  b o sh q alarn in g   astronom iya  fanining 
rivojlantirishda  xizmatlari  katta  b o id i.
XX asr o ‘rtalarida spektral analizning kashf etilishi va astronomiyada 
fotografiyaning  qoilanilishi  natijasida  astronomiyaning  yangi  ufqlari 
ochildi.  Bu osmon jismlarining fizik tabiatlarini o'rganish borasida katta 
im koniyatlarni  vujudga  keltirdi.  O qibatda  osmon  jism lari  va  u lar 
sistemalarining  fizik  tabiatlarini  o ‘rganish  bilan  shug'ullanadigan  yangi 
fan -  astrofizikaga  asos  solindi.
Ayni  paytda  m am lakatim izda  ham  yirik  astronom ik  m arkazlar  -  
0 ‘z b ek isto n   R esp u b lik asi  F A   A stro n o m iy a  In s titu ti  va  u n in g  
Qashqadaryo  viloyati  Kitob  tumanida  Ulug‘bek  nomli  Xalqaro  kenglik 
stansiyasi va Qamashi  tumanida  Maydanak  Balandtog*  observatoriyalar 
kompleksi  filiallari  hozirga  qadar  faoliyat  ko‘rsatmoqda.  Mazkur  ilmiy 
dargohlarda bir qator taniqli  o‘zbek olimlari  astronomiya  va  astrofizika 
muammolari  bo‘yicha  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  olib  borishmoqda.
Savol va topshiriqlar
1. Astronomiya fani nimani o ‘rganadi?
2. Astronomiya boiimlari va ularning predmeti haqida gapirib
bering.
3.  Astronomiyaning fan sifatida shakllanishida O 'rta Osiyo va
Yevropa olimlarining hissasi haqida gapirib bering.
8

I  BOB.  SFERIK  ASTRONOMIYA  ASOSLARI
l-§ .  Yoritgichlarning  ko‘rinma  holatlari.  Yulduz  turkumlari
K u zatu v c h i  Y er  s irtin in g   qaysi  n u q ta sid a n   tu rib   qaram asin , 
yoritkichlar  (Quyosh,  Oy,  sayyoralar  va  yulduzlar)  go‘yo  undan  bir  xil 
masofada, m a’lum sferaning ichki qismida joy olgandek tuyuladi. Odatda 
bunday  sfera  osmon  deb  yuritiladi.  Bulutsiz  tunda  osmonda  yulduzlar 
bilan  birga  biz  Oyni,  sayyoralarni,  ayrim  tum anliklarni  va  b a ’zan 
kometalarni  k o ‘ramiz.
Garchi  bir  qarashda,  yulduzlarning  son-sanog‘i  yo‘qdek  tuyulsa-da, 
aslida  oddiy  ko ‘z  bilan  qaraganda  ularning  soni,  osmonning  m a’lum 
yarim  sferasida  uch  mingdan  ortmaydi.
Yulduzlarning o'zaro joylashishi juda sekinlik bilan o'zgaradi, maxsus 
o'lchashlarsiz,  oddiy kuzatishlar asosida bunday o'zgarishlami bir necha 
o ‘n,  hatto  yuz  yillardan  keyin  ham  sezib  bo‘lmaydi.  Bunday  hoi  Yer 
sirtida yulduzlarga qarab  oriyentir (m oijal) olish uchun juda qo‘1 keladi 
va  shu  bois,  ju d a   q ad im   zam o n lard ay o q   say y o h lar  «yulduz 
kompas»lardan  keng  foydalanganlar.
Qadimgi sharqda oriyentir olish uchun  osmonning yorug1 yulduzlari 
alohida to ‘dalarga ajratilib, ularga yulduz turkumlari deb nom berilgan. 
Yulduz  turkum lari,  hayvonlar  (K atta  Ayiq,  Oqqush,  Arslon,  Ajdaho, 
K it  va  hokazo),  yunon  afso nalarining  qah ram onlari  (K assiopeya, 
Andromeda,  Pegas  va  boshqalar)  va  b a ’zan  ularning  yorug1  yulduzlari 
birgalikda qaralganda eslatadigan geometrik shakl yoki predmetlarning 
(Uchburchak,  Tarozi)  nomlari  bilan  yuritiladi.
XVII  asrda  h ar  bir  yulduz  turkum iga  kiruvchi  bir  necha  yorug' 
yulduzlar  yunon  alifbosining  harflari  ( a ,   (3,  y,  5,  va  hokazo)  bilan 
belgilandi. Shuningdek,  130 ga yaqin yorug' yulduzga xususiy nom berildi. 
Jumladan,  K atta  Itning  a   si  -   Sirius,  Aravakashning  a   si  -   Kapella, 
Liraning  a   si  -   Vega,  Orionning  a   si  -   Betelgeyze,  Perseyning  a   si  -  
Algol  va  hokazo  nomlar  bilan  yuritila  boshlandi.  Keyinchalik  xiraroq 
yulduzlarni tartib raqami bilan belgilash qabul qilindi va u hozirgi paytda 
asosan  xira  yulduzlar  uchungina  ishlatiladi.
1922-yilda  yulduz  turkum larini  chegaralovchi  egri  chiziqlar  to 'g 'ri 
chiziqlar  bilan  almashtirilib,  ayrim  katta  maydonli  yulduz  turkumlari
9

bir necha  yulduz  turkumlariga  ajratildi.  Hozirgi  kunda  osmon  sferasi  88 
uchastkaga,  ya’ni  yulduz  turkumiga  bo‘lingan.
M a’lum  yulduz  turkumiga  kiruvchi  bir  necha  yorug*  yulduzlar  shu 
tu rk u m ig a  (yoki  b a ’zan  q o 's h n i  yulduz  turk u m ig a)  kiruvchi  xira 
yulduzlarni  topishda  yaxshi  oriyentir  bo‘lib  xizmat  qiladi.
Osmonda m a’lum yulduz turkumi yoki yulduzni topish uchun dastlab 
yulduz  xaritalari  va  atlaslari  bilan  yaxshilab  tanishmoq va  so‘ngra  ko‘p 
m arta  m ashq  qilm oq  zarur.  Ayniqsa  osmonning  surilma  xaritasidan 
foydalanishni o'rgangan kishi uchun osmonda m a’lum yulduz yoki yulduz 
turkumini  topish  ortiqcha  qiyinchilik  tug'dirmaydi.
2-§.  Quyosh,  Oy,  sayyoralar  va  yulduzlarning  k o‘rinma 
harakatlari
Agar tunda m a’lum bir joydan turib, bir necha soat davomida tinimsiz 
yulduzlar  kuzatilsa,  butun  osmon  sferasining  yulduzlari  kuzatuvchidan 
o ‘tuvchi faraziy o ‘q  atrofida aylanishini ko'rish mumkin. Bunday aylanish 
davomida  ixtiyoriy  yoritgich  o'z  vaziyatini  gorizont  (ufq)  tomonlariga 
nisbatan o'zgartiradi va ularning aylanish davri bir sutkani tashkil qiladi. 
Shuning  uchun  yoritgichlam ing  bunday  h ara k a ti  ularning  sutkalik 
k o ‘rinm a  h arak ati  deyiladi,  boshqacha  aytganda,  bunday  aylanish 
Yerning  o ‘z  o ‘qi  atrofida  aylanishi  tufayli  sodir  b oiad i.
Agar yoritgichlaming sutkalik harakatlari Yerning shimoliy qutbiga juda 
yaqin  boim agan  -   o ‘rta  geografik  kengliklardan  turib  kuzatilsa, janub 
tomonga qarab turgan kuzatuvchiga yoritgichlar chapdan o‘ngga, ya’ni soat 
strelkasi  yo‘nalishida  harakatlanayotgandek  ko'rinadi.  Bunda  m aiu m  
yoritgich, sharq tomonda, har doim m aium  bir nuqtadan ko'tarffib, g‘arbda 
esa  aniq  bir  nuqtada  botadi.  Uning gorizontdan maksimal  balandligi  ham 
(janub  tomon  yo‘nalishida)  kunlar  o ‘tishi  bilan  o ‘zgarmaydi.
Agar kuzatuvchi shimol tomonga qarasa, bir qism yulduzlar sharqdan 
chiqib g‘arbga botayotgani holda, boshqa bir qismi m a iu m  q o ‘zg‘almas 
nuqta  atrofida  konsentrik  aylanalar chizishini  k o ‘rish mumkin  (1-rasm). 
Bu  q o ‘z g ‘alm as  n u q ta   -   d a m n in g   shim oliy  q u tb i  deb  yu ritilad i. 
Olamning  shimoliy  qutbi,  Kichik Ayiq yulduz turkumining (K atta  Ayiq
-   Yetti  qaroqchiga  q o ‘shni  yulduz  turkumi)  eng  yorug*  yulduzi  -     si 
yaqinidan  (orasi  taxm inan  Г)  joy  olgan  b o iib ,  K ichik  Ayiqning  bu 
yulduzi  Qutb  yulduzi  deb  ataladi.
10

Quyosh  va  Oyning  sutkalik  ko 'rin m a 
harakatlari  ham  sharqdan  g‘arbga  tomon 
k u zatilib ,  y u ld u z lard an   fa rq li  o ia r o q , 
ularning chiqish va  botish nuqtalari hamda 
maksimal  balandliklari  (janub  tom onda) 
kun sayin o'zgarib boradi. Xususan, Quyosh 
N av ro 'zda,  y a ’ni  21  m artda,  aniq  sharq 
nuqtasidan ko'tarilib,  aniq g'arbda botgani 
holda bundan keyin uning chiqish va botish 
nuqtalari  shimol  tomonga  siljib  boradi  va 
bu  hoi  22  iyungacha  davom  etadi.  So'ngra 
bu  nuqtalar,  aksincha,  gorizontning janub 
tomoniga  siljiy  boshlaydi.  Shuningdek,  bu 
davrda,  Quyoshning  tush paytdagi  baland­
ligi ham pasaya borib, kunduzi qisqarishga, 
tun  esa  aksincha,  uzayishga  boshlaydi.
Sayyoram izning  y o 'ld osh i  -   Oy  ham  
sutkalik ko'rinm a  harakatda  ishtirok qilib, 
sharqdan g'arbga yulduzlar bilan birga siljib 
boradi.  B iroq  k o 'p   vaqt  talab   etm aydigan  kuzatishlardanoq,  Oyni 
yulduzlarga  nisbatan  osm onning  sutkalik  harakatiga  qaram a-qarshi 
y o 'n alish d a  ham   siljib  borishini  sezish  m um kin.  Bu  u nin g   haqiqiy 
harakati  bo 'lib,  Oy  yulduzlarni  oralab  g'arb d an   sharqqa  tom on  har 
sutkada taxminan 13 gradusdan siljib boradi va 27,32 sutkada Yer atrofini 
bir  m arta  to'liq  aylanib  chiqadi.
Quyoshning  bir  necha  oy  davom ida  sistemali  kuzatilishi  oqibatida, 
Oy  kabi  Quyosh  ham,  yulduzlarga  nisbatan  g 'arb d an   sharqqa  siljib 
borishi  m a ’lum  bo'ladi.  Quyoshning  bunday  ko'rinma  harakati  tufayli 
sutkalik  siljishi,  Oynikiga  nisbatan juda  kichik  bo'lib,  atigi  1  gradusga 
yaqin yoyni  tashkil  qiladi va  bir  yilda  bir  m arta  to 'la  aylanib  chiqadi.
Q uyosh  va  Oyning  osmonni  bir  to 'la   aylanib  chiqadigan  y o ila ri 
bir-biriga  ju d a   yaqin  b o'lib,  ular  kesib  o'tad ig an   yulduz  turkum lari 
Z odiak  yulduz  turkum lari  (yunoncha  «zoo»  -   hayvonlar)  deyiladi. 
M azkur  yulduz  turkum lari  12  ta  bo'lib,  ular  H ut,  Hamal,  Savr,  Javzo, 
Saraton,  Asad,  Sunbula,  Mezon,  A qrab,  Qavs,  Jaddi  va  Dalv  degan 
n o m lar  b ilan   atalad i.  B u la rd an   b irinchi  uch tasini  Q uyosh  b ah or 
oylarida,  navbatdagi  uchtasini  yozgi  oylarda,  qolganlarini  esa,  mos



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling