M. A. Tojiboeva «Din sotsiopsixologiyasi» yo`nalishi


Download 49.5 Kb.
Sana25.03.2020
Hajmi49.5 Kb.

M.A.Tojiboeva

«Din sotsiopsixologiyasi» yo`nalishi

3 bosqich talabasi
PSIXOLOGIYADA KATARSIS VA ANTIKATARSIS TUSHUNCHALARI
Inson psixikasi doimo qiziqarli va shuning bilan birga murakkabki, ruhiyatda sodir bo’ladigan har bir jarayon, hodisa va holatlar ushbu fan olimlari, tadqiqotchilari va hatto boshqa fan vakillarining e’tibor markaziga aylangan. Shunday mavzulardan biri katarsis holati. Bu holatning qonuniyatlarini bilish dolzarb masala hisoblanadi. Bilamizki, insonning qayg’u-hasrat ko’rmay, g’am-anduh chekmay umr ko’rishi mumkin emas. Zero, yaratilgan va jamiyatda mavjud bo’lgan narsalarning barchasi o’z ziddiga ega bo’lib, ular o’rtasida doimo kurash ketadi. Vaqti-vaqti bilan ular o’rin almashib turishadi.

Tun ketidan kun, qishdan keyin bahor almashganidek, odam bolasining hayotida to’kinchilik, farovonlik, sog’liq-salomatlik o’rnini ba’zan yo’qchilik, inqiroz, kasallik kabi mashaqqatlar egallaydi. Ba’zan insonlar o’zidagi salbiy hissiyot, muommo va shunga o’xshash holatlardan bartaraf bo’lish uchun, ya’ni unutish uchun har xil zararli yo’llardan foydalanishadi. Lekin bularning barchasi uning jismoniy va ruhiy ko’rinishlariga o’zining muhrini bosib qo’yadi. Katarsis shunday holatki, insonning o’zini xuddi barcha salbiy hissiyotlar va o’y-fikrlardan qutulgandek yoki kasallikdan so’ng sog’lom bo’lgandek va yoki ibodat yoki amallar jarayonida qalb hotirjamligiga erishgandek bo’lishidir.

“Katarsis” qadimgi grek tilidan so’zma-so’z tarjima qilinganda “tozalanish”, “qutulish” va “tana va ruhning sog’ayishi” kabi ma’nolarni bildiradi [1;56]. Bu tushuncha ruhiy iztirob bo’lib, o’zida tarbiyaviy xususiyatlarni jamlagan holda ongni ijobiy tomonga o’zgartiradi. Bu stress terapiya bo’lib, bu terapiyadan so’ng insonlarga ulardagi barcha muommolar muommo bo’lib emas, balki hayotimizdagi kundalik voqealardan biri bo’lib tuyuladi. Shuning bilan birga, o’sha davrda katarsis hayotning boshqa jabhalarida ham mavjud bo’lgan. Masalan, tibiyyot katarsisi bo’lib, bunda tananing azobli kasalliklardan ozod bo’lishi tushunilgan. Yoki din katarsisi, bunda qalbning gunoh va xatolardan poklanishi tushunilgan. Falsafa adabiyotlarida katarsisning 1500 ga yaqin turlari aytib o’tilgan.

Katarsis tushunchasi psixologiyada. Psixologiyada katarsis metod sifatida foydalaniladi. Bu metod insonda keyinchalik pxisologik muommoga sababchi bo’lgan, hayotidagi og’ir damlarni eslatishga asoslangan [2;273]. Metod mijozga o’zidagi negativ holatdan qutulishiga yordam beradi. Katarsis insonda bir paytlar ochiq savolligicha qolib ketgan va natijada unda discomfort (noqulaylik) ni hosil qilgan geshtalt (nima uchun?)lar va shuning bilan birga fobiyalardan qutulish imkonini beradi hamda bir qancha quyidagi ijobiy o’zgarishlar sodir bo’ladi:

- havotirlanish hissi kamayadi yoki butunlay yo’qoladi;

- salbiy emotsiyalar o’zining kuchini yo’qotadi;

- shaxs o’zining ichki olamini tushuna boshlaydi;

- hayotini yaxshi tomonga o’zgartira boshlaydi.

Ana endi muommolardan qutulishimizga yordam beruvchi katarsisning turlari haqida gapirib o’tsak. Katarsis ikki turda bo’lishi mumkin [3;76]. Katarsisning birinchi turi bu, ichimizdagi bor g’azabni tashqariga chiqarib tashlash bo’lib, bunda shaxs o’zining bor alam va nafratlarini yig’lash, baqirish yoki azoblanish orqali chiqarib yuboradi. Masalan, bor g’azabini ma’lum bir narsaga yo’naltirishimiz orqali, bunga boks qopini misol keltirishimiz mumkin. Boks qopi qarshisida turib, avval barcha bizga qilingan nohaqliklar, alamlar va azoblarni birma-bir hayolimizdan o’tkazamiz. Natijada, bizda g’azab paydo bo’ladi, endi bizni shu holatga keltirgan insonlardan alamimizni olgimiz keladi. Qarshimizda turgan boks qopini o’sha odam deb tasavvur qilib uni bor kuchimiz bilan ura boshlaymiz. Birozdan so’ng, yengillik his qilamiz va bizni shu holga keltirgan odamni kechirgimiz kela boshlaydi. Bu yo’l juda yaxshi samara beradi. Katarsisning ikkinchi turi esa, san’at yordamida ruhiy poklanishdir. Ya’ni, kitob, film yoki teatrdagi drammatik qahramonlarning o’rniga o’zimizni qo’yib ko’rishimiz orqali. Masalan, bir kitob o’qidik, undagi bizga ko’proq ta’sir etgan qahramonni xohlaymizmi yoki yo’q, biz uning o’rniga o’zimizni qo’yib ko’ramiz. Uning barcha his va tuyg’ularini his qila boshlaymiz. Unga rahmimiz kela boshlaydi va achinamiz. Shu yo’l orqali ichimizdagi salbiy emotsiyalardan yo’qqa chiqarishimiz mumkin.

Albatta, shaxs katarsis holatiga osonlikcha tushib qolmaydi. Buning uchun u uchta qadamni bosib o’tishi kerak.

Birinchi qadamda, shaxs uni bezovta qilayotgan muommolar haqida yaxshilab o’ylashi kerak. Faqat bu aniq bir muommo yoki vaziyat bo’lishi(ya’ni, haqiqatdan ham muommo bo’lishi) kerak. O’sha muommoli vaziyat yoki hodisani to’laligicha eslashi va hatto mayda detallarni ham yodga olishi lozim.

Ikkinchi qadamda, shaxsda o’sha vaziyatni eslashi davomida jismoniy zo’riqish va salbiy emotsiyalar hukmronlik qila boshlaydi. Faqat shaxsdan muvozanatni saqlash talab qilinadi.

Uchinchi qadamda esa, shaxs o’zidagi eng kuchli iztirob, qayg’u, nafrat va alamlarni chin qalbidan, bor vujudi bilan his qilishi kerak .Birozdan so’ng, undagi bu tuyg’ular so’na boshlaydi va tez orada u o’zida bir quvonch bilan birga yengillikni his qila boshlaydi. Eng asosiysi, shaxs chin ko’ngildan bu muommolardan qutulishni xohlashi kerak.

O’z o’zidan antikatarsis nima degan savol tug’iladi. Antikatarsis bu o’zini xo’rlangan va jabrlangandek his qilish yoki kimgadur nafrat yoki agressiyani mavjud bo’lishi. Antikatarsis insonda insonparvarlik hislarini yo’q qilib yuboradi, endi u hayotga agressiya va nafrat ko’zi bilan qaray boshlaydi. Ko’plab tadqiqotchilar shu jumladan N.Berdyayev, I.Ilin, V.Rozanov, O.Mandelshtam, A.Shveytsar, E.Fromm va boshqalar insonda antikatarsisni san’at asarlari hosil qilishi to’g’risida o’z fikrlarini berib o’tishgan. Hammaga ma’lumki, Amerikada zo’ravonlik va qahr-g’azabga boy bo’lgan badiiy filmlarning inson psixikasiga ta’sirini yoritib beruvchi katta hajmda sotsiopsixologik adabiyotlar (A.Bandura, L.Berkovis, D.Zillmann, E.Donnerteyn, F.Endison va boshqalar) mavjud. Ular shuni aytishadiki, salbiy syujetlarga boy bo’lgan filmlar inson ruhiyatida va xulqida og’ishishlarni keltirib chiqaradi. Natijada, aksariyat insonlarda turli xil zo’ravonlik, janjal va urushlarga nisbatan moyillik paydo bo’ladi. Shu haqida bir tajribani keltirib o’tsak. 1983-yilda Ch.A.Shakayeva tomonidan kollej o’quvchilari o’rtasida so’rovnoma o’tkazadi. U avval o’quvchilarga zo’ravonlik va buzg’unchikka boy bo’lgan jangari filmni ularga namoyish etadi. Film tugaganidan so’ng, bir oz muddat o’tgach ularda so’rovnoma o’tkazadi. Natijada, 26% yigitlar va 19% qizlar bu filmdan so’ng turli mojoro va urushlarning bevosita qatnashchisi yoki guvohi bo’lganligini aytib o’tishgan. 8,7% yigitlar va 13% qizlar shuni aytishganki, bu filmlarni ko’rish natijasida ularda qo’rquv hissi, atrofdagilarga nisbatan ishonchsizlik, bezovtalanish va kimgadur zulm qilishni xohlash hislari paydo bo’lgan.

Xuddi shuningdek boshqa bir tajribada kollej o’quvchilaridan 50 tasida metodika o’tkazilgan. Ularda САН (Самочувствие Активность Настроение.) va A.N.Lutoshkinning “цветопись” nomli metodikasini qo’llashgan. Olingan natija shunday bo’lganki, jangari va qo’rqinchli filmlarni ko’rgandan so’ng, yigitlarda qo’zg’alish, qizlarda esa, tormozlanish kuzatilgan [3].

Inson ba’zan o’z hatti-harakatlarini nazorat qila olmaydi. Uning ruhiyatidagi holat uni shu holatga keltirib qo’yadi. Ba’zi bir insonlar atrofdagi ko’ngilsizliklarga e’tibor qaratmaydi, ba’zilar o’ta ta’sirchan bo’lib, hamma narsani o’ziga oladigan bo’ladi, ba’zilar go’yoki befarqku, ammo, ich ichidan tushkunlikka tushib yurishgan bo’lishadi. Bunday hollarda inson barcha nohushliklar, ko’ngilsizliklar va xafagarchiliklarga befarq bo’lishi yoki unutishga harakat qilishi lozim.



Ma’lumki, ko’plab kasalliklar bevosita asab tizimi tufayli yuzaga keladi. Shunday hollarda katarsisning o’rni katta. Xoh u diniy katarsis, xoh estetik, xoh psixologik bo’lmasin hammasi ma’lum bir darajada psixologik ta’sir kuchiga ega. Yuqoridagi tajribalardan ko’rinib turibtiki, har bir san’at asari inson ruhiyatiga ta’sir etish xususiyatiga ega. Inson ruhiyati masalasida ehtiyot bo’lish lozim. Negaki, ruhiyatimiz xulqimizda aks etadi. Agar u sog’lom bo’lsa, yaxshiyu, ammo nosog’lom bo’lsa, bu jamiyat uchun zarar keltirishi mumkin. Haqiqatdan hozirgi globallashuv davrida terror kuchlar o’z maqsadlari yo’lida turli videoroliklar, kitoblar, internet saytlari va ko’plab shunga o’xshash vositalardan samarali foydalanishmoqda. Shu o’rinda, Albert Shveytsarning “Madaniyat optimistik va ahloqiy dunyoqarash mahsulidir” degan gapini aytib o’tish o’rinli. Shu narsa aniqki, yaxshilik, adolat, musaffolik, samimiyat hamda haqiqatga to’la hayotni o’z qo’limiz bilan yaratamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


  1. Аристотель. Об искусстве поэзии. М., 1957.

  2. Геннекен Э. Опыт построения научной критики (Этнопсихология). СПб., 1892.

  3. Семенов В.Б. Социальная психология искусства. Л., 1988.


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling