M. A. Velikanov olib borgan tadqiqotlarda sellar oqimining tirkibiy klassifikatsiyasi ilmiy asoslangan
Download 18.62 Kb.
|
Сув омборлари гидрологияси фани ва унинг мазмуни.
Suv omborlari gidrologiyasi fani va uning mazmuni REJA
Fanning maqsadi, vazifalari Fanning rivojlanish tarixi Suv omborlari gidrologiyasini o‘rganishning ahamiyati “Suv omborlari gidrologiyasi” fanining asosiy maqsadi - suv omborlari va quruqlikdagi boshqa suv manbalarida kelajakda ishlaydigan yuqori malakali kadrlarni shakllantirish. Fanning vazifasi: daryolarda suv zahiralarining shakllanishi va ularning gidrologik rejimi, daryo oqimini rostlash va vaqt doirasida boshqarish, suv omborlarining ish rejimi, suv sathlari o'zgarishi kabi gidrologik ko'rsatkichlarini aniqlash, suv ombori hajmining o'zgarishi dinamikasi qonuniyatlari, filtratsiya va bug'lanish natijasida suv yo'qotishlar, o'zan va qirg'oqlar shakllanuvi jarayonlari, gidrokimyoviy va gidrobiologik ko'rsatkichlar va ularning o'zgarishi, suv omborlarini boshqarish va uning atrof-muhit bilan o'zaro munosabatini o'rgatishdan iborat, Suv omborlarini qurilish tarixi IX-XI asrlarda kanallarni nivelirlash asboblari ( Abu Rayxon Beruniy, «O‘tgan avlodlar esdaliklari») ishlatib kelingan, gidrotexnik inshootlarni texnik holatini kuzatish, suv o‘lchash (Ahmad al Farg‘oniy) ishlari olib borilgan 1941-1950 yillarda Kattaqo‘rg‘on, Kasonsoy, Qamashi suv omborlari. 1951-1960 yillarda Uchqizil, Kuyumozar, Degress, Toshkent, CHimqo‘rg‘on suv omborlari. 1961-1970 yillarda 5ta, 1971-1980 yillarda 12 ta suv ombori Markaziy Osiyoda suv omborlari gidrologiyasi bo‘yicha ilk tadqiqotlar O‘lka olimlari M.A. Velikanov, YU.V. Vinogradov, X.A. Ismagilov va boshqalarning sellarga doir tadqiqotlari: M.A. Velikanov olib borgan tadqiqotlarda sellar oqimining tirkibiy klassifikatsiyasi ilmiy asoslangan. YU.V. Vinogradov tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda M.A. Velikanovning ilmiy ishlariga aniqlashtirish kiritilgan va sel oqimi tarkibining chegeraviy holatlari keltirilgan. X.A. Ismagilov olib borgan tadqiqotlarda esa sel oqimlari, o‘zan jarayonlari va sel oqimiga qarshi chora-tadbirlar keltirilgan. Xozirgi kunda O‘zbekiston gidrometerologiya ilmiy- tadqiqot instituti bu sohada ilmiy ishlar olib bormoqda. Ushbu izlanishlarda zamonaviy usullar va zamonaviy uskunalardan foydalanilmoqda. Ko‘p yillik kuzatuv va tahlillar respublikamizda kuzatilgan sellarning 40 % i Farg‘ona vodiysiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda. Sellar asosan mart – avgust oylarida o‘tishiga qaramay, eng faol oylar aprel va may hisoblanadi. Ushbu oylarda jami sellarning 30 – 36 % i kuzatiladi. Download 18.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling