Masalani quyidagicha baholanadi:
to’liq echilgan, bo’lim bo’yicha olgan nazariy bilimlarni masala echishda to’g’ri qo’llangan bo’lsa – 5 ball.
to’liq echilgan, echish yo’li to’g’ri tanlangan, ammo uni echishda ayrim kamchiliklarga yo’l qo’yilgan bo’lsa – 4 ball.
echish uchun kerakli formulalar barchasi to’g’ri tanlangan, ammo uni noto’g’ri echilgan bo’lsa - 3 ball.
echish uchun kerakli formulalar ayrimlari to’g’ri tanlangan bo’lsa, noto’g’ri echilgan bo’lsa– 2 ball.
Talabalarning mustaqil ishi (TMI) sifatida har bir tanlangan mavzu bo’yicha belgilangan topshiriqlarni bajarilishi 5 balli tizimda baholanadi. Baholarni o’rtachlashtiriladi.
Mustaqil ta’lim quyidagicha baholanadi:
Mavzu mohiyati to’liq yoritib berilgan, to’g’ri hulosa chiqarilgan va savol bo’yicha ijodiy fikrlari bildirilgan bo’lsa – 5 ball.
Mavzu mohiyati yoritib berilgan va savollarga javob berilsa – 4 ball.
Mavzu mohiyatini yoritishda kamchiliklarga yo’l qo’yilgan bo’lsa – 3 ball.
Mavzu mohiyatini hato yoritilgan, savollarga javob berilmasa – 2 ball
2. Oraliq baho.
2.1. Oraliq baho fanning bo’limlari bo’yicha yozma ish ko’rinishida 1 marta o’tkaziladi.
har bir yozma ishda 5 tadan amaliy masala bo’lib, yozma ish bajarilgan ish hajmi va sifatiga qarab 5 balli tizimda baholanadi.
3. Yakuniy nazorat
3.1. Yakuniy nazorat alo’ida mavzularga asoslangan ikkita nazariy savol va bitta amaliy masaladan tashkil topgan yozma ish shaklida o’tkaziladi.
Nazariy savol bo’yicha mavzudagi tayanch tushuncha va iboralar mohiyati:
to’liq ochilgan va xulosalangan – 5 ball.
to’liq ochib berilmagan – 4 ball
yoritilgan, ammo ayrim kamchiliklari bor bo’lsa – 3 ball
chala yoritilgan bo’lsa va notog’ri tushunchalar keltirilgan – 2 ball bilan baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |