M balandlikdan 5 m/s tezlik bilan gorizontal otilgan jismning uchish uzoqligini toping (m)


Download 22.87 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi22.87 Kb.
#1629209
Bog'liq
Shamshod ustoz


Fizika
1. 80 m balandlikdan 5 m/s tezlik bilan gorizontal otilgan jismning uchish uzoqligini toping (m).
A) 20 B) 40 C) 45 D) 60
2. Gorizontal otilgan jismning harakat davomida qaysi kattaligi o’zgarmas bo’ladi.
A) tezligi B) tezlanishi C) ko’chishi D) uchish uzoqligi
3. Gorizontga burchak ostida otilgan jismning trayektoriyasi qanday bo’ladi? Havoning qarshiligini hisobga olmang.
A) ellips B) gorizontga qiya to‘g‘ri chiziq C) aylana D) parabola
4. Jismning inertligi nima bilan xarakterlanadi.
A) hajm B) og’irlik C) zichlik D) massa
5. Кuch birligi 1 N ni ta'riflang.
A) 10 kg massali jismga 1 m/s2 tezlanish beruvchi kuch
B) 1 kg massali jismga 1 m/s2 tezlanish beruvchi kuch
C) 1 kg massali jismga 1 m ga ko'chiruvchi kuch
D) 1 kg massali jismga 10 m/s2 tezlanish beruvchi kuch
6. 20 N kuch jismni tezligini 5 s ichida 1 m/s dan 2 m/s gacha oshirib bergan bo’lsa, jismning massasi (kg) qanchaga teng?
A)100 B) 20 C)50 D) 200
7. Jismga ta ’sir qilayotgan hamma kuchlarning vektor yig'indisi nolga teng bo'lsa, jism qanday harakat qiladi?
A) tezligi ortib boradi. B) aylana bo'ylab doimiy tezlik bilan.
C) to'g'ri chiziq bo'ylab doimiy tezlik bilan. D) tezligi kamayib boradi.
8. O'zgarmas bir xil kuch ta’sirida to'g'ri chiziqli harakat qilayotgan jismlarning harakat tenglamalari x1=5t2 va x2=2t2 bo'lsa, ularning massalari necha marta farq qiladi?
A) 2,5 B) 3. С) 4 D) 5
9. 2 N kuch ta ’sirida prujina 0,01 m cho'zildi. Prujinaning bikrligi necha N/m?
A) 20 B) 100 C) 40 D) 200
10. Gravitatsiya doimiysining birligini ko‘rsating.
A) Nm2/kg2 B) Nkg2/m2 C ) N / m2 D) kg
11. Massasi 0,2 kg bo'lgan yuk ta ’siri ostida 4 cm ga uzaygan prujinaning bikrligini toping (N/m).
A) 100. B) 90. C) 50 D) 20.
12.Minutiga 600 marta aylanayuvchi g’ildirakning diametri 50 cm ga teng.G’ildirakning aylanish tezligini toping (m).
A)5π B) 10π С) π D)2π
13.Trayektoriyasi radiusi 2 marta kichiklashib,tezligi o’zgarmasa ,jismning markazga intilma tezlanishi qanday o’zgaradi?
A)2 marta ortadi B)2 marta kamayadi C)o’zgarmaydi D)4 marta ortadi
14.Jism 20 m balandlikdan 15m/s tezlik bilan gorizontal otildi.Uning uchish uzoqligini toping(m)?
A)25 B)35 C)30 D)27
15. 80 m balandlikdan 15m/s boshlang’ich tezlik bilan jism gorizontal otildi.Jismning umumiy ko’chishini toping(m)?
A)80 B)100 C)60 D)70
16. Uzunligi 20 sm bo’lgan metall sterjen uchlaridan 50 N va 40 N kuchlar bilan qarama-qarshi tomonga tortilmoqda. Sterjenni 50 N kuch ta'sir qilayotgan uchidan 5 sm masofadagi ko‘ndalang kesim yuzaga qanday (N ) kuch ta'sir qiladi?
A) 50 B) 25 C) 42,5 D)47,5
17. Jism va qiya tekislik orasidagi sirpanish ishqalanish koeffitsiyenti µ = 0,2 bo’lsa, jism tezlanishi necha m/s2 bo’ladi? Qiyalik burchagi 45°, g = 10 m / s2 deb olinsin.
A) 5,5 B) 5,6 C) 5,8 D) 5,9
18.Massasi 400 kg bo’lgan avtomobilni 0,6m/ s2 tezlanish bilan shatakka olib ketilayotganda trosning cho’zilishini (mm) toping.Trosning bikrlik koeffitsienti 100kN/m ga teng.
A)12 B)1,8 C )2,4 D)0,24
19.Ikki jism orasidagi tortishish kuchi 36 marta oshgan va jismlardan birining massasi shuncha marta kamaygan bo’lsa ,ular orasidagi masofa qanday o’zgargan?
A)6 marta ortgan B)6 marta kamaygan C)o’zgarmagan D)36 marta kamaygan
20. Massasi 8 kg va tezligi 6 m/s va massasi 1 kg va tezligi 20 m/s bo’lgan jismlar o'zaro 45° burchak tashkil qilib harakatlanmoqda. Ularning nisbiy impulsini toping (kg m / s ) .
A) 48 B)28 C)63,7 D)36,7
21.36km/soat tezlik ketayotgan avtomobilga tormoz berilgach,u 25 m yo’l bosib to’xtadi.Ishqalanish koeffitsientini toping.
A)0,2 B)0,4 C)0,5 D)0,65
22.Yuqoriga tik otilgan 80 g massali jismga havoning 0,8 N qarshilik kuchi ta’sir etayotgan bo’lsa,jismning tezlanish moduli necha m/s2 ga teng?
A)25 B)20 C)15 D)10
23.Poldagi 10 kg massali yukni 120 N kuch gorizontga 300 burchak ostida pastga ta’sir etib,joyidan tekis siljitgan bo’lsa ,pol bilan jism orasidagi ishqalanish koeffitsientini toping?
A)0,4 B)0,6 C)0,5 D )0,65
24.1 kg massali jismga o’zaro 1200 burchak ostida bo’lgan 6N va 8N kuchlar ta’sir qilsa ,jismning tezlanishi qanday m/s2 bo’ladi?
A)6 B )7.2 C )10 D)14
25.Jismning bir nuqtasiga 2 ta 10 N dan bo’lgan kuchlar 600 burchak ostida ta’sir etmoqda.Shu kuchlarning teng ta’sir etuvchisini toping.
A)170 B )68 C )34 D )10
26. Massasi 2 kg bo’lgan jism 4 metr uzunlikdagi ipga bog’lab, vertikai tekislikda 10 m/s tezlik bilan aylantirilmoqda. Traektoriyaning eng yuqori nuqtasidagi ipning taranglik kuchini (N ) toping.
A) 8 B) 30 C) 12 D) 18
27.Gorizontga 450 burchak ostida otilgan disk 20 m ko’tarildi.Uning uchish uzoqligi necha metr bo’ladi?
A)20 B)40 C)80 D)160
28.O’quvchi 50kg massali yukni gorizontga nisbatan 300 burchak ostida yuqoriga yo’nalgan F kuch bilan tortib ketmoqda .Agar harakat tekis va yuk bilan asirt orasidagi ishqalanish kaeffitsienti 0,26 ga teng bo’lsa,F ni (N) toping.cos300 =0,87,sin300=0,5
A)433 B)130 C)500 D)300
29.Massasi 4000kg bo’lgan yuksiz avtomashina 0,3m/s2 tezlanish bilan qo’zg’aladi.Yuk ortilgan holda avtomobil xuddi avvalgidek tortish kuchi ta’sirida harakatga kelib 0,2 sekunddan so’ng 1m/s tezlikka erishadi.Ortilgan yukning massasini (kg) toping.
A)10-3 B)3000 C)2000 D)200
30.Po’latdan yasalgan,balandligi 300m bo’lgan Eyfel minorasining massasi 7200 t .Bu minoraning zichligi po’latnikidan 2 marta kichik bo’gan moddadan yasalgan,balandligi 30 sm bo’lgan modelining massasi qanday bo’ladi?
A)3,6 t B)3,6 kg C)360 g D )36g
Download 22.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling