M. D. Skobelev nomiga qoʻyilgan Fargʻona


Download 355.49 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.12.2022
Hajmi355.49 Kb.
#999439
Bog'liq
Fargʻona - Vikipediya



Fargʻona
Farg'ona viloyati markazi.
Fargʻona (1907-yilgacha — Yangi Margʻilon; 1907—1924-yillarda Skobelev, mahalliy talaffuzda
— Iskobil deb atalgan. Podsho Rossiyasining Oʻrta Osiyoni bosib olishda va keyingi yillarda
koʻplab qirgʻinbarotlar uyushtirgan generali 
M.D. Skobelev
nomiga qoʻyilgan) — Fargʻona
viloyatining maʼmuriy, iktisodiy va madaniy markazi, respublikaning yirik shaharlaridan biri.
Maydoni 0,09 ming km². Aholisi 222,4 ming kishi (2004, Fargʻona vodiysidagi shaharlar ichida
aholi soni boʻyicha 3-oʻrinda). Shahar Fargʻona vodiysining jan. qismida, Olay togʻlarining etagida,
580 m balandlikda joylashgan. Iklimi kontinental. Oʻrtacha yillik temperatura 13°. Yanvarning
oʻrtacha tempaturasi —2,7°, iyulniki 26,4°. Eng past temperatura 27°, eng yuqori temperatura
42°. Yiliga 192 mm yogʻin tushadi. Yogʻinning koʻp qismi qish va bahor fasllarida yogʻadi.
Gʻarbdan baʼzan qattiq shamol va garmsel, Olay togʻi (Shohimardonsoy vodiysi)dan togʻvodiy
shamoli esadi.


Fargʻona
Viloyat
40°23′11″N 71°47′11″E / 40.38639°N 71.78639°E (https://tools.wmflabs.org/geohack/geohack.ph
p?pagename=Farg%CA%BBona¶ms=40_23_11_N_71_47_11_E_scale:100000_region:UZ_typ
e:city)
Mamlakat
Oʻzbekiston
Hukumat
• 
hokim
Mirzohid Ubaydullayev
[1]
Asos solingan
1876
Avvalgi nomlari


Skobelev (1910-1924)
Maydon
1,003 km
2
(387 mi²)
Markazi balandligi
580 m
Iqlim turi
moʻtadil, subtropik
Rasmiy til(lar)i
oʻzbek tili
Aholisi (2020)
291 100
[2]
Zichligi
2 902,3 kishi/km
2
Milliy tarkib
oʻzbeklar
91,84% 
ruslar
 2,53% 
qirgʻizlar
1,36% 
tojiklar
v.b 2,88%
[3]
Konfessiyaviy tarkib
Musulmonlar

Xristianlar
Vaqt mintaqasi
UTC+5
Telefon kodi
+998 73
Pochta indeks(lar)i
712000-712200
Avtomobil kodi
40-49, (eskisi — 15)
Fargʻona


Fargʻona soʻzining kelib chiqishi toʻgʻrisida turli fikrlar mavjud. Olimlar "Fargʻona" soʻzining
bundan 13 asr ilgari sugʻd yozuvlarida "Pargʻana", "Pragʻana" shakllarida yozilganligini hamda
hind-sanskrit tilida "kichik viloyat"; fors tillarida "togʻ oraligʻidagi vodiy", "atrofi berk soylik"
degan maʼnolarga ega boʻlganligini taʼkidlaydilar. Farg'ona o'zining go'zal landshaftlari bilan
mashhur bo'lgan olis shahar. "Chimyon" kurorti Olay tog 'etaklaridagi shifobaxsh mineral
buloqlarning muvozanati bilan mashhur bo'lgan Chimen qishlog'iga asoslangan. Eng katta kurort
Markaziy Osiyoda joylashgan.
[
https://samarkandtours.com/uz/uzbekistan/fergana/%7Cfargana
1876-yil Rossiya imperiyasi Qoʻqon xonligini yoʻqotib uning hududida Fargʻona viloyatini tuzgach,
maʼmuriy markaz qurish uchun Margʻilondan 10 km janubida joylashgan Yormozor va sobiq Sim,
Chiringan qishloqlari oʻrnini tanladi. Shahar qurilishi loyiha boʻyicha 1877-yil iyunda boshlandi.
Qurilish harajatlari, asosan, mehnatkashlar zimmasiga yuklandi (soliq solindi). Bu shaharni katta
maydonni qurshab olgan qalʼa ichida qurish koʻzda tutildi. Qalʼadan shim.gʻarb va gʻarbga tomon
radius shaklida uchta uzun koʻcha qurildi. Ulardan biri eski Margʻilon tomonga yoʻnaldi. Bu
koʻchalar parallel tor koʻchalar bilan tutashtirildi. General-gubernator shaharni Yangi Margʻilon
deb atashni buyurdi. Shaharning qurilishi 1904-yilda yakunlandi. Yangi Margʻilon, asosan,
Margʻilonsoyning chap sohilida joylashdi. Oʻng sohili bozor uchun moʻljallandi. Shaharning jan.
qismida kazarmalar qurildi, gʻarbiy qismida harbiy boshqarma joylashtirildi. 1880-yilda bu
boshqarma yozgi harbiy lagerga oʻzgartirildi.
Shahar koʻchalarining har ikki tomoniga daraxt ekildi. Shaharda sanoat korxonalari qurilmadi.
1898-yil Samarqand—Andijon temir yoʻl oʻtkazilishiga qaramasdan, shaharning kengayishi va
rivojlanishi sekinlik bilan bordi. 1891-yilda shaharda 2 ta pivo pishirish va bitta koʻnchilik zavpdi
faoliyat koʻrsatdi. Mahalliy yarim kustar korxonalar mahalliy xom ashyoni qayta ishlash bilan
Fargʻona
Tarixi


shugʻullanardi. Paxta tozalash zavpdi faqatgina temir yoʻl oʻtkazilgandan keyin qurildi. 1899-
yilda Yangi Margʻilon shahri aholisi atigi 4 ming kishini tashkil etdi.
1907-yilda mustamlakachi maʼmurlar shahar nomini oʻzgartirib, Skobelev deb atadilar. Oʻsha yili
temir yoʻl vokzalini ham qurish boshlandi.
1914-yilda yana 4 ta paxta tozalash zavodi va 8 ta pilla quritish moslamasi foydalanishga
topshirildi. Shaharchada, asosan, podsho maʼmuriyati va amaldorlari, harbiylar, savdogar va
mahalliy boylar yashardi. 1913-yilda shahar aholisi 14 ming kishiga yetdi. Shundan oʻzbeklar atigi
3216 kishini tashkil etdi.
Shahar tunda 80 ta yoritqich (fonus) bilan yoritilardi. Doʻkonlar aholiga xizmat koʻrsatgan. 1917-
yilgacha shahardagi 3 ta gimnaziyada 600 oʻquvchi, 5 ta maktabda esa 821 oʻquvchi oʻqidi.
Ularga 20 oʻqituvchi saboq berdi. Shaharda birgina kasalxona (35 oʻrin) va bir dorixona mavjud
edi.
1917-yil 6—7-dekabrda Skobelevda hokimiyatni shoʻrolar egalladi. 1921-yil da Oʻrta Osiyo
ipakchilik sanoatining dastlabki korxonasi — pillakashlik fabrikaasi foydala nishga topshirildi.
1917-yilgacha shaharda, quvvati 700 kVt boʻlgan xususiy (Lipinskiyga qarashli) elektr styasi
boʻlgan. Oʻsha yildan keyin Fargʻona vodiysida yagona boʻlgan issiqlik elektr markazi ishga
tushirildi. Quvasoy issiqlik elektr styasi faoliyat koʻrsata boshlagandan keyin ular yagona
energiya sistemasiga birlashtirildi. Shundan keyin toʻqimachilik fabrikaasi, yogʻ zavodi ishlay
boshladi. Paxta tozalash zavodlari, tegirmonlar, kustar korxonalar qayta qurilib kengaytirildi va
elektr energiya quvvati bilan ishlay boshladi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda ishga
tushirilgan Xoʻjaobod—Fargʻona, Shim. Soʻx—Fargʻona—Quvasoy gaz quvurlari Fargʻonani Buxoro
yaqinidan boshlangan yagona gaz quvuri sistemasi bilan bogʻladi.
Undan keyin gidroliz zavodi, 1958-yilda neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. 1960- yillarda
Fargʻonada temirbeton buyumlari, shifer-gʻisht zavodlari, 2 issiqlik elektr markazi qurildi.
Shaharda 2300 dan ortiq kichik korxona, 10 avtokorxona, mahalliy xom ashyodan kimyoviy tola
(atsetat ipagi) ishlab chiqaradigan, azot, sovun, gaz apparatlari, neftni qayta ishlash, mexanika,
paxta tozalash, konserva zavodlari; uysozlik, moy, sut k-tlari, trikotaj, pillakashlik, poyabzal
fabrikaalari, "Fargʻonapivo", don mahsulotlari korxonalari ishlab turibdi. 24 qoʻshma korxona
("KabulFargʻona", "Oʻzsalaman", "Ferteks", "Yevraziya Tapo Disk", "Ferkon" va boshqalar) faoliyat
koʻrsatadi. Sanoat korxonalari, asosan, shahar markazida hamda Qirguli mavzeida joylashgan.
Iqtisodiyoti


Fargʻona Respublikaning yirik ilm va madaniyat markazlaridan biridir. Fargʻonadan 52 km jan.da
Shohimardon kurorti, shahardan 32 km narida, Oltiariq tumanidagi xushmanzara joyda 2 yirik
shifoxona joylashgan. 2 madaniyat saroyi, 28 kutubxona, viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, 4
madaniyat uyi, musiqali drama teatri, rus drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri, yoshlar xiyoboni,
madaniyat va istirohat bogʻi, Toshkent 2-tibbiyot instituti filiali, universitet, politexnika instituti,
3 ta bolalar musiqa maktabi, sanʼat maktabi, 41 umumiy taʼlim, 4 kattalar taʼlimi maktablari, 3
akad. litsey, 18 kasbhunar kolleji faoliyat koʻrsatadi. 3 stadion, sport majmuasi, kasalxona,
poliklinika, dorixonalar mavjud. Fargʻonadan tuman markazlari, shahar va shaharchalariga avtobus
qatnaydi. Havo transporti orqali Toshkent shahri, viloyat markazlari va xorijiy davlatlar bilan
bogʻlangan. Shaharda 2 viloyat gazeta, shahar gazeta ("Fargʻona tongi", 1955-yil 29-dekabrda
tashkil etilgan, adadi 3000), 22 tarmoq gaz., 15 xususiy gazeta va 6 jurnal nashr etiladi. 3 ta
telestudiya faoliyat koʻrsatadi.
Aholisi 250,000. Fargʻona shahriga 
Margʻilon
va 
Toshloq
shaharlari tutashib ketgan. Agar 3 ta
shaharni aholisi bilan hisoblasak, 400,000 dan oshadi. Fargʻona shahrining ramzi 
chinor
bargidir.
Fargʻonada Markaziy Osiyodagi eng mashhur futbol jamoasi — 
«Neftchi»
shahar shaʼnini himoya
qiladi. «Neftchi» FC 5 karra Oʻzbekiston chempioni, 7 karra kumush medal sohibi, 2-marta billur
sovrin egasi, 1 marotaba Osiyo Chempionlar Ligasi 3-oʻrin sohibi va MDH davlat chempionlari 2-
oʻrin sohibidir.
Fargʻonaning iqlimi huddi boshqa vodiylar kabi,
континентальный
. Qish — yumshoq. Yanvarda
oʻrtacha harorat +0,2°, Past daraja —25,8 °. Uzoq qor yogʻish davomiy emas. Baʼzi qishning
kunlari kun issiq boʻladi. Yoz issiq. Iyulda oʻrtacha harorat +27,4°, Baland harorat +45,2°
[4]
.
Iyul oyida issiq shamol kuzatiladi asosan gʻarbiy qismida
Fargʻona eng yashil shahar Markaziy Osiyoda darahtlar oʻstirish boʻyicha,yaʼni
chinorlarni.Chinorlar Fargʻonaning ramzi hisoblannadi
Fargʻona eng koʻp ishlab chiqaruvchi shahar 
Toshkent
 dan soʻng
Adabiy tilning asosi Fargʻona shevasi hisoblanadi.
Aholisi
Iqlim
Faktlar


Fargʻona 
Azot oʻgʻitlar zavodi Azotмас ОАО
Fargʻona 
Mexanika zavodi ГАО ТАПОиЧ
Fargʻona 
Фергана Автогласс ООО
Fargʻona 
Уз-ДонгЯнг-Фергана ООО
Fargʻona
ЕвразиаТАПО-Диск СП ЗАО
Fargʻona 
Завод Газовый Аппаратуры МП
Fargʻona 
Завод Искусственных кож ОАО
Fargʻona 
Автомобильный Учебно-производственный Комбинат, МП
Fargʻona 
ЗЖБИ-Завод Железобетонных Изделий
Fargʻona 
НефтеПерерабатывающий Завод ГП
Fargʻona 
UZ-SALAMAN АОЗТ (обувная фабрика)
Fargʻona 
Масло-жир Комбинат ОАО
Fargʻona 
Хлоп-Промышленность ГП
Fargʻona 
Гренажный Завод ОАО
Fargʻona 
Текстильный Комбинат АО
Fargʻona 
Хлоп-Завод АО
Fargʻona 
Учебно-Производственное Предприятие Общества Слепых ГОУ
Fargʻona 
Завод Фурановых Соединений ОАО
Fargʻona 
Завод Химического Волокна ГП
Фарриг-Фергана Co Ltd СП текстиль
Кабул-Фергана Co. Ltd текстиль
Sanoat


FERAE ООО
Кагума ОАО
Истикбол ООО
Луфер ООО
Фергана Обувь ОАО
Буюк Ипак Йули ОАО
ФерТрансПаритет СП
Паш-А Кожа СП
Втормет, КП
Uz Sangwoo СП
OOO "A.Akbarali"
Fargʻona viloyati oʻlkashunoslik muzeyi
Eski qattiqlik
Viloyat teatri
Harbiylar uyi
Fargʻona markaziy qamoqxonasi«FQM»
Fargʻona Jome Masjidi «Жоме Масжид»
Al-Fargʻoniy yodgorligi
Farg'ona viloyat hayvonot bog'i
«Fargʻona»
Turon Hotel mexmonxonasi
Kinoteatrlar
Alisher Navoiy nomidagi
Diqqatga sazovor joylar
Fargʻona mehmonxonalari
Koʻngil ochar joylar

Download 355.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling