M: Dars tahlili va uning mazmuni Mundarija kirish


O’qituvchilar aksariyat hollarda dars jarayonida quyidagi xato va kamchiliklarga yo’l qo’yadilar. Jumladan


Download 121 Kb.
bet5/15
Sana23.04.2023
Hajmi121 Kb.
#1389665
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kurs ishi Qutfiddin Sirochiddinov

O’qituvchilar aksariyat hollarda dars jarayonida quyidagi xato va kamchiliklarga yo’l qo’yadilar. Jumladan:

  1. dars maqsadi bilan o’quvchilarni tanishtirmaslik;

  1. interfaol metodlardan samarasiz foydalanish;

  1. dars jarayonida barcha o’quvchilarning ishtirokini ta’minlay olmaslik;

  1. o’quvchilar bilan yakka va jamoa tartibda ishlashga erisha olmaslik

  1. o’quvchilarning mustaqil ishlashini ta’minlamaslik

  1. o’quvchilar bajargan ishlarini vaqtida baholamaslik;

  1. o’qituvchi nutqining ravon ta’sirchan emasligi

  1. mavzuni amaliyot bilan bog`lab tushuntirmaslik;

  1. mavzuni ilmiy va amaliy nuqtai nazardan tushuntirishga e’tibor bermaslik;

  1. sinf doskasi, darslik, o’quvchi daftari, qo’shimcha adabiyotlardan foydalanishning tizimli yo’lga qo’yilmaganligi;



  1. O’quvchilarga beriladigan savollarning muammoli tarzda tuzilmaganligi kabilar.

Darslar aniq maqsad asosida kuzatilishi va tahlil qilinishi lozim. Shundagina natijasi samarali bo’ladi va o’quv jarayoni yuzasidan aniq xulosa chiqarish imkonini beradi. Dars tahlilida tizimsizlik, aniq bir maqsadning yo’qligi, darsga tasodifan qatnashish, darsni chuqur tahlil qila olmaslik, o’qituvchiga amaliy yordam ko’rsata olmaslik esa darslar sifatining va saviyasining pasayib ketishiga olib keladi.

Darslarni tahlil qilish faqatgina metodik ahamiyatga ega bo’lmay, balki maktabda o’quv-tarbiya jarayoniga rahbarlik va nazoratning muhim shakllaridan biridir. O’qituvchi darsini kuzatish va tahlil qilish amaliyotining tizimli amalga oshirilishi darslarni qiyoslash va yo’l qo’yilgan xatolarning bartaraf etilganligini aniqlash imkoniyatini beradi. O’qituvchilarning o’zaro dars kuzatishi tajriba almashinuv jarayoni bo’lib, dars o’tayotgan o’qituvchi bor mahoratini ishga solib, yuqori ishchanlik bilan faoliyat ko’rsatsa, tahlil qiluvchi o’qituvchi esa taklif va mulohazalar berish orqali tajribasini boyitadi, metodik malakasini oshiradi. 


Download 121 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling