M e hnat b o z ori statistikasi


Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, 2018


Download 1.44 Mb.
bet2/19
Sana20.09.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1683081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, 2018.


KIRISH

O„zbekiston Respublikasi Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Statistika” fanidan o„quv dasturi 2 bo„limdan iborat. II bo„limi “Iqtisodiy statistika” deb nomlangan bo„lib, unda “Mehnat bozori statistikasi” mavzusi muhim o„ringa ega. Bu mavzuda mehnat bozorining mohiyati, mehnat resurslari va ularning harakat ko„rsatkichlari, aholining ish bilan bandligi va ishsizlik, xodimlarning ish vaqti va ulardan samarali foydalanish ko„rsatkichlari ifodalangan bo„lishi lozim. Shuning uchun ham talabalar ushbu mavzuni chuqur o„rganib, har bir savolning mohiyatiga to„liq tushinib olishlari kerak. Ushbu o„quv- uslubiy qo„llanma talabalarga mavzuni chuqurroq o„rganib olishlari uchun tayyorlangan bo„lib, “Statistika” fanini o„rganuvchi quyidagi ta‟lim yo„nalishi bakalavrlariga mo„ljallangan:


5111000 – kаsb tа‟limi: (iqtisоdiyot)
5230100 –iqtisоdiyot(tаrmоqlаr vа sоhаlаr bo`yichа)
5230200 – mеnеjmеnt (turizm)
5230400 – mаrkеting (turizm)
5230600 - Moliya
5230900 - buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo`yicha)
5610200 – mехmоnхоnа хo`jаligini tаshkil etish vа bоshqаrish
5610300 – turizm(fаоliyat yo`nаlishlаri bo`yichа)

Ushbu o„quv-uslubiy qo„llanmadan kollej o„quvchilari va boshqa qiziquvchilar ham foydalanishi mumkin.




ESLATMA.

1. Talaba mavzularni yaxshi o‟zlashtirishi uchun ma‟ruzani yaxshi tinglab, mavzu savollari mohiyatiga tushunib, asosiy joylarini konspekt qilishi lozim. Keyinchalik bu mavzu savollarini o‟quv adabiyotlaridan o‟rganib to‟liq o‟zlashtiradi.


2. Har bir amaliy darsga mavzuni yaxshi o‟qib, nazariy jihatdan yaxshi tayyorlanib keling. Tayyorlanish jarayonida savollar paydo bo‟lsa, uni yozib qo‟ying. Bu savollarni dars boshlanishidan oldin aniqlashtirib olasiz.
3. O‟rtoqlaringiz javob berayotganda yaxshilab tinglab, ularning so‟zlari noto‟g‟ri yoki boshqacha bo‟lsa ham so‟zini bo‟lmang. Keyin so‟z olib gapirasiz.
4. Gapirayotganlaringizda mavzu yoki savol bo‟yicha qisqa va sodda qilib so‟zlang, chunki boshqa o‟rtoqlaringiz ham javob berishga (gapirishga) ulgursin.
5. Misollarni yechishda to‟rt amal (qo‟shish, ayirish, ko‟paytirish, bo‟lish) bajarishga emas, balki ularni bajarib, qanday ko‟rsatkichni hisoblayotganingizni va ularning mohiyatiga ahamiyat bering.
6. Dars davomida misol va masalalar yechib, iqtisodiy
ko‟rsatkichlar bo‟yicha xulosalar qilishga o‟rganing.
7. Amaliy dars o„tilganda mavzuni yaxshi o„rganish uchun
“Aqliy hujum” usulidan foydalanish lozim bo„ladi. Bunda guruh talabalarini 3 ta guruhchalarga bo„lish lozim. Guruhchalarga yaxshi va a‟lo bahoga o„qiydigan talabalar rahbar hisoblanadi. 1-guruh talabalari mavzu bo„yicha savol beradi, 2-guruhga talabalari savollarga javob beradi. 3- guruhcha talabalari javoblarni baholab boradi. Shundan keyin navbati bilan o„zgartiradilar.



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling