M. E. Jumayev z


Download 418.53 Kb.
bet12/54
Sana19.06.2023
Hajmi418.53 Kb.
#1611777
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54
I-IV va V-VI sinflarda matematika o‘qitish borasida izchillik.
Fikrlash shakllari.
I–IV va V–VI sinf matematikasi orasidagi aloqadorlik.
Boshlang‘ich sinflarda matematik bilimlarning shunday puxta poy- devorini qo‘yish kerakki, bu poydevor ustiga bundan keyingi matematik ta’limni uzluksiz davom ettirish mumkin bo‘lsin. Buning uchun I–IV sinflard- agi matematika o‘quv materiallari bilan V–VI sinf o‘quv materiallari orasida uzilish bo‘lmasligi kerak. Boshlang‘ich sinf o‘quv materialining bevosita davomchisi bo‘lib, V–VI sinf matematikasi davom etishi kerak.
I–IV va V–VI matematika dasturidagi o‘zaro izchillik ana shu qat’iylikka amal qilgan holda amalga oshiriladi. Masalan, V sinf matemati- kasining I bobi «Natural son» deb ataladi. Lekin o‘quvchilar natural son bilan boshlang‘ich sinfda tanishganlar. Bu yerda natural son tushunchasi kengaytiriladi, chuqurlashtiriladi, yangi tushunchalar bilan boyitiladi. Bu yyerda natural sonlarning bo‘linish belgilari, EKUB va EKUK tushunchalari kiritiladi. Shuningdek, manfiy sonlar, oddiy va o‘nli kasrlar, tenglama va tengsizlikni boshqacha usullar bilan yechish, yechim, ildiz kabi tushun- chalar kiritiladi. Matematik logikaga asoslangan holda «to‘g‘ri va noto‘g‘ri fikrlar», «o‘zgaruvchan mulohazalar», «yechimlar to‘plami», algebraik amallar kabi tushunchalar bilan boyitiladi. Shuning uchun bu sinflar o‘qituvchilari o‘zaro fikr almashishda va bir-birining o‘quv materiali, o‘qitish metodi bilan tanish bo‘lishi kerak. V–VI sinfga kelganda I–IV sinfda o‘rganilgan o‘quv materialini kengaytirish davom etirishi, chuqurlashtirish masalasi qo‘yiladi. Shuningdek V–VI sinfga kelganda faqatgina 4 amal o‘qitilmasdan undan tashqari to‘plam, tenglama va tengsizliklar, manfiy va kasr sonlar, geometrik yasashlar, almashtirishlar kabi materiallar qo‘shib o‘qitiladi.
1. Boshlangich matematika o‘qitish metodlarining turlari.
Didaktikaga doir qo‘llanmalarda bilimlarni bayon qilish va mustahkam-
lashning formalari sifatida quyidagi o‘qitish metodlari qaraladi: kuzatish, o‘qituvchining bilimlarni (bayon, suhbat, hikoya, mashq) o‘quvchilar bilan darslik va boshqa kitoblar bilan ishlash, kuzatish, laboratoriya ishi, mustaqil ishlar.
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish jarayonida o‘qitish materi- alining mazmuni va o‘quv sinfining katta-kichikligiga qarab bu metodlar- dan turli o‘rinlarda foydalanish mumkin.

2. Matematika o‘qitishda kuzatish.
O‘quvchilar bilan matematik faktlarni kuzatish muhim ahamiyatga ega.
Natural sonlarning xossalari, arifmetik amallarning xossalari, geometrik figuralarning xossalarini va hokazolarni kuzatish o‘quvchilarning fikrlash
28
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com

qobiliyatini o‘stiradi. Arifmetik amallar va sonlarning ko‘pgina xossalarini quyi sinflarda kuzatish bilan tushuntirilishi maqsadga muvofiqdir. Ma- salan, 1-sinf o‘quvchilari qo‘shishining o‘rin almashtirish xossasini ku- zatish orqali tez bilib oladi.


5+3= , 3+5= , 6+1= , 1+6= , 2+7= ,7+2
Shunday misollarni 1-sinf o‘quvchilari echgandan keyin bir qatorning
yechimlarini tenglashtirishni o‘qituvchi tavsiya etadi.
5+3=8 va 3+5=8. Natijada quyidagi xulosani keltirib chiqaradi.
Xulosa (misollar nima bilan o‘xshash).
Bir xilda qo‘shish amali bajariladi.
5 va 3 bir xil qo‘shiluvchilar.
8 va 8 bir xildagi natijalar.
farqi ( nima bilan farqlanadi)
qo‘shilvchilarning qo‘shish tartibi farq qiladi.
Shunga o‘xshash boshqa misollarni ham yechib o‘quv-chilar quyidagi
umumiy xulosaga keladilar: qo‘shiluvchilarning qo‘shish tartibini o‘zgartirgan bilan yig‘indi o‘zgarmaydi.
Qaralgan holda kuzatish metodini qo‘llash, shuningdek, o‘qituvchi to- monidan bilimlarni bayon qilishda ham, hisoblashga doir masalalar yechishga doir bosqichlarda ham katta ahamiyatga egadir.

Download 418.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling