M. E. Jumayev z


Download 418.53 Kb.
bet16/54
Sana19.06.2023
Hajmi418.53 Kb.
#1611777
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54
3-dars. Detsimetr. «Detsimetr va santimetr» uzunlik birliklari va ular orasidagi bog‘lanish bilan tanishtirish raqamlashni o‘qitishda yordam beradi, aksincha raqamlash bilimlari bu uzunlik birliklarini yaxshi tushun- ishga yordam beradi. Shuningdek, sodda va murakkab ismli sonlar haqida tushuncha beriladi.
4-dars. Og‘zaki raqamlash va dastlabki uch darsda hosil qilingan bilim va malakalarni mustahkamlash.
5-dars. 2-o‘nlikdagi sonlarni yozma raqamlash: sonlarni raqam bilan ifodalash usuli va sonlarni o‘qish. Bu yerda o‘quvchilar diqqatini yangi sonlarni raqamlash uchun yangi raqamlar kiritish talab qilinmasligini, balki o‘ngdan chapga qarab o‘qishda birinchi o‘rinda birliklarni, ikkinchi o‘rinda o‘nliklarni yozishni kelishib olishni uqtirish kerak. Bu bilan o‘rinlariga qarab raqamlarning qiymatini o‘zgarishini o‘rgatish mumkin.
6-dars. 2-o‘nlik sonlarini o‘qishi va yozishi uchun mashqlar bajarish. Oldingi darslardan olingan bilimlar mustahkamlanadi. Bu yerda sonlarni mustahkamlashga doir mashqlar juda ham foydalidir.
Masalan, «to‘g‘ri taqqoslash hosil qilish uchun tanlangan belgini qo‘ying: 13...14, tanlangan sonlarni qo‘ying: 15>...,11<...,12<..., (1-o‘nlik, 6 birlik>...,2 o‘nlik... 1 o‘nlik 2 birlik...)».
7-dars. Raqamlash bilimlariga asoslangan holda qo‘shish va ayirishni bajarish. Agar oldingi darslarda 13+1, 14-1, 10+2, 17-7, 17-10 kabi ifodalarning qiymatlarini og‘zaki topgan bo‘lsalar, endi bunday misollarni yechishni yozma bajarishga erishadilar.
8 va 9-darslar. 2-o‘nlik sonlarini og‘zaki va yozma raqamlagan bilim- larini mustahkamlash, umumlashtirish va bir tizimga keltirish
10-dars. 2-o‘nlik sonlarini raqamlash haqida bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish.
Bunday tizimdagi darslar bir-biri bilan bog‘langan, bir g‘oyaga bir-
lashtirilgan, bu darslarning har biri tushunchalarni shakllantirish umumuy masalalarining bir qismini hal kilgan bo‘ladi. O‘quvchilarga hosil qilingan bilimlar bu bilimlarni mustahkamlashga taalluqli turli xil masalalarni bajar- ishga tatbiq qilinadi.
3. Matematika o‘qitishda mustaqil ishlar.
Matematika o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning faolligini oshirish va
matematikaga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish omillaridan biri - o‘quvchilar bilan olib boriladigan mustaqil ishlardir.
Matematika darslarida mustaqil ishlar yangi materialni o‘rganishga tayyorgarlik ko‘rishda, yangi tushunchalar bilan tanishishda, bilim, uquv va malakalarni mustahkamlashda, shuningdek, bilimlarni nazorat qilishda amalga oshiriladi.
36
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com


Mustaqil ishlarni shartli ravishda ikki ko‘rinishda tashkil qilish mumkin:
1. Dars jarayonida tashkil qilinadigan mustaqil ishlar. Unga: 1)
darsda yechilgan misol va masalaga o‘xshash, shartlari ham bir xil, lekin shartidagi sonlar yoki harflar bilangina farq qiladigan topshiriqlar mustaqil bajarish uchun beriladi. 2) test yoki yozma ishlar o‘tkazish. 3) o‘tilgan mavzular yuzasidan kartochkalarga yozilgan topshiriqlarni bajartirish. 4) doskada topshiriqlar bajarish va h.k.
2. Darsdan tashqari bajaradigan mustaqil ishlar, ya’ni uy ishlari.
Uy ishlari - o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarida mustaqil, yakka
ishlarni tashkil qilish shakllaridan iboratdir.
Uy ishlarini berishda quyidagilarni hisobga olish lozim.
1) uyga berilgan vazifalar o‘quvchilarning kuchlari va bilimlariga mos bo‘lishi kerak. U darsda bajarilgan ishlarning boshqacharoq turi bo‘lib, uni aksariyat o‘quvchilar bajara oladigan bo‘lsin. Uy ishlari uchun o‘qituvchi doskada ko‘rsatma berishi lozim.
2) uy vazifalarini tizimli ravishda berish kerak.
3) uy vazifalarining hajmi matematika darsida bajarilgan ishning 30-40
% idan oshmasligi lozim.
4) har qanday uy ishi o‘qituvchi tomonidan tekshirilgan bo‘lishi kerak.
5) uy vazifasining ko‘rinishi, bajarilishi, talablari turli-tuman bo‘lishi lozim.
6) uy ishini yakka bajartirishga erishish lozim.
Nazorat savollari
1. O‘quvchilarni mustaqil ishlari deyilganda nimani tushunasiz?
2. Mustaqil ishning asosiy turlarini ayting.
3. Dars va darsdan tashqari mustaqil ishlar qanday tashkil etiladi deyil-
ganda nimalarni tushunasiz?
4. Mustaqil ishlashda ko‘rgazmali vositalardan foydalanish ayting.

Download 418.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling