M. E. Jumayev z


Download 418.53 Kb.
bet22/54
Sana19.06.2023
Hajmi418.53 Kb.
#1611777
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54
I mashgulot. 1. Rebuslarni o‘ylab topish. 2. Qo‘shishga oid qiziqarli masalalar. 3. 100 ichida raqamlashni bilishni tekshirishga oid mashqlar. 4. Тopqirlikni talab qiladigan masalalar. 5. Hazil masala. 6. Тopishmoqlar. 7. Quvnoq sanoq (20 ichida) o‘yini.
II mashgulot. 1. Rebuslarni o‘ylab topish. 2. Тopqirlikni talab qiluvchi she’riy masalalar. 3. Geometrik figuralarni tahlil qilishga doir mashqlar. 4. Hazil masala. 5. “Sonni to‘ldir” o‘yini.
III mashgulot. Dars tipidagi to‘garak mashg‘uloti.
Mavzu: Boshlang‘ich sinf matematika darslarida tarixiy materiallardan
foydalanish imkoniyatlari.
Matematik tanlovlar va olimpiadalar
Matematik tanlovlar.
Tanlovlar har xil qiyinlikdagi masalalarni yechish, qiziqarli fikrlaydigan
masalalar va topshiriqlarni bajarishdagi musobaqalar bo‘lib hisoblanadi. Asosan o‘quvchilarning xohishi bo‘yicha masalalar yechishda o‘z kuchini sinaydigan, yetarlicha tayyorgarligi borlari ishtirok qiladi. Konkurslar o‘tkazishni 2-sinfdan boshlash maqsadga muvofikdir.
Quyida 2- sinflarda tanlovlar o‘tkazishga misollar keltiramiz. 2-sinf (3- chorak).
№1. Ikki o‘ram jun ipdan 3 ta qolpoq to‘qish mumkin. Shunday 9 ta qol- poq to‘qish uchun necha o‘ram ip kerak?
№2. Vali va Salimning 30 ta konfeti bor edi. Ular baravardan yeyish- gandan keyin Valida 9 ta, Salimda 5 ta konfet qoldi, ular qanchadan ey- ishgan?
48
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com


Matematik olimpiadalar
Olimpiadalar tanlovlarga qaraganda keng masshtabda o‘tkaziladigan
va matematika o‘rganishda o‘quvchilar erishgan muvaffaqiyatlarni namoy-
ish qiladigan ishdir.
Olimpiada qatnashchilarining tarkibiga bog‘liq holda maktab ichida, tu- man va shaharlarda o‘tkazish mumkin. Olimpiadani 3 - sinfdan boshlab o‘tkazib, g‘oliblar maktabning devoriy gazetalarida va o‘quvchilar yig‘ilishlarida rag‘batlantiriladi.
Matematik gazeta va viktorinalar
Gazeta, viktorinada har xildagi matematik mazmunni o‘z ichga olgan
topishmoq, misol va topshiriqlar rasmlarda berilib qiziqish xarakterida bo‘ladi.
Viktorinada esa o‘quvchilarga yechish tavsiya qilinadigan topshiriq beri- ladi. Javoblar belgilangan vaqtda o‘quvchilarga yetkaziladi.
Matematik konkurslar va viktorinalar. Konkrus mavzusi va uni o‘tkazish vaqti oldindan belgilanadi.
Murakkab hisoblashlarni eng qulay usul bilan, taqqoslash yordamida hisoblash
2. Mantiqiy masala va mashqlarni,
3. Тopqirlik, ziyraklikka oid mashqlar,
4. Hisoblashlari murakkab bo‘lgan masalarni
5. Sharq mutafakkirlari merosiga oid bayon qilishlar, algebraik, ge-
ometrik shakllar mazmunini yoritishga oid topshiriqlar.
Matematik viktorinalar – gazetalardan farqli ravishda faqat
o‘quvchilarga yechish uchun berilgan masalalar va savollardan iborat bo‘ladi. Javoblar yozma ravishda ma’lum vaqt ichida o‘qituvchi tomonidan g‘olib o‘quvchi aniqlanib e’lon qilib boriladi.
Matematik devoriy gazeta, viktorinalar, odatda matematik burchak deb ataluvchi joyga osib qo‘yiladi, bu burchakda Vatanimiz yutuqlarini ifodalovchi sonli ma’lumotlar ham berib boriladi. “Bilasizmi?” ruknida qiziqarli materiallar beriladi. Masalan:
1. Odamning bo‘yi bir kunda 1 sm dan 6 sm gacha o‘zgarishi mumkin.
2. Dunyodagi eng uzun temir yo‘l 9302 km ni tashkil etadi.
3. Dunyoda okeanlar suvida 13300 mln tonnagacha kumush bor. Mate-
matika burchagini tashkil qilishni o‘quvchilar va ularning ota-onalari faoli yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Matematik ekskursiyalarning maqsadi – konkret hayotiy fakt va taassu- rotlarni talab qilish.
Ekskursiya o‘tkazishdan maqsad nimaligi bolalarga tushunarli bo‘lishi nihoyatda muhimdir, shunday bo‘lganda bolalar oldindan nima qilishlari kerakligini va o‘zlarini qanday tutishlari kerakligini bilib oladilar.
Maktabning joylashgan o‘rniga qarab bolalar bilan har xil ustaxonalarga, fabrikalarga, kombinatlarga, fermalarga, jamoa xo‘jaligi va davlat xo‘jaligi va boshqa joylarga ekskursiyalar o‘tkaziladi.
49
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com

Qurilish materialidan foydalanish, mashinalardan, ishchi kuchlaridan va boshqa narsalardan foydalanish haqida masalalar tuzish va yechish mum- kin. Shunday masalalardan ba’zilarini keltiramiz:


1. Bir soatda ekskavator 4 m uzunlikda poydevor chuqurligini kavlaydi. Shunday ish unumi bilan u 7 soatda qancha chuqurlik (o‘ra) kovlaydi?
2. Qurilishga yuk tashishda 4 ta avtomashina ishlamoqda. Ularning har birida bitta haydovchi va ikkita yukchi ishlaydi. Material tashishda hammasi bo‘lib qancha odam band?
Ekskursiyadan olib kelingan qurilish materiallaridan mehnat darslari uchun stendlar tayyorlashda foydalanish mumkin, bunda binolarning maketlarini tayyorlash ham mumkin.
Nazorat savollari:
1. Hozirgi zamon darslarining mazmuni va o‘tkazish metodlariga
qo‘yladigan asosiy talablar nimalardan iborat?
2. Yangi pedagogik texnologiyalarning tatbig‘i deganda nimalarni tu-
shunasiz?
3. Sinfdan tashqari ishlarning tashkil qilish xususiyatlari va ularning tur-
lari haqida nimalarni bilasiz?
4. Sinfdan tashqari ishlarning turlari bo‘yicha namunaviy mashg‘ulot
tayyorlang.

50
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com


Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti
1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,14,15,,16,17,18,19,20BOSHLANG‘ICH SINF

Download 418.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling