M. E. Jumayev z
Download 418.53 Kb.
|
KO‘P XONALI SONLARNI RAQAMLASH MEТODIKASI
Bu mavzuda o‘qituvchining vazifasi quyidagilardan iborat. a) predmetlarni bittalab, o‘ntalab, yuztalab, guruhlarga birlashtirib sanash;. b) 1000 ichida sonlarni o‘qish va yozish hamda ularni natural qatorda kelish tartibini bilish; 65 PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com v) Sonlarni yuzlik, o‘nlik va birliklardan hosil qilish. g) O‘ngdan chapga hisoblaganda, birliklar, o‘nliklar, yuzliklar qaysi o‘rinda turishini bilish; d) Sonni xona qo‘shiluvchilari yig‘indisi ko‘rinishida yoza olish va xona birliklarini bilish. 1000 ichida sonlarni raqamlashni o‘rganish natijasida o‘quvchilar quyi- dagi bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni egallab olishlari kerak. 1. 1000 ichida sonlarni raqamlashni, sonning hosil bo‘lishini, o‘zidan old- ingi va keyingi sonlar bilan aloqadorligini bilish. 2. Har bir sonni sonlar qatoridagi o‘rnini bilish. 3. Sonlarning o‘rni qiymatlarini bilgan holda o‘qish va yoza olish. 4. Тaqqoslash. 5. Sonni xona yig‘inidisi ko‘rinishida yoza olish. 6. Sonlarning natural ketma-ketligini bilgan holda qo‘shish va ayirishni bajarish. 7. Uch xonali son va uchinchi xona birliklari tushunchasini bilish. Ko‘p xonali sonlarni raqamlashni o‘rganish natijasida o‘quvchilar: 1. Milionlar sinfi ichida natural qator sonlarining nomlarini o‘zlashtirib ol- ishlari, ularning qanday hosil bo‘lishini tushunishlari, ularning o‘nli tarkib- larini bilib olishlari kerak. 2.Sinflarning nomlarini va har bir sinf ichida xonalarni bilishlari kerak. 3.Milionlar sinfi ichida har qanday sonni o‘qiy olishlari va yoza olishlari kerak. 4. Sonlarni taqqoslay olishlari kerak. 5.Har qanday sonni xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi shaklida tasvirlay olishlari (berilgan sondagi birliklarning, o‘nliklarning va h.k.); 6.Umumiy sonni topa olishlari, mayda birliklarni yirik birliklar bilan va ak- sincha, yirik birliklarni mayda birliklar bilan almashtira olish. 7. Sonlarni 10, 100, 1000 marta kattalashtira oldigan va nollar bilan tu- gaydigan sonlarni 10, 100, 1000 marta kamaytira oladigan bo‘lishlari kerak. 1-topshiriq. Raqamlash metodikasini o‘zlashtirish jarayonida quyidagi ko‘p xonali sonlarni hosil qilinishida 999, 9999, 99 999, ………, .. dan foy- dalanib ko‘p xonali sonlarni hosil qilish metodini tahlil eting. Bu yerda xonalar birligi bo‘yicha yangi sanoq birligi hosil bo‘lishida, ma- salan, 9 + 1, hosil bo‘ladi 10, bu yangi sanoq birligining hosil bo‘lishidir. Asosan o‘quvchilarga qiyinchilik 10 000 - 1, 100 000 - 1 va h.k. Buning uchun quyidagi qonuniyadan foydalanamiz: 9 + 1 = 1010 – 1 = 9 99 + 1 = 100100 – 1 = 99 999 + 1 = 10001000 – 1 = 999 9999 + 1 = 10 00010 000 – 1 = 9999 Buni quyidagicha davom ettirish mumkin: 9999 + 1 = ( 9900 + 99 ) + 1 = ( 99 + 1 ) + 9900 = = 100 + 9900 = 10 000. 66 PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 10 000 - 1 = ( 9990 + 10 ) - 1 = 9990 + ( 10 -1 ) = = 9990 + 9 = 9999. 2-topshiriq. O‘quvchilarga «Raqamlash»ni shakllantirish bo‘yicha top- shiriq, va mashqlarni o‘rganishni konsentrlari bo‘yicha analogiyadan foy- dalanib tahlil eting. 3-topshiriq. Maktab darsligidan foydalanib quyidagilarni mustahkamlay- digan mashqlar tuzing. a) ko‘p xonali sonlar ketma-ketligini saqlaydigan natural qatorni aniqlang. b) sonlar tarkibi va sinflar tarkibini aniqlang. d) o‘nlik, yuzlik, minglik va ko‘p xonali sonlarning o‘nli tarkibini tahlil et- ishga oid mashqlarni ajrating. e)raqamlar joylashishi bo‘yicha fikr yuriting. Nazorat savollari: 1. O‘nlik, yuzlik, sonlarni raqamlashni o‘rganishning asosiy vazifalari qanday? 2. Bolalarni yangi sanoq birligi bilan tanishtirishga bag‘ishlangan dars qismini ishlab chiqish qanday amalga oshiriladi? 3. Raqamlashning asosiy bosqichlari nimalardan iborat? 4. O‘qituvchining asosiy vazifalari nimada? Download 418.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling