M. E. Zaynutdinova Mirzo Ulug‘bek nomidagi informatika kasb-hunar kolleji «Informatika va dasturlash»


Download 0.82 Mb.
bet14/43
Sana08.01.2022
Hajmi0.82 Mb.
#247829
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
Bog'liq
Ma'lumotlar bazasini dasturlash chuqurlashtirilgan kursi Sh Nazirov

Korrellangan (mutanosib) joylashtirilgan ostki sorovlar.

SQL tilida ostki so‘rovlardan foydalanilganda tashqi so‘rov

FROM qismidagi ichki so‘rovga mutanosib so‘rov yordamida murojaat qilishingiz mumkin. Bu holda ostki so‘rov asosiy so‘rov har bir satri uchun bir martadan bajariladi.

Misol:


3-oktabrda buyurtma bergan hamma buyurtmachilarni toping.

SELECT * FROM Customers a WHERE "1990/10/03" IN

(SELECT ODate FROM Orders b WHERE a.CNum = b.CNum )

Bu misolda tashqi so‘rovning CNum maydoni o‘zgargani uchun ichki so‘rov tashqi so‘rovning har bir satri uchun bajari- lishi kerak. Ichki so‘rov bajarilishini talab qiladigan tashqi so‘rov satri joriy satr — kandidat deyiladi. Mutanosib ostki so‘rov bilan bajariladigan baholash protsedurasi quyidagicha:



  1. Tashqi so‘rovda nomlangan jadvaldan satrni tanlash. Bu kelajak satr — kandidat.

  2. Tashqi so‘rov FROM jumlasida nomlangan psevdonimda bu satr — kandidat qiymatlarini saqlab qo‘yish.

  3. Ostki so‘rovni bajarish. Tashqi so‘rov uchun berilgan psevdonim topilgan hamma joyda joriy satr-kandidat qiymatidan foydalanish. Tashqi so‘rov satr-kandidatlari qiymatlaridan foy- dalanish, tashqi ilova deyiladi.

  4. Tashqi so‘rov predikatini 3 qadamda bajariluvchi ostki so‘rov natijalari asosida baholash. U chiqarish uchun satr-kan- didat tanlanishini belgilaydi.

  5. Jadval keyingi satr-kandidatlari uchun protsedurani qaytarish va shu tarzda toki hamma jadval satrlari tekshirilib bo‘lmaguncha.

Yuqoridagi misolda SQL quyidagi protsedurani amalga oshiradi:

  1. U buyurtmachilar jadvalidan Hoffman satrini tanlaydi.

  2. Bu satrni joriy satr-kandidat sifatida a — psevdonim bilan saqlaydi.

  3. So‘ngra ostki so‘rovni bajaradi. Ostki so‘rov CNum may- donning qiymati a.CNum qiymatiga teng satrlarni topish uchun Buyurtmachilar jadvali hamma satrlarini ko‘rib chiqadi. Hozir a.CNum qiymati 21 ga, ya’ni Hoffman satrining CNum may- doni qiymatiga teng. Shundan so‘ng shu satrlarning ODate may- donlari qiymatlari to‘plamini hosil qiladi.

  4. Shundan so‘ng asosiy so‘rov predikatida 3 oktabrdagi

qiymat shu to‘plamga tegishliligini tekshiradi. Agar bu rost bo‘lsa Hoffman satrini chiqarish uchun tanlaydi.

  1. Shundan so‘ng u butun protsedurani Giovanni satrini satr — kandidat sifatida foydalanib qaytaradi va toki Buyurt- machilar hamma satri tekshirilib bo‘lmaguncha saqlab qo‘yadi.

Ba’zida xatolarni topish uchun maxsus yaratilgan so‘rovlardan foydalanish kerak bo‘ladi.

Misol: Quyidagi so‘rov Buyurtmachilar jadvalini ko‘rib chiqib SNum va CNum mos kelishini tekshiradi va mos bo‘lmagan satrlarni chiqaradi.

SELECT * FROM Orders main WHERE NOT SNum =

(SELECT SNum FROM Customers WHERE CNum = main.CNum )

Asosiy so‘rov asoslangan jadvalga asoslanuvchi mutanosib so‘rovdan foydalanishingiz mumkin.

Misol: sotib olishlar buyurtmachilari uchun o‘rta qiymatdan yuqori bo‘lgan hamma buyurtmalarni topish.

SELECT * FROM Orders a WHERE AMT >

(SELECT AVG (AMT) FROM Orders b

WHERE b.CNum = a.CNum )

HAVING operatoridan ostki so‘rovlarda foydalanilganidek mutanosib ostki so‘rovlarda ham foydalanish mumkin.



HAVING ifodasida mutanosib ostki so‘rovdan foy- dalanganda HAVING o‘zida ishlatilishi mumkin bo‘lgan pozi- tsiyalarga tashqi ilovalarni cheklab qo‘yishingiz kerak. Chunki HAVING ifodasidafaqat agregat SELECT ifodasida ko‘rsatilgan funksiyalardan yoki GROUP BY ifodasida ko‘rsatilgan maydon- lardan foydalanish mumkin. Ulardan siz tashqi ilova sifatida foydalanishingiz mumkin. Buning sababi shuki, HAVING tashqi so‘rovdagi satrlar uchun emas guruhlar uchun baholanadi. Shuning uchun ostki so‘rov bir marta satr uchun emas, guruh uchun bajariladi.

Misol: Buyurtmalar jadvalidagi sotib olishlar summalarini sanalar bo‘yicha guruhlab summasini hisoblash kerak bo‘l- sin. Shu bilan birga summa maksimal summadan kamida 2000.00 ga ko‘p bo‘lmagan sanalarni chiqarib tashlash kerak bo‘lsin:

SELECT ODate, SUM (AMT) FROM Orders a GROUP BY ODate

HAVING SUM (AMT) >

(SELECT 2000.00 + MAX (AMT) FROM Orders b

WHERE a.ODate = b.ODate )

Ostki so‘rov asosiy so‘rovning ko‘rilayotgan agregat guruhi sanasiga teng sanaga ega hamma satrlar uchun MAX qiymat hisoblaydi. Bu WHERE ifodasidan foydalanib bajarilishi lozim. Ostki so‘rovning o‘zi GROUP BY yoki HAVING operatorlari- ni ishlatmasligi kerak.



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling