M. Ermolova portreti
Download 292.59 Kb. Pdf ko'rish
|
qurishning asoslari hisoblanadi
qurishning asoslari hisoblanadi. V.Serovning “M.Ermolova portreti”- pozani qoyilmaqom ifodalash namunasidir. 3. Portretning obrazli traktovkasi o`rab turuvchi muhit, vaziyat, fon aniqlovchi ahamiyat kasb etadi. Masalan, Ermolova unga yaqin bo`lgan teatr foyesidagi devor va ko`zgu fonida tasvirlangan. Fon tomoshabin e’tiborini tortib chalg’itish kerak emas. Repin qattiq turib, o`z shogirdlariga maslahat berar ediki, xususiy, mayda narsalarni qurbon qilishni ham bilish kerak, shafqatsiz ularni xolstdan chiqarib yuborish kerak, aynan ular portretning badiiy haqqoniyligi g’alabasi uchun xizmat qiladi. M.Nesterovning ta’kidlashicha esa, «muvaffaqiyatli fon - yarim yakun degani, uni tasvirlanuvchining yuzi, xarakteri, harakati Bilan fanning organik bog’liqligi alohida zarur. Boshqacha aytganda fon tasvirlovchining hayotini ifodalaydi. 4. Portretning o`lcham va formati ham tasvirlanuvchining badiiy ifoda vazifasi uchun bo`ysunishi kerak. Repin har bir portretga mos insonning asosiy belgilari talab etgan formatini izlardi. Format tanlash tasvirlanuvchining pozasiga ham bog’liq. 1 Portretni natural o`lchamdan katta tasvirlash tavsiya etilmaydi, har qanday kartina albatta biroz uzoq masofadan ko`riladi. Perspektiv qisqarishlar bilan o`sha masofada tasvir o`zining, agarki u natural o`lchamda yoki biroz kichikroq tasvirlangan bo`lsa tabiiy o`lchamida ko`rinadi. Portret san’atida o`xshashlik bo`lishi shart. Natura bilan u o`xshamasa portret xisoblanmaydi. Portret - eng avvalo xujjat. Lekin bu xujjatlilik fotosuratning tasodifiy xujjatliligidan farqli o`laroq, insonning eng harakterli belgilarinigina beradi. Portretdagi o`xshashlik tashqi belgilarini va odam xarakterining ko`zga tashlanuvchi sifatlarini umumlashtirish natijasida kelib chiqadi. 1 BMI. Jo'rayeva N. Ilmiy rahbar O’. Abdullayev. 2013 yil Download 292.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling