M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

Bemorning ovqatlanishi. Oqsil va o‘simlik mahsulotlari yetarli 
bo‘lmasligi holdan toyish, avitaminozga olib keladi. Ba’zi bemorlar 
aksincha, ovqatlanish rejimiga uzoq vaqt rioya qila olmay uni 
buzadilar, natijada ichaklar faoliyati buzilib, hazm qilish va oziq 
moddalarning so‘rilishining buzilishi natijasida kamqonlik yuzaga 
keladi.
Parhez bilan davolash. Bemor va uning qarindoshlari ka-
salxonadan chiqayotganda parhez va ovqatlanish rejimi haqida to‘liq 
ko‘rsatmalar oladilar. Bemorga osh tuzi cheklangan, yetarli darajadagi 
oqsilli, fiziologik to‘la qimmatli parhez tavsiya qilinadi. Hamma 
ovqatlar qaynatilgan yoki bug‘da pishirilgan bo‘lishi kerak. Ovqatlanish 
rejimiga, parhezga rioya qilganda bemor mehnat qobiliyatining to‘liq 
tiklanishi 4–6 oyda boshlanadi.
Har kunlik hayotida yordam. Bemorning to‘liq fiziologik 
reabilita t siyasi kechroq, y’ani operat siyadan keyin birinchi yilning 
oxirida bosh lanadi.
Onkologik bemor o‘sma tashxisini bilgandan keyingi shokdan 
so‘ng uning ahvoli og‘irlashmasa, kasallik uning barcha fikrlarini 
egallamasa, u uchun zarur bo‘lgan ishlar bilan shug‘ullanib, ulardan 
qoniqish olishiga xalaqit bermasa, uning hayoti to‘laqonli hisoblanadi.
Bemorning reabilitatsiyasi – bu bemorning buzilgan ruhiy, jismoniy 
va fiziologik holatini tiklashga qaratilgan individual rejani ishlab 
chiqish va amalga oshirish.
Uni hayotga tatbiq qilish uchun ko‘pgina onkologik davolash 
muas sasalarida maxsus davolashdan oldingi bo‘limlar – reabilitatsion 
bo‘limlar mavjud. Lekin reabilitatsion bo‘limlarda yotgan vaqtida 
organizmning hamma buzilgan tizimlarini qayta tiklashning iloji 
bo‘lmaydi.
Tashxis, uzoq muddatli, og‘ir davolanish tufayli kelib chiqqan asab-
ruhiy o‘zgarishlar oilaviy va turmushdagi sog‘lom omillarning uzoq 
vaqt ta’sirini talab qiladi.
IV.3.3. Mе’dа yarа kаsаlligi

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling