M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya
kechadigan shaklidir. Faqat ular kasallikka xos bo‘lgan qo‘shimcha immunologik (bunda sðetsifik antitelolarning oshishi kuzatiladi) va boshqa laboratoriya tahlillarining o‘zgarishlari asosidagina aniq- lanishi mumkin.
boshqarib turgan fiziologik mexanizmlar (immunitet, almashinuv jarayonlari va b.)ning buzilishi natijasida rivojlanadigan kasallik.
kasallik bo‘lib, ko‘ðincha ijobiy natija bilan yakunlanadi. Bu kuchsiz immun javobiga ega bo‘lgan kishilar organizmida uchraydi. Uzoq cho‘ziladigan kasallikning shakllanishidagi asosiy sabablardan biri– bu mikroorganizmlar o‘zgaruvchanligidir.
tushishi natijasida rivojlanadigan yuqumli kasallikdir. Bu infeksiya uzoq (oylar, yillar) davom etadigan yashirin davrga egaligi, sekin rivojlanib borishi, to‘qima va a’zolarning o‘ziga xos zararlanishi, onkogen ta’siri va ko‘ðincha o‘lim bilan tugashi bilan xarakterlanadi.
riya, ðarazit, virus tashuvchanlik) sog‘lom bo‘lishlari mumkin (tranzitor tashuvchanlik). Bunda organizmda kasallik qo‘zg‘atuv- chisining bo‘lishiga qaramay nafaqat kasallik belgilari, balki im- munologik o‘zgarishlar ham kuzatilmaydi. Yuqumli kasallik yaku- nida 3 oygacha kasallik qo‘zg‘atuvchisining toðilishi o‘tkir rekon- valessent deb yuritiladi, 3 oydan oshsa – surunkali deyiladi.
natijasida kasallikning yana rivojlanishidir. Suðerinfeksiya – birlamchi mikrobning organizmda yo‘qol- masdan turib qaytalanishidir. 13 Umumiy qism Yuqumli kasalliklarning xususiyatlari Yuqumli kasalliklarga qator xususiyatlar xos bo‘lib, shular orqali ular umumsomatik (yuqumli bo‘lmagan) kasalliklardan farq qilinadi. Bularga quyidagilar kiradi: – etiologik xususiyati (yuqumli kasallikning o‘zining sðetsifik qo‘zg‘atuvchisiga egaligi); – eðidemiologik xususiyati (yuqumliligi); – klinik xususiyati (kasallikning davrlar bilan kechishi); – immunologik xususiyati (immunitet ðaydo bo‘lishi). Etiologik xususiyati – yuqumli kasallik qo‘zg‘atish xususiyatiga ega bo‘lgan ðatogen (kasallik qo‘zg‘atuvchi) mikroblar ya’ni bakteriyalar, viruslar, rikketsiyalar, sðiroxetalar vujudga kelishi- ning bevosita sababi hisoblanadi. Infeksion jarayonni chaqirish xususiyatiga ega bo‘lgan mikroorganizmlarning asosiy xususiyatlariga ðatogenlik, virulentlik, invazivlik va toksigenlik kiradi. Patogenlik – bu mazkur mikrobning kasallik qo‘zg‘ata olish xususiyatidir. Bu belgiga ko‘ra mikroorganizmlar ðatogen, shartli ðatogen va noðatogen (saðrofit) mikroorganizmlarga bo‘linadi. Patogenlik faqat ma’lum sharoitda unga moyil organizmda namoyon bo‘ladi. Masalan, tovuqlardagi vabo kasalligining qo‘zg‘atuvchilari odam organizmiga ðatogen ta’sir o‘tkaza olmaydi, gonokokklar va qizamiq virusi esa hayvonlarda kasallik qo‘zg‘ata olmaydi.
ralarga xos bo‘lib, tajribada shartli qabul qilingan birliklar – Dlm (Dosis letelis minima – o‘limga sababchi bo‘luvchi minimal doza) bilan o‘lchanadi. Bu ma’lum vaqt ichida ma’lum bir usulda tajriba hayvoniga yuborilganda uni o‘limga olib keladigan eng kam miq- dordagi mikroblarga teng bo‘lgan miqdordir. Bunda o‘lgan hayvonlar soni 95% dan kam bo‘lmasligi kerak. Mikrobning virulentligi o‘zgarib turishi mumkin (infeksion jarayon mobaynida yoki anti- bakterial teraðiyada).
olish va ularda tarqalish xususiyatidir. Bu xususiyat ularning gialuronidaza va neyraminidaza kabi fermentlar ishlab chiqarish qobiliyati bilan bog‘liq bo‘lib, bu fermentlar qo‘shuvchi va boshqa to‘qimalar o‘tkazuvchanligini buzadi va mikrobning organizmda tarqalishi uchun sharoit yaratadi. 14 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Òoksigenlik – mikrobning toksinlar ishlab chiqarish va ajratish xususiyati. Bakteriya hujayrasi ishlab chiqargan toksik moddalar ikki guruhga – ekzotoksinlar va endotoksinlarga bo‘linadi. Ekzotoksinlar (oqsil tabiatli moddalar) asosan grammusbat mikroblar, masalan, stafilokokklar, streðtokokklar, qoqshol, botulizm, difteriya, gazli gangrena va boshqa mikroblar tomonidan ishlab chiqiladi va tashqi muhitga (to‘liq yoki qisman) ajratiladi. Ekzotoksinlar asosan termolabil (yuqori haroratga chidamsiz) hisoblanadi. Ekzotoksinlar uchun sðetsifiklik xos, ya’ni ular makroorganizmga ta’sir qilganda bu toksinga xos belgilar namoyon bo‘ladi. Masalan, qoqshol qo‘zg‘atuvchisi ekzotoksinlari mushaklarning sðastik qisqarishiga olib kelsa, difteriya qo‘zg‘atuvchisi toksini nekrotik va ðaralitik ta’sirga ega. Bundan tashqari ekzotoksinlar zaharlilik (kam miqdorda kuchli ta’sir etish) va antigenlik (organizmning ularga nisbatan javob reaksiyasi tariqasida antitelolar hosil qilishi) xususiyatlarini namoyon qiladi. Endotoksinlar mikrob hujayrasi bilan mustahkam birikkan bo‘lib, ular ko‘ðincha mikrob hujayrasining ðarchalanishi (yorilishi) natijasidagina ajralishi mumkin. Endotoksinlar asosan grammanfiy mikroblar (tif-ðaratif, brusellyoz, tularemiya, esherixioz va boshqa kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari)da uchraydi. Ular ekzotoksinlardan farqli o‘laroq yuqori haroratga ancha chidamli, kam zaharli va kam sðetsifik xususiyatga ega. Ayrim bakteriyalar ham ekzotoksinga, ham endotoksinga ega bo‘ladi. Bunday mikroblarga ichak tayoqchasi, vabo va boshqa kasallik qo‘zg‘atuvchilari kiradi. Eðidemiologik xususiyati. Yuqumli kasalliklarning asosiy xusu- siyatlaridan biri uning yuqumliligidir, ya’ni uning kasallangan odamdan sog‘lom odamga o‘tishidir. Kasallangan odam infeksiya manbai hisoblanadi va atrofdagi kishilar uchun katta xavf tug‘diradi. Infeksiya turli yo‘llar bilan yuqishi mumkin (havo,suv va b.). Klinik xususiyati. Yuqumli kasalliklarga davriylik xos, ya’ni kasallik ma’lum davrlar almashinishi bilan kechadi. Kasallikning yashirin (inkubatsion), ðrodromal (dastlabki belgilarning ðaydo bo‘lishi), avj olish va rekonvalessensiya (sog‘ayish) davrlari uchraydi. Yashirin davr. Bu davr mikrobning organizmga tushgan ðaytidan boshlab kasallikning dastlabki belgilari ðaydo bo‘lgunga qadar o‘tgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Bu vaqtda mikroblar organizmda ko‘ðayadi va tarqaladi. Organizm esa bunga javoban o‘z reaktivligini 15 Umumiy qism oshiradi. Lekin bu o‘zgarishlar klinik jihatdan namoyon bo‘lmaydi. Yashirin davr turlicha davom etadi. Bu davr bir necha soatdan (griðð, botulizm, ovqat toksikoinfeksiyasi) bir necha hafta, oy va hatto yillargacha (qoqshol, quturish, OIÒS) davom etishi mumkin. Yashirin davr davomiyligi karantin muddatini aniqlashda, shifo- xona ichi infeksiyalari ðrofilaktikasida va kasallikdan keyin bemor- larga jamoa orasida bo‘lishga ruxsat berishda hisobga olinadi. Prodromal davr. Bu davrda kasallikning dastlabki belgilari kuzatiladi. Bular holsizlik, haroratning ko‘tarilishi, uyquning buzilishi va ishtahaning ðasayishi kabilar bo‘lib, ular ko‘ðgina yuqumli kasalliklar uchun umumiydir. Shuning uchun bu davrda kasallikka aniq tashxis qo‘yish ancha qiyin bo‘lishi mumkin. Lekin ayrim yuqumli kasalliklarda ðrodromal davrdayoq kasal- likka xos bo‘lgan asosiy belgilarni ko‘rish mumkin. Masalan, qizamiqning ðrodromal davrida uchraydigan kataral belgilar, chinchechakda terida o‘ziga xos joylashgan toshmalar, virusli geðatitda – kataral, disðeðtik, artralgik, astenovegetativ yoki ularning birga uchrashi kasallikka tashxis qo‘yishda hal qiluvchi belgilar bo‘lib hisoblanishi mumkin. Kasallikning avj olish davri. Bu davrda kasallikka xos bo‘lgan barcha belgilar ko‘zga yaqqol tashlanadi. Klinik belgilarni to‘g‘ri baholash uchun ularni kardinal fakultativ va umumiy belgilarga ajratish zarur. Kardinal belgilar kasallik uchun xos bo‘lgan asosiy belgilardir. Masalan, qoqsholda trizm (chaynash mushaklarining tarangligi va tortishib qisqarishi), botulizmda diðloðiya (ko‘zga buyumlarning ikkita bo‘lib ko‘rinishi) va ðtoz (yuqori qovoqning osilishi) kardinal belgilar hisoblanadi. Fakultativ belgilar ham kasallik uchun xos belgilar hisoblansa-da, ular boshqa ayrim kasalliklarda ham uchrashi mumkin. Masalan, dizenteriyada kuza- tiladigan shilimshiq va qon aralash ich ketishi salmonellozda ham kuzatilishi mumkin. Umumiy belgilar ko‘ðgina kasalliklarda kuza- tiladi (bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquning buzilishi va hokazolar). Kasallikning avj olish davrida ichki a’zolarda o‘zga- rishlar ðaydo bo‘ladi, ya’ni ðatologik jarayon ularni ham qamrab oladi. Bu davrda laboratoriya tahlillari va instrumental ko‘rsat- kichlarda o‘ziga xos o‘zgarishlar namoyon bo‘ladi. Ko‘ðgina yuqumli kasalliklarga xos bo‘lgan belgilardan biri haroratning ko‘tarilishidir. Bemorda tana harorati asosan qo‘ltiq osti
16 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya sohasida o‘lchanadi. Haroratni o‘lchashdan oldin qo‘ltiq osti sohasi quruq artiladi. Òermometr dezinfeksiya qilingan, quruq va simob ustunchasi shkaladan ðastga tushirilgan bo‘lishi zarur. Òana harorati sutkada kamida 2 marta (zarur bo‘lganda undan ortiq) o‘lchanadi va olingan natijalar haroratni belgilovchi varaqqa belgilab boriladi (egri chiziq hosil bo‘ladi). Òermometr ishlatilgandan keyin tubiga ðaxta solingan stakandagi dezinfeksiyalovchi eritmada saqlanadi. Òana harorati ko‘tarilishi (isitma reaksiyalari)ning davomiyligi, balandligi va isitma egri chiziqlarining tiðlari bo‘yicha bir necha turlarga bo‘linadi. Davomiyligi bo‘yicha isitma o‘tkir (2 haftagacha davom etadi), o‘rtacha o‘tkir (6 haftagacha davom etadi) va surunkali (6 haftadan ziyod) bo‘ladi. Haroratning balandligi bo‘yicha quyidagi turlari farq qilinadi: subfebril (37–38°C), febril (38–39°C), yuqori, ya’ni ðiretik (39–40°C) va o‘tkir yuqori, ya’ni giðerðiretik (41°C va undan yuqori). Isitma egri chiziqlarining quyidagi turlari mavjud: doimiy, remittirlovchi (bo‘shashtiruvchi), almashib turadigan, qaytalama, to‘lqinsimon, gektik (holdan toydiruvchi), aynigan, atiðik va hokazolar (1-rasm). Doimiy isitma (febris continua) – ertalabki va kechqurungi harorat oralig‘idagi farq 1°C dan oshmaydi. Bunday isitma qorin tifi, toshmali tif, o‘lat, qizamiq kasalliklarining avj olish davrida kuzatiladi. Remittirlovchi (bo‘shashtiruvchi) isitma (febris remittens) – ertalabki va kechqurungi harorat oralig‘idagi farq ko‘ðincha 2–2,5°C ga yetadi (normaga tushmagan holda). Bu isitma seðsis holatlarida, A- ðaratif, Ku-isitma, kanadan yuqadigan qaytalama tifda uchraydi. Subfebril isitma – haroratning sutkalik o‘zgarib turishi 38°C dan oshmaydi. Almashib turadigan isitma (febris intermittens) – tananing yuqori harorati sutka davomida albatta normal harorat bilan alma- shadi. Bunday isitma tiði uch kunlik va to‘rt kunlik bezgak kasalligi uchun tiðik hisoblanadi. Qaytalama isitma (febris recurrens) – tana harorati birdan yuqori ko‘tarilib 3–7 kun davomida shunday saqlanadi va odatda tezda normaga tushadi. Bir necha kundan keyin harorat yana ko‘ta- riladi. Bunday isitma qaytalama tif kasalligiga xos. Òo‘lqinsimon isitma (febris indulans) – bir necha kun, hatto hafta davomida isitma egri chizig‘i to‘lqinsimon ko‘tarilib va ðasayib
17 Umumiy qism turadi. Isitmaning mazkur tiði brusellyoz bilan kasallangan bemorlarda kuzatiladi. Gektik (holdan toydiruvchi) isitma (febris hectica) – bunda haroratning remittirlovchi (bo‘shashtiruvchi) isitmaga nisbatan katta sutkalik oraliq bilan o‘zgarishi (3–5°C) hamda birdaniga normagacha va undan ham ðastga tushishi kuzatiladi. Bu seðsis va silning og‘ir shakllarida uchraydi. Aynigan isitma (febris inversa) – ertalabki haroratning kech- qurungi haroratga nisbatan yuqori bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Sil, seðsis va boshqa kasalliklarda kuzatiladi. Atiðik isitma (febris irregularis et atiðica) – yuqori va o‘rtacha haroratning har xil va qonuniyatsiz sutkalik o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. Meningit, griðð, kuydirgi kasalliklarida kuzatilishi mumkin. Òana harorati kritik (birdaniga) va litik (asta-sekin) tushishi mumkin. Kritik tushishda – harorat bir necha soatlar davomida normaga tushadi (masalan, qaytalama tifda). Bunda kollaðs holati kuzatilishi mumkin. Harorat esa asta-sekin (5–8 kun davomida) normaga tushadi. 1-rasm. Isitma egri chiziqlarining tiðlari. a–doimiy; b–remittirlovchi (bo‘shashtiruvchi); d–subfebril; e–almashib turadigan; f–qaytalama. 2 – Yuqumli kasalliklar 18 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Òoshmalar ham yuqumli kasalliklar uchun xarakterli belgilar hisoblanadi. Òoshmalarning har xil turlari farq qilinadi. R o z e o l a alohida uchraydigan, kam sonli, och qizil rangli dog‘lardir. Odatda ular teridan ko‘tarilib turadi va o‘zaro qo‘shilib ketmaydi. Òoshmalar barmoq, shisha bilan bosib ko‘rilganda yoki atrofidagi teri tortilganda yo‘qoladi va unga nisbatan bosim to‘xta- tilganda yana ðaydo bo‘ladi. Ular odatda 2–5 kundan keyin izsiz yo‘qoladi. P e t e x i a l toshmalar asosan mayda elementlardan tuzilgan bo‘lib, bosib ko‘rilganda yo‘qolmaydi. Bu toshmalar mayda qon tomirlardan qon quyilishi tufayli ðaydo bo‘ladi. Shuning uchun ham ularning rangi har xil bo‘ladi: yangi hosil bo‘lganlari – och qizil, keyinchalik esa qizg‘ish-qo‘ng‘ir tusga kiradi. U r t i k a r toshma qichitqi o‘t ta’sirida terida kuzatiladigan o‘zgarishlarni eslatadi. Buni ko‘ðincha eshakyemi nomi bilan yuritadilar. U teridan ozroq ko‘tarilgan bo‘lib, toshma elementlari ancha yirik va qizg‘ish rangda bo‘ladi. Birdaniga ðaydo bo‘ladi va uzoq vaqt saqlanmaydi – izsiz yo‘qoladi. Kasallikning o‘ziga xos belgila- ridan kuchli qichishish kuzatiladi. E r i t e m a – terining ma’lum sohada yaxlit qizarishidir. P a ð u l a – har xil kattalikdagi va shakldagi qattiq yoki yumshoq tuguncha. V e z i k u l a – ichida seroz (tiniq) suyuqligi bo‘lgan ðufakcha. P u s t u l a – ichida yiring bo‘lgan ðufakcha. Yuqumli kasalliklarda limfatik tugunlarning kattalashishi alohida e’tiborga loyiq bo‘lib, bu ayniqsa tularemiya va o‘latning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Ko‘ð hollarda bo‘g‘imlar (brusellyoz) va shilliq ðardalar (toshmali tif, leðtosðiroz) zararlanadi. Deyarli hamma vaqt u yoki bu darajada ichki a’zolarda o‘zgarishlar kuza- tiladi: yurak-qon tomir sistemasida – yurak tonlarining bo‘g‘iqligi, arterial bosimning ðasayishi, ðulsning tezlashishi yoki susayishi (haroratga mos bo‘lmagan holda susayishi –qorin tifiga xos); nafas olish a’zolarida – nafas yetishmasligi, ko‘karish, o‘ðkani eshitib ko‘rganda xirillashlar; ovqat hazm qilish sistemasida – ich ketishi (ovqat toksikoinfeksiyasida), shilimshiq va qon aralash ich ketish (dizenteriyada), guruch qaynatmasi rangida ich ketishi (vaboda); siydik ajratish sistemasida – siydikning to‘q sariq tusga kirishi (virusli geðatit), siydikda qon bo‘lishi (buyrak sindromi bilan
19 Umumiy qism kechadigan gemorragik isitma). Nerv sistemasining zararlanishi ham yuqumli kasalliklarda ko‘ð uchraydigan holatlardan bo‘lib (alah- sirash, ta’sirlanuvchanlik, qo‘zg‘alish va b.), bunday bemorlarni doimiy kuzatib turish lozim. Yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarni har tomonlama tekshirish uchun tukillatib ko‘rish (ðerkussiya), eshitib ko‘rish (auskultatsiya), ðayðaslab ko‘rish (ðalðatsiya) usullari va boshqalar qo‘llaniladi. Laboratoriya tahlillari eng asosiy tekshirish usullaridan hisoblanadi. Bundan tashqari instrumental tekshirish usullaridan ham keng foydalaniladi. Rekonvalessensiya (sog‘ayish) davri. Bu davr ko‘ðincha to‘la sog‘ayish bilan tugallanmasligi, ya’ni bunda qoldiq belgilar kuzatilishi mumkin. Ayrim hollarda kasallikning o‘tkir shakli surunkali shakliga o‘tishi mumkin (brusellyoz, virusli geðatitlar). Ba’zi infeksiyalarda (bezgak) kasallikning qaytalanishi – residiv- lar kuzatiladi. Kasallik og‘ir kechganda o‘lim bilan yakunlanishi mumkin. Hozirgi vaqtda tibbiy fanlarning jadal rivojlanishi va bunda katta yutuqlarni qo‘lga kiritilishi tufayli yuqumli kasalliklardan o‘lish hollari ancha kamaygan. Immunologik xususiyati. Mikroorganizmlar va ularning zaharlari antigen (yot) xossaga ega, ular ta’sirida organizmda normal fiziologik jarayonlar buziladi va bir vaqtda mikroblar va ularning zaharlarini yo‘qotish va ðatologik jarayonni to‘xtatish uchun himoya omillari ishga tushadi (immunitet hosil bo‘ladi). Immunitet ta’sirida organizm ðatogen mikroorganizm va uning zaharidan ozod bo‘ladi.
Yuqumli kasalliklar klassifikatsiyasi Yuqumli kasalliklar infeksiya manbai bo‘yicha ikkita katta guruhga bo‘linadi: 1. Antroðonozlar – faqat odamlar kasallanadigan kasalliklar. Bu kasalliklar hayvonlarda uchramaydi. Bularga qorin tifi, difteriya, virusli geðatitlar va boshqalar kiradi. 2. Zoonozlar – odam va hay- vonlar kasallanishi mumkin bo‘lgan kasalliklar. Bularga brusellyoz, quturish, kuydirgi va boshqalar kiradi. Ma’lumki, yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari kasal odam- lardan sog‘lom odamlarga turli yo‘llar bilan yuqadi, bu esa kasallik 20 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya qo‘zg‘atuvchilarining organizmda joylashgan joyiga bog‘liq. Infek- siyaning joylashishi va yuqish mexanizmi yuqumli kasalliklarning L.V.Gromashevskiy klassifikatsiyasi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi: I. Ichak infeksiyalari. Bu infeksiyada bemor va kasallik qo‘z- g‘atuvchilarini tashib yuruvchilar infeksiya manbai hisoblanadi. Bemor organizmidan ichak infeksiyalari qo‘zg‘atuvchilari asosan axlat, qusuq massalari va siydik bilan ajraladi. Infeksiya tashqi muhitdan organizmga ifloslangan ovqat yoki ichimlik suvi bilan oshqozon-ichak yo‘llari (fekal-oral yuqish) orqali tushadi (2- rasm).
Ichak infeksiyalariga ovqat toksikoinfeksiyalari, dizenteriya, salmonellozlar, esherixiozlar, tif-ðaratif kasalliklari, botulizm, vabo, ko‘ðchilik gelmintozlar va boshqalar kiradi. 2-rasm. Ichak infeksiyalarining yuqish mexanizmi. A–infeksiya yuqtirgan organizm; B–sog‘lom organizm; 1–qo‘zg‘atuvchining defekatsiyada chiqishi; 2–infeksiyani yuqtiruvchi omillar; 3–qo‘zg‘atuvchining og‘iz orqali kirishi. II. Nafas yo‘llari infeksiyalari. Kasallik manbai bemor va bakteriya (virus) tashib yuruvchilar hisoblanadi. Yo‘talganda,
21 Umumiy qism aksirganda va gaðlashganda og‘iz va burun bo‘shlig‘ida ðatogen mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar) havoga ajralib chiqadi. Sog‘lom odam organizmiga kasallik qo‘zg‘atuvchilari tarkibida mikroorganizmlar bo‘lgan havodan nafas olish natijasida tushadi (3-rasm). Bu guruhga griðð, ðaragriðð, adenovirusli infeksiya, difteriya, meningokokk infeksiyasi, chinchechak, ornitoz, mononukleoz va ko‘ðgina boshqa bolalar infeksiyalari kiradi. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari. Kasallik qo‘zg‘atuvchilari asosan qon va limfada joylashgan bo‘lib, sog‘lom odamga infeksiya yuqtirib olgan qon so‘ruvchi hasharotlar – bitlar, burgalar, chivinlar va kanalarning chaqishi orqali tushadi (4-rasm). Shuni ta’kidlash zarurki, mazkur guruhdagi yuqumli kasal- liklar qo‘zg‘atuvchilari nafaqat odam organizmida, balki qon so‘ruvchi hasharotlar organizmida ham ðarazitlik qilishga mos- lashgan. Shuning uchun qon so‘ruvchi hashoratlarni yo‘qotish va 3-rasm. Nafas yo‘llari infeksiyalarining yuqish mexanizmi. A–infeksiya yuqtirgan organizm; B–sog‘lom organizm; 1–nafas yo‘llaridan qo‘zg‘atuvchining chiqishi; 2–qo‘zg‘atuvchining tashqi muhitda bo‘lishi; 3– qo‘zg‘atuvchining nafas bilan organizmga tushishi.
22 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya sog‘lom kishilarni ularning chaqishidan himoya qilish tadbirlari eðidemiyaga qarshi muhim tadbirlardan hisoblanadi. Bu guruh infeksiyalariga qaytalama va toshmali tiflar, kalamushdan yuqadigan rikketsioz, ðaððatachi isitmasi, gemorragik isitmalar kiradi. IV.Òashqi qoðlamlar infeksiyalari. Infeksiya odam organizmiga tirnalgan yoki yorilgan tashqi qoðlamlar (teri va shilliq ðardalar) orqali tushadi. Bu guruh infeksiyalariga saramas (zararlangan teri va shilliq ðardalar orqali organizmga streðtokokk kiradi), qoqshol (yaraga kasallik qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan tuðroq tushganda rivoj- lanadi) va boshqalar misol bo‘ladi. Qator eðidemiologik xususiyatlarga asosan alohida guruh sifatida zoonoz infeksiyalar farq qilinadi. Bular kasal hayvonlardan odam- larga yuqadigan kasalliklardir (leðtosðiroz, brusellyoz, tularemiya, o‘lat, kuydirgi, quturish va b.). Biz o‘quvchilarning mazkur kasalliklarga tashxis qo‘yish, ularni davolash va ðrofilaktika tadbirlari bilan tanishishi osonroq bo‘lishi uchun zoonoz infeksiyalar haqida alohida bo‘limda to‘laroq ma’lumot berishni lozim toðdik. 4-rasm. Qon (transmissiv) infeksiyalarning yuqish mexanizmi. A–infeksiya yuqtirgan organizm; B–sog‘lom organizm; 1–qon so‘ruvchi tashuvchining bemor organizmidan qon so‘rishi; 2–qo‘zg‘atuvchining tashuvchi organizmida bo‘lishi; 3–qo‘zg‘atuvchining tashuvchi chaqqanda organizmga kirishi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling