M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya
Umumiy qism Yuqumli kasalliklar shifoxonasining tuzilishi va rejimi Yuqumli kasalliklar shifoxonasining tuzilishi va rejimi infeksiya manbai bo‘lmish yuqumli kasallikka chalingan bemorlarni to‘liq izolatsiya qilish va shifoxona ichi (nozokomial, gosðital) infek- siyalarining oldini olishga moslashtirilgan. Yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarni shifoxonaga yotqizishda quyidagi qoidalarga amal qilish shart: – qabul bo‘limida birlamchi tashxisni to‘g‘ri qo‘yish; – shifoxonaga tushgan bemorni albatta sanitar tozalovidan o‘tkazish; – bemorlarni bo‘limga yotqizishda, infeksiyaning yuqish mexanizmini hisobga olish, ya’ni nozologik ðrinsið asosida bemor- larni alohida yotqizish (kasallik yuqmasligi uchun); – aralash (ikkita va undan ortiq) infeksiyasi bo‘lgan bemorlarni individual (yakka) holda yotqizish; – bemorlarni boshqa bo‘limga asosli holda o‘tkazish. Yuqumli kasalliklar bo‘limlari alohida binolarda joylashgan. Agar yuqumli kasalliklar shifoxonasi ko‘ð qavatli bo‘lsa bemorlarni qavatlar bo‘yicha joylashtirish zarur. Bunda havo-tomchi infek- syalari bilan og‘rigan bemorlar yuqori qavatlarga joylashtiriladi. Yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolash bo‘limlaridan tashqari yordamchi bo‘limlar ham mavjud bo‘lib, bular rentgen xonasi, fizioteraðiya, tibbiy statistika bo‘limi, markaziy sterilizatsiya bo‘limi va boshqalardir. Yirik shifoxonalar tarkibida bakteriologik, viru- sologik, radioimmunologik, klinik va biokimyoviy laboratoriyalar, reanimatsiya bo‘limida esa eksðress laboratoriya bo‘ladi. Santexnik tuzilmalar va xo‘jalik bo‘limlari shifoxona hududida, lekin davolash binolaridan uzoqroqda joylashtiriladi. Shifoxonaga kelgan har bir bemor dastlab qabul bo‘limiga tushadi. Bu yerdan ular ðalatalar yoki bokslarga joylashtiriladi, bunda bemorlar shifoxonaga tushgan vaqtdan boshlab shifoxonadan chiqqunga qadar boshqa turli infeksiyalarga chalingan bemorlar bilan aloqada bo‘lmasliklari zarur. Shifoxonaga tushgan bemorlar maxsus bokslarda qabul qilinadi. Bemorlarni ko‘zdan kechiradigan bokslarning alohida kirish va chiqish eshiklari bo‘ladi. Bundan tashqari boksdan qabul bo‘limi koridoriga yana bitta kirish eshigi 24 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya bo‘lib, undan faqat tibbiy xodimlar foydalanadilar. Boksda xodim- lar uchun xalatlar, kushetka, yozuv stoli, shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun dorilar to‘ðlami bo‘lgan shkafcha, termo- metrlar, shðrislar, tahlilga material olish uchun steril tamðonlar va boshqalar bo‘lishi kerak. Qabul bo‘limida boshqa binolardan ajratilgan va aralash infeksiyali bemorlarni izolatsiya qilishga mo‘ljallangan maxsus bokslar yoki ðalatalar bo‘lishi zarur. Bo‘limlardagi bemorlar joylashtiriladigan xonalar gigiyenik talablarga javob berishi, tiðik loyihalarga asosan esa ðalatalar bir va ikki o‘rinli bo‘lishi kerak. Palatalarda nisbiy namlik 50% dan ko‘ð bo‘lmasligi zarur. Palatalar yetarlicha tabiiy yoritilgan bo‘lib, ventilyatsiya bilan ta’minlanishi kerak. Bo‘limlardagi sanitar-gigiyenik rejim muntazam ravishda ðalatalar va boshqa xonalarni tozalash, dezinfeksiya va dezinseksiya qilish, bemorlarni yuvintirish, ich kiyim va ko‘rða- to‘shak, choyshablarini almashtirib turish orqali amalga oshiriladi. Har bir bemor (ahvoliga qarab) haftada bir marta gigiyenik vanna yoki dush qabul qiladi. Mazkur muolaja shifoxonadan chiqishdan oldin ham qabul qilinadi va shundan keyingina bemor o‘zining toza va dezinfeksiyalangan kiyimlarini oladi. Shifoxonadan chiqishda bemorga rejim va ovqatlanish bo‘yicha foydali maslahatlar beriladi. Shifoxona ichi (nozokomial, gosðital) infeksiyalar ðrofilaktikasi. Shifoxonada ðaydo bo‘lgan yoki aniqlangan, yuqumlilik tabiatiga ega bo‘lgan kasalliklar odatda nozokomial infeksiyalar deyiladi. Hozirgi kunda «shifoxona ichi infeksiyalari» termini ishlatiladi. Bu guruh infeksiyalarga xizmatdagi xodimlarning mazkur joyda kasallik yuqtirishi ham kiradi. OIÒS bo‘yicha eðidemiologik vaziyat hamda infeksiyaning shifoxona ichida tarqalish xavfining mavjudligi ayniqsa o‘ta hush- yorlik va ma’suliyatni talab qiladi. Shifoxonaning qabul bo‘limi eðidemiyaga qarshi birinchi to‘siq bo‘lib xizmat qiladi. Bemor shifoxonaga tushganda infeksiyaning boshqa bo‘limlarga tarqalishining oldini oladigan ehtiyot choralari ko‘rilishi shart. Bular quyidagilardan iborat: bemorni individual (yakka) qabul qilish, to‘liq eðidemiologik anamnez yig‘ish va bemorni ðuxta tekshiruvdan o‘tkazish. Yuqumli kasallik turi aniq-
25 Umumiy qism langan bemorni zudlik bilan izolatsiya qilish va tegishli bo‘limga o‘tkazish. Isitmalayotgan bemorlar qoni gemokultura va bezgak, OIÒS, toshmali tif, seðsis kabi kasalliklarga tekshiriladi (klinik belgilar hisobga olingan holda). Ichak funksiyasi buzilgan bemorlar najasi bakteriologik tekshiriladi.Bundan tashqari ularda gelmintlar bor- yo‘qligiga alohida e’tibor beriladi. Shifoxonaga oziq-ovqat bloklaridan infeksiyaning oziq-ovqat mahsulotlari orqali kirishining oldini olish maqsadida mahsulot- larning to‘g‘ri saqlanishi va ularning tayyorlanishi bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatiladi. Dezinfeksiya va sterillash tadbirlarining izchil bajarilishi ham shifoxona ichi infeksiyalarining tarqalishiga to‘sqinlik qiladi. Shifo- xona ichi infeksiyasi aniqlangan taqdirda uning keyingi tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha chora-tadbirlar ko‘riladi (karantin e’lon qilish, ðalatalarni kvars lamðalari bilan nurlantirish va b.). Infeksiyaning shifoxonaga (ayniqsa somatik) bemorlarni kelib ko‘ruvchilar orqali kirishi ham mumkinligini hisobga olib, bemor- lar oldiga qarindoshlari va tanishlarining tashrif buyurishi yoki ular tomonidan ðarvarish qilinishi yuqumli kasalliklar bo‘limlarida qat’iy man qilinadi. Aholi yashaydigan joylarda sanitar-gigiyenik holatning yaxshi- langani, aholi sanitar madaniyatining oshganligi, yuqumli kasal- liklar bilan kasallanishning kamayganligi tufayli hozirgi vaqtda shifoxona ichi infeksiyalari keskin kamaygan. Nazorat savollari 1. «Infeksiya», «infeksion jarayon» va «yuqumli kasallik» terminlari nimani anglatadi? 2. Infeksiyaning qanday turlarini bilasiz? 3. Yuqumli kasalliklarning etiologik, klinik va immunologik xususiyatlari haqida gaðirib bering? 4. Mikroorganizmlar ðatogenligi, virulentligi, invazivligi va toksigenligi nima? 5. Kasallik qanday davrlar bilan kechadi? 6. Isitma egri chizig‘ining qanday tiðlarini bilasiz? 26 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya 7. Òoshmalar haqida gaðirib bering. 8. L.V. Gromashevskiy klassifikatsiyasi bo‘yicha yuqumli kasal- liklarni gapirib bering. 9. Ichak, nafas yo‘llari, qon (transmissiv) va tashqi qoðlamlar infeksiyalariga misollar keltiring. 10. Yuqumli kasalliklar shifoxonasining tuzilishini gapirib bering.
11. Yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarni qabul qilish qoidalari haqida gaðirib bering. 12. Shifoxona ichi infeksiyasi (nozokomial infeksiya) nima?
1.Yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchisi bo‘lmasligi mumkinmi? A) ha; B) yo‘q. 2. Yuqumli kasalliklar hech qanday klinik belgilarsiz kechishi mumkinmi? A) ha; B) yo‘q. 3. Yuqumli kasalliklar shifoxonasining qabul bo‘limida bemor- dan tekshirish materiallari olish mumkinmi? A) ha; B) yo‘q. 4. Reinfeksiya nima? A) mazkur qo‘zg‘atuvchi bilan qayta zararlanish; B) birinchi infeksiya yo‘qolmasdan ikkinchisi qo‘shilishi; C) infeksiya tashuvchanlik; D) uzoq cho‘zilib davom etadigan yuqumli kasallik; E) kasallikning o‘tkir boshlanishi. 5. Patogenlik nima? A) mikrobning kasallik qo‘zg‘atish qobiliyati; B) mikrobning to‘qimalarga kirish qobiliyati; C) mikrobning toksinlar ishlab chiqarish qobiliyati; D) mikrobning sðora hosil qilish qobiliyati; E) mikrobning kaðsula hosil qilish qobiliyati. 6. Doimiy isitma nima? A) ertalabki va kechqurungi harorat oralig‘i 2–2,5°C; B) ertalabki va kechqurungi harorat oralig‘i 1°C atrofida; C) sutkalik harorat 38°C dan oshmaydi;
27 Umumiy qism D) yuqori harorat bir sutka davomida normal harorat bilan almashadi; E) ertalabki harorat kechqurungiga nisbatan yuqori bo‘ladi. 7. Bokslardan nima maqsadda foydalaniladi? A) bemorlarni alohidalash xonasi; B) kiyinish xonasi; C) yuvinish xonasi; D) A va C; E) to‘g‘ri javob ko‘rsatilmagan. 8. Yuqumli kasalligi bo‘lgan bemorlarni nozologik ðrinsið asosida alohida yotqizishga sabab nima? A) tekshiruv o‘tkazish osonlashadi; B) davolash usullari o‘xshashligi uchun; C) o‘zaro kasallik yuqmasligi uchun; D) B va C; E) to‘g‘ri javob ko‘rsatilmagan. 9. Yuqumli kasalliklarda qanday toshmalar uchramaydi? A) rozeola; B) ðetexiya; C) ðaðula; D) ðustula; E) barchasi uchrashi mumkin. 10. Qaysi javobda isitma turlari to‘g‘ri yozilgan? A) doimiy; B) subfebril; C) qaytalama; D) to‘lqinsimon; E) barchasi to‘g‘ri. 11. Yuqumli kasalliklarning klinik xususiyatlari qaysi javobda noto‘g‘ri yozilgan? A) kasallikning sog‘lom odamga yuqishi; B) kasallikning avj olishi; C) yashirin davri; D) boshlanish davri; E) rekonvalessensiya. 12. Ichak infeksiyalari guruhiga kirmaydigan kasallikni ko‘rsating. A) dizenteriya; B) difteriya; C) salmonelloz; 28 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya D) botulizm; E) qorin tifi. 13. Invazivlik bu.... A) mikroorganizmlarning ðatogenlik darajasi; B) mikroorganizmlarning kasallik qo‘zg‘atish qobiliyati; C) mikroorganizmning to‘qima va a’zo organlariga kira olish va ularda tarqalish xususiyati; D) mikroorganizmning endo- va ekzotoksinlar ishlab chiqarish qobiliyati; E) yuqumli kasalliklardan keyin immunitet hosil bo‘lish jarayoni. 14. Subfebril haroratda.... A) ertalabki va kechqurungi harorat oralig‘idagi farq 1°C dan oshmaydi; B) bir necha kun, hatto hafta davomida isitma egri chizig‘i to‘lqinsimon ko‘tarilib va tushib turadi; C) tananing yuqori harorati sutka davomida albatta normal harorat bilan almashadi; D) tana haroratining sutkalik o‘zgarib turishi 38°C dan osh- maydi; E) ertalabki va kechqurungi harorat (normaga tushmagan holda) oralig‘idagi farq 2–2,5°C ga yetadi. 15. Pustula bu.... A) terining yaxlit qizarishi; B) ichida yiring bo‘lgan ðufakcha; C) seroz (tiniq) suyuqligi bo‘lgan ðufakcha; D) har xil kattalikdagi tuguncha; E) kuchli qichishish bilan kechadigan toshma. 1-masala
Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 45 yoshdagi bemor olib kelindi. Bemor bosh og‘rig‘i, holsizlik, tana haroratining biroz ko‘tarilganligi, uyquning buzilganligi va ishtahaning ðasaygan- ligidan shikoyat qildi. Demak, ko‘ðgina yuqumli kasalliklarga xos bo‘lgan umumiy belgilar kuzatilgan. 1. Yuqumli kasalliklar rivojlanishida necha davr farqlanadi? 2. Bemor kasallikning qaysi davrida murojaat qilgan? 3. Bu davrdan oldingi davr qanday ataladi? 29 Umumiy qism 2-masala
Shifoxonaga 36 yoshdagi bemor yotqizildi. Bemorni eshitib ko‘rilgandan keyingi tekshirish natijasida qorin sohasidagi tosh- malar e’tiborni o‘ziga tortdi. Bu toshmalar diametri 3 mm atrofida bo‘lib, 6 dona edi. Ular teridan ozroq ko‘tarilgan, o‘zaro qo‘shilib ketmagan holda alohida-alohida joylashgan va shisha bilan bosib ko‘rilganda yoki atrofidagi teri ozroq tortilganda toshma yo‘qoladi va qo‘yib yuborilganda yana ðaydo bo‘ladi. 1. Bunday toshmalar qanday nomlanadi? 2. Òoshmalarning qanday turlarini bilasiz? 3. Bemorni ko‘zdan kechirganda toshmalardan tashqari yana nimalarga e’tibor berish kerak? 3-masala
Shifoxonada davolanayotgan bemorning tana harorati 40°C bo‘lib, u uch kun oldin yotqizilgan edi. Hamshira bemorda tana haroratining birdaniga tusha boshlaganini ðayqadi. Bemor ahvoli tezda og‘irlashdi. Hamshira zudlik bilan vrachga murojaat qildi va tegishli yordam ko‘rsatildi. 1. Òana haroratining bunday birdaniga tushishi nima deb ataladi? 2. Haroratning bunday tushishi qanday yuqumli kasallikda uch- rashi mumkin? Yuqumli kasalliklarning umumiy eðidemiologiyasi Eðidemiologiya – bu eðidemik jarayon qonuniyatlari, uning odamlar orasida vujudga kelishi va tarqalish sabablari, ðrofilaktika qilish usullari va tadbirlari haqidagi fan (ta’limot)dir. Òurli yuqumli kasalliklarda eðidemik jarayonning o‘xshashligi, qolaversa uning umumiyligi sababli umumiy eðidemiologiya, hamda har bir yuqumli kasallik o‘ziga xos eðidemik jarayonni xarak- terlaydigan sðetsifik xususiyatlarga egaligi tufayli xususiy eðide- miologiya vujudga keldi. Eðidemik jarayon Yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining kishilar jamoasi orasida tarqalishi eðidemik jarayon deyiladi. Eðidemik jarayon quyidagi uchta zaruriy sharoit (harakatlantiruvchi kuchlar) mavjud
30 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya bo‘lgandagina vujudga keladi: 1. Infeksiya manbai. 2. Infeksiyaning yuqish mexanizmi. 3. Aholining kasallikka moyilligi. Ko‘rsatilgan bu sharoitlardan birortasi bo‘lmasa, eðidemik jarayon to‘xtaydi. Shuni ham aytish zarurki, bu sharoitlarning mavjudligigina eðidemik jarayon rivojlanishi uchun yetarli emas. Imkoniyat qulay sharoitlar bo‘lgandagina reallikka aylanadi. Odamning bunday hayotiy sharoit- lariga tabiiy va ijtimoiy sharoitlar kiradi. Eðidemik jarayonning birlamchi elementi eðidemik o‘choqdir. Eðidemik o‘choq – bu infeksiya manbaining konkret holatda mazkur infeksiyaning atrofdagi kishilarga yuqishi mumkin bo‘lgan ma’lum territoriyasi hisoblanadi. Eðidemik jarayonning quyidagi darajalari farqlanadi: 1. Sðoradik kasallanish – kasallanishning onda-sonda uchrab turishi. 2. Eðidemiya – mazkur joyda kasallanishning ancha ko‘ð uch- rashi (sðoradik kasallanish darajasidan 3–5 marta va undan ortiq ko‘ðayishi). 3. Pandemiya – grekcha «umumxalq» degan ma’noni anglatadi. Ko‘ð mamlakatlar va hatto mintaqalarni qamrab oluvchi katta eðidemiya – ðandemiya deyiladi (masalan, 1889, 1918, 1957 va 1968-yillardagi griðð ðandemiyasi, 1894-yildagi o‘lat ðande- miyasi). Shunday kasalliklar borki, bu kasalliklarning yovvoyi hay- vonlar (masalan, kemiruvchilar, qushlar va b.) orasida tabiiy rezervuarlari mavjud. Kasallikning tarqalishi bu hayvonlar va kasallik tarqatuvchilar (bo‘g‘imoyoqlilar) yashashi uchun qulay bo‘lgan ma’lum territoriyada chegaralanadi. Bunday kasalliklar tabiiy o‘choqli kasalliklar deb ataladi. Bunday infeksiyalarga o‘lat, tularemiya, kanadan yuqadigan rikketsiozlar, leyshmaniozlar va boshqalar kiradi. Infeksiya manbai. Bemor yoki kasal hayvon infeksiya manbai hisoblanadi. Kasallik bemordan ham, bakteriya tashib yuruv- chilardan ham yuqadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchilari odam organizmidan tashqi muhitga u yoki bu fiziologik (nafas chiqarish, siydik ajratish, defekatsiya) yoki ðatologik (yo‘tal, balg‘am ajratish, qusish) yo‘llar orqali ajralib chiqadi. Bemorlar infeksiyaning har qanday shaklida ham yuqumlidirlar. Kasallikning yengil va belgilarsiz shakllarida yuqumlilik davri qisqa
31 Umumiy qism bo‘lishi mumkin. Ammo bunday bemorlar kasallikning tiðik shakli bilan og‘rigan bemorlarga qaraganda ancha xavflidirlar, chunki kasal- lik ko‘ðincha aniqlanmay qolib, ular jamoada infeksiya tarqatib yuradilar. Infeksiya tashuvchanlik. Bu holat infeksiya manbai sifatida, ayniqsa meningokokk infeksiyasida, difteriya, qorin tifi va boshqa kasalliklarda juda katta rol o‘ynaydi. Òashuvchanlik odatda qisqa muddatli bo‘ladi, lekin ayrim hollarda u bir necha oy, hatto yillargacha cho‘zilishi mumkin. Uzoq muddatli tashuvchanlik va bakteriya ajratib yuruvchanlikka odatda surunkali yallig‘lanish o‘choqlari bo‘lgan kishilar sharoit yaratadilar. Masalan, difteriya tayoqchalari tashuvchanligida surunkali tonzillitlar, surunkali rinitlar, qorin tifi tayoqchalari tashuvchanligida xolangitlar, angioxolitlar va xolesistitlar muhimdir. Òabiiyki, zoonozlar qishloq xo‘jalik tumanlarida keng tarqalgan. Uy hayvonlari bilan birga yovvoyi hayvonlar ham kasallik manbai bo‘lib hisoblanadi. Hayvonlar odamda uchraydigan ko‘ðgina yu- qumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining tabiiy manbai hisoblanadi. Infeksiyalar eðidemiologiyasida ornitoz va salmonelloz kabi kasal- liklar qo‘zg‘atuvchilari manbai sifatida qushlar ham ma’lum ahamiyatga ega. Infeksiyaning yuqish mexanizmi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisining bemor organizmidan ajralib chiqish yo‘li organizmda uning bevosita joylashgan yeriga bog‘liqdir. Masalan, ichak infeksiyalarida qo‘z- g‘atuvchilar defekatsiyada, nafas yo‘llari infeksiyalarida nafas chiqarishda va aksa urishda ajralib chiqadi. Ko‘ð qo‘zg‘atuvchilar tashqi muhitda tezroq nobud bo‘lishi mumkin. Shuning uchun qo‘zg‘atuvchilarning noqulay omillarga chidamliligi katta ahamiyatga ega. Masalan, meningokokk infeksiyasi, so‘zak kasalliklari qo‘z- g‘atuvchilari tashqi muhitda juda tez – bir necha minutlar ichida nobud bo‘lsa, kuydirgi, qoqshol va botulizm kabi kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari sðora hosil qilgan holda tuðroqda yillar va hatto o‘n yillar davomida saqlanishi mumkin. Go‘sht, sut va turli kremlarda ko‘ðgina yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari nafaqat uzoq vaqt- gacha saqlanadi, balki bu mahsulotlarda ular ko‘ðayadi. Yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining yuqish mexanizmiga ko‘ra, infeksiya yuqishining quyidagi turlari farqlanadi.
32 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Havo-tomchi yo‘li bilan yuqish. Kasallik qo‘zg‘atuvchilari be- morning nafas yo‘llaridan tashqi muhitga yo‘talganda, aksa urgan- da, gaðlashganda so‘lak zarrachalari bilan ajralib chiqadi va nafas olish orqali sog‘lom organizmga tushadi. Bunday yo‘l bilan o‘tadigan qo‘zg‘atuvchilar odatda tashqi muhitga chidamsiz bo‘lib, tez nobud bo‘ladi. Infeksiyaning chang orqali tarqalishi (havo-chang yo‘li bilan yuqish) kuydirgi, tularemiya, sil, Ku-isitma va boshqalarda aniqlangan. Bu yo‘l bilan yuqadigan mikroorganizmlar odatda quritishga chidamli bo‘lib, uzoq saqlanadi. Oziq-ovqatlar orqali (alimentar) yuqish. Kasallik qo‘zg‘a- tuvchilari organizmga og‘iz orqali (ðeroral) tushadi. Bu yo‘l bilan asosan ichak infeksiyalari yuqadi. Ichak infeksiyalari qo‘zg‘a- tuvchilari organizmdan najas bilan ajralib chiqadi va sanitariya qoidalariga rioya qilinmasligi natijasida oziq-ovqatga va suvga tushadi. Kasalliklar hayvonlardan olingan mahsulotlar orqali ham yuqishi mumkin. Masalan, brusellyoz kasal hayvonlarning suti va go‘shti orqali, salmonelloz kasal hayvonlar go‘shti yoki kasal qushlar tuxumi orqali yuqishi mumkin. Infeksiya oziq-ovqatlarga ðashshalar orqali ham tushishi mumkin. Ichak infeksiyalari ifloslangan qo‘l va buyumlar orqali ham yuqadi. Ichak infeksiyalari, ayniqsa dizenteriya, qorin tifi va vabo kabilar, hovuz, individual quduqlar yoki ayrim vodoðrovod tarmoqlarining ifloslanishi natijasida suv orqali yuqishi mumkin. Bundan tashqari, yomg‘ir natijasida tuðroqda bo‘lgan yuqumli kasalliklar qo‘zg‘a- tuvchilarining yer osti suvlari orqali suv havzalariga tushishi tabiiydir. Bu esa yirik eðidemiyalarga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ichak kasalliklari ðrofilaktikasida asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Kontakt yo‘li bilan yuqish. Bu yo‘l bilan infeksiya bevosita va bilvosita yuqishi mumkin. Bevosita kontakt yo‘li bilan yuqishga odamni quturgan hayvon tishlashi natijasida quturish kasalligi hamda jinsiy yo‘l bilan OIÒS va venerik kasalliklarning yuqishi misol bo‘la oladi. Infeksiyaning bemorlar foydalangan buyumlardan sog‘lom odamlarga kontakt yo‘li bilan yuqishi, masalan kuydir- gining mo‘yna yoqa orqali yoki teridan tayyorlangan buyumlar orqali yuqishi odatda bilvosita kontakt yo‘li bilan yuqish deyiladi.
33 Umumiy qism Òransmissiv yuqish. Òransmissiv yuqishda kasallik qo‘zg‘a- tuvchilari bemor qonidan sog‘lom odam qoniga bevosita qon so‘ruvchi hasharotlar (sðetsifik infeksiya tashuvchilar) orqali tushadi. Qon so‘ruvchi hasharotlar bemor odam yoki hayvon qonini so‘rgandan keyin uzoq vaqtgacha yuqumli bo‘lib qoladi va sog‘lom kishilarni chaqishi natijasida ularga kasallik yuqtiradi. Bularga anofeles chivini (bezgak qo‘zg‘atuvchisini yuqtiruvchi chivin), bitlar (toshmali va qaytalama tif tashuvchisi), kanalar (ensefalit tarqatuvchisi), moskitlar (leyshmanioz, ðaððatachi isitmasi tashuvchisi) va boshqalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Òransðlasentar yuqish. Bu homilaga ona qornida rivojlanish davrida kasallik yuqishidir. Bu borada virusli infeksiyalar juda xavfli hisoblanadi. Sodda organizmlar ham mazkur yo‘l bilan yuqishi mumkin. Aholining kasallikka moyilligi. Bu ko‘rsatkich yuqqan infek- siyaning rivojlanishi uchun asosiy sharoitdir. Bunda nafaqat har bir kishi, balki aholining umuman mazkur infeksiyaga nisbatan moyil- lik darajasi alohida ahamiyatga ega. Moyillik kontagiozlik indeksi bilan baholanadi. Bu kasallanganlar sonining bemor bilan aloqada bo‘lganlar soniga nisbatidir. Bu ko‘rsatkich o‘ndan bir bo‘laklarda Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling