M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya
yoki foizlarda ifodalanadi. Qizamiqda bu ko‘rsatkich 1 ga yoki 100% ga yaqin. Infeksiya tarqalishida ijtimoiy sharoitlar, bemor yoshi, umumiy madaniy darajasi, aholining sanitariya madaniyati, ovqat- lanish xarakteri hamda immunitet holati katta rol o‘ynaydi. Kasallikning tabiiy yo‘nalishini ðrofilaktik tadbirlar va ayniqsa faol immunizatsiya o‘tkazish orqali tubdan o‘zgartirish mumkin. Yuqumli kasalliklar ðrofilaktikasi Yuqumli kasalliklar ðrofilaktikasida mamlakatimizning barcha aholisi faol qatnashishi shart. Yuqumli kasalliklar ðrofilaktikasi o‘z ichiga keng ma’noda aholi salomatligini saqlashga yo‘naltirilgan umumiy tadbirlar sistemasini oladi. Bular aholi yashash joylarini obodonlashtirish, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, chiqindilarni o‘z vaqtida yo‘qotish, to‘g‘ri ovqatlanishni tashkil qilish, mehnat, yashash va dam olish sharoitlarini yaxshilash va boshqalardir. 3 – Yuqumli kasalliklar
34 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Yuqumli kasalliklar ðrofilaktikasining tabiiy jihatlari quyida- gilardan iborat: suv ta’minoti bo‘yicha sanitariya nazoratini o‘rna- tish, oziq-ovqatlar sifatini sanitar-bakteriologik tekshirib ko‘rish, kasallik tarqatuvchilari (ðashsha, burga, bit va chivinlar) ni yo‘qotish, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, reja asosida ðrofilaktik emlashlarni o‘tkazish va hokazolar. Ma’lumki, infeksiya eðidemik zanjirning uchta bo‘g‘ini (infeksiya manbai, uning yuqish yo‘llari va immunitet holati) mavjud bo‘lgandagina tarqaladi. Demak, ðrofilaktik tadbirlar xuddi shu yo‘nalishlarda o‘tkazilishi zarur. Ular tashkiliy tadbirlar (izolatsiya, karantin), maxsus sanitariya tadbirlari (dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya) va sðetsifik ðrofilaktika (immunizatsiya)dan tarkib toðgan.
Infeksiya manbaini zararsizlantirish bo‘yicha tadbirlar Yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bemorlar aniqlanganda, bu tadbirlar ðuxta ishlab chiqilgan sistema asosida o‘tkaziladi, bu bemorni izolatsiya va kasallikni qayd qilishdan boshlanadi. 24 soat ichida Davlat sanitariya-eðidemiologiya nazorat markazi (DSENM)ga shoshilinch xabarnoma yuboriladi. Bir vaqtning o‘zida bu haqda telefon orqali xabar beriladi va barcha ma’lumotlar daftarda qayd qilinadi. Bemorni shifoxonaga yotqizish ðaytidayoq shifoxona ichi infeksiyasining oldini olish maqsadida kasallikning yuqish mexa- nizmini hisobga olgan holda bemorlarni alohidalashga qat’iy rioya qilish zarur. Infeksiya o‘chog‘ida zudlik bilan eðidemiologik tekshiruv o‘tka- ziladi va bu asosda infeksiya tarqalishining oldini olish uchun ðrofilaktik tadbirlar bajariladi. Bemorni infeksiya turiga qarab har xil muddatlarga izolatsiya qilinadi. Izolatsiya uchun asosan shifoxondagina yetarli sharoitlar bo‘ladi. Lekin kasallik turi va kechishiga qarab ayrim holatlarda bemorni uyida izolatsiya qilish mumkin. Bunda bemor alohida xonaga joylash- tiriladi, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilingan holda ðarvarish qilinadi va iloji boricha uning ajratmalari dezinfeksiya qilinadi. 35 Umumiy qism Bemorga jamoat joylarida bo‘lish, jumladan birlamchi tibbiy muassasalarga borish ham qat’iyan taqiqlanadi. Infeksiyaning keyingi tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bemor atrofidagi va u bilan aloqada bo‘lgan kishilar orasida infeksiya manbaini aniqlash borasida ishlar olib boriladi. Bemor bilan aloqada bo‘lganlar klinik tekshiruvdan o‘tkaziladi va ulardan laboratoriya tahlili uchun materiallar olib tekshiriladi. Bemor yoki infeksiya tashib yuruvchilar bilan real aloqada bo‘lgan kishilar orasida karantin tayinlanadi. Ma’lum yashirin davrga ega bo‘lgan infek- siyalar uchun karantin qat’iy bir muddatga belgilanadi. Boshqa hollarda karantin bakteriologik tekshiruvlar natijasi olingunga qadar o‘tkaziladi (difteriya, dizenteriya). Ayrim kasalliklarning birdan avj olgan eðidemiyasi davrida imkon boricha kasallikni oldindan aniqlash va barcha bemorlarni o‘z vaqtida izolatsiya qilish maqsadida uyma-uy aylanib chiqiladi va tekshiruvlar o‘tkaziladi. Bu vrachlar, feldsherlar va tibbiy hamshiralar tomo- nidan amalga oshiriladi. Bunda yuqumli kasalliklarga gumon qilingan barcha isitmali bemorlar atrofdagilardan izolatsiya qilinadi va zarurat tug‘ilganda shifoxonaga yotqiziladi. Shuni ham aytish zarurki, bemor shifoxonadan chiqqandan keyin ham infeksiya tashuvchi bo‘lib qolishi mumkin. Shuning uchun yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarni shifoxonadan chiqarishda nafaqat klinik ma’lumotlar, balki eðidemiologik ko‘r- satkichlar (laboratoriya tahlillari natijasi) e’tiborga olinishi shart. Ayrim kasalliklarda bemorning shifoxonadan chiqishida bakteriologik tekshiruvlar ikki va uch martadan o‘tkaziladi. Infeksiyaning yuqish mexanizmini bartaraf qilish bo‘yicha tadbirlar Òashqi muhitda saqlanib qolgan, chidamli qo‘zg‘atuvchilar sababchi bo‘lgan infeksiyaning tarqalish yo‘llarini uzish, yuqum- sizlantirish va bemor atrofida, uning yashash joylarida, turli buyumlardagi infeksiyani yo‘qotish uchun dezinfeksiya o‘tkaziladi. Shu bilan birga dezinseksiya (infeksiya tarqatuvchi hasharotlarni yo‘qotish) va deratizatsiya (kemiruvchilarni o‘ldirish) o‘tkazilishi zarur.
36 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Dezinfeksiya Dezinfeksiya – bu yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini atrof- muhitda yo‘qotish. Dezinfeksiya o‘choqli va ðrofilaktik bo‘ladi. O‘choqli dezinfeksiya eðidemik o‘choqlarda – xonadon, yotoq- xona, davolash-ðrofilaktika muassasalari va hokazo joylarda o‘t- kaziladi. O‘tkazilish sharoiti bo‘yicha joriy va yakunlovchi dezin- feksiya farqlanadi. J o r i y d e z i n f e k s i ya o‘choqda infeksiya manbaidan tashqi muhitga ajralib chiqqan qo‘zg‘atuvchilarni zudlik bilan yo‘q qilish maqsadida bir necha bor o‘tkaziladi. Birinchi navbatda organizmdan ajralgan ajratmalar dezinfeksiya qilinadi. Joriy dezinfeksiyaga binolarni muntazam ravishda dezinfeksiyalovchi eritmalar yordamida namlab artish, sovunlab yuvish, o‘yin- choqlarni, idish-tovoqlarni, choyshablarni qaynatish va boshqalar kiradi. Havo-tomchi infeksiyalarini yo‘qotishda bemorlar yotgan xonalarni kvars lamðalari yordamida nurlantirish dezinfeksiyaning samarali usullaridan hisoblanadi. Havo-tomchi infeksiyasi bo‘lim- larida tibbiy xodimlar dokadan niqob-resðiratorlar taqishlari zarur. Y a k u n l o v c h i d e z i n f e k s i y a o‘choqda (odatda bir marta) infeksiya manbai yo‘qolgandan keyin (shifoxonaga yot- qizish, sog‘ayib shifoxonadan chiqish, boshqa joyga ko‘chirish yoki o‘lganda) o‘tkaziladi. Yakunlovchi dezinfeksiyaning vazifasi joriy dezinfeksiyadan keyin qolgan qo‘zg‘atuvchilarni batamom yo‘- qotishdir. Profilaktik dezinfeksiya yuqumli kasalliklar bo‘lish-bo‘lmas- ligidan qat’i nazar, tashqi muhitda yuqumli kasalliklar qo‘z- g‘atuvchilarining ðaydo bo‘lishi va ularning tarqalishining oldini olish maqsadida o‘tkaziladi (xonalarni shamollatish, namli artish, ovqatlanishdan oldin qo‘lni yuvish). Dezinfeksiya o‘tkazishda yuqumsizlantirishning fizikaviy va kimyoviy vositalari qo‘llanadi.
nik, termik va nur vositalari kiradi. Mexanik vositalar – bular tozalash, artish, yuvish va boshqalardir. Bu vositalar orqali ko‘ð narsalar va ularning yuzalari chang va ifloslanishlar bilan birga, ancha mikroorganizmlardan ham xalos qilinadi. Masalan, chang- yutgich yordamida chang bilan birga 98 % gacha mikroblar yo‘q qilinadi. Binoni 15 minut davomida shamollatganda havoda mikro-
37 Umumiy qism organizmlar soni keskin kamayadi. 30 minutdan keyin esa deyarli qolmaydi, chunki bino havosi ðatogen mikroblarga ega bo‘lmagan tashqi havo bilan to‘liq almashadi. Òermik va nur vositalari – bular yuqori va ðast haroratdan foydalanish, har xil bakterisid (lotincha caedo – o‘ldirish) nurlar bilan nurlantirish, ultratovush ta’siri va hokazolardir. Bular ma’lum ðarametrlarda bakterisid ta’sir ko‘r- satadi. I s s i q h a v o havoli sterilizatorlarda va boshqa aððaratlarda laboratoriya idishlari va instrumentlarini zararsizlantirishda qo‘lla- niladi. Uzoq vaqt to‘qima (mato)larni dazmollaganda mikroorga- nizmlarning vegetativ shakllari hamda bitlar nobud bo‘ladi. Yuvish vositalari eritilgan issiq suv mikroorganizmlarni yo‘qotish uchun kir yuvishda va tozalashda ishlatiladi. Idishlar, bemorlarni ðarvarish qilish buyumlari, choyshablar va o‘yinchoqlar zararsizlantirish uchun qaynatiladi. Suv bug‘laridan dezinfeksiyalash kameralarida kiyimlar, yotoq anjomlari va boshqa yumshoq buyumlarni zarar- sizlantirishda foydalaniladi. Quyosh hamda ultrabinafsha nurlari havo va yuzalardagi bakteriyalarni kamaytirish maqsadida qo‘l- laniladi. Qog‘oz, latta, yaroqsiz o‘yinchoqlar, ovqat qoldiqlari va ajratmalar maxsus ðechlarda, olovda kuydirish orqali zarar- sizlantiriladi. Ko‘ðgina ðatogen mikroorganizmlar uzoq muddatli quritish natijasida nobud bo‘ladi. Dezinfeksiya formalinli dezinfeksiyalash kameralarida ham o‘tkazilishi mumkin (5–6-rasmlar). Dezinfeksiyaning kimyoviy vositalari. Bakteriyalarni o‘ldiruvchi kimyoviy moddalar – bakte- risid moddalar, ularning o‘sish va rivojlanishini to‘xtatuvchi moddalar esa – bakteriostatik moddalar deyiladi. Kimyoviy dezinfeksiya uchun har xil kimyoviy moddalar – oksid- lovchilar, sðirtlar, fenollar, yuvish vositalari, kislotalar, ishqorlar va boshqalar ish- latiladi. X l o r l i o h a k oq rangli quruq kukun bo‘lib, undan xlorning o‘tkir hidi kelib tu- 5-rasm. Dezinfeksiyalovchi formalinli kamera KDF-3.
38 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya radi. U gaz holatidagi xlorni so‘ndirilgan ohak orqali o‘t- kazish yo‘li bilan zavodlarda tayyorlanadi. Faol xlorli ohak uch turda –26%, 32% va 35% li turlarda chiqariladi. Xlorli ohak kuchli bakterisid (bak- teriyalarni o‘ldirish) xusu- siyatga ega. Uning ishchi erit- malari asosiy hisoblangan 10% li eritmalardan tayyorlanadi. Buning uchun toza tayyor- langan 10% li xlorli ohak eritmasini qorong‘i joyda yoðiq idishda 1 sutka davomida tindirish uchun qo‘yiladi. Bu vaqtda xlorli ohakning erimaydigan qismlari idish tubiga cho‘kadi. Xlorli ohakning tin- dirilgan eritmasi dokaning bir necha qavatidan o‘tkaziladi. Bu eritmadan bevosita qo‘llashdan oldin kerakli konsentratsiyalarda ishchi eritmalar tayyorlanadi (1 - jadval).
10 % li asosiy eritmadan xlorli ohakning ishchi eritmalarini tayyorlash a d a m ti r e i h c h s I k a h o il r o l x i s a y i s t a r t e s n o k ) % ( a d a m ti r e i h c h s I i r o d q i m r o l x l o a f ) % ( i g a d a y i s t a r t e s n o k r u r a Z 0 1 l a m ti r e i h c h s i y i s o s a n u h c u h s a l r o y y a t )l m ( i r o d q i m a m ti r e il r o l x n u h c u a m ti r E ) g ( i r o d q i m k a h o 1 , 0 5 2 0 , 0 0 0 1 0 1 2 , 0 5 0 , 0 0 0 2 0 2 5 , 0 5 2 1 , 0 0 0 5 0 5 0 , 1 5 2 , 0 0 0 0 1 0 0 1 0 , 3 5 7 , 0 0 0 0 3 0 0 3 0 , 5 5 2 , 1 0 0 0 5 0 0 5 6-rasm. Dezinfeksiyalovchi formalinli statsionar kamera KDF-5.
39 Umumiy qism N e y t r a l k a l s i y g i ð o x l o r i d xlor hidli oq rangdagi kukundir. Uning tarkibida 70%, 60% va 50% faol xlor bo‘lgan turlari chiqariladi. Neytral kalsiy giðoxlorid eritmalari keng doirada ta’sir qiluvchi antimikrob xususiyatga ega. Preðarat foydalanil- maydigan binolarni, ichak va nafas yo‘llari infeksiyalarida tozalash- artish inventarlarini dezinfeksiya qilishda ishlatiladi. X l o r a m i n B yo k i X B, 25–28% faol xlorga ega. U xlorli ohakdan farqli o‘laroq chidamli birikma bo‘lib, yillar davomida o‘z kuchini saqlab qoladi. Bu modda ta’sirida to‘qima (mato)lar, buyum- lar va bo‘yoqlar kam yemiriladi. Xloramin kiyim-kechaklar, choy- shab, o‘yinchoqlar, idish-tovoqlarni dezinfeksiya qilishda qo‘lla- niladi. Yuqumli kasalliklar bo‘limida qo‘l va cho‘tkalarni dezinfeksiya qilishda ishlatiladi. O z o n – gaz, kislorodning shakl o‘zgarishi. U bakterisid ta’sirga ega bo‘lib, suvni yuqumsizlantirishda ishlatiladi. V o d o r o d ð e r o k s i d – rangsiz suyuqlik. Uning 3% konsentratsiyadagi suvli eritmasi bakterisid xususiyatga ega, bu modda ko‘ðincha yuvish vositalari bilan aralashma holida qo‘llaniladi. E t i l s ð i r t i – rangsiz uchuvchan suyuqlik. Jarrohlik va laboratoriya amaliyotida, inyeksiyalarda va boshqa holatlarda keng qo‘llaniladi. L i z o l – 3–10% li eritmalar tarzida choyshablarni dezinfeksiya qilish hamda devor, ðol va boshqalarni tozalashda ishlatiladi. S i r k a k i s l o t a – bakterisid va bakteriostatik ta’sirga ega. Uning 3% li eritmasida qorin tifi qo‘zg‘atuvchisi, 4% li eritmasida ichak tayoqchasi, 90% li eritmasida esa – tilla rang stafilokokklar nobud bo‘ladi.
X l o r g e k s i d i n – tiniq hidsiz eritma bo‘lib, grammanfiy va grammusbat mikroorganizmlarga nisbatan antimikrob faollikka ega. 0,01 dan 0,5% konsentratsiyada davolash muassasalarida o‘choqli dezinfeksiya o‘tkazish va jarroh qo‘lini tozalashda ishlatiladi. Ayrim buyum va obyektlarni yuqumsizlantirish. Dezinfeksiya amaliyotida har xil buyum va obyektlarni yuqumsizlantirishda ko‘ðincha kombinatsiyali dezinfeksiya ishlatiladi. Qo‘zg‘atuvchining vegetativ shakllari mavjud bo‘lgan yuqumli kasalliklar o‘choqlarini gidroðult yordamida yuqumsizlantirish uchun odatda xonadagi ðolning har metr kvadratiga 0,3–0,5 l dan kam bo‘lmagan miqdorda eritma sarflanadi. Bu miqdordagi eritma odatda mazkur xonada
40 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya bo‘lgan buyumlarni yuqumsizlantirishga ham yetadi. Patogen mikroorganizmlarning chidamli turlarini yo‘qotish uchun ðolning bir metr kvadrat maydoni uchun qo‘llaniladigan eritmalarning sarflash normasini 1–2 l gacha oshirish zarur. Yerning chuqur yoki yuza qatlamlaridagi tuðroqni dezinfeksiya qilish uchun ishchi eritma miqdori har bir metr kvadrat uchun 5–10 l ga oshiriladi. Bemor yoki bakteriya tashuvchilarning ajratmalarini dezinfek- siyalashda quruq xlorli ohak kukunsimon tarzda ishlatilgani ma’qul. Ajratmalar uchun ishlatiladigan idishlar (tuvaklar, tufdonlar va b.) ajratmalardan tozalangandan keyin dezinfeksiya qilinadi. Bu idishlar ichida dezinfeksiyalovchi eritmalar (tindirilgan ohak, xloramin, lizol va b.)dan biri solingan, yaxshi yoðiladigan bak ichiga tushiriladi. Kiyim-kechaklar va choyshablar dezinfeksiyalash kameralarida yoki qaynatish yo‘li bilan yuqumsizlantiriladi, buning iloji bo‘lmaganda ularni dezinfeksiyalovchi eritmalarga solish mumkin. Oshxona idishlari ovqatlanishdan keyin har safar yuqum- sizlantirilishi shart. Ular 1–2% natriy gidrokarbonat yoki 1% sovun qo‘shilgan suvda qaynatiladi. Qaynay boshlagandan keyingi vaqt – 15 min, virusli geðatitda – 45 min, kuydirgida esa – 1 soatni tashkil qilishi kerak. Dezinseksiya
inkor) hasharotlarni yo‘qotish, degan ma’noni anglatadi. Bunda dezinfeksiyaning quyidagi usullari qo‘llaniladi. Mexanik usullar – bular tozalash, qoqish, ushlab (tutib) olish va boshqa usullardir. Masalan, ðashshalarni ushlash va yo‘qotish uchun ðashsha ushlagichlar, yoðishqoq qog‘ozlar yoki ðashsha urgichlar ishlatiladi. So‘nalarni ushlash uchun sharsimon ushla- gichlar qo‘llanilmoqda va bu ijobiy natijalar bermoqda. Fizikaviy usul – hasharotlar fizikaviy usul yordamida yuqori va ðast haroratlarda yo‘qotiladi. Masalan, burgalar, qandala (tax- takanalar) bilan zararlangan buyumlar kuydiriladi, kiyimlarni yuvishda bitlar va ularning tuxumlarini yo‘qotish uchun issiq suv ishlatiladi. Dezinfeksiyalash kameralarida issiq havo va bug‘ keng qo‘llaniladi. Oldingi ðaytlarda suvaraklarni muzlatib yo‘qotganlar. 41 Umumiy qism Kimyoviy usul – insektisidlar deb ataluvchi kimyoviy modda- larning bo‘g‘imoyoqlilarga zaharli ta’sir qilishiga asoslangan. Ayrim insektisidlar (DDÒ, DDV aerozollari va b.) bo‘g‘imoyoqlilar organizmiga nafas yo‘llari orqali kiradi. Boshqa insektisidlar (natriy ftorit, borat kislota, bura, xlorofos va b.) esa bo‘g‘imoyoqlilar yoki hasharotlar organizmiga (ichagiga) ovqat orqali tushishi natijasida o‘zining toksik ta’sirini namoyon qiladi. Odatda insektisidlar turli oziq-ovqat mahsulotlariga aralashtirib hasharotlarga beriladi, masalan, xlorofos eritmasi qo‘shilgan shakar yoki ammoniy karbonat ðashshalar uchun kuchli zahar hisoblanadi. Kimyoviy zaharlarning keyingi guruhi – bo‘g‘imoyoqlilar organizmiga tashqi qoðlamlar orqali kiradigan kontakt insek- tisidlardir. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha uglevodorodlar (DDÒ, geksaxloran), fosfororganik birikmalar (xlorofos, karbofos va b.), o‘simliklarga tegishli (ðiretrum) va kimyoviy tabiatga ega bo‘lgan insektisidlar (albixtol, kerosin, skiðidar, karbol kislota va b.) bunga misol bo‘ladi. Ayrim kimyoviy insektisidlar haqida quyidagilarni bilish zarur: Dixlordifeniltrixloretan (DDÒ) deyarli barcha bo‘g‘imoyoqli- larga ta’sir qiladigan zahardir. Dezinseksiya uchun 10% li dust– DDÒ ishlatiladi. DDÒ sovun shaklida ham ishlatilishi mumkin (5% texnik DDÒ qo‘shilgan xo‘jalik sovuni). Geksaxloran organik erituvchilarda aerozol, kukun va eritmalar shaklida ishlatiladi. Geksaxloran bo‘g‘imoyoqlilarga zaharli ta’siri bo‘yicha DDÒ dan bir necha bor kuchlidir va bu ta’sir uni turar joylarda qo‘llashni chegaralaydi. Xlorofos ko‘ðgina bo‘g‘imoyoqlilar (burgalar, qandalalar, suvaraklar, ðashshalar) uchun zaharli bo‘lib, ularni tezda o‘ldiradi. Xlorofos ularga uchta yo‘l orqali ta’sir qilishi mumkin: kontakt, nafas yo‘llari va ichak orqali. Xlorofosni dezinseksiya uchun har xil shakllarda qo‘llash mumkin (dustlar, suvli eritmalar, susðen- ziyalar shaklida). Pashshalar bilan kurashishda suyuq va qattiq yem ishlatiladi. Suyuq yemlar xlorofosning 0,5% suvli eritmasiga ðashshalarni jalb qiladigan moddalar (10% shakar qiyomi, 50% non kvasi)ni qo‘shish orqali tayyorlanadi. Kavkaz yoki fors moychechagi gullarining kukun darajasigacha maydalangani – ðiretrum hasharotlarning deyarli barcha turlari uchun zaharli hisoblanadi. Òananing sochli joylaridagi bitlarni
42 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya yo‘qotish uchun karbofos, metilsetofos va boshqa insektisidlarga ega bo‘lgan shamðunlar ishlatiladi. Qon so‘ruvchi bo‘g‘imoyoqlilardan saqlanish maqsadida indivi- dual himoya vositalari sifatida – reðellentlar (bo‘g‘imoyoqlilarni cho‘chitib haydovchi moddalar) keng qo‘llaniladi. Bunday reðel- lentlarga dimetilftalat, dietiltoluamid (DEÒA), benzimin va bosh- qalar kiradi. Reðellentlar bo‘g‘imoyoqlilardan individual himoya- lanish uchun tavsiya etiladigan malhamlar, kremlar va losyonlar tarkibiga kiradi. Ular tananing ochiq joylariga surtish uchun qo‘llaniladi. Deratizatsiya Deratizatsiya (fransuzcha rat – kalamush va de – yo‘q) – kalamushlarni yo‘qotish demakdir. Hozirgi vaqtda bu termin asosida nafaqat kalamushlarni, balki eðidemiologik jihatdan xavfli bo‘lgan va katta iqtisodiy ziyon keltiruvchi zararli kemiruvchilarni yo‘qotish tushuniladi. Kemiruvchilar bilan kurashishdagi asosiy yo‘nalish Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling