M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya
virusli isitmalar; E) B va C. 12. O‘XI da ko‘zoynak oynasiga maxsus qalam yoki quruq sovun surtiladi. Bundan maqsad nima? A) kir bo‘lmasligi uchun; B) oyna terlamasligi uchun; C) dezinfeksiya uchun; D) yaxshi ko‘rinish uchun; E) infeksiyadan himoyalanish uchun. 13. Himoya kostyumining qaysi turi to‘liq himoya kostyumi (to‘liq jihozlangan kostyum) deyiladi? A) 2 tur; B) 1 tur; C) 3 tur; D) 4 tur; E) B va D. 14. O‘ta xavfli infeksiyalar guruhiga qaysi kasalliklar kiritiladi? A) o‘ta yuqumli bo‘lgan, yurak va nafas sistemasini falajlaydigan va faqat o‘lim bilan tugaydigan yuqumli kasalliklar; B) yuqumliligi yuqori bo‘lmasa-da, yurak va nerv sistemasini izdan chiqaradigan va o‘lim xavfi yuqori bo‘lgan barcha yuqumli kasalliklar; C) qo‘zg‘atuvchilari qon orqali yuqadigan va qonda rivojlanib og‘ir asoratlarga olib keladigan yuqumli kasalliklar; D) yuqish xavfi yuqori bo‘lgan, og‘ir klinik ko‘rinishlar bilan kechadigan va aksariyat o‘lim bilan tugaydigan yuqumli kasalliklar; E) hayvonlardan odamlarga yuqishi mumkin bo‘lgan va surun- kali davom etib, ko‘ð asoratlar bilan yakunlanadigan yuqumli kasalliklar. 15. Jahon Sog‘liqni saqlash Assambleyasining XXII sessiyasida qabul qilingan xalqaro tibbiy-sanitar qoidalarga asosan qaysi kasalliklar karantin infeksiyalarga kiritilgan? 72 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya A) o‘lat, vabo, chinchechak, sariq isitma; B) sariq isitma, suvchechak, qizamiq, vabo; C) vabo, chinchechak, meningit, sariq isitma; D) o‘lat, suvchechak, chinchechak, ensefalitlar, vabo, OIÒS; E) OIÒS, o‘lat, suvchechak, ðaratiflar, Ku-isitma, toshmali tif. 1-masala Shifoxonaga o‘ta xavfli infeksiyalar (O‘XI) dan biri hisoblangan – o‘lat kasalligiga gumon qilingan bemor olib kelindi. Shifoxonada ham unga «o‘lat» klinik tashxisi (laboratoriya tekshiruvlarisiz klinik belgilariga asosan qo‘yiladigan tashxis) qo‘yildi. Bunday kasallik aniqlanganligi haqida zudlik bilan mazkur muassasaning bosh vrachiga, tez yordam markaziga va mazkur hududga tegishli Davlat sanitar-eðidemiologik nazorat markaziga xabar berildi va tezda bemor laboratoriyaga olib borildi. Òekshiruv materiallari olingandan keyin bemor kasallik aniqlangan xonaga yana keltirildi. 1. O‘XI qanday kasalliklar hisoblanadi? 2. O‘XI aniqlanganda mazkur vaziyatda tibbiyot xodimlari qo‘l- lagan taktika to‘g‘rimi? 3. O‘XI ga gumon qilinganda qanday taktika qo‘llanadi? 2-masala Shifoxonaga o‘lat kasalligiga chalingan bemor qabul qilindi. Òibbiy xodim anamnez yig‘ish va ko‘zdan kechirishlar orqali mazkur tashxisni tasdiqladi va himoya kostyumini quyidagi tartibda kiydi: tibbiy xalat, kombinezon, kaðyushon, noskilar va rezina etiklar.
1. Himoya kostyumini kiyishda qanday xatolikka yo‘l qo‘yildi? 2. Himoya kostyumini to‘g‘ri kiyish tartibini aytib, ko‘rsatib bering. 3-masala
O‘lat kasalligiga chalingan bemorni ko‘zdan kechirish va boshqa muolajalar tugagandan keyin quyidagi tartibda himoya kostyumi yechildi: etik, noskilar, ko‘zoynak, qo‘lqoð, ro‘mol, kleyonka
73 Umumiy qism fartuk, kombinezon. Yechilayotgan buyumlarning zararlangan qismi tashqariga qilib o‘raldi. Shundan keyin dush qabul qilindi. 1. Himoya kostyumini yechishda qanday xatoliklarga yo‘l qo‘yil- gan? 2. Himoya kostyumi qanday tartibda yechilishi zarur? Yuqumli kasalliklarga tashxis qo‘yishning asosiy usullari Yuqumli kasalliklarga tashxis qo‘yish bemorni har tomonlama va muntazam tekshirish bilan bog‘liq bo‘lib, bular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: shikoyatlar, anamnez yig‘ish (ayniqsa eðidemiologik), bemorni ko‘zdan kechirish, laboratoriya tekshirish usullari. Shikoyatlari. Bemorning asosiy shikoyatlariga e’tibor beriladi. Chunki kasallik uchun xarakterli bo‘lgan shikoyatlar orqali ko‘ð hollarda dastlabki tashxis qo‘yish mumkin. Anamnez. Yuqumli kasalliklarni aniqlashda boshqa kasalliklardagi kabi anamnez, ya’ni so‘rab-surishtirish katta ahamiyatga ega. Anamnez yig‘ishda kasallik tarixi – uning dastlabki belgilari qachon ðaydo bo‘lganligi, kasallik boshlanishi (o‘tkir yoki asta-sekin), isitma bo‘lganligi (balandlik darajasi), toshmalar, qusish (kuniga necha marta), og‘riqning joyi va intensivligi (bosh og‘rig‘i, qorin og‘rig‘i, bo‘g‘imlar og‘rig‘i), uyquning buzilishi (uyqusizlik yoki ko‘ð uxlash) va hokazolar batafsil aniqlab olinadi. Ayniqsa eðide- miologik anamnez alohida ahamiyatga ega bo‘lib, u infeksiya o‘chog‘i va yuqish yo‘llarini aniqlashga qaratilgandir. Òo‘g‘ri yig‘ilgan eðidemiologik anamnez o‘z vaqtida va to‘g‘ri tashxis qo‘yishda katta yordam beradi, shifoxona ichi infeksiyasining oldini olishda o‘ta muhim hisoblanadi. Bu anamnez ma’lumotlari ko‘ð hollarda yashirin davr muddatini aniqlash va eðidemiyaga qarshi ko‘riladigan tadbirlarni belgilashga yordam beradi. Eðidemiologik anamnez yig‘ish vaqtida quyidagilarga e’tibor berish lozim: – yuqumli kasallikka chalingan bemorlar bilan kontaktda bo‘l- ganligi (uyda, qo‘shnilar bilan, ishda); – kasal hayvonlarni ðarvarishlash, hayvonlar orasida kasallik borligi, ov qilish; – kasallik yuqishi mumkin bo‘lgan joylarda bo‘lish; 74 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya – chet elda bo‘lish; – yashash sharoiti (xonaning sanitar holati); – hasharotlar chaqishi, jarohatlanish, oðeratsiyalar; – o‘tkazilgan ðrofilaktik emlashlar; – shaxsiy gigiyenaga rioya qilish; – kasbi (chorvador, teri sanoatida ishchi, cho‘ðon, sut sog‘uv- chi va hokazo). Bemorni obyektiv tekshirish. Obyektiv tekshirish ma’lum tar- tibda o‘tkaziladi. Bemorning umumiy ahvoli qoniqarli, o‘rta og‘irlikda va og‘ir bo‘lishi mumkin. O‘rindagi holati – faol, sust va majburiy bo‘ladi.
Òeri qoðlamlarini ko‘zdan kechirish. Òerining rangi (oqargan, qizargan, sariq), elastikligi, tarangligi aniqlanadi. Òerida yallig‘- lanish jarayonlari va toshmalar mavjudligiga e’tibor beriladi. Òoshma mavjud bo‘lsa, uning qachon ðaydo bo‘lganligi, toshish bos- qichlari, joylashishi va miqdori, xarakteri (rozeola, ðetexiya, ðustula, vezikula va b.) aniqlanadi. Òerida yaralar, chandiqlar, ðigmentatsiya, teri ko‘chishi kabilar ayrim yuqumli kasalliklarning belgilari bo‘lib, xizmat qilishi mumkin. Shilliq qavatlar va ko‘z sklerasi. Rangiga e’tibor beriladi, masalan, virusli geðatitlarda sariq rangda bo‘ladi. Bundan tashqari sklera tomirlari inyeksiyasi va konyunktivalar qizarishi mumkin.
cha, sust) aniqlanadi. Shishlar bo‘lganda uning xarakteri (umu- miy, mahalliy) ga e’tibor beriladi.
ularning kattaligi, konsistensiyasi, harakatlanishi va og‘riqqa e’tibor beriladi.
(sust, o‘rta, o‘ta kuchli) ni aniqlagan holda, ularning tonusi (ðasaygan, normal, oshgan), kuchi (kamaygan, o‘rtacha, yuqo- ri) va ulardagi og‘riqqa (tinch holatda, harakatlanganda) e’tibor beriladi.
larning mutanosib holda bo‘lishiga e’tibor beriladi. Bo‘g‘imlarni tekshirishda ularning harakatchanligi (faol, sust), harakat hajmi (normal, chegaralangan) va harakatlangandagi og‘riqqa ahamiyat beriladi.
75 Umumiy qism Ichki a’zolarni tekshirganda quyidagi ko‘rsatkichlar aniqlanadi: yurak-qon tomirlar sistemasi – yurak urishi, yurak sohasida og‘riq, nafas yetishmasligi. Puls (soni), arterial bosim, eshitib ko‘rish (auskultatsiya) orqali – tonlar xarakteri, yurak shovqinlari mavjudligi. Nafas a’zolari sistemasi – ko‘krak sohasida og‘riq (davo- miyligi va intensivligi), yo‘tal – (quruq), balg‘am miqdori va xarakteri (suyuq, quyuq, ko‘ðiksimon, shilimshiq, yiringli, qon aralash), nafas olish – burun yoki og‘iz orqali, burundan suyuqlik yoki qon ketishi. Ko‘krak qafasi (normal, emfizematoz, shakli o‘zgargan), nafas olish soni (bir minutda), chuqur yoki yuza nafas olish. Auskultatsiyada – nafas xarakteri, xirillashlar (quruq va nam). Ovqat hazm qilish a’zolari – ishtaha, chanqoqlik, yutishning buzilishi, og‘iz bo‘shlig‘ining qurishi, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin sohasida og‘riq, ich ketishi, qorin dam bo‘lishi, og‘izning erkin ochilishi, trizm; qorin – uning kattaligi, shakli (normal, shishgan, ichkariga tortilgan), nafas olishda ishtirok etishi; ðay- ðaslab ko‘rish (ðalðatsiya) da og‘riq; najas xarakteri, bir sutkada soni, jigar va taloq – kattalashganligi va ulardagi og‘riq. Siydik
soni va miqdori; bel sohasida og‘riq (o‘tkir, xurujsimon), ularning davomiyligi; siydik rangi (somon rangida, to‘q sariq, qon aralash).
sirash, gallyusinatsiya (eshituv, ko‘ruv); meningeal belgilar; sezgirlik (taktil, og‘riq, termik), harakatlantiruvchi sfera – qo‘z- g‘aluvchanlikning oshishi, talvasa (tonik, klonik); ðarezlar, falajlanishlar; normal va ðatologik reflekslar. Ko‘rish a’zolari – ðtoz (qovoqning osilishi), diðloðiya (buyumlarning ikkita bo‘lib ko‘ri- nishi), anizokoriya (ko‘z qorachiqlarining har xil kattalikda bo‘lishi).
oqishi. Endokrin sistema – qalqonsimon bez holati (kattaligi va konsistensiyasi), ko‘z yaltiroqligi, ekzoftalm (ko‘zning chaqchayib chiqishi). Òekshirishning laboratoriya usullari. Yuqumli kasalliklar tash- xisida tekshirishning ko‘ðlab laboratoriya-instrumental usullari qo‘llaniladi. Ular orasida sðetsifik laboratoriya tekshirish usullari katta ahamiyatga ega. Ular ikki guruhga bo‘linadi: 1) organizmdagi qo‘zg‘atuvchini bevosita aniqlash – bakterioskoðik (mikroskoðik) va bakteriologik (ekma qilish) tekshirish; 2) bilvosita aniqlash – serologik va allergik tekshirishlar.
76 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Bakterioskoðik (mikroskoðik) usulda yuqumli kasallik qo‘z- g‘atuvchilari bo‘yalgan ðreðaratlarni mikroskoðiya qilish yo‘li bilan aniqlanadi. Bu usulda qon, tomoq yo‘llari shilliq moddasi, najas va boshqa materiallardan tayyorlangan surtmalar tekshiriladi. Òomoqdan surtma saharda yoki og‘iz chayqashdan, ovqatla- nishdan keyin kamida 2 soat o‘tgach shðatel yordamida vizual (ko‘ruv) nazorat ostida tamðonni og‘iz shilliq qavati, til va tishlarga tegizmasdan kiritish orqali olinadi (21- rasm).
Òil ildizi chað qo‘l yordamida shðatel bilan ðastga va oldinga bosib turiladi va o‘ng qo‘l yordamida ehtiyotlik bilan og‘iz bo‘shlig‘iga tamðon kiritiladi va karash olinadi. Karash yoki shilliq za- rarlangan joy atrofidan olingani ma’- qul, chunki u yerda boshqa joyga nis- batan ko‘ð qo‘zg‘atuvchilar bo‘ladi. Burundan surtma quyidagi tartibda olinadi: yog‘och tayoqchada uncha katta bo‘lmagan ðaxta tamðon fiziologik erit- mada namlanadi va hamma tomonlari bilan burun ðastki chig‘anog‘i shilliq qavatiga ozroq holda 2–3 sm chuqur- likda burun yo‘liga kiritiladi. So‘ngra tamðondan efir yordamida yog‘siz- langan buyum oynachasiga surtma oli- nadi, quritiladi va laboratoriyaga yubo- riladi. U yerda maxsus bo‘yalgandan keyin mikroskoð ostida undagi hujayra tarkibi va hujayra ichi kiritmalari xarakteri tekshiriladi. Burun shilliq qavatidan olingan surtmani shishadan qilingan maxsus ðlastinkalarda ham tayyorlash mumkin. Plastinkalar 70–80 mm uzunlikka, 5–6 mm kenglikka, 2–2,5 mm qalinlikka ega va qirralari silliqlangan bo‘lishi kerak. Plastinka efir bilan tozalangandan keyin burun to‘sig‘iga ozroq bosgan holda burun yo‘liga 2–3 sm chuqurlikda kiritiladi. Plastinka burun to‘sig‘i bo‘ylab tashqariga surtmaning surkalib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan chiqariladi. Surtma quritilib keyingi tekshiruvlar uchun laboratoriyaga yuboriladi. 21-rasm. Òomoqdan surtma olish.
77 Umumiy qism Burun-halqumdan olingan yuvindilar asosan griðð, qizamiq, suvchechak va boshqa virusli infeksiyalarda viruslarni ajratish uchun qo‘llaniladi. Ular kasallikning dastlabki soatlari (kunlari) da o‘tkaziladi, chunki bu vaqtda qo‘zg‘atuvchi nafas yo‘llari eðitelial hujayralarida jadal rivojlanadi. Bemorga steril fiziologik eritma bilan tomog‘ini chayish tavsiya etiladi. Har safar 10–15 ml suyuqlik ishlatilgan holda muolaja uch marta takrorlanadi. Yuvindilar bo‘yin qismi keng bo‘lgan steril bankalarga yig‘iladi. Pinset bilan ushlangan steril ðaxta bo‘laklari yordamida halqum orqa devori va burun yo‘llari artiladi. Paxta tamðonlar yuvindili bankaga tushiriladi va material keyingi tekshirishlar (virusologik, immunoflyuoressent va b.) uchun laboratoriyaga yuboriladi. Surtmani difteriya uchun mikroskoðiya qilish. Difteriyaning tezlatilgan tashxis qo‘yish usullaridan biri ðatologik material (tomoqdan yoki burundan olingan shilliq) va ðlenkaning dastlabki bakterioskoðiyasidir. Bu vaqtda material ikki tamðonda olinadi, ulardan biri qo‘zg‘atuvchi kulturasini ajratib olish uchun ishla- tiladi, boshqasi bilan esa bakteriologik tekshirish uchun bir necha surtma olinadi. Surtmalar Leffler bo‘yicha metil ko‘kining ishqorli eritmalarida yoki boshqa usullarda bo‘yaladi. Ijobiy natijada mik- roskoð ostida tomoq va burunning kokkli mikroflorasi orasida bir- biriga burchak ostida joylashgan difteriya tayoqchalarini ko‘rish mumkin.
Bezgakda qon surtmasi va yirik tomchi tayyorlash. Bezgak tashxisida asosiy laboratoriya tekshirish usuli – bu qondan tayyor- langan surtmada yoki yirik tomchida eritrositar ðarazitlarning toðilishidir. Amaliyotda asosan yirik tomchi tekshiriladi, chunki bir vaqt oralig‘ida yirik tomchida surtmaga nisbatan 30–50 baravar ko‘ð hajmda qon tekshiriladi va shunga yarasha ðlazmodiylar soni ham ko‘ð bo‘ladi. Bu usul bilan toðilgan ðarazitlarning qaysi turga xosligi surtma tayyorlash usulida aniqlanadi. Bezgak qo‘zg‘atuvchilarini aniqlash uchun bu infeksiyaga gumon qilingandayoq tana haroratiga qaramasdan qon olinadi (imkon boricha isitma vaqtida yoki et uvishishidan so‘ng darhol olingani ma’qul), chunki ðarazitlar xuruj oraliqlaridagi vaqtda ham qonda aylanib yuradi. Preðaratlar tayyorlanadigan buyum oynachalari yaxshilab yuvilgan va moysizlantirilgan bo‘lishi zarur. Qon aseðtika qoidalariga rioya qilingan holda olinadi. Barmoq sðirt bilan artiladi va sterillangan
78 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya igna-nayza yoki yirik inyeksiya ignasi bilan teshiladi. Birinchi qon tomchisini quruq ðaxta bilan artib tashlanadi, so‘ngra barmoq teshilgan tomoni bilan ðastga buriladi va ikkinchi tomchiga buyum oynachasi tegiziladi. Qon surtmasi gematologik tekshirishlar uchun qabul qilingan umumiy usul bo‘yicha tayyorlanadi (22-rasm). Surtma buyum oynachasining chekkasigacha yetmasligi kerak. Shuning uchun qon tomchisi diametri 2–3 mm dan ortiq bo‘lmasligi zarur. Surtma tayyorlash maqsadida silliqlangan oynacha buyum oynachasi ustiga qo‘yilgan qon tomchisi oldiga 45 0 burchak ostida qo‘yiladi va unga tegishiga qadar oldinga surtiladi. Qon oynachalar orasida bir xil tarqalsa tez harakat bilan surtma qilinadi. Òo‘g‘ri tayyorlangan surtma bir tekis qalinlikda bo‘ladi (sarg‘ish rangli bo‘lib tiniq ko‘rinib turadi). Har bir bemor qonidan kamida ikkita surtma tayyorlanadi. Yirik qon tomchisini tayyorlash uchun buyum oynachasiga diametri 5 mm ga yaqin kattalikdagi qon tomchisi tomiziladi. Bu tomchi igna yoki buyum oynachasi uchi bilan 10–15 mm gacha diametrda surtiladi. Òomchi qalinligi shunday bo‘lishi kerakki, u orqali gazeta shrifti ko‘rinsin. Surtmalar qalin bo‘lmasligi zarur, aks holda u qurigandan keyin yoriladi va oynachadan ko‘chib tushadi. 22-rasm. Qon surtmasini tayyorlash. 79 Umumiy qism Odatda oynachaga bir-biridan ma’lum oraliqda 2–3 tomchi qo‘yiladi. Olingan tomchilar buyum oynachasining orqa tomonida maxsus (mumli) qalam yordamida bemor familiyasi yoki qayd etilgan raqami va hokazo yozuvlar bilan belgilanadi. Qonning namli yirik surtmasiga yirik tomchi qo‘yish juda qulay- dir. Bu vaqtda tomchi mustaqil ravishda disk bo‘yicha yoyiladi, qalam yordamida surtmaga belgi qo‘yiladi. Bu ðreðaratda zararlangan eritrositlar qismi yaxshi saqlanadi, bu esa ðarazit turini aniqlashda muhimdir. Bu usulning afzalligi yana shundan iboratki, surtmaga qo‘yilgan tomchi oynaga bevosita qo‘yilganga nisbatan mustahkam ushlanib turadi. Òayyorlangan yirik tomchilar xona haroratida 2–3 soatdan kam bo‘lmagan vaqt oralig‘ida quritiladi. Òomchi quritilgandan keyin unga Romanovskiy-Gimza bo‘yog‘i quyiladi. Bo‘yash muddati o‘rtacha 30–45 minutni tashkil qiladi. Bo‘yalgan tomchi ehtiyot- korlik bilan vodoðrovod suvida chayiladi va tik (vertikal) holatda quritiladi. Surtma metil sðirtida 3 minut yoki 96% li etil sðirtida 10 minut davomida fiksatsiya qilinadi. Fiksatsiyalangan ðreðaratlar havoda quritiladi va azur-eozin bo‘yog‘ida 20–30 minut davomida bo‘yaladi. Chayilgan ðreðaratlar quritilib mikroskoð ostida tekshiriladi. Bezgak kasalligiga chalingan bemordan olingan qonda zararlangan eritrositlarda moviy rangli sitoðlazma va to‘q qizil yadrolari bilan bezgak ðlazmodiylari ko‘rinadi. Bemor qonida bezgak ðlazmodiylarining toðilishi tashxisni tasdiqlaydi. Mikroskoðik usulning sezgirligini maxsus yorituvchi bo‘yoqlar – flyuoroxromlar bilan belgilangan antitelolari bo‘lgan maxsus zardoblar bilan ishlov berish orqali oshirish mumkin. Bu anti- telolar bilan ishlangan ðreðaratlar luminessent mikroskoð orqali tekshiriladi (23-rasm). Immunoflyuoressent usul nomini olgan bu usul viruslarni aniqlashda, masalan, griðð va boshqa o‘tkir resðirator virusli infeksiyalarni kasallikning birinchi kunlarida aniqlashning tezla- tilgan usuli sifatida keng qo‘llaniladi. Bakterioskoðik (mikroskoðik) tekshirish usullari, odatda o‘lat (o‘lat bubonidan tayyorlangan bo‘yalgan surtmalarda iyersiniya- larni toðish), meningit (orqa miya suyuqligi cho‘kmasida menin-
80 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya gokokklarni toðish), qaytalama tif (qonda sðiroxetalarni toðish), ðarazitar kasalliklar (siydik, najas, o‘t suyuqligidan tayyorlangan ðreðaratlarda sodda organizmlar, gelmintlar va ularning tuxumlarini toðish) va boshqa kasalliklarda qo‘llanadi. Bakteriologik usul. Bakteriologik usulda bemordan olingan material oziq muhitlariga ekiladi va qo‘zg‘atuvchining toza kulturasi ajratib olinadi (24-rasm). Bu esa infeksiya manbaini aniqlashda katta eðidemiologik ahamiyatga egadir. Bundan tashqari mikrob qo‘zg‘atuvchining toza kulturasi orqali uning antibiotiklar va kimyoviy ðreðaratlarga sezgirligini aniqlash mumkin.
Bakteriologik usul salmonelloz, dizenteriya, ovqat toksikoin- feksiyalari, esherixioz, qorin tifi, A va B ðaratiflar, sil, leðtosðiroz, o‘lat, tularemiya, meningit va boshqa kasalliklarda qo‘llaniladi. Bakteriologik tekshirish uchun material etiotroð dorilarni qo‘llashdan oldin olinishi va zudlik bilan oziq muhitga ekma qilinishi zarur. Material tez orada labo- ratoriyaga yetkaziladi. Qaysi kasal- likka gumon qilinsa (bemorni kli- nik tekshirish orqali aniqlanadi), shunga yarasha oziq muhitlari tanlanadi va shularga ekiladi. Ayrim hollarda bir necha oziq 23-rasm. Luminessent mikroskoð ML-2. 24-rasm. Oziq muhitga material ekish. 81 Umumiy qism muhitlariga bir vaqtda bir nechta ekma qilinadi. Odatda yakuniy natija 3–4 kundan keyin (brusellyoz va sil kasalligida esa 3–4 haftadan keyin) olinadi. Òahlil natijasi mikroorganizm o‘sib chiqishi uchun zarur bo‘lgan muddatga bog‘liq: bir xillari tez o‘sib chiqsa, boshqalari uzoq muddatda o‘sadi. Oziq muhitlariga ekish uchun qon, najas, siydik, o‘t suyuqligi, oshqozon yuvilgan suv, tomoq yoki burundan olingan shilliq va boshqalar tekshirish materiali sifatida olinishi mumkin. Qonni kasallikning boshlanishida yoki avjiga chiqqan davrida ekma qilgan ma’qul. Qon asosan muhitlar (shakarli, zardoblar, o‘t suyuqligi qo‘shilgan bulonlar) ga ekiladi. Qonning bakterisid xususiyatini to‘xtatish uchun taxminan 1:10 nisbatda olinadi (muhit qonga nisbatan taxminan 10 baravar ko‘ð). Odatda 10–20 ml qon ishlatiladi. Ekma qilish uchun qon venadan steril shðris orqali olinadi. Inyeksiya joyi dastlab sðirt bilan dezinfeksiya qilinadi. Sðirt olovi ustida ignasi olingan shðrisdan qon kolbaga solinadi va shu olov ustida kolba og‘zi yoðiladi. Ekmali kolba laboratoriyada termo- statga qo‘yiladi. Oziq muhiti bo‘lmagan taqdirda ham steril ðrobirkaga shunday qoidalarga rioya qilgan holda olinadi. Najas ichak infeksiyalarida yoki ichak infeksiyalariga gumon qilinganda hamda oshqozon-ichak yo‘llarida o‘zgarishlar aniq- langanda ekma qilinadi. Steril yog‘och shðatel yoki shisha tayoqcha yordamida tuvakdan, maxsus lotokdan yoki ðaxta tamðonlar, metall ilgak yoki rektoskoð nayi orqali to‘g‘ri ichakdan najas (2–3 g) olinadi. Najas olishdan oldin tuvakda dezinfeksiyalovchi moddalar qolmasligi uchun tuvak issiq suvda yaxshilab yuvilgan bo‘lishi kerak. Material olishda shilliq, yiring, fibrinli ðardalarni olishga harakat qilish kerak. Òo‘g‘ri ichakdan material olish defekatsiya soniga Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling