M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya
A va B ðaratiflar klinikasi. Eðidemiologiyasi, ðatogenezi, morfologiyasi (ðatologik anatomiyasi) va klinikasi jihatidan A va B ðaratiflar asosan qorin tifiga o‘xshaydi, ammo ayrim o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega. Yakuniy tashxis laboratoriya ma’lumotlariga asoslangan. Yashirin davr odatda biroz qisqa (5–10 kun), lekin cho‘zilishi ham mumkin. Kasallik ko‘ðincha o‘tkir boshlanib, gerðes ðaydo bo‘lishi mumkin, bu esa qorin tifiga xos emas. Qorinda og‘riq ko‘ð hollarda xuruj shaklida bo‘lib aððendisit va xolesistitni eslatadi. Harorat egri chizig‘i noto‘g‘ri tiðda bo‘ladi. Rozeolalar kasallikning dastlabki davrlaridayoq ðaydo bo‘ladi va juda ko‘ð miqdorda (ayniqsa B ðaratifda) uchraydi. Òoshmalar ðolimorf (ko‘ð shaklga ega) bo‘lib, ayrim hollarda teri yuzasidan ko‘tarilgan bo‘ladi. Intoksi- katsiya sust rivojlanganligi tufayli Status thyðhosus kam uchraydi; shunga mos ravishda asoratlari ham kam kuzatiladi. Ba’zida ich ketadi. Bundan tashqari B ðaratif kasalligi qisqa davom etishi (hamma davrlarining qisqaligi) bilan xarakterlanadi. U ko‘ðincha o‘tkir
167 MAXSUS QISM. I. Ichak infeksiyalari gastroenterit ko‘rinishida kechadi yoki shu sindrom ðaydo bo‘lishi bilan boshlanadi, tifga xos bo‘lgan belgilar esa shundan keyin rivojlana boshlaydi. Paratiflar nisbatan yengil kechib, bunda kasallik asoratlari va o‘lim hollari kam uchraydi. Òashxisi. Òif-ðaratif kasalliklarini aniqlash eðidemiologik ma’lu- motlarni hisobga olgan holda klinik va laboratoriya tekshiruvlari natijalariga asoslangan. Qorin tifiga tashxis qo‘yishda qonning umumiy manzarasini aniqlash katta ahamiyatga ega. Kasallikning birinchi 2–3 kunida unchalik yuqori bo‘lmagan leykositoz kuzatilishi mumkin. Kasallik avj olgan davrda 30–35% bemorlarda leykoðeniya uchraydi. 55–60% hollarda normositoz kuzatiladi. Deyarli barcha hollarda trombosi- toðeniya aniqlanadi. Kasallik og‘ir o‘tganda anemiya kuzatiladi, ECHÒ odatda normada (ayrim hollarda ko‘tarilgan) bo‘ladi. Siydikda og‘ir hollarda intoksikatsion xarakterga ega bo‘lgan albuminuriya va silindruriya kuzatiladi. Òif-ðaratif kasalliklarida qon, siydik, najas va o‘t suyuqligi bakteriologik tekshiriladi. Òashxis qo‘yishda qo‘llaniladigan eng ishonchli laboratoriya tekshirish usullaridan biri – qonni ekish (gemokultura)dir. Bemorda tana harorati ko‘tarilgan vaqtda kasallikning istalgan kunida tek- shirish uchun qon olish mumkin. Gemokulturada ijobiy natijalarni oshirish maqsadida monelik qiluvchi holatlar bo‘lmaganda qon olishdan 15–20 minut oldin teri ostiga 1 ml 0,1% li adrenalin erit- masi yuboriladi. Kasallikning birinchi haftasida venadan steril shðris bilan 10 ml qon olinadi, keyingi davrlarda 15–20 ml qon olinib, bemor yotog‘i oldida oziq muhitga 1:100 nisbatda (oziq muhiti bu nisbatdan kam bo‘lganda qon kasallik qo‘zg‘atuvchisiga bakteritsid ta’sir ko‘rsatishi mumkin) ekiladi. Bir necha marta isitmalayotgan bemorlarni tekshirishda laboratoriyaga sitrat qon yuboriladi. Buning uchun germetik yoðilgan va oldindan sterillangan 1 ml 40% li natriy sitrat- ning steril eritmasi bo‘lgan ðenitsillin flakonchalariga 9 ml qon sðirt bilan tozalangan tiqinni teshish yo‘li bilan kiritiladi. Ekmaning dastlabki natijasi odatda 2–3, yakuniy natija esa 5–10 kundan so‘ng olinadi. Najas ekmasi (korðokultura) ko‘ðincha kasallikning ikkinchi haftasida o‘tkaziladi. Buning uchun steril yog‘och shðatel yoki shisha 168 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya tayoqcha bilan tuvakdan 2–3 g najas olinadi va steril bankalarga solinadi. Dezinfeksiyalovchi moddalar qoldig‘i qolmasligi uchun tuvak issiq suvda yaxshilab yuviladi. Najas bevosita Ploskirev, Levin va boshqa muhitlarga ega bo‘lgan Petri kosachalariga ekiladi. O‘suv- chanlikni oshirish uchun keyingi vaqtda ayrim mualliflar najas olish oldidan bemorga ich suradigan moddalar (25 mg magniy sulfat) berishni tavsiya qiladilar. Korðokulturaning ijobiy natijalari kasallikning 2–3-haftalarida olinadi.
Siydikni ekish (urinokultura). Siydik kasallikning ikkinchi haftasidan boshlab bevosita muhitlarga ekiladi. Yot flora (mikroblar) tushmasligiga rioya qilgan holda steril idishga 20–30 ml siydik yig‘iladi. Duodenal zond yordamida olingan o‘t suyuqligini ekish (bilikul- tura) uchun uni steril ðrobirkalarga yig‘iladi. Bemordan tana harorati normaga tushganidan 8–10 kun keyin olingan hamma ðorsiyalar (A,B,C) 0,5 ml differensial muhitlarga ega bo‘lgan Petri kosachasi hamda 1–2 ml oddiy bulyonga ekiladi. Serologik tekshirishlar uchun quruq steril ðrobirkalarga venadan 3–5 ml qon olinadi. Qon tindirilgandan va sentrifugaga qo‘yilgandan so‘ng zardob boshqa ðrobirkaga olinadi va +4°C haroratda muzlat- gichda saqlanadi. Reaksiya kasallikning birinchi haftasining oxiri – ikkinchi hafta boshidan qo‘yiladi, chunki bu davrda qonda kasallikka qarshi antitelolar ðaydo bo‘ladi. Hammaboð sodda usul – Vidal reaksiyasidir. Bu reaksiyaning mohiyati tif-ðaratif kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar qon zardo- bida sðetsifik antitelolar – agglyutininlarni aniqlashdan iborat. Kasallik dinamikasida titrning oshib borishida 1:200 nisbatda suyul- tirilgan zardobdan boshlab reaksiya ijobiy hisoblanadi. Qorin tifida bilvosita gemagglutinatsiya reaksiyasi (BGAR) Vidal reaksiyasiga nisbatan sezgir va sðetsifik hisoblanadi. BGARning tashxis titri 1:160 ga Vi antigen bilan 1:40 – 1:80 va undan ortiq nisbatga teng. Eksðress-tashxis. Immunoflyuoressensiya usuli tarkibida tif- ðaratif mikroblari bo‘lgan materialni sðetsifik flyuoressensiyalovchi zardoblar bilan ishlov berishga asoslangan. Antigenning antitelolar bilan o‘zaro ta’siri natijasida luminessent mikroskoðiyada yorug‘- lanuvchi komðleks kuzatiladi (ijobiy natija). Natija reaksiya qo‘yil- ganidan 10–12 soat o‘tgach olinadi.
169 MAXSUS QISM. I. Ichak infeksiyalari Xulosa qilib shuni ta’kidlash zarurki, tif-ðaratif kasalliklarining tashxisi bakteriologik yoki serologik tekshirish usullari natijalari bilan tasdiqlanishi mumkin. Lekin ayrim hollarda tashxis faqat klinik va eðidemiologik ma’lumotlarga asoslangan holda ham qo‘yilishi mumkin. Davolash. Òif va ðaratif kasalliklarida yotoq rejimi, ðarhez va etiotroð moddalar asosiy ahamiyatga ega. Bemor shifoxonaga yotqizilishi shart. Unga normal haroratning kamida 7–10-kunlarigacha qat’iy yotoq rejimi tayinlanadi. Parhez ovqatlar to‘la qimmatli, kaloriyali, vitamin va oqsillarga boy hamda ichakda yarali jarayonlar mavjudligi tufayli qirg‘ichdan o‘tkazilgan va kletchatkasi chegaralangan bo‘lishi kerak. Ovqat kam ðorsiyalarda berilishi zarurligini e’tiborga olib bemorni tez-tez ovqatlantirish lozim. 2-ðarhez tavsiya etiladi. Bemorlarni shifoxona- dan chiqarishdan 5–7 kun oldin 15-ðarhezga o‘tkaziladi. Bemor isitmalayotgan davrda vitaminlar komðleksi (askorbin kislota sutkasiga – 900 mg gacha, B 1 va B 2 vitaminlar 9 mg, RR – 60 mg, R – 300 mg) tayinlanadi. Etiotroð davolash. Levomitsetin – bemorlarni davolashda asosiy antimikrob ðreðarat hisoblanadi. Uni 0,5–0,75 g dan sutkasiga 4 mahal normal tana haroratining 10–12-kunigacha beriladi. Òana harorati normaga tushgandan so‘ng ðreðarat miqdori biroz kamay- tiriladi (sutkasiga 0,5 g dan 3 mahal). Noxush belgilar ðaydo bo‘lganda (ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq) ðreðarat shamchalar tarzida yoki levomitsetin suksinat (sutkasiga mushak orasiga 0,7 g dan 3 mahal) qo‘llanadi. Bu foyda bermasa yoki monelik qiluvchi omillar (ðsoriaz, ekzema, qon ishlab chiqaruvchi a’zolar faoliyatining ðasayishi) mavjud bo‘lsa va bemor ðreðaratni qabul qila olmasa amðitsillin 1–1,5 g dan sutkasiga 4–6 mahal normal tana haroratining 10–12-kunigacha ichishga buyuriladi. Mushak orasiga 0,5 g dan 6 soat oralig‘ida amðitsillin yuborish mumkin. Qo‘zg‘atuvchining antibiotiklarga chidamliligida kuniga 1–2 tabletkadan 2 mahal baktrim (biseðtol) beriladi. Organizmni dezintoksikatsiya qilish uchun venaga tomchilab 5% li glukoza, Ringer eritmasi, natriy xloridning izotonik eritmasi (500–1000 ml dan) hamda boshqa eritmalar tayinlanadi. Qorin tifining og‘ir shakllarida antibiotiklar bilan birga kortikosteroidlar (ðrednizolon, gidrokortizon) buyuriladi, ular qisqa kurslar bilan (5–7 kun) beriladi. 170 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Antibiotiklardan keyin vaksina yuborish residivlarning oldini olishda juda foydali hisoblanadi. Vaksina yuborishning bir necha usullari mavjud (teri ostiga, teri ichiga va elektroforez yo‘li bilan). Vaksinoteraðiya vaqtida organizmni ultrabinafsha nurlar bilan umumiy nurlantirish maqsadga muvofiqdir. Vaksinani qo‘llagandan keyin residivlar soni 3–4 marta, surunkali bakteriya tashuvchanlik esa 2 martaga kamayadi. Ichakdan qon ketganda bemorga tinch holat yaratilib, qorin sohasiga muzli xaltacha qo‘yiladi. Shuningdek, qon quyilib (75–100 ml), venaga natriy xloridning 10% li eritmasidan 10 ml, vikasolning 1% li eritmasidan 1 ml, aminokaðron kislotaning 5% li eritmasidan 100–200 ml gacha yuboriladi. Qon ketgandan keyin dastlabki 10– 12 soat davomida bemor ovqatlantirilmaydi, unga faqatgina suyuqlik va sharbatlar berish mumkin bo‘ladi. So‘ngra jele, kisel, saryog‘ tavsiya qilinadi. Ichak teshilganda zudlik bilan oðeratsiya qilish kerak bo‘ladi. Infeksion ðsixoz rivojlangan taqdirda mushak orasiga 1–2 ml 2,5% li aminazin, 4 ml 0,5% li novokain eritmasi, 1 ml 1% li dimedrol va 10 ml 25% li magniy sulfat bilan yuboriladi. Bemor bezovtalanganda bu aralashmani 6 soatdan keyin yana yuborish mumkin. Bemorga alohida ðost tashkil qilinadi. Kasallik residivi vaqtida 5–7 kun davomida levomitsetin yoki amðitsillin bilan davolash kursi o‘tkaziladi. Rekonvalessentlar to‘liq klinik sog‘ayishdan, axlat va siydik tif- ðaratif mikroblari guruhiga uch marta, o‘t suyuqligi esa bir marta bakteriologik tekshirilib ijobiy natija olinmagan taqdirda hamda antibiotiklar bilan davolaganda tana harorati normaga tushgandan kamida 21–23 kun, antibiotiklar bilan davolanmaganda esa 14 kundan keyin Vi-agglutinatsiya reaksiyasi ijobiy bo‘lmagan taqdirda shifoxonadan chiqariladi. Axlat va siydikni birinchi bakteriologik tekshirish antibiotiklar to‘xtatilgandan 2 kun keyin, keyingilari 1– 2 kunlik interval bilan, o‘t suyuqligi esa normal tana haroratining 10- kuni o‘tkaziladi. Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Òif-ðaratif kasalliklari ðrofilaktikasida umumiy sanitar-gigiyenik tadbirlar muhim rol o‘ynaydi. Bu tadbirlarga quyidagilar: aholi ðunktlarining sifatli ichimlik suvlari bilan ta’minlanishi, kanalizatsiyalar tashkil qilinishi, ðashshalarni yo‘q qilish, shaxsiy gigiyena qoidalariga,
171 MAXSUS QISM. I. Ichak infeksiyalari xususan ovqatlanishdan oldin doimo qo‘lni yuvish kabilarga munta- zam ravishda rioya qilish kiradi. Kanalizatsiyalarni tozalash va axlatlarni zararsizlantirish bo‘yicha nazorat o‘rnatish hamda aholi orasida ichak infeksiyalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish katta ahamiyatga ega. Infeksiya o‘chog‘ida kasallik qo‘zg‘atuvchisi tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bemor yoki bakteriya tashuvchisi shifoxonaga yotqizilguniga qadar joriy dezinfeksiya o‘tkaziladi. Shifoxonaga yotqizilgandan keyin yakunlovchi dezinfeksiya qilinadi. Bemor bilan aloqada bo‘lganlar 21 kun davomida tibbiy nazorat ostida bo‘lishlari zarur. Bunda ularning tana harorati har kuni o‘lchab boriladi. Bir marta, ko‘rsatmalar bo‘yicha esa – ikki marta najas va siydik bakteriologik tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ilgari qorin tifi bilan og‘riganlar hamda jigar va o‘t yo‘llari kasalliklari bilan og‘riydigan kishilarda o‘t suyuqligi ekma qilinadi va qon BGAR ga tekshiriladi. Sðetsifik ðrofilaktika assosiatsiyalangan vaksinalar yordamida o‘tkaziladi. Vaksina kurak terisi ostiga 1 ml miqdorda yuboriladi. Nazorat savollari 1. Òif-ðaratif kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilari haqida gaðirib bering. 2. Òif-ðaratif kasalliklarida ichakda qanday anatomik o‘zgarishlar kuzatiladi? 3. Òif-ðaratif kasalliklarining xarakterli klinik belgilarini gaðirib bering. 4. Qorin tifi hamda A va B ðaratiflarning o‘xshashligi va farqi nimada? 5. Padalka simðtomi nima? 6. Òif-ðaratif kasalliklarida qanday asoratlar kuzatiladi? 7. Òif-ðaratif kasalliklarida qanday laboratoriya tekshirish usullari qo‘llanadi? 8. Nima uchun tif-ðaratif kasalliklarida qat’iy yotoq rejimi va ðarhez tayinlanadi? 9. Òif-ðaratif kasalliklarida davolash va ðarvarish qilish xusu- siyatlari qanday? 10. Òif-ðaratif kasalliklarining sðetsifik ðrofilaktikasi qanday o‘tkaziladi?
172 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Botulizm (botulismus) Botulizm – botulizm bakteriyalari va ularning toksinlari natijasida yuzaga keladigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, markaziy nerv sistemasining o‘choqli xarakterga ega bo‘lgan og‘ir shikastlanishi belgilari bilan namoyon bo‘ladi. Etiologiyasi. Botulizm qo‘zg‘atuvchilari – Clostridium botulinum hisoblanadi. U tayoqchasimon shaklda bo‘lib, 0,6–0,9 mkm katta- likka ega. Xivchinlari mavjudligi tufayli harakatchan, qat’iy anaerob (faqat kislorod bo‘lmagan muhitlarda o‘sadi) bo‘lib, sðora hosil qiladi, tashqi muhitga juda chidamli. Uning 7 ta serologik turlari farq qilinadi – A,B,C,D,E,F va G. Barcha turlari morfologik va kultural xossalari jihatidan o‘xshash. Ammo shulardan birortasiga nisbatan hosil bo‘lgan anatoksin qolganlari ta’siridan himoya qila olmaydi. Odam uchun A,B va E turlari ayniqsa ðatogen hisoblanadi. Botulizm bakteriyasining vegetativ shakllari juda kuchli zahar – ekzotoksin hosil qiladi. 1 ml ekzotoksin oq sichqonlar o‘limiga sabab bo‘ladigan miqdordan 1–3 mln tasiga ega (odam uchun o‘limga sabab bo‘ladigan miqdor 0,3 mkg ni tashkil qiladi). Botulotoksin qizdirilganda buziladi, 100°C da qaynatilganda toksin faolligini juda tez yo‘qotadi. Osh tuzining eng yuqori konsentratsiyasi ham toksinning buzili- shiga sabab bo‘la olmaydi. Formalin ta’sirida u anatoksinga aylanadi. Botulizm mikroblari noqulay tashqi muhit sharoitiga tushganda sðoralar hosil qiladi, sðoralar tashqi muhitning noqulay sharoitiga juda chidamli bo‘lib, ular qaynatganda 5 soatgacha, 105°C da esa 2 soatgacha chidaydi, 120°C dagina 20 minutdan keyin o‘ladi. Sðo- ralar quritilganda bir yilgacha saqlanishi mumkin. Botulizm qo‘zg‘a- tuvchilari tuðroqda yashaydi va u yerdan suv, sabzavotlar, mevalar va oziq-ovqatlarga tushadi. Sðoralar anaerob sharoitida, masalan, uy sharoitida noto‘g‘ri konservalaganda vegetativ shakllarga aylanadi va ekzotoksin ishlab chiqaradi. Ekzotoksin odamning ichak shirasi ta’sirida buzilmaydi. Eðidemiologiyasi. Botulizmda uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar hamda baliqlar infeksiya manbai hisoblanadi. Hayvonlar ichagidan kasallik qo‘zg‘atuvchisi ekskrementlar (najas, siydik) orqali tuðroq va suvga tushadi, u yerda sðoralarga aylanadi hamda uzoq vaqt saqlanadi. Botulizm qo‘zg‘atuvchilarining vegetativ shakllari va sðoralari bilan barcha qishloq xo‘jalik hamda oziq-ovqat sanoati 173 MAXSUS QISM. I. Ichak infeksiyalari mahsulotlari: kolbasa, dudlangan go‘sht, go‘shtli va baliqli hamda sabzavotli konservalar ifloslanishi mumkin. Qo‘zg‘atuvchi odam najasida ham toðilishi mumkin. Odatda qo‘zg‘atuvchining o‘zi odamda kasallik chaqirmaydi. Zaharlanish vujudga kelishi uchun oziq-ovqat mahsulotlarida qo‘zg‘atuvchi ko‘ðayishi va botulotoksin hosil qilishi kerak. Botulotoksin esa kasallik chaqiradi. Ko‘ðincha odam botulizm qo‘zg‘atuvchisi bakteriyalari va tok- sinlari bilan ifloslangan har xil oziq-ovqat mahsulotlari: kolbasa, vetchina (dudlangan cho‘chqa go‘shti) va boshqalarni iste’mol qilishi natijasida zaharlanadi. Botulizm bilan kasallanish holatlarining ko‘ði uyda konservalangan mahsulotlar – qo‘ziqorinlar, sabzavotlar, baliqlar va boshqalarni iste’mol qilish bilan bog‘liq. Ayniqsa konser- valashda tuðroq zarralaridan yaxshi tozalanmagan qo‘ziqorinlarni ishlatish juda xavflidir. Yuqorida ko‘rsatilgan mahsulotlar dastlab yaxshilab tozalanmasa hamda termik ishlov berish qoidalari buzilsa sðoralar hosil bo‘ladi va ekzotoksinlar ishlab chiqiladi. Zararlangan konservali bankalar odatda shishib ko‘tariladi (bombaj) va bunday konservalar iste’mol uchun yaroqsiz hisoblanadi. Botulizm bilan kasallanish sðoradik va katta bo‘lmagan guruhlar orasida aniqlanishi mumkin. Bir guruh kishilarda botulizm kasalligining bir vaqtda uchrashi botulizm bilan zararlangan mahsulotning bir necha kishilar tomonidan iste’mol qilinishi bilan tushuntiriladi. Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Botulizm ðatogenezida toksin asosiy rol o‘ynaydi. Òoksin odam organizmiga oshqozon-ichak yo‘llari orqali tushadi. Botulotoksin hazm yo‘llari fermentlari ta’sirida buzilmaydi. Botulizmning E turdagi qo‘zg‘atuvchisi kam zaharli bo‘lgan ðrotoksin ajratib chiqaradi, bu ðrotoksin hazm shirasi tarkibidagi triðsin ta’sirida toksinga aylanadi va uning zaharliligi 10–100 baravargacha oshadi. Òoksin oshqozon va ichak shilliq ðardalari orqali so‘rilib qon oqimiga tushadi. Òoksin ta’sirida qon tomirlari birdaniga torayadi va keyinchalik kaðillar mo‘rtligi oshadi. Qondan toksin ichki a’zolarga kiradi, ayniqsa orqa va uzun- choq miya motoneyron (harakatlantiruvchi neyron)larining botu- lotoksinga sezgirligi juda katta bo‘lib, bu falajlik bilan namoyon bo‘ladi.
Katta miqdordagi botulotoksin bosh miya to‘qimalari nafas olishining buzilishiga olib keladi. Bunda harakatlantiruvchi nerv oxirlari zararlanadi va skelet mushaklari, ko‘krak qafasi, diafragma,
174 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya halqum, hiqildoq va ko‘zni harakatlantiruvchi mushak funk- siyalarining buzilishi tashqi nafas olishning izdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Halqum, hiqildoq va nafas mushaklari falajlanishi natijasida yutinish va nafas olish buziladi, bu esa ikkilamchi infeksiya sabab bo‘ladigan asðiratsion ðnevmoniyaga olib keladi. Bemor odatda nafasning falajlanishi tufayli o‘ladi. Botulizmdan o‘lgan odamning a’zo va to‘qimalaridagi ðatologo- anatomik o‘zgarishlar sðetsifik bo‘lmaydi. O‘likni yorib ko‘rganda o‘ðka, jigar, taloq, buyrak va oshqozon-ichak yo‘llarida ko‘ðlab mayda qon quyilishlar va degenerativ o‘zgarishlar kuzatiladi. Bosh miya to‘qimalari, ayniqsa uzunchoq miyada ganglioz hujayralar zararlanadi. Miya tomirlarida endoteliyning nekrotik o‘zgarishlari va tromblar toðiladi. Ko‘krak qafasi, qorin devori va qo‘l-oyoq mu- shaklari hamda miokardda mushak tolalari shishgan bo‘lib, ko‘n- dalang chiziqlari yo‘qoladi. Klinikasi. Yashirin davri 12–18 soatni tashkil qiladi, lekin ayrim hollarda 6 soatgacha qisqarishi yoki 6 kungacha cho‘zilishi mumkin. Yashirin davrning davomliligi organizmga tushgan toksin miqdoriga bog‘liq: toksin qancha ko‘ð miqdorda organizmga tushsa, yashirin davr shuncha qisqa bo‘ladi va kasallik klinikasi og‘ir o‘tadi. Kasallik klinikasida qator sindromlar farqlanadi (gastrointestinal, umum- toksik va falajlik). Kasallik o‘tkir boshlanadi. Bemorni eðigastral sohadagi og‘riq bezovta qiladi (ðilorosðazm), ko‘ngil aynishi, qayt qilish va ich ketishi kuzatiladi. Ich ketishi bir kundan oshmaydi va suvsizlanish rivojlanmaydi. Ko‘ngil aynishi va qayt qilish ham bir sutkagacha davom etadi. Keyinchalik oshqozon-ichak yo‘llari ðarezi (yarim falajlanish) kuzatiladi, bu ich qotishi bilan namoyon bo‘ladi. Ko‘ðchilik bemorlarni bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, og‘iz qurishi bezovta qiladi. Òez charchash kuzatiladi. Òana harorati odatda normada bo‘ladi, kam hollarda ko‘tarilishi mumkin. Kasallik bosh- langandan 1–2 kun o‘tgach, nevrologik belgilar qayd etiladi. Oftalmoðlegik belgilar ko‘ðincha botulizmning dastlabki tiðik belgilari hisoblanadi. Bemor yaqindan xira ko‘radi, ko‘z oldida «tuman» yoki «to‘r» ðaydo bo‘ladi. Keyinchalik narsalar ikkita bo‘lib ko‘rinadi (diðloðiya). Diðloðiya ko‘zni harakatlantiruvchi mushak- larning birortasining ðarezga uchrashi tufayli vujudga keladi. Yaqindan xira ko‘rishning sababi esa akkomodatsiyaning falaj- lanishidir. Qovoqlar osilib qolib, ular ko‘tarilmaydi (ðtoz). Ko‘z
175 MAXSUS QISM. I. Ichak infeksiyalari qorachiqlari kengayadi: ko‘ðincha bir ko‘zning qorachig‘i ikkin- chisinikidan kattaroq bo‘ladi (anizokoriya), g‘ilaylik kuzatiladi, qorachiqlarning yorug‘likka akkomodatsiyasi (moslashishi) yo‘qo- ladi. Yutish va gaðirish erta buziladi. Ko‘ð hollarda yumshoq tanglay falaji kuzatiladi, bemor suyuq- likni yutishga harakat qilganda u burnidan oqib tushadi. Hiqildoq mushaklari falaji dizartriya – nutqning buzilishiga olib keladi, keyinchalik bemor gaðlari tushunarsiz bo‘lib qoladi, tovushi ðasayadi va ayrim hollarda esa umuman chiqmaydi (afoniya). Halqum mushaklari falajlanishi – bemorda disfagiya – yutishning buzilishiga olib keladi; bunda nafaqat qattiq, balki yarim suyuq ovqatlarni ham yutish qiyinlashadi. Mimika, chaynov, bo‘yin, qo‘l mushaklari ham holsizlanishi va ularning ðarezi kuzatilishi mumkin. Og‘ir hollarda nafas mushaklari yetishmovchiligi kelib chiqadi. Sezish odatda buzilmaydi, es-hush saqlangan bo‘ladi. Yurak-qon tomirlar sistemasida tomir urishining tezlashishi, giðotoniya, yurak tovushlari bo‘g‘iqligi hamda EKG da yurak mushaklarining diffuz o‘zgarishlari kuzatiladi. Kasallik yakunida nafas funksiyasining buzilishlari yaqqol ko‘- rinadi, bu esa qovurg‘alararo va diafragma mushaklari ðarezi (chala Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling