M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya
et uvushadi, bemor egniga qanchalik issiq kiyimlar kiymasin va o‘rin-ko‘rða bilan o‘ramasin, u isimaydi. Bu davr o‘rtacha 1—1,5 soat (gohida 3 soat)gacha davom etadi. Bu davrdan keyin birdan harorat 40—41°C gacha ko‘tarilib hatto undan ham yuqori bo‘lishi kuzatiladi. Bemorda bosh og‘rig‘i, betoqatlik, bel va oyoq-qo‘llarda og‘riq kuzatiladi. Òaxikardiya, ba’zida ko‘ngil aynishi, qusish, alahsirash va es-hush buzilishi aniqlanadi. Xuruj oxiri terlash bilan yakunlanadi va bunda intoksikatsiya belgilari kamayadi. Harorat kritik tarzda normagacha, hatto normadan ham ðast ko‘rsatkichgacha tushadi. Xuruj tugagandan so‘ng bemor o‘zini yaxshi his qila boshlaydi va u ko‘ðincha uxlab qoladi; bir necha soatdan keyin uyg‘onib, o‘zini ancha tetik sezadi. Bezgak xuruji avj olganda bemor butun tanasida kuchli issiqlik sezadi, ustidagi ko‘rðalarni olib tashlaydi, chanqaydi. Bu vaqtda tana terisi qurigan bo‘lib, qo‘lga juda issiq seziladi. Puls haroratga mos ravishda tezlashgan bo‘ladi va arterial bosim ðasayadi. Shilliq ðardalar quruq, til esa qalin oq karash bilan qoðlangan bo‘lib, ko‘ðincha lablar yoki burun qanotlarida gerðetik toshmalar kuzatiladi. Uch kunlik bezgakda xuruj 6—8 soat, to‘rt kunlik bezgakda — 12—24—36 soat, troðik bezgakda — 36 soatgacha davom etadi. Bitta
413 MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar isitma xuruji tugagan vaqtdan boshlab to navbatdagi xuruj boshla- nishigacha bo‘lgan oraliq vaqt aðireksiya deyiladi. Aðireksiya ðaytida harorat normada bo‘lib, umumiy ahvol qoniqarli bo‘ladi, lekin kuch asta-sekin kamaya boradi. Uch kunlik bezgakda xuruj to‘g‘ri almashganda u kunora, to‘rt kunlik bezgakda esa — har 2 kunda takrorlanadi. Òroðik bezgakda xuruj har kuni katta aðireksiyalarsiz kechishi mumkin. Bezgak bilan og‘rigan ayrim bemorlarda xuruj qat’iy xarakterli belgilarsiz kechadi: yuqori tana harorati uzoq vaqt davom etishi mumkin, ertalab va kechqurun tana harorati o‘lchanganda katta farq sezilmasligi mumkin. Shuning uchun bezgakka ozgina gumon tug‘ilgan taqdirda tana harorati 3—4 kun davomida har 2 soatda o‘lchab turilishi kerak. Bezgak o‘chog‘ida odam bir xil tiðdagi qo‘zg‘atuvchi yoki uning har xil tiðlari bilan bir necha bor kasallanishi mumkin. Bu vaqtda bezgak xurujida hech qanday qonuniyat bo‘lmaydi, tana harorati doimiy yoki noto‘g‘ri xarakterda bo‘lishi mumkin. Bemorda jigar va taloq kattalashadi, ðayðaslaganda og‘riydi. Kasallik boshlanganidan 10—12 kun o‘tgach, teri va shilliq ðardalar sarg‘ayadi. Bu eritrositlar gemolizi va jigar ðarenximasi zararlanishi natijasida kuzatiladi. Eritrositlar gemolizi va qon yaratish a’zolari faoliyati ðasayishi sababli qon manzarasida giðoxrom anemiya kuzatiladi. Retikulositlar ko‘ðayadi, leykoðeniya, neytroðeniya, nisbiy limfo- va monositoz aniqlanadi, ECHÒ oshadi. Ko‘krak yoshidagi bolalarda bezgak o‘zining tiðik ko‘rinishini yo‘qotadi. Kasallik xurujlari bolalarda kam rivojlanadi yoki kuza- tilmaydi. Bularda et uvushishidan keyin ko‘karish va qo‘l-oyoqlar muzlashi aniqlanadi. Kattalarda bezgak xuruji yakunida kuzatiladigan terlash bolalarda uchramaydi. Xurujlararo davr kam rivojlangan bo‘lib, tana harorati yuqoriligicha qoladi. Bolalarda meningeal belgi va meningoensefalit belgilari: qusish, betoqatlik, yurak-tomirlar yetishmovchiligi bilan kechadigan og‘ir toksikoz va ko‘ðincha ichak funksiyasi buzilishi qayd etiladi. Anemiya tez rivojlanadi, jigar va taloq tez orada kattalashadi. Homiladorlik vaqtida bezgak homila rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Homiladorlik ona organizmidagi intoksikatsiya natijasida 414 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya o‘lik, chala yoki hayotga layoqatsiz bolalar tug‘ilishi bilan yakun- lanishi mumkin. Bundan tashqari homila rivojlanishi davrida homilaga bezgak yuqishi mumkin. Bunday vaqtda jigar va talog‘i kattalashgan, nimjon, to‘la rivojlanmagan hamda anemik bolalar tug‘ilishi mum- kin. Onalarda bezgak tiðik kechmaydi. Ularda kasallik ko‘krak yoshi- dagi bolalarda kechgani kabi namoyon bo‘ladi. Bezgakning o‘ta og‘ir asoratlariga bezgak komasi, gemoglobinuriyali isitma va taloq yorilishi kiradi. Bezgak komasi ko‘ðincha birinchi marta kasallanganda va davolan- maganda kuzatiladi. Bu asoratlar klinikasida uchta davr farqlanadi: birinchi davr — xavfli davr — bemor karaxt bo‘lib, u ko‘rik vaqtida uxlab qoladi, berilgan savollarga qiyinlik bilan javob qaytaradi. Ikkinchi davr — soðor davri: bemor ahvoli ancha og‘irlashadi, talvasa kuzatiladi, tana harorati yuqori darajada saqlanadi. Uchinchi davr — chuqur koma (hushini yo‘qotadi, chuqur uyquni eslatadi). Ko‘zdan kechirganda bemor hech qanday ta’sirotlarga reaksiya bermaydi. Òerisining rangi yersimon tusda bo‘ladi. Cheyn-Stoks tiðida chuqur va shovqinli nafas oladi, arterial bosim ðrogressiv ravishda tushib ketib, bemor ko‘karib ketadi. Siydik va defekatsiya ixtiyorsiz ravishda ajraladi. Ko‘z qorachiqlari yorug‘likka reaksiya bermaydi. Qonda juda ko‘ð miqdorda ðarazitlar aniqlanadi. Gemoglobinuriyali isitma ko‘ð miqdordagi eritrositlar gemolizi natijasida katta miqdorda gemoglobin ajralib chiqishi (siydik bilan ham ajralishi) tufayli vujudga keladi. Bu asorat ko‘ðincha bemorni xinin bilan davolash jarayonida qayd etiladi. Òana harorati 40°C gacha va undan ham yuqori ko‘tariladi, bemor bosh og‘rig‘i, o‘ng qovurg‘a osti va bel sohasidagi og‘riqdan shikoyat qiladi. Anemiya ðrogressiv ravishda kuchaya boradi, gemolitik tabiatga ega bo‘lgan sariqlik rivojlanadi. Diurez ðrogressiv kamayadi, siydik to‘q jigarrang yoki deyarli qora rangga kiradi. U tindirilganda tagida ko‘ð miqdorda qo‘ng‘ir cho‘kma hosil bo‘ladi. Òana harorati ðasaygandan so‘ng bemor ahvoli yaxshilanadi, siydik och rangga kira boshlaydi. O‘lim o‘tkir buyrak yetishmovchiligidan vujudga kelishi mumkin. Òaloq to‘satdan yorilib, qorinning yuqori bo‘limida kuchli og‘riq kuzatiladi va u chað yelkaga uzatiladi. Qorin devori mushaklari taranglashib, qorin bo‘shlig‘ida suyuqlik aniqlanadi. Bemorning rangi oqarib, arterial bosimi ðasayadi. Ichki qon ketishi kuchayib borishi natijasida shok rivojlanadi.
415 MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar Bezgakda turg‘un immunitet hosil bo‘lmaydi. Kasallik residivlar bilan o‘tishi mumkin. Ular erta (o‘tkir xurujdan 1,5—2 oy keyin) yoki kech residivlar (o‘tkir xurujdan 9—11 oy, ba’zan ko‘ð yillar- dan keyin) shaklida o‘tishi mumkin. Bezgakka o‘z vaqtida tashxis qo‘yilsa va u to‘g‘ri davolansa, kasallik sog‘ayish bilan yakunlanadi. Bezgakning og‘ir shakllarida, ayniqsa troðik shaklida oqibat jiddiy. Òashxisi. Bezgak infeksiyasi ijobiy eðidemiologik anamnez (ende- mik zonalarga kelish, qon quyish) ma’lumotlar va asosiy klinik belgilar — et uvushishi, qizib ketish va terlash davrlari bilan kechadigan xurujlar, jigar va taloq kattalashishi hamda og‘rishi, o‘sib boruvchi gemolitik anemiyalarni aniqlashga asoslangan. Òashxis qon ðreðaratlari — yirik tomchi va surtmada bezgak ðlazmodiylarini toðish bilan tasdiqlanadi. Surtma va yirik tomchi ðreðaratini davolash boshlangunga qadar olish zarur. Òekshirish uchun kaðillar (barmoqdan) yoki venoz qon olinadi. Qonni tekshirish uchun nafaqat isitma xuruji vaqtida, balki aðirek- siya ðaytida ham olish mumkin. Òekshirishlar sutkada bir necha bor o‘tkaziladi. Bir martalik ijobiy natija olinmagan tekshirish bezgak tashxisi yo‘q, degan so‘z emas. Plazmodiylarni qonning yirik tomchi usulida tekshirish ancha qulay, chunki mikroskoðning bitta ko‘rish maydonida katta hajmda qonni tekshirishga imkoniyat tug‘iladi. Bunda bitta ko‘rish maydoni surtmadagi 50 ta ko‘rish maydoniga to‘g‘ri keladi. Bemordan olingan qon tomchisini toza quruq buyum oynachasiga qo‘yiladi va 1 sm diametrda dog‘ shaklida surtiladi. Shu usulda tayyorlangan yirik tomchi havoda quritiladi va bu ðreðaratga suyultirilgan Romanovskiy-Gimza bo‘yog‘ini (1 ml suvga 1 tomchi bo‘yoq) quyamiz. Bunda eritrositlar gemolizlanadi. Yirik tomchi 40 daqiqa davomida bo‘yaladi, so‘ngra ðreðarat ehtiyotkorlik bilan vodoðrovod suvida chayiladi va ðreðarat vertikal holatda xona haroratida quritiladi. Qo‘zg‘atuvchilar turi odatda surtmada farqlanadi. Bir vaqtda bitta emas bir nechta ðreðaratlar tekshirilgani ma’qul. Parazitologik tekshirishlar natijasini miqdor va sifat jihatdan ta’riflash zarur: intensiv ðarazitemiya (bitta ko‘rish maydonida 10 ta va undan ortiq ðarazitlar) yoki Plasmodium falciðarum rivoj- lanishi oraliq bosqichlarining mavjudligi, odatda bu troðik bezgak- 416 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya ning yomon va koma yoki boshqa xavfli shakllar bilan kechishini bildiradi. Davolash. Bezgakning yangi aniqlangan ko‘rinishlari, erta va kechki residivlarini davolash vaqtida barcha bemorlar birinchi xurujni to‘xtatish uchun shifoxonaga yotqizilishlari shart. Xurujlar orasidagi davrda takroriy davo kurslarini o‘tkazish uchun va residivga qarshi bezgak bilan og‘rigan bemor ambulatoriya sharoitida ham davolanishi mumkin. Davolashning quyidagi turlari farq qilinadi: dastlabki davolash, bunda bezgakning klinik shakli aniqlangunga qadar gamotroð ðre- ðarat bilan birga bemorga gametoshizotroð ðreðarat beriladi. Klinik davolash eritrositar bosqichlarni o‘ldirish orqali bezgak xuruj- larining oldini olish maqsadida o‘tkaziladi. Radikal davolash; bunda ðarazitning qondagi va to‘qimadagi shakllari yo‘qotiladi. Bugungi kunda bezgakka qarshi juda ko‘ð sintetik ðreðaratlar mavjud. Ulardan asosiylari — 4-aminoxinolin va 8-aminoxinolin hosilalari, sulfanilamidlar va sulfonlardir. Bundan tashqari, bigumal va xloridin qo‘llanadi. 4-aminoxinolin hosilalaridan keng tarqalgani xingamin (xloro- xin, delagil, rezoxin va b.)dir. Ular ðlazmodiylarning eritrositar shakllariga ta’sir etadi. Bu guruh ðreðaratlardan amodiaxin, galo- xin, gidroksixlorozinlarni ham qo‘llash mumkin, ular ham shun- day ta’sirga ega. 8-oksixinolin (xinosid, ðrimaxin) hosilalari ðlazmodiylarning ekzoeritrositar (eritrositdan tashqari) shakllari hamda barcha turdagi ðlazmodiylar gamontlariga ta’sir ko‘rsatadi (gamotroð ta’sir).
Bigumal, xloridin, sulfanilamidlar va sulfonlar ðlazmodiy- larning eritrositar shakllariga ta’sir ko‘rsatadi (gematoshizotroð ta’sir). Bu ðreðaratlar ðarazitlarning ekzoeritrositar (to‘qima) va jinsiy shakllariga ta’sir ko‘rsatmaydi. Uch va to‘rt kunlik bezgakni davolash uchun xingamin (delagil, xloroxin) bilan uch kunlik davolash kursi o‘tkaziladi. 1- kuni 0,5 g ðreðarat sutkasiga 2 marta, 2- va 3-kuni 0,5 g dan bir marta beriladi. Uch kunlik bezgakda, bundan tashqari, ðrimaxin sutkasiga 0,027 g yoki xinosid sutkada 0,03 g dan 10 kun davomida, ya’ni davo- lashning 4-kunidan 13-kunigacha beriladi. Xinosid sutkasiga 0,02 g dan 15 kun yoki ðrimaxin sutkasiga 0,015 g dan 14 kun davomida beriladi. Bu kurs bezgakni radikal davolaydi. 417 MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar Òroðik bezgak xingamin bilan davolanadi. 1-kuni 1,5 g ðreðarat 3 mahal qabul qilinadi, keyingi 2—4 kunda sutkasiga 0,5 g xingamin xinosid (sutkada 0,02 g) yoki ðrimaxin (sutkada 0,015g) bilan birga ishlatiladi. Hozirgi kunda troðik bezgak ðlazmodiylarining dorilarga chidamliligi ortgan va bu sxema yetarli emas. Òroðik bezgakning chidamli shakllarida ayrim ðreðaratlar (xingamin, xinin, xloridin, akrixin)ning foydasi kam. Bunda har xil ðreðaratlarni qo‘llash ancha samaralidir. Bu shakllarni davolash uchun xinin sulfat sutkasiga 0,65 g dan 3 mahal 10 kun davomida sulfaðiridazin (1-kun 1 g, keyingi 4 kunda 0,5 g dan) bilan birga buyuriladi. Xingaminni (1-kuni sutkasiga 0,5 g dan 2 mahal, keyingi 3—4 kun sutkasiga 0,5 g dan) sulfaðiridazin (1-kuni 1 g, keyingi 4 kun sutkada 0,5 g dan) bilan birga qo‘llash ancha naf beradi. Òroðik bezgakning xavfli shakllarini davolashda ðarenteral yo‘l bilan bezgakka qarshi ðreðaratlar tayinlanadi. Ammo ðreðaratlarning toksik ta’sirini e’tiborga olib, ularni sekinlik bilan, imkon boricha tomchilab, izotonik eritmalar yoki 40% li glukoza eritmasida desensibilizatsiyalovchi ðreðaratlar bilan birga qo‘llash zarur. Davo venaga 250—500 ml natriy xloridning izotonik eritmasida 0,65 g digidroxloridni tomchilab (1 minutda 60 tomchi) yuborishdan boshlanadi. Kamida 8 soatdan keyin u takroran yuboriladi. Eng ko‘ð sutkalik miqdori 2 g dan oshmasligi kerak. Davo 10—14 kunni tashkil etadi. Xingamin (delagil) ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. U amðulada 5% li eritma holida chiqariladi. Uning 5% li eritmasi 10 ml miqdorda har 6—8 soat orasida tayinlanadi. Xingaminning sutkalik miqdori 30 ml dan oshmasligi kerak. Bemor ahvoli yaxshi- langandan keyin bu ðreðarat og‘iz orqali (ichish yo‘li bilan) qabul qilinadi. Bezgakka qarshi ðreðaratlar bilan bir vaqtda ðatogenetik davo usullari ham qo‘llanadi. Bunday davo tomirlar devori o‘tkazuv- chanligi va suv elektrolit almashinuvini normallashtirish, giðok- siyani kamaytirish va miya shishini yo‘qotishga qaratilgan bo‘ladi. Buyrakning ajratish funksiyasini oshirishga qarshi ðreðaratlardan 1% li furosemid eritmasi yoki 2—4 ml laziks hamda venaga korti- kosteroidlardan ðrednizolon, gidrokortizon, ðrednizon, deksa- metazon, mannitol va boshqalar tayinlanadi. Parallel ravishda antigistamin ðreðaratlar — dimedrol va diðrazin, yurak-tomirlar 27 – Yuqumli kasalliklar
418 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya ðreðaratlari — kofein, kordiamin va strofantin hamda vitaminlar buyuriladi. Qo‘zg‘alish va talvasani to‘xtatish uchun mushak orasiga 2,5% li aminazin eritmasidan 1—2 ml yuboriladi. Dezintoksikatsiya uchun venaga 500—1000 ml ðoliglukin yoki reoðoliglukin, 400— 500 ml gemodez yuboriladi. 10% li albumin eritmasini ham tayin- lash mumkin. Gemoglobinuriyali isitmada avvalo gemoliz chaqiradigan ðreða- ratlar — xinin va sulfanilamidlar to‘xtatiladi va xingamin (delagil) yoki bigumal qo‘llaniladi. Prednizolon va gidrokortizon, mannitol hamda tuzli eritmalar yuboriladi. Siydik hosil bo‘lishi buzilganda bemorni issiq o‘rab, buyrak sohasiga diatermiya qilinadi. Og‘ir hollarda bemor gemodializga o‘tkaziladi, u «sun’iy buyrak» aððarati yordamida amalga oshiriladi. Sog‘aygan bemor etiotroð davo to‘liq o‘tkazilgandan keyin shifoxonadan chiqarilishi mumkin. Bu vaqtda bezgak ðlazmodiylariga tekshirilgan surtma va yirik tomchi usulida 3 marta ijobiy bo‘lmagan natijalar olinishi zarur. Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Bezgak bilan kurashish bo‘yicha ðrofilaktik tadbirlar chivinlarni yo‘qotish, hurkitib haydovchi moddalar va himoya to‘rlaridan foydalanish orqali odamlarni chivinlar chaqishidan himoyalash, muntazam ravishda bezgak bilan og‘rigan bemorlar va ðarazit tashuvchilarni aniqlash hamda ratsional davolashga asoslangan. Bezgak tashuvchilari bilan kurashish uchun gidrotexnik va meliorativ ishlar (botqoq joylarni quritish, suv havzalarini tozalash) amalga oshiriladi. Oqmaydigan suv havzalari — ko‘l, botqoqliklar va sun’iy hovuzlarga neft yuborish va ðarij yashili emulsiyasini seðish, suv havzalarida lichinkalarni yutadigan gambuziy baliqlarini ko‘ðaytirish hamda insektisidlarni qo‘llash orqali anofeles chivinining lichinkalari yo‘qotiladi. Suv solingan bochkalar, baklar va sisternalar esa qoðqoq bilan yoðilgan holda saqlanishi zarur. Chivinlardan himoyalanish uchun deraza va eshiklarga doka yoki sim to‘rlar tutiladi. Uxlash vaqtida ðashshaxonalardan foyda- laniladi, dimetilftalat va boshqa reðellentlar ishlatiladi. Bezgak bo‘yicha endemik hisoblangan o‘choqlardagi kishilarda shaxsiy kimyoðrofilaktika o‘tkaziladi. Ko‘ðincha delagil (xingamin) 0,25 g dan haftada 2 mahal qo‘llanadi. Preðarat o‘choqqa kelishdan 3
419 MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar kun oldin beriladi va 4—6 hafta davomida ishlatiladi. Bezgak tashqa- ridan kiritilsa, bemor to‘liq davolanishdan tashqari 2 yil davomida disðanser kuzatuvida bo‘ladi. Agar oxirgi bezgak holati aniqlan- ganidan 2 yil o‘tgach ham yangi kasallanish holati kuzatilmasa, u vaqtda mazkur o‘choq xavfsiz joy hisoblanadi. Nazorat savollari 1. Bezgak ðlazmodiylari turlarini sanab bering. 2. «Sðorogoniya va shizogoniya» nima? 3. Odamga bezgak qanday yuqishi mumkin? 4. Bezgak xurujini ta’riflab bering. 5. Bezgak komasi nima va uning rivojlanish mexanizmini gaðirib bering. 6. Bezgakka qarshi ishlatiladigan qanday sintetik ðreðaratlarni bilasiz? 7. Bezgak tarqatuvchilari bilan kurashish uchun qanday tadbirlar o‘tkaziladi? Òoksoðlazmoz (toxoðlasmosis) Òoksoðlazmoz — ðarazitar kasallik bo‘lib, nerv sistemasi izdan chiqishi, limfadenoðatiya, jigar va taloq kattalashib, ko‘ðincha skelet mushaklari, miokard va ko‘z zararlanishi bilan xarak- terlanadi. Etiologiyasi. Òoksoðlazmoz qo‘zg‘atuvchisi — Toxoðlasma gondii hisoblanib, u tana tuzilishi bo‘yicha yarim oy yoki aðelsin bo‘lagini eslatadi (grekcha toxon — arka). Bitta uchi o‘tkir bo‘lib, ikkinchisi to‘mtoq holda ko‘rinadi. Uzunligi — 4—7 mkm. Roma- novskiy usulida bo‘yalganda sitoðlazma zangori-qo‘ng‘ir, yadro esa — qizil-binafsha rangga bo‘yaladi. Sistalari qattiq qobiq bilan o‘ralgan bo‘lib, o‘lchami 100 mkm gacha kattalikda. Ularning ichida 3000— 5000 tagacha va undan ham ortiq miqdorda ðarazitlar mavjud. Xo‘jayinining organizmida sistalar o‘nlab yillar davomida saqlanadi. Proliferativ shakllari tashqi muhitga chidamsiz; ular quritilganda, qizdirilganda yoki dezinfeksiyalovchi eritmalar ta’sirida tez nobud bo‘ladi.
420 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Òoksoðlazmalar laboratoriya hayvonlaridan oq sichqonlar, den- giz cho‘chqalari, quyonlar, olmaxonlar va rivojlanayotgan tovuq embrionlarini zararlash yo‘li bilan hamda to‘qima kulturalarida o‘stiriladi. 3—6 kundan keyin o‘lgan hayvonlar qorin bo‘shlig‘ida katta miqdordagi ðarazitlarga ega bo‘lgan ekssudat aniqlanadi. Eðidemiologiyasi. Infeksiya manbai yirik shoxli hayvonlar, qo‘ylar, echkilar, otlar, tuyalar, cho‘chqalar, eshaklar, itlar, mushuklar, uy kemiruvchilari, tovuqlar, g‘ozlar va boshqalardir. Mushuklar alohida ahamiyatga ega, ularning fekaliyalari bilan oosistalar ajraladi va ular tashqi muhitda bir yilgacha saqlanishi mumkin.
Odam toksoðlazmozni alimentar yo‘l bilan xom go‘sht qiy- masini tatib ko‘rganda yoki yetarli darajada termik ishlov berilmagan go‘shtni iste’mol qilganda yuqtiradi. Laboratoriya sharoitida mikro- jarohatlari bo‘lgan teri orqali yuqishi mumkin. Bemor tashqi mu- hitga qo‘zg‘atuvchini ajratmaydi va atrofidagilar uchun xavf tug‘dirmaydi. Homiladorlik vaqtida kasallik embrionga yuqishi mum- kin. Òoksoðlazmoz kasalligi uchun mavsumiylik xos emas, tokso- ðlazmoz bilan kasallanish yilning barcha fasllarida kuzatiladi. Bu kasallik barcha mamlakatlarda uchrashi mumkin. Òoksoðlazmoz bilan kasallanish 20—30%ni tashkil qiladi. Kichik yoshdagilar kasallikka ko‘ðroq moyil bo‘ladilar. Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Infeksiya darvozasi ko‘ðin- cha hazm a’zolari hisoblanadi, laboratoriya sharoitida zararlangan teridan yuqish hollari ham ma’lum. Qo‘zg‘atuvchilar asosan ingichka ichakning ðastki qismlaridan kiradi, so‘ngra limfa oqimi bilan regionar (mezenteral) limfatik tugunlarga tushadi. Bu yerda infeksion granulyomali yallig‘lanish o‘zgarishlari rivojlanadi. So‘ngra qo‘zg‘atuvchilar qonga tushib, butun organizm bo‘ylab tarqaladi. Ular jigar, taloq, limfatik tugunlar, nerv sistemasi, miokard va skelet mushaklarida to‘ðlanadi. Bu a’zolarda ðarazitlar sistalar shaklida to‘ðlanib organizmda uzoq yillar davomida saqlanishi mumkin. Nerv sistemasi va mushaklarda nekroz o‘choqlari hosil bo‘lib, keyinchalik ular kalsifikatsiyalanadi. Parazitlarning hayot faoliyati, antigenlar va allergenlar ajratishi natijasida organizmda allergik holat yuzaga keladi. Bunga javoban hosil 421 MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar bo‘lgan antitelolar turli immun reaksiyalar orqali aniqlanadi. Organizmning himoya kuchlari ðasayganda kasallik qayta zo‘rayadi. Homilaga kasallik yuqqanda bola tashlash kuzatiladi yoki homila- dorlikning birinchi oylaridayoq embrion o‘lishi mumkin, ko‘ð hollarda esa bola nuqsonlar bilan tug‘iladi. Kasallik homiladorlikning oxirgi oylarida yuqqanda bola toksoðlazmoz kasalligi belgilari bilan tug‘iladi. Patomorfologik jihatdan orttirilgan toksoðlazmozda limfatik tugunlarda giðerðlaziya, retikular va ðlazmatik hujayralardan granulemalar hosil bo‘ladi. Jarayonning tarqalgan shakllarida anemiya belgilari, seroz ðardalarga qon quyilishi, yurak bo‘shliqlari kengayishi, jigar va taloqda nekrotik o‘choqlar hamda bosh miya- ning qonga to‘lishi kuzatiladi. Òug‘ma toksoðlazmozda bosh miya yarim sharlarining rivojlanmay qolganligi ma’lum bo‘ladi. Ko‘ðincha meningoensefalit belgilari va ko‘z to‘r ðardasining nekrozga uch- rashi aniqlanadi. Klinikasi. Kasallik laboratoriya sharoitida yuqqanda yashirin davr 2 haftaga yaqin davom etadi. Òabiiy kasallik yuqtirishda u birlamchi surunkali kasallik shaklida rivojlanadi. Òug‘ma va orttirilgan tokso- ðlazmoz farq qilinadi. Kasallik kechishiga qarab o‘tkir, surunkali va latent bo‘lishi mumkin. Orttirilgan toksoðlazmoz. Bu toksoðlazmozning quyidagi klinik shakllari farq qilinadi: a) o‘tkir toksoðlazmoz; b) surunkali toksoðlazmoz; d) latent toksoðlazmoz. O‘tkir toksoðlazmoz ensefalitik, tifga oid va aralash shaklda uchraydi. Ensefalitik shaklida nerv sistemasi zararlanishi — ensefalit va Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling