M, fan va innovatsiyalar
Download 470.16 Kb.
|
Eldor
1.To’g’ri soliqlar asosan byudjet soliq tushumlarini ta’minlashi lozim, ammo, bu holat ular bo’yicha soliq imtiyozlarini ilmiy jihatdan asoslangan holda o’rganish bilan uzviy holda o’rnatish lozim. Agar, to’g’ri soliqlar yuzasidan soliq to’lovchilarga asossiz soliq imtiyozlari berilsa, u holda to’g’ri soliqlarning ham fiskallik xususiyatiga ham rag’batlantiruvchilik xususiyatiga ta’sir etadi. Shuning uchun davlat bu sohadagi soliq siyosatida soliqlarning soliq to’lovchilar faoliyatiga ta’siri bilan bog’liq muntazam monitoring kuzatishlarini olib borishni yo’lga qo’yishi lozim.
2.Hozirgi vaqtda to’g’ri soliqlarning rag’batlantiruvchilik xususiyati asosan milliy bozorda faoliyat ko’rsatuvchi soliq to’lovchilarga nisbatan ko’proq ahamiyat kasb etmoqda. Biroq, xorij investitsiyasinining milliy iqtisodiyotga kirib kelinishini rag’batlantiruvchi ta’siri bugungi kunda susayib bormoqda. Xorijiy investitsiyaning muhim ikki tomoni mavjudki, ular bir tomondan qo’shimcha soliq ob’ektini yuzaga keltirsa, boshqa tomondan yangi ish o’rinlarini yaratishi hisobiga ishsizlikning oldini olishga xizmat qiladi, qolaversa, ish o’rniga ega bo’lgan jismoniy shaxs sifatidagi soliq to’lovchilarning ko’payishiga olib keladi. Shuning uchun to’g’ri soliqlarning xorijning to’g’ridan-to’g’ri investitsiyasini kirib kelinishini rag’batlantirishi bilan qo’shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. 3.To’g’ri soliqlar orqali soliq to’lovchi korxonalarning harajatlar siyosatiga ta’sirini oshirish zarur. Chunki, korxonada amalga oshiriladigan harajatlar asosan ikki xil tartibda moliyalashtirilib, bu tartib natijada harajatlarning soliq bazasiga ta’sirini belgilab beradi. Korxonalarning harajatlar siyosatidagi muammolar to’g’ri soliqlarning miqdoriga to’g’ridan to’g’ri tez ta’sir etadi va to’g’ri soliqlarning soliq to’lovchilar faoliyatiga salbiy ta’siri ko’pgina hollarda harajatlarni mahsulot tannnarxiga kiritilishi yoki ularni boshqacha tartibda moliyalashtirish mexanizmi orqali ro’y beradi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, to’g’ri soliqlarning soliq to’lovchi korxonalarning faoliyatiga ta’sirida soliq stavkasi va soliq imtiyozlariga nisbatan harajatlarni moliyalashtirish mexanizmining ta’siri kattadir. Bu erda davlat tomonidan korxonalarning moliyasini boshqarish siyosati strategiyasi va soliq siyosatidagi strategik yo’nalishlarni bir-biriga muvofiqlashtirish maqsadga muvofiq. 4.To’g’ri soliqlarning soliq to’lovchilar faoliyatiga ta’siridagi eng muhim muammolardan yana biri bu bir xil soliq ob’ektiga ikki xil soliq turining qaratilganligidir. Ya’ni, yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan foyda solig’i va infratuzilmani rivojlantirish solig’ining foydadan undirilayotganligidir. Chunki, infratuzilmani rivojlantirish solig’i bazasi tarkibi birgina korxona ixtiyorida qolgan sof foyda bilan birgalikda ijtimoiy soha ob’ektlarini saqlab turish harajatlari hamda byudjetga hisoblangan foyda solig’i summasi yig’indisidan tarkib topishligi bir soliq ob’ektidan ikki xildagi soliqning undirilishidan tashqari foyda solig’i bo’yicha hisoblangan soliq summasining qaytadan soliqqa tortilayotganligining guvohi bo’lishimiz mumkin. Ta’kidlanganlardan kelib chiqib aytish mumkinki, bir soliq ob’ektidan bir necha soliqlarning undirilishi, birinchidan soliqqa tortishning adolatlilik tamoyiliga ziddiyatli hol bo’lsa, ikkinchidan korxonalar tomonidan ijtimoiy soha ob’ektlarini moliyalashtirishga qiziqishini kamaytirish bilan birgalikda korxona xodimlari va ularning farzandlarining korxona faoliyatidan ijtimoiy manfaatdorligini pasaytirmoqda. Bizning fikrimizcha, yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq stavkasini barqaror 10% darajada ushlab turgan holda obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solig’ini bekor qilishni taklif etamiz. Download 470.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling