M. Hamroev, D. Muhammedova, D. Shodmonqulova, X. G`ulomova, sh. Yo’ldasheva
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
ona tili
2) ayiruv bog‘lovchilar guruhiga yo, yoki, yo..., yo, yoxud, dam..., dam, goh..., goh, xoh..., xoh, ba’zan..., ba’zan, bir-bir kabi so‘zlar kiradi. Bu bog‘lovchilar narsa, voqea-hodisalarni boshqarishdan ajratish yoki ularning galma-gal bo‘lishini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Bulardan yo, yoki, yo..., yo, xoh..., xoh bog‘lovchilari uyushgan bo‘laklarning birini ikkinchisidan, biror voqea, hodisa yoki ish-harakatni boshqasidan ayirib ko‘rsatish uchun ishlatiladi: Poshshaxon Umrinisabibining qizini yo ko‘rmadi, yo ko‘rsa ham nazarga ilmadi. (CHo‘lpon). «YO podshoh biron erga chiqadi yoki elchi kelishi kutiladi», - dedi Zayniddin. (O.) Xoh ishoning, xoh ishonmang, birinchi kuniyoq to‘qqiz tonna paxta teribman. (S. A.) Ba’zan..., ba’zan, dam..., dam, goh..., goh bog‘lovchilari esa galma-gallikni, navbat bilan almashinib, takrorlanib turishni ifodalaydi. Dam tekisliklar bo‘ylab balandga, dam pastga tushib boramiz. (O.) Nimqorong‘i shiftga tikilib yotgancha xayol suraman: goh katta shaharlarga borib qolaman, goh daryolarda suzaman. (O‘.Hoshimov) Hasanali eshitmadimi yoxud eshitsa ham eshitmaganga soldimi, har nechuk javob bermadi (A. Qod.) 2. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar Ergashtiruvchi bog‘lovchilar qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir- biriga tobelanish yo‘li bilan bog‘laydi. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar grammatik aloqalarni ifodalash va ma’nolariga qarab: 1) aniqlov bog‘lovchisi; 2) sabab bog‘lovchilari; 3) chog‘ishtiruv bog‘lovchilari; 4) maqsad bog‘lovchisi; 5) shart va to‘liqsizlik bog‘lovchilariga bo‘linadi. 1) aniqlov bog‘lovchlariga ya’ni, -ki (-kim) so‘zlari mansub bo‘lib, ular ergash gaplarni bosh gapga bog‘lash uchun qo‘llanadi. Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi. Mirzo Ulug‘ bek joyiga o‘tirmagan ham ediki, saroybon kirib, ikkinchi nomani tutdi. (O.Y.) 2) sabab bog‘lovchilariga chunki, shuning uchun, negaki, zeroki, nainki kabi so‘zlar kiradi. Bu bog‘lovchilar ergash gapni bosh gapga bog‘lab, sabab, payt 159 ma’nolarini ifodalaydi. Chorasi bo‘lmagan ishga kirishma, chunki undan qutilib bo‘lmaydi. (Amir Temur o‘gitlari) Ko‘chadagi suv ariqning tegidan sayoz oqar, shuning uchun undan foydalanish qulay emas edi. (A.Qod.) U ikki, balki uch yildan buyon o‘z to‘yini kutar edi. (O.) 3) chog‘ishtiruv bog‘lovchilari: go‘yo, go‘yoki. Bu bog‘lovchilar bosh gapda ifodalangan fikrni ergash gapdagi fikr bilan qiyoslab ko‘rsatadi. Sen menga baxsh etding ko‘rkam bir yoshlik, go‘yo qalbimda ulg‘aydi quyoshday viqor. (J.Jabborov). Nihoyat chollar jim bo‘lishadi, go‘yo yoshliklarini sog‘inganday boshlarini quyi solishadi (O.) 4) maqsad bog‘lovchisi toki qo‘shma gap tarkibidagi maqsad ma’nosini ifodalagan ergash gapni bosh gap bilan bog‘laydi. Yomonlarning jazosini berish kerak, toki ular yaxshilarning boshiga yomon kunlarni solmasinlar. (H.G‘ .) 5) shart va to‘liqsizlik bog‘lovchilari: agar (gar), modomiki, basharti, garchi, garchand, mabodo. Bu bog‘lovchilar shart va to‘liqsiz ergash gaplarning bosh gapga bo‘lgan munosabatdagi shartni, shu bilan birga to‘liqsizlik ma’nolarini anglatadi: Agar kishining hayoti biror maqsad, biror g‘ oya uchun kurash bilan o‘tsa, bunday hayotga hech afsus qilmaslik kerak. (M.Ibr.) Bu oqshom, garchi tevarak tinch bo‘lsa ham, kechagidan ko‘ra qo‘rqinchliroq, ezuvchanroq tuyular edi. (O.) Bog‘lovchi vazifasini bajaruvchi so‘zlar Boshqa so‘z turkumiga oid ba’zi so‘zlar ham bog‘lovchi o‘rnida qo‘llanadi: bilan, deb, degan, bordi-yu, u(-yu), -da. Masalan: Umrim shirin o‘tsin deb, tilni tiydim hamisha. Ayvonda Hurmatbibi bilan onam choy ichib, gaplashib o‘tirishibdi (O.) 2 -§. Yuklama Ayrim so‘z yoki gapga qo‘shimcha ma’no berish uchun qo‘llanadigan yordamchi so‘zlar yuklamalar deb ataladi. Masalan: Haqiqiy kasbu kamol faqat ilm bilan hosil bo‘ladi. (M.Hasaniy). Quyosh ham atayin nurlarini to‘kib, mag‘ rur ko‘tarildi. (O.) YUklamalar tuzilishiga ko‘ra ikki xil: a) qo‘shimcha holatdagi yuklamalar: - mi, -chi, -a, -ya, -oq (-yoq), -da, -u (-yu), -gina (-kina, -qina), -ku; b) so‘z holatidagi yuklamalar: axir, faqat, xudi, nahotki, ham, naq, xolos. To‘ydan faqat Anor xabardor (H.O.) Eshik «g‘irch etib ochildi-da, ruxsat so‘rab ukasi Darvishali kirdi. (O.) Bir vaqi G‘iyosiddin Kichkina, xudi shu erda, daricha ostida o‘tirib, uni erkalatmasmidi. 1. Yuklamalarning turlari Hozirgi o‘zbek adabiy tilida gapga yoki ayrim so‘zlarga beradigan qo‘shimcha ma’nolariga ko‘ra yuklamalarni quyidagicha turlarga bo‘lish mumkin. 1. So‘roq va taajjub yuklamalari: -mi, -chi, -a, -ya. 160 -mi yuklamasi so‘roq, taajjub, hayrat kabi ma’nolari bildiradi. Masalan: - Kelinning suluvligi Marg‘ilonda ma’lum ekanmi? (A.Qodiriy) Men dalada ishlashish kerakmishmi? (O.) -chi yuklamasi so‘roq, kuchaytiruv, harakatga undash, buyruq, iltimos, ta’kid ma’nolarini bildiradi. Masalan, - Sizga-chi, Anvar (A.Qodiriy) - O‘g‘ling qaytsin-chi, bo‘lmasa... (A.Qod.) - Loaqal bir og‘iz o‘g‘lingizga aytib o‘tishga va’da bering-chi, -dedi (A.Qod.) - O‘rtoqjon, bir narsa desang-chi. (CHo‘lpon). -a (-ya) yuklamalari so‘roq, taajjub, hayratlanish ma’nolarini bildiradi. Masalan, Bu gap oramizda qolsin-a! (T.Malik) Gulnorni sevishimni bilardi-ya (O.) - Qizim, bugun mehmonlaringni Sultonxonlarnikiga olib chiqasan-a? – deb qolmasinmi! (A.Qod.) 2. Kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari: -ku, -u, -yu, -da, -oq (-yoq), -ki (- kim), ham, hatto, hattoki, axir, nahot (nahotki). -ku, -u, -yu, -da, -oq (-yoq), -ki (-kim) yuklamalari ma’noni kuchaytirish, to‘liqsizlik, tezlik va davomiylik ma’nolarini ifodalash uchun qo‘llanadi. Masalan, SHundan keyin men uzoq safarga ketdim-u, Masturaning taqdiridan bexabar bo‘ldim (A.Q.) - O‘z qizingiz-ku, tengini topib bering-da! (CHo‘lpon) Mirzo Ulug‘ bek maktubni o‘qib tugatmasdanoq o‘rnidan turib ketdi. (O.YO.) Ko‘plar yomg‘irdan qochib ulgirmasdayoq, oftob charaqlab ketdi. (S.A.) Ham, axir, hatto, hattoki, nahot (nahotki) so‘z yuklamalari fikrni ta’kidlash, avvalgi voqeani eslatish kabi ma’nolarni ifodalaydi. Masalan, Tursunboy hamma narsadan kechganda ham birgina shu Zebidan kechmas edi. (S.A.) Oyim o‘rta bo‘yli, oppoq, nozik tabiat ham ipakday muloyim, istarasi issiq xotin edi. (Zarifa Saidnosirova) Axir bu qal’ani olguncha ozmuncha talofat berildimi? (P.Q.) Sizni otasi o‘rnida ko‘rsak-u, nahotki sizdan beso‘roq ish tutsak (A.Q.) Uzoq cho‘zilgan bu suhbatda Miryoqubning qulog‘i bir marta g‘alati dingkaydi, hatto uning qop- qora chiroyli ko‘zlarida allaqanday sehrli olovlar yondi. (CH.) Bir qissakim, buning so‘ngida Sevishganlar topishgusidir. (H.O.) 3. Ayiruv va chegaralov yuklamalari: faqat, faqatgina, -gina (-kina, -qina). Bu yuklamalar turli so‘z turkumlari bilan kelib, ularni chegaralab ko‘rsatish va ma’no jihatdan ajratish uchun qo‘llanadi. Masalan, O‘zi haqida o‘ylamay, faqat xalqqa ilm berishga bel bog‘lagan olim kishi xudi shamga o‘xshaydi, sham o‘zini yondiradi, xalqqa ziyo bag‘ishlaydi. (M.Xasaniy) YOqimli do‘stgina suhbati olis yo‘lni yaqin qiladi. (M.Xasaniy) Dunyoda ko‘rib o‘taturgan barcha orzuimiz, havasimiz faqat sengagina qarab qolgan (A.Qod.) Faqat yuklamasi o‘rnida yolg‘iz so‘zi qo‘llanishi ham mumkin. Miryoqubning topishi yolg‘iz mingboshi orqali bo‘lsa, unga «epaqa» nomini qo‘yish to‘g‘ ri bo‘larmidi. (CHo‘lpon) 4. Aniqlov yuklamasi: xuddi, naq. Bu yuklamalar o‘zi mansub bo‘lgan so‘zning ma’nosini aniqlab ko‘rsatish uchun qo‘llanadi. Ilm o‘rganib, ilmiga amal qilmagan kishi naq er haydab, uni ekmagan kishiga o‘xshaydi. (M.Xasaniy) Hayosi yo‘q po‘sti shilib olingan yog‘ och va xuddi yog‘i tugagan chiroqqa o‘xshaydi. (M.Xasaniy) 161 5. Gumon yuklamasi: -dir barcha so‘z turkumlariga qo‘shilib kela oladi va o‘zi aloqador bo‘lgan so‘zga gumon, noaniqlik ma’nosini qo‘shadi: - Sizga nimadir va’da bergandir-da? (Isfandiyor) 6. Inkor yuklamasi na... na uyushiq bo‘laklar va qo‘shma gap tarkibidagi ayrim gaplar oldidan kelib, ularning mazmunini inkor etadi, bo‘lishsizga aylantiradi. Inkor shaklli gap bo‘laklari va gaplar oldida kelganda, bo‘lishsizlik kuchaytiriladi, ta’kidlanadi. Bu buyruqqa na ona e’tiroz qildi va na qiz (CHo‘lpon). Na qor, na yomg‘irdan darak bor. (O.) 2. Yuklamalarning yozilishi 1) -mi, -oq(-yoq), -gina (-kina,-qina), -dir yuklamalari o’zidan oldingi so’zga qo’shib yoziladi: Shu bugunoq ota-onasigagina emas, butun mahallaga yetib bormaydimi? 2) -chi,-ku,-u(-yu), -da, -a(-ya) yuklamalaridan oldin chiziqcha qo’yiladi: Sen- chi? Keldi-ku! D i q q a t! Juft so’zlar tarkibida bog’lovchi vazifasida kelgan -u(-yu) yuklamasi kirilcha yozuvda so’zga qo’shilib yoziladi: Gapu so’z ko’paydi. Yangi alifboda esa chiziqcha bilan ajratib yoziladi: Gap-u so’z ko’paydi. 3) faqat, ham, hatto, axir kabi so’z yuklamalar ayrim yoziladi: Tog’larda hatto yoz oylarida ham yomg’ir yog’adi. Ko‘makchi tahlili Bog‘lovchi tahlili Yuklama tahlili 1. Turi aniqlanadi. 2. Qaysi kelishikdagi so‘zga bog‘langan? 3. Grammatik ma’nosi. 4. Qaysi so‘zni qaysi so‘zga bog‘layapti? 1. Qo‘llanish turi. 2. Ma’no hamda vazifasiga ko‘ra turi. 3. Nimani bog‘lagan? 1. Tuzilishiga ko‘ra turi. 2. Ma’nosiga ko‘ra turi Takrorlash uchun savollar: 1. Ko‘makchi ta’rifini ayting va misollar keltiring. 2. Ko‘makchi qanday gap bo‘lagi bo‘lib keladi? 3. Sof ko‘makchilar haqida gapiring. 4. Ko‘makchi vazifasida qo‘llanuvchi so‘zlar haqida gapiring. 5. Ko‘makchi otlar haqida gapiring. 6. Bosh kelishikdagi so‘zlar bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar va ularning ma’nolari haqida gapiring. 7. Qaratqich kelishigidagi so‘zlar bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar va ularning ma’nolari haqida gapiring. 8. Jo‘nalish kelishigidagi so‘zlar bilan qo‘llanadigan 10. Ko‘makchi va kelishiklarning sinonimlik xususiyatlari haqida gapiring. 11. Boјlovchining ta’rifini ayting. 12. Boјlovchilar qo‘llanishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? 13. Teng boјlovchilar ta’rifini ayting. 14. Biriktiruvchi boјlovchilarning ta’rifini ayting. 15. Zidlov boјlovchilar ta’rifini ayting. 16. Ayiruv boјlovchilar ta’rifini ayting. 17. Ergashtiruvchi boјlovchilarning ta’rifini ayting. 18. Aniqlov boјlovchilari haqida so‘zlang. 19. Sabab boјlovchilari haqida gapiring. 162 ko‘makchilar va ularning ma’nolari haqida gapiring. 9. CHiqish kelishikdagi so‘zlar bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar va ularning ma’nolari haqida gapiring 20. SHart va o‘xshatish boјlovchilari haqida gapiring. Yordamchi so‘zlar guruhi bo‘yicha test savollari: 1. Yordamchi so‘zlarni aniqlang. A) Inson go‘zallik uchun intiladi, yorqin ufqlar sari oshiqadi. B) Zokir ota shubhasiz, tajribali paxtakor, qo‘li gul odam. C) Eh, bugun toqqa ketamiz! D) Xotin yaktakni olib yoniga qo‘ydi, aftidan, hozir tikmoqchi emas edi. 2. Yordamchi so‘zlarni toping. A) Asablarning sog‘lom bo‘lishi uchun badantarbiya bilan shug‘ullanish lozim. B) O, qanday chin baxtga to‘lg‘in bu onlar! C) Munofiqlik va soxtalik do‘stlik uchun yotdir. D) A,C. 3. Aziz ham bu savolni kutmaganligi uchun hatto ancha vaqtga qadar javob berolmay qolgan edi. Ushbu gapda mustaqil lug‘aviy ma’no anglatmaydigan nechta so‘z bor? A) 4 ta B) 3 ta C) 6 ta D) 5 ta 4. Ko‘makchilar qaysi kelishiklar qo‘shimchalariga sinonim sifatida qo‘llanishi mumkin? A) qaratqich va jo‘nalish B) jo‘nalish va o‘rin-payt C) o‘rin-payt va chiqish D) chiqish, jo‘nalish va o‘rin-payt 5. Maqsad ma’nosini anglatgan uchun ko‘makchisi qatnashgan gapni aniqlang. A) Anvar yuzidagi kulgini yashirish uchun chetga qaradi. B) Daftarni ukam uchun keltirdim. C) G‘o‘za erta ekilgani uchun hosil mo‘l bo‘ldi. D) Yig‘ilish uchun imkon yaralmadi. 6. Ko‘makchilar, asosan, quyidagi qaysi so‘zlardan keyin kelmasligi mumkin? A) ot, olmosh B) harakat nomi, sifatdosh C) ravishdosh, otlashmagan so‘zlar D) A, B. 7. Vazifadosh ko‘makchilar berilgan qatorni toping. A) Avval o‘yla, keyin so‘yla.(Maqol) B) Siz bilan hamsuhbat bo‘lmasdan avval boshqacha xayolda edim. (O.Y.) C) Usmon Nosir o‘z ustida ko‘p ishlardi. (O‘.Rashid) D) B va C. 8. Sof ko‘makchilarning xususiyatlari noto‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. A) Bunday ko‘makchilar atash ma’nosini tamoman yo‘qotgan bo‘ladi. B) O‘zi birikkan so‘zni boshqa so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiladi. C) Bunday ko‘makchilar urg‘u olmaydi. D) Ohang tomonidan o‘zidan oldingi so‘z bilan bir butunlikni tashkil etadi. 9. Fikr mavzusi ma’nosini ifodalaydigan ko‘makchilar berilgan qatorni toping. A) sari, bo‘ylab B) tufayli, uchun C) haqida, to‘g‘risida D) xususida, o‘xshab. 10. Qaysi gapda sof ko‘makchi ishtirok etmagan? A) Toshbaqa uyasi tomon sudraldi. B) Vatan ham Ona kabi qadrlidir. C) Bu uchun hammamiz ancha gap eshitamiz. D) Yangiliklarni xat bilan ma’lum qilib turamiz. 11. Qaysi gapdagi vazifadosh ko‘makchini sof ko‘makchi bilan almashtirish mumkin? A) Gap futbol o‘yini ustida ketardi.B) Qoziq ustida qor turmas. (Topishmoq) C) Orqadan chuqur soy oqardi. (SH.) D) A, B. 12. Vazifadosh ko‘makchilar berilgan qatorni toping. A) –la, -chun B) deya, deb, atab C) haqida, to‘g‘risida D) qadar, uzra 13. Yozuvda qaysi ergashtiruvchi bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yiladi? A) sabab B) aniqlov C) shartli D) A,B 14. Qaysi ergashtiruvchi bog‘lovchilar tarkibida o‘zakdosh bog‘lovchilar mavjud? A) sabab B) shart C) aniqlov D) shartli 15. Qaysi bog‘lovchilar teng bog‘lovchilarga mansub emas? A) zidlov bog‘lovchilar B) ayiruv bog‘lovchilar C) bog‘lovchi-yuklamalar D) sabab bog‘lovchilar 163 16. Bog‘lovchilar vazifasiga ko‘ra... A) teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilarga bo‘linadi. B) biriktiruv, zidlov, ayiruv bog‘lovchilariga bo‘linadi. C) birik-tiruv, zidlov, ayiruv, ergashtiruvchi bog‘lovchilarga bo‘linadi. D) takrorlanadigan va yakka holda qo‘llanadigan bog‘lovchilarga bo‘linadi. 17. Gar shul eshitganim bo‘lmasa ro‘yo... Ushbu misradagi bog‘lovchini toping. A) gar B) ro‘yo C) shul D) bog‘lovchi berilmagan 18. Bog‘lovchilarning qaysi turi gaplarni ham, uyushiq bo‘laklarni ham bog‘lab kelishi mumkin? A) faqat ergashtiruvchi bog‘lovchilar B) faqat teng bog‘lovchilar C) teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilar D) gaplarni ham, uyushiq bo‘laklarni ham bog‘laydigan bog‘lovchilar mavjud emas. 19. Biz sayohatga poezdda yoki avtobusda boramiz. Ushbu gapda ayiruv bog‘lovchisi qanday bo‘laklarni bog‘lagan? A) qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni B) uyushiq bo‘laklarni C) turli gap bo‘laklarini D) bog‘lovchi vazifasini bajarmagan 20. Dam yomg‘ir yog‘adi, dam havo ochiladi. Bu gap tarkibida bog‘lovchining qaysi turi qo‘llangan? A) biriktiruv bog‘lovchisi B) zidlov bog‘lovchisi C) ayiruv bog‘lovchisi D) ergashtiruvchi bog‘lovchi 21. Ergashtiruvchi bog‘lovchi qo‘llangan qatorni toping. A) Olim sharq xalqlarining madaniyati to‘g‘risida hurmat va iftixor bilan gapirdi. B) Hozir yo shamol bo‘ladi, yo yomg‘ir yog‘adi. C) Qishloq obod bo‘ldi, shuning uchun ko‘nglim shod. D) Quyosh dam yalt etib bir ko‘rinib qoladi, dam bulutlar ichiga bekinib oladi. 22. O‘ktamxon, mening o‘rtog‘im, juda epchil ayol... kotletni u pishirsin-da, a o‘zimizning taomlarni kabob va palovdan tortib, to halimgacha do‘ndirib yuboradi. Mazkur gapdagi bog‘lovchi vazifasidagi birlikni toping. A) –da B) a C) va D) to 23. Ham so‘zi qanday vaqtda bog‘lovchi sanaladi? A) hamma vaqt B) faqat teng bog‘lovchilar o‘rnida qo‘llanganda C) uyushgan bo‘laklarning oxirida takrorlanib kelganda D) faqat uyushgan bo‘laklarning oldida kelgandagina bog‘lovchi sanaladi 24. Qaysi gapdagi nuqtalar o‘rniga ergashtiruvchi bog‘lovchini qo‘yish mumkin? A) Osmonni quyuq bulut qopladi ... yomg‘ir yog‘a boshladi. B) Osmonni quyuq bulut qopladi, ... yomg‘ir yog‘madi. C) Ichkaridan ovoz eshitilar, ... so‘zlari anglashilmas edi. D) Ko‘chatlar yaxshi parvarish qilindi,... ular tez o‘sa boshladi. 25. O‘xshatish-qiyoslash yuklamasi ishtirok etgan gapni toping. A) Hatto zeb-ziynatni yulqib ziyoda, Haykal ham qo‘yingiz bamisli xayol... (A.O.) B) Faqat o‘zimizga ayon sirimiz. (E.V.) C) U buni sezmaganday tuyuldi menga. D) A va C. 26. Gumon yuklamasi qaysi qo‘shimcha bilan shakldosh? A) –miz, -siz qatorida turuvchi 3-shaxs qo‘shimchasi bilan B) –man, -san qatorida turuvchi 3-shaxs qo‘shimchasi bilan C) fe’llardagi orttirma nisbat qo‘shimchasi bilan D) B va C. 27. Gumon yuklamasi qatnashgan gapni toping. A) Urug‘ingdir, aymog‘ingdir, Biror og‘zi maymog‘ingdir... (Masaldan) B) U musobaqa g‘olibidir. C) Suv hayot manbaidir. D) A, B, C. 28. Quyidagi yuklamalardan qaysilari so‘zga qo‘shib yoziladi? 1) -ku; 2) -u(-yu); 3) -da; 4) - oq(-yoq); 5) -mi; 6) –a (-ya); 7) -chi; 8) -gina. A) 1,2,4,5,8 B)2,3,5,6 C) 3,4,5,8 D) 4, 5,8 29. Quyida berilgan qaysi turkumga oid birliklarning ba’zilari o‘zlari birikib kelgan so‘zdan chiziqcha(defis) bilan ajratib yozilishi mumkin? A) bog‘lovchilar B) ko‘makchilar C) yuklamalar D) A, C 164 30. Sizni otasi o‘rnida ko‘rsag-u, nahotki sizdan beso‘roq ish tutsak-a...(A.Q) Ushbu gapdagi yuklamalar miqdorini aniqlang. A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 31. Mustaqil so‘z turkumlariga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlardan qaysi biri yuklamalarga ham xos? 1) lug‘aviy ma’noga egalik; 2) grammatik shaklga egalik; 3) grammatik ma’noga egalik; 4) grammatik vazifaga egalik; 5) gap bo‘lagi vazifasida kela olish. A) 2, 3, 4, 5 B) 2, 3, 4 C) 2, 4 D) 3, 4 32. Bu ko‘chada ham faqatgina imorat xolos-da, boshqa hech narsa yo‘q-ku. Bu gapdagi yuklamalar sonini aniqlang. A) 5 B) 4 C) 3 D) 6 33. Qaysi qatordagi so‘zlarning ikkinchisi yordamchi so‘z hisoblanadi? A) uyga ketmoq, isib ketmoq B) uyning ichi, hafta ichi C) hafta ichi, uyga ketmoq D) isib ketmoq, hafta ichi. 34. So‘zlarga qo‘shilib yoziladigan yuklamalar berilgan qatorni aniqlang. A) -chi, -ku, -da B) -a, -yoq, -ya C) -u, -yu, -da D) -mi, -oq, -gina. 35. O‘shanda ham imorat xolos-da, boshqa hech narsa yo‘q (A.Q.). Ushbu gapdagi yuklamalar miqdorini aniqlang. A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 36. Ota-onang qo‘ygan otlariga mag‘rur bo‘lmagil, bu ot yolg‘iz tashqi ko‘rinishgina, xolos. Ushbu gapda yuklama vazifasida qo‘llangan so‘zlarni toping. A) –gina B) xolos C) yolg‘iz D) -gina, xolos ALOHIDA OLINGAN SO‘ZLAR GURUHI 1-§. Modal so‘zlar So‘zlovchining o‘z fikriga bo‘lgan munosabatini bildiradigan so‘zlar modal so‘zlar deyiladi: Ehtimol, bugun etib kelar. Modal so‘zlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Fikrning aniqligini ifodalaydigan modal so‘zlar: 1) fikrning rostligi tasdiqlanadi: darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda, filhaqiqat (arx.); 2) fikrning qat’iyligi ta’kidlanadi: shubhasiz, shaksiz, so‘zsiz 3) ishonch: albatta 4) anglatilayotgan voqelikning yuzaga kelishi tabiiy ekanligini bildiradi: tabiiy, o‘z-o‘zidan, 5) fikrning chinligi eslatiladi: to‘g‘ ri, xoynaxoy, muhaqqaq (arxaik), aslida, darvoqe, rostdan. 2. Fikrning noaniqligini ifodalaydigan modal so‘zlar: 1) fikrning taxminiyligini bildiradi: shekilli, chamasi, chog‘i; 2) fikrning gumonli ekanligini bildiradi: ehtimol, balki; 3) fikrning tusmolli ekanini bildiradi: aftidan; 4) fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham bildiradigan: har holda, har qalay. 3. Fikrning tartibi: avvalo, avvalambor, birinchidan, ikkinchidan. 4. Fikrning dalillanishi: masalan, jumladan. 5. Xulosa: xullas, demak, nihoyat, xullas kalom. 6. Achinish: afsus, attang, esiz. 165 7. Zaruriyat: kerak, zarur, lozim. 8. Quvonch: xayriyat. 9. Mavjudlik va mavjud emaslik: bor, yo‘q. Bulardan tashqari: binobarin, zero, holbuki, vaholanki kabi modal so‘zlar ham mavjud. Modal so‘zlarning ko‘pchiligi mustaqil so‘zlardan o‘sib chiqqandir. 1) ot turkumidan: aftidan, haqiqatan, mazmuni, ehtimol, darhaqiqat; 2) sifatdan: yaxshi(ki), to‘g‘ ri, so‘zsiz, shubhasiz, tabiiy; 3) ravishdan: albatta; 4) fe’ldan: xoyna-xoy (tojikcha xohi-naxohi so‘zidan); 4) bog‘lovchidan: balki; 5) so‘z birikmasidan: har qalay, har holda; 6) gapning modal so‘zga aylanishi: holbuki (Hol buki); 7) so‘z tushirish natijasida hosil bo‘lgan: o‘z-o‘zidan (aniq so‘zi tushib qoladi). Modal so‘zlar sof va vazifadosh modal so‘zlarga bo‘linadi. Haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli, avvalo, xullas, masalan, umuman, taxminan so‘zlari sof modal so‘zlar hisoblansa, modal ma’noda ham qo‘llanadigan aftidan, chamasi, balki, ehtimol, shubhasiz kabi so‘zlar vazifadosh modal so‘zlar hisoblanadi. Modal so‘zlar gap tarkibidagi so‘zlardan vergul bilan ajratiladi va ko‘pincha Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling