M. Hamroev, D. Muhammedova, D. Shodmonqulova, X. G`ulomova, sh. Yo’ldasheva


-§.  Gap bo‘laklarining joylashish tartibi


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/42
Sana01.08.2020
Hajmi1.88 Mb.
#125226
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42
Bog'liq
ona tili


4-§.  Gap bo‘laklarining joylashish tartibi 
 
O‘zbek  tilida  gap  bo‘laklarining  tartibi,  asosan,  erkin.  Ularning  o‘rnini 
almashtirish  odatda  grammatik  holatni  o‘zgartirmaydi.  Masalan:  Oppoq  bulutlar 
qishloq  ustidan  shoshilmay,  toqqa  qarab  o‘tib  ketadi.  (S.Ahmad).    -  Qishloq 
ustidan  oppoq  bulutlar  shoshilmay  o‘tib  ketadi  toqqa  qarab.  -  O‘tib  ketadi 
shoshilmay toqqa qarab oppoq bulutlar qishloq ustidan. – SHoshilmay o‘tib ketadi 
qishoq  ustidan  toqqa  qarab  oppoq  bulutlar.  Mazkur  gaplarda  gap  bo‘laklarining 
o‘rinlarini  almashtirish grammatik holatni  o‘zgartirmagan, ammo  gap  mazmuniga 
ma’lum  darajada  ta’sir  etgan,  negaki  har  gal  boshqa-boshqa  gap  bo‘laklariga 
odatdagidan  ko‘proq  ahamiyat  berilgan.  Lekin,  shunga  qaramay,  gap  bo‘laklari 
ma’lum bir normativ tartibda joylashish xususiyatiga ega. 
O‘zbek  tilida  ega,  odatda,  gap  boshida,  kesim  gapning  oxirida  keladi. 
Ikkinchi  darajali  bo‘laklar  esa  ega  va  kesim  orasida  joylashadi.  Bunday  tartib, 
asosan, darak gaplarda bo‘lib, u to‘g‘ ri yoki normativ tartib deyiladi. 
Har bir gap bo‘lagiga nisbatan tartib quyidagicha bo‘ladi: 
I. Ega, odatda, gap boshida keladi: Kishilar mirishkor raisni qarsaklar bilan 
olqishladilar. (YO.SHukurov). 
Yoyiq  gaplarda  ega  ba’zan  kesim  oldida  ham  kelishi  mumkin:  Uning 
yigirmataga yaqin qo‘y-echkisi borligini ko‘p odam bilar edi. (P.Qodirov). 
Ba’zan  ega  gapning  oxirida  ham  keladi:  G‘  o‘za  umriga  zavol-ku  u. 
(J.Abdullaxonov). 
II.  Kesim  odatda  gapning  oxirida  keladi:  Bog‘  da  etti-sakkiz  tup  mevali 
daraxt, ikki chinor, ikki tup mirzaterak o‘sgan edi. (J.Abdullaxonov).  
SHe’riyatda, ishorlarda kesim gapning boshida ham keladi: 
Intilar borliqni inson 
 
 
 
 
Barkamol etmoq uchun. 
Ne ajab, insonni borliq 
 
 
 
 
Barkamol etgan emas. 
 
 
 
 
 
 
(E.Vohidov.) 
III. Vositasiz to‘ldiruvchi odatda fe’l kesim oldida keladi. Masalan: Mashina 
shamoli  brezentning  uchini  hilpiratib,  chakmonning  etaklarini  tortqilaydi. 
(P.Qodirov). 
Ba’zan vositasiz to‘ldiruvchi gapning boshida keladi: YOmonlik o‘tini faqat 
yaxshilik o‘chiradi. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). 

 
 
204 
Vositali to‘ldiruvchi ham ko‘pincha kesimdan oldin keladi: Hayrli va sababli 
ishlar insonni turli halokatlardan saqlaydi. (Hadis namunalari). 
IV. Hol ham asosan kesimdan keladi: 
1.  Payt  holi,  odatda,  gap  boshida,  ba’zan  egadan  keyin,  ayrim  hollarda 
kesimdan oldin keladi. Masalan: Bugun vaxshiy tog‘lar orasida u bilan yuzma-yuz 
keldi.  (S.Ahmad).  Tolibjon  dunyoda  nimalar  bo‘layotganidan  bexabar.  Gazeta 
yo‘q,  televizor  hali  ham  ishlamaydi.  (S.Ahmad).  Erali  allaqachon  juftakni  rostlab 
qolgan edi. (S.Ahmad). 
2. O‘rin holi, odatda, kesimdan oldin keladi, ba’zan esa gap boshida keladi: 
...  mashina  tog‘    etagidagi  ellik-oltmish  hovlilik  Oyko‘l  qishlog‘iga  kirib  bordi. 
(P.Qodirov).  Tekislikka  yoqqan  yomg‘ir  tog‘    tepasiga  qor  bo‘lib  tushgan  ekan. 
(P.Qodirov).  Tekislikning  uzoq  chetidan  chiqib  kelgan  yuk  mashinasi  shu  toqqa 
qarab jadallab boryapti. (P.Qodirov). 
3.  Ravish  holi,  odatda,  kesim  oldida,  ba’zan  gap  boshida  keladi:  ...  barglar 
orasiga  to‘planib  qolgan  oppoq  yomg‘ir  suvi  oftobda  yaltirab,  tirqirab  to‘kildi. 
(P.Qodirov).  –  Keling,-  deb  sovuqqina  ko‘rishdi.  (P.Qodirov).  Qo‘qqisdan 
qorasovuq boshlanib, cho‘ponlarni tashvishga solib qo‘ydi. (M.Qoriev). 
4.  Miqdor-daraja  holi  ham  kesim  oldida  keladi:  Ko‘p  yurgan  ko‘p  ko‘rar, 
ko‘p o‘qigan ko‘p uqar. (Maqol). 
5. Sabab va maqsad hollari kesimdan oldin, gapning boshida yoki o‘rtasida 
keladi:  Aqlning  eng  katta  g‘alabalari,  ehtimol,  ehtiroslar  tufayli  ro‘yobga 
chiqqandir. («Tafakkur gulshani»). Atay izlab keldim, oq qoya, sen naqadar mag‘ 
rur va kibor. (Mirtemir). Endi ularning xatosini tuzatish uchun hammamiz qancha 
mashaqqat chekamiz. (P.Qodirov). 
V.  Aniqlovchi  aniqlanmishdan  oldin  keladi.  Agar  bu  tartib  o‘zgarsa, 
ularning grammatik holati ham o‘zgaradi. 
1.  Qaratuvchi  qaralmishdan  oldin  keladi:  Har  bir  kishining  so‘zi  o‘z 
fazilatlari dalili va aqlining tarjimonidir. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). 
2.  Sifatlovchi  sifatlanmishdan  oldin  keladi:  Havoda  ...  yong‘  oq 
hazonlarining  o‘tkir  hidi  gurkirardi.  (O‘.Hoshimov).  Muvaffaqiyatli  tarbiyaning 
siri - o‘quvchiga hurmatda bo‘lish. («Tafakkur gulshani»). 
Gapda  sifatlovchi  birdan  ortiq  qo‘llansa,  ularning  tartibi  quyidagicha 
bo‘ladi: 
1)  sifatdosh  bilan  ifodalangan  sifatlovchi  +  sifatlanmish:  U  atrofida  mavj 
urib turgan yashil daraxtlarga ... zavq bilan tikilardi. (P.Qodirov). 
2)  sifatdosh  bilan  ifodalangan  sifatlovchi  +  olmosh  bilan  ifodalangan 
sifatlovchi  +  sifat  bilan  ifodalangan  sifatlovchi  +  sifatlanmish:  Osmonning 
yarmigacha  chiqib  borgan  bu  bahaybat  devorning  u  er  -  bu  erida  cho‘ponlar 
yoqqan gulxanlar milt-milt qiladi. (P.Qodirov). 
3) –dagi affiksli so‘z bilan ifodalangan sifatlovchi + sifat bilan ifodalangan 
sifatlovchi  +  sifatlanmish:  Hulkar  chelakdagi  tiniq  suvdan  ...  olib  kelib  berdi. 
(P.Qodirov).  ...  ko‘zi  akasining  chap  qo‘lidagi  qo‘shaloq  barmoqqa  tushdi. 
(P.Qodirov). 

 
 
205 
4)  miqdor  tushunchasini  bildiruvchi  so‘z  (son,  olmosh,  ravish)  bilan 
ifodangan sifatlovchi + sifat bilan ifodangan sifatlovchi + sifatlanmish: ... suvdan 
bir chini kosa olib kelib berdi. (P.Qodirov).  
5) sifatdosh bilan ifodalangan sifatlovchi + son bilan ifodalangan sifatlovchi 
+  sifatlanmish:  YOmg‘irdan  keyingi  loyqada  muhrlanib  qolgan  ikkita  izning 
nimasidir go‘dak tovonini eslatar edi. (P.Qodirov). 
Izohlovchi  izohlanmishdan  oldin  yoki  keyin  keladi:  O‘shanda  Oxunboboev 
bilan  quvalik  temirchi  SHakarxon  Mo‘minova  degan  juvonning  suvrati  gazetada 
chiqqandi. (S.Ahmad). Norboy ota usta Qambarga gap uqtirib ketdi. (P.Qodirov). 
Agar gap bo‘laklarining normativ, to‘g‘ ri tartibi o‘zgarsa, inversiya hodisasi 
ro‘y  beradi.  Inversiya  hodisasi  ko‘proq  jonli  tilda  va  she’riyatda  kuzatiladi. 
Inversiyada odatda gap bo‘laklarining grammatik holati o‘zgarmaydi. Masalan: G‘ 
o‘za  umriga  zavol-ku  u.  (J.Abdullaxonov).  Zotiljam  kasaliyu  yurak  siqilishi 
nimaligini  bilmaydi  o‘sha  xonadon  ahli.  (J.Abdullaxonov).  (Ega,  ega  tarkibi  gap 
oxirida  kesimdan  so‘ng  kelgan).  CHindan  ham  hayvonot  bog‘i  desa  bo‘larkan  bu 
erni. (J.Abdullaxonov). (Vositasiz to‘ldiruvchi inversiyaga uchrab kesimdan keyin 
qo‘llangan.) 
Temirjon 
uchun 
barcha 
notanish, 
barcha 
begona 
ham. 
(J.Abdullaxonov). Qaysi bir gazetada ota-bolaning ko‘chat ekib turgandagi surati 
ham e’lon qilingan edi bir yili. (J.Abdullaxonov). (Payt holi gap oxirida kesimdan 
keyin kelgan.). 
 
Takrorlash uchun savollar: 
 
1. Qanday so‘zlar gap bo‘lagi bo‘la oladi?  
2.  Gap  bo‘laklarining  turi  qanday  aniqlanadi?  3. 
Gap  bo‘laklari  gapda  tutgan  mavqeiga  ko‘ra  qan-
day turlarga bo‘linadi?  
4.  Gap  bo‘laklarining  tuzilishiga  ko‘ra  turlari 
haqida gapiring.  
5. Eganing ta’rifi va so‘roqlari.  
6. Ega qanday so‘zlar bilan ifodalanadi?  
7.  Ega  qanday  kelishikdagi  so‘zlar  bilan 
ifodalanishi mumkin?  
8. Kesimning ta’rifi va so‘roqlari.  
9.  Ifodalagan  hukm  turlari  bo‘yicha  kesim  qanday 
guruhlarga bo‘linadi?   
10.  Kesimning  qanday  so‘z  turkumlari  bi-lan 
ifodalanishi bo‘yicha turlari.    
11. To‘ldiruvchining ta’rifini ayting.  
12.  Vositasiz  to‘ldiruvchi  va  uning  ifodalanishi 
haqida gapiring.  
13.  Vositali  to‘ldiruvchi  va  uning  ifodalanishi 
haqida gapiring.  
14.  Vositali  to‘ldiruvchi  va  vaziyat  holi  o‘xshash 
bo‘lgan holatlar haqida gapiring.  
15. Aniqlovchining ta’rifini ayting.  
16. Aniqlovchi gapda qaysi bo‘laklarga tobe bo‘lib 
keladi?  
17.  Sifatlovchi  aniqlovchi  va  uning  ifodalanishi 
haqida gapiring.  
18. YOyiq sifatlovchi aniqlovchi haqida gapiring.  
19.  Qaratqich  aniqlovchi  va  uning  ifodalanishi 
haqida gapiring.  
20. Izohlovchi haqida gapiring.    
 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari: 
 
1. Jumla tarkibidagi so‘zlar qanday  holatda gap bo‘lagi bo‘lib kela oladi? 
A) gap tarkibida o‘zaro faqat tobe bog‘langan so‘zlar gap bo‘lagi vazifasida kela oladi B) gap 
tarkibida  faqat  o‘zaro  teng  bog‘langan  so‘zlar  gap  bo‘lagi  vazifasida  kela  oladi  C)  gapda 
qo‘llangan har qanday so‘z gap bo‘lagi vazifasida kela oladi  
D) gapda qo‘llangan barcha mustaqil so‘zlar gap bo‘lagi vazifasida kela oladi      
2.  Rejasiz ish – qolipsiz g‘isht. Gap qanday  bo‘laklardan tashkil topgan? 

 
 
206 
A) aniqlovchi, ega, to‘ldiruvchi, kesim B) aniqlovchi, ega, kesim C) ega, kesim, to‘ldiruvchi  D) 
ega, kesim   
3. Qaysi hukm noto‘g‘ri? 
A)  ega  va  kesim  o‘zaro  faqat  tobe  bog‘lanadi  B)  ega  va  kesim  o‘zaro  teng  va  tobe  bog‘lanishi 
mumkin C) ega va kesim shaxs va sonda moslanishi shart  D) A, C    
4.  Ona-yu  bola  –  gul-u  lola.  Mazkur  gapda  so‘zlar  o‘zaro  qaysi  vosita  orqali  sintaktik 
bog‘langan? 
A)  ko‘makchilar    B)  bog‘lovchilar  C)  bog‘lovchi  vazifasida  qo‘llangan  yuklamalar  D)  ohang 
orqali  
5.  So‘zning  gapda  gap  bo‘lagi  bo‘lib  kelishi  so‘z  turkumlarining  qanday  belgisi 
hisoblanadi?  
A) morfologik belgisi                  B) sintaktik belgisi  
C) leksik belgisi                         D) uslubiy belgisi   
6. Quyidagi xususiyatlardan qaysi biri gap bo‘laklariga xos emas? 
A)  Gap  bo‘lagi  ba’zan  bir  so‘z  bilan  ifodalanadi.  B)  Gapni  bo‘laklarga  ajratishda  so‘zlarning 
tobe aloqaga kirishishi asosiy mezon hisoblanadi. C) Barcha so‘z turkumlariga oid so‘zlar gap 
bo‘lagi vazifasini bajaradi. D) yordamchi so‘zlar mustaqil so‘zlar bilan  birgalikda. gap bo‘lagi 
vazifasida keladi.   
7. Valining keksa onasi uzundan-uzoq duo o‘qidi. Ushbu gapdagi egani toping.  
A) Valining keksa onasi   B) keksa onasi   C) onasi   D) duo   
8. Ishlamay egan og‘rimay o‘lar. (Maqol)  Eganing ifodalanishi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni 
toping. 
A) sifatdosh bilan ifodalangan       B) fe’l bilan ifodalangan  
C) birikma bilan ifodalangan D) otlashgan sifatdosh bilan ifodalangan   
9.  Quyidagi  gapda  ega  qaysi  so‘z  turkumi  bilan  ifodalangan?  Bilgan  bilganin  ishlar, 
bilmagan barmog‘in tishlar. 
A) Ot bilan                           B) Fe’l bilan  
C) Otlashgan sifat bilan      D) Otlashgan sifatdosh bilan   
10.  Birlashgan  daryo  bo‘lur,  tarqalgan  irmoq  bo‘lur.  Ega  qaysi  so‘z  turkumi  bilan 
ifodalangan? 
A)   Sifat     B) Fe’l    C) Sifatdosh     D)  Otlashgan sifatdosh  
11. Ega qatnashgan gapni aniqlang. 
A) Jon qizim, o‘zingni ehtiyot qil. B) El og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. C) Aqlni beaqldan o‘rgan. 
D)   Ko‘pchilik bu voqeani o‘sha kuniyoq eshitdi. 
12.  Quyidagi  gapda  egalar  qaysi  so‘z  turkumi  bilan  ifodalangan?  Bor  boricha,  yo‘q  – 
holicha.  
A) taqlidiy so‘z                           B) olmosh    
C) bosh kelishikdagi ot              D)  modal so‘z   
13.  Endi g‘alabamiz yaqin, do‘stim!  gapining kesimi qaysi so‘z turkumi bilan ifodalangan? 
A) ot                  B) sifat               C) fe’l              D) ravish    
14. Kesimi o‘zlik nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan gapni toping. 
A) Kamchiliklar ro‘y-rost ochib tashlandi. B) Ayvon yonidagi o‘choqqa o‘t qalangan. C) Atayin 
ho‘l sochiq bilan artindi.  
D) Doklad uchun Ziyodaxonga so‘z berildi.   
15. Sobir endi kalavaning uchini topdi.  Gapda kesim qanday ifodalangan? 
A) Fe’l          B) Sifat        C) Ibora       D) Ajralmas birikma     
16.  Gapdagi  kesimni  aniqlang.  Choyxona  yangi  solingan,  qo‘shni  binoga  ko‘chib  kirishi  va 
bayramda ochilishi kerak edi. 
A)   ko‘chib kirishi, ochilishi kerak edi. B) ko‘chib kirishi                 C) ochilishi  D)   solingan      
17. Kesimning tuzilishiga ko‘ra turlari to‘liq berilgan qatorni aniqlang
A) Sodda va murakkab B) Sodda ot-kesim va sodda fe’l-kesim C) Murakkab ot-kesim, murakkab 
fe’l-kesim  D)   A, B, C.  

 
 
207 
18. Ravishga oid so‘z bilan ifodalangan kesim qaysi javobda berilgan? 
A) Shamol qo‘zg‘alib, daraxtlarning uchi silkina boshladi.  
B) Tog‘ni yaqindan sira ko‘rmaganman. C) Samarqand tonglari shavqli, farahli. D) Shoshilgan 
ishning pushaymoni ko‘p.   
19.  Quyidagi  gaplardan  qaysi  birida  bo‘lmoq  so‘zi  bog‘lama  vazifasida  kelgan?  1.  Men 
vrach bo‘laman (kelajakda) 2. Men vrach bo‘laman (hozir) 3. Siz ulug‘ odam bo‘lasiz (hozir) 
4. Siz ulug‘ odam bo‘lasiz (kelajakda)  
A) 1, 3              B)  1, 4              C) 2, 4                 D) 3, 4.  
20. Qaysi qo‘shimchalar bog‘lamalar deb yuritiladi? 
A) egalik qo‘shimchalari    B)  kelishik qo‘shimchalari    
C) –man, -san, -dir qo‘shimchalari    D) barchasi to‘g‘ri.  
21. Ega va kesim shaxsda moslashmagan gapni toping.  
A) Qushlar sayraydi. B) Dadam keldilar. C) Shularni  ko‘rib, tabiatga hayron qolasan kishi.  D) 
A va B.      
22.Qaysi gapda fe’l-kesim ega bilan sonda moslashmagan? 
A)  Jur’atsizlik  bizda  faqat  nafrat  uyg‘otadi.  B)  Hasad  hech  qachon  quvonchni  bilmaydi.  C) 
Izlaganimiz  yonimizda  bo‘lganligini  biz  doim  kechikib  tushunamiz.  D)      Moviy  osmonda  oq 
bulutlar suzib yuribdi.  
23. Qaysi gapda fe’l-kesim ega bilan sonda moslashmagan? 
A)  Bizning  nevaralarimiz,  shubhasiz,  xalqimiz  qahramonligini  eslaydilar.  B)  Har  kimning 
qalbida o‘z xalqining jajji qiyofasi yashaydi. C) Yaxshi kishilar yuksak axloqiy etuklik va yuksak 
axloqiy obro‘ bilan ajralib turadilar. D) Moviy osmonda oq bulutlar suzib yuribdi.   
24. Qaysi gapda ega bilan kesim orasida tire ishlatilishi kerak? 
A)  Har  bir  bolaning  eng  muqaddas  burchi  o‘qishdir.  B)  Bu  qiz  Mahbubaning  dugonasi  Ozoda 
edi. C) O‘qish juda katta baxt.  
D) Suv bor   erda  hayot bor.   
25. Qaysi qatorda ega bilan kesim orasida tire noto‘g‘ri qo‘yilgan? 
A) Mening eng yaqin do‘stim – sensan. B) Bilim olish – yuksalish. C) Besh karra besh – yigirma 
besh. D) Halol yashamoq – xalqqa xizmat qilmoq.   
26. Qaysi gapda ega bilan kesim orasida tire ishlatilishi lozim? 
A) Jamoa xo‘jaligi xalq mulki.        B) O‘g‘limdan umidim ko‘p  
C) Hamma yoq toptoza, yovvoyi o‘tlar yo‘q. D) qo‘shnilarim ham halol odamlar.   
27. To‘ldiruvchining grammatik belgisi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping. 
A)  To‘ldiruvchi  odatda  boshqa  so‘zlarga  boshqaruv  yo‘li  bilan  bog‘lanadi.  B)  To‘ldiruvchi 
tushum kelishigidagi so‘z bilan belgili yoki belgisiz qo‘llanishi mumkin. C) To‘ldiruvchi  o‘rin-
payt, chiqish, jo‘nalish kelishiklari shaklida bo‘lishi mumkin.  
D)   To‘ldiruvchi o‘zi bog‘langan so‘zga nisbatan tobe yoki hokim sanalishi mumkin
28. Belgisiz to‘ldiruvchi doim qanday gap bo‘lagi oldida joylashadi? 
A) hol oldida                                    B) ot-kesim oldida     
C) fe’l-kesim oldida                         D) hol va kesim oldida   
29. Ravish gapda to‘ldiruvchi vazifasini bajargan qatorni aniqlang. 
A) Mayor sabrsizlanib, har yoqqa tikildi. B) Xayollarim shamoldan tezroq uchardi.      C) Ko‘p 
kitoblar o‘qib chiqdim.  
D)   Ko‘pdan quyon qochib qutulmas. 
30. Otlashgan so‘z bilan ifodalangan to‘ldiruvchini toping. 
A)  Sen  o‘zingni  maqtama,  seni  birov  maqtasin.  B)  Chiniqqanga  dard  yuqmas.  C)  Kulgi  yuzni 
go‘zal qiladi. D)   Ko‘rmaganlar ko‘rishni orzu qildilar. 
31. Izohlovchini toping.  
A) O‘zaro izzat-hurmatsiz hech qanday do‘stlik bo‘lmaydi. 
B) Agar uzayib ketsa, eng yaxshi nutq ham jonga tegadi.  
C)  Professor  G‘affor  Nasriddinov  matematikani  iqtisod  bilan  bog‘lab,  talabalarga  ma’ruza 
o‘qiydi. D) Aql barkamollashib, yosh ulg‘aygandagi do‘stlikkina mustahkam bo‘ladi.    

 
 
208 
32. Izohlovchi bildiradigan ma’nolar qaysi javobda berilgan? 
A) amal, unvonni  B) A, C   C) mashg‘ulot, kasb, mutaxassislikni  D) hajm-vaznni     
33. Qaysi qatorda to‘ldiruvchili birikmalar berilgan? 
A)  qishloqdagi  binolar,  kitobdan  ko‘chirmoq  B)    tunda  kelmoq,  qunt  bilan  ishlash  C) 
choynakdan kattaroq, Hasanning taqdiri 
D) otdan baland, kitobni o‘qib chiqmoq 
34. Qaysi qatorda aniqlovchiga to‘g‘ri ta’rif berilgan. 
A) Gapdagi biror bo‘lakni to‘ldirib, unga boshqaruv  yo‘li bilan bog‘langan bo‘lak. B) Gapdagi 
biror  bo‘lakning  belgisini  yoki  bir  narsa-buyumning  boshqasiga  qarashli  ekanligini  bildirgan 
bo‘lak.  C)  Kesimga  bog‘lanib,  uning  belgisini  bildiradigan  bo‘lak.  D)  Gapning  kim  yoki  nima 
haqida ekanligini bildirib, boshqa bo‘laklarga grammatik tobe bo‘lmagan bo‘lak.    
35. Chiqish kelishigidagi so‘z gapda qaysi sintaktik vazifalarda kela oladi? 
A) faqat hol vazifasida B) faqat to‘ldiruvchi vazifasida C) hol va to‘ldiruvchi vazifasida D) hol, 
to‘ldiruvchi, kesim vazifasida   
36.  Karima  derazadan  boshini  chiqarib,  ularga  qarab  qo‘ydi.  Ushbu  gapdagi  vaziyat  holini 
aniqlang.  
A) ularga     B) qarab    C) derazadan   D) boshini chiqarib   
37.  Mahmud  majlisda  qatnashmagan  bo‘lsa-da,  topshiriqni  bajardi.  Ushbu  gapda  holning 
qaysi turi mavjud?  
A) sabab holi                              B) maqsad holi  
C) vaziyat holi                            D) to‘siqsizlik holi. 
38.  Uning  kelayotganini  sezmasdan  eshikni  yopdi.  Ushbu  gapda  holning  qaysi  turi  mavjud 
va u qanday so‘z bilan ifodalangan? 
A)  harakat  nomi  bilan  sabab  holi  ifodalangan  B)  ravishdosh  bilan  sabab  holi  ifodalangan  C) 
sifatdosh bilan sabab holi ifodalangan D) Ushbu gapda hol qo‘llanmagan      
5.  1)  Paxtani  zavq  bilan  terdim.        2)  Paxtani  mashina  bilan  terdim.  Gaplarda  bilan  
ko‘makchisi qanday gap bo‘lagi tarkibida ishtirok etgan? 
A) har ikkala gap tarkibida ham hol tarkibida B) birinchi gapda hol, ikkinchi gapda to‘ldiruvchi 
tarkibida  C)  har  ikkala  gapda  ham  kesim  tarkibida  D)  birinchi  gapda  to‘ldiruvchi,  ikkinchi 
gapda hol tarkibida   
39.  1.  Suvni  nimaga  quymoqchisan?    2.  Sen  nimaga  kechikding?  Ushbu  gaplarda  nimaga 
so‘zi qanday gap bo‘lagi vazifasida kelgan? 
A) har ikkala gapda ham aniqlovchi B) har ikkala gapda ham to‘ldiruvchi C) har ikkala gapda 
ham hol D)   birinchi gapda to‘ldiruvchi, ikkinchi gapda aniqlovchi. 
40.  Ovqatni  do‘stim  bilan  edim.    Ovqatni  ishtaha  bilan  edim.  Ushbu  gaplarda  bilan 
ko‘makchisi qanday gap bo‘lagi tarkibida ishtirok etgan? 
A) har ikkala gapda ham kesim tarkibida  B) har ikkala gapda ham to‘ldiruvchi tarkibida  C) har 
ikkala gapda ham hol tarkibida  D)   birinchi gapda to‘ldiruvchi, ikkinchi gapda hol tarkibida. 
41.  Vatan  uchun  to‘kkali,  yo‘qmi  bir  qoshiq  qoning?  Ushbu  gapdagi  ravishdoshning 
sintaktik vazifasini toping.   
A) maqsad holi                         B) payt holi  
C) qo‘shma gapning kesimi     D) sabab holi   
42. Qaysi qatorda holli birikmalar berilgan? 
A) qalam bilan chizmoq, do‘stlar bilan uchrashmoq B)  kuchli sel, qiyinchilik bilan ulg‘aymoq 
C) tez termoq, yoppasiga jonlanmoq  D) tadbirkorlar haqida so‘zlamoq, katta kuch 
43. Qaysi qatorda gap bo‘laklarining odatdagi tartibi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan? 
A) Ega oldin, kesim gap oxirida keladi B) Payt holi egadan oldin keladi  C) Vaziyat holi egadan 
oldin keladi  
D) To‘ldiruvchi egadan keyin keladi  
44.  Oppoq  qordir  tog‘larning  toshi  (H.O.)  jumlasidagi  gap  bo‘laklarining  joylashuv  tartibi 
ko‘rsatilgan qatorni aniqlang. 

 
 
209 
A) aniqlovchi  ega aniqlovchi – kesim B) hol  kesim  aniqlovchi – ega C) ega  kesim  aniqlovchi – 
hol D) aniqlovchi  kesim  aniqlovchi – ega E) kesim  aniqlovchi  aniqlovchi  hol 
45.  Eshikning  qo‘qqisdan  ochilishi  xotinlarni  cho‘chitib  yubordi(A.Qod)  jumlasida  gap 
bo‘laklari joylashuvi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang. 
A) aniqlovchi, hol, ega, to‘ldiruvchi, kesim B) aniqlovchi, to‘ldiruvchi, ega to‘ldiruvchi, kesim C) 
aniqlovchi,  aniqlovchi,  ega,  to‘ldiruvchi,  kesim  D)  to‘ldiruvchi,  aniqlovchi,  ega,  aniqlovchi, 
kesim             
46. Biz tong qorong‘isida Rishtonga etdik. Mazkur gap qaysi qatorda to‘g‘ri tahlil qilingan? 
A) Biz – ega, etdik – kesim, tong – belgisiz qaratqich aniqlovchi, qorong‘isida – hol, Rishtonga – 
hol. B) Biz – ega, etdik – kesim, tong – aniqlovchi, qorongisida – to‘ldiruvchi, Rishtonga – hol. 
C) Biz – ega, etdik  kesim, tong qorong‘isida – hol, Rishtonga – to‘ldiruvchiD)   Biz – ega, etdik 
– kesim, tong qorong‘isida – hol, Rishtonga  - hol 
Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling