M. Hamroev, D. Muhammedova, D. Shodmonqulova, X. G`ulomova, sh. Yo’ldasheva


 Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap berilgan javobni toping


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/42
Sana01.08.2020
Hajmi1.88 Mb.
#125226
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42
Bog'liq
ona tili


7. Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap berilgan javobni toping.   
A)  Adabiyotga  o‘g‘ri  mushukka  o‘xshab  tuynukdan  oshib  tushadiganlar  ham  bo‘ladi.  B)  Nima 
uchun  ko‘cha  harakat  qoidasini  buzgan  kishiga  militsiya  hushtak  chaladi-yu,  butun  bir  tilni 
buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi?           C) Sen berahm bo‘lsang ham, ammo 
Men dushmanlik qilmasman aslo. D) Taqdirimiz birdir, go‘zalim  Gar o‘rtada daryo bo‘lsa ham.   
8. Voqea-hodisalarning o‘zaro zidlanish mazmunini ifodalagan bog‘langan qo‘shma gapni 
toping. 
A) Bu odam to‘nkarilib qolgan qo‘ng‘izga o‘xshaydi, o‘nglab qo‘yadiganlarning qo‘lini sasitadi. 
B)  Adabiyot  atomdan  kuchli,  lekin  kuchini  o‘tin  yorishga  sarflash  kerak  emas.  C)  O‘quvchi 
asarimizni qiziqib, shavq bilan o‘qimas ekan, uning g‘oyasini obrazlar orqali qabul qilmas ekan, 
maqsadimiz  qog‘ozda  qolaveradi.  D)  Ba’zi  so‘zlarda  sehr  bo‘ladi,  ba’zi    she’rlarda  hikmat 
bo‘ladi.    
9.  Quyidagi  gapning  tuzilishiga  ko‘ra  turini  aniqlang.  Ishim  to‘g‘rilanib  ketdi  ham  erim 
o‘zimga qoldi. 
A) bog‘langan qo‘shma gap B) bog‘lovchisiz qo‘shma gap                C)  ergashgan qo‘shma gap 
D) uyushiq bo‘lakli sodda yoyiq gap   
10.  Ushbu  birliklardan  qaysi  biri  qo‘shma  gapning  teng  huquqli  qismlarini  bog‘lashda 
ishtirok etadi? 
A) -u, -yu, -da                              B) va, hamda, ammo, lekin   
C) chunkishuning uchun           D) A, B   
11. Nuri goh sevinib, shirin xayollarga botadi, goh butun vujudini qo‘rquv bosadi.(O.) Ushbu 
gapning turini toping.   
A) bog‘langan qo‘shma gap        B) zidlov munosabatli 
C) biriktiruv  munosabatli           D) ayiruv  munosabatli 

 
 
242 
12.  Qo‘shma  gap  tarkibidagi  sodda  gaplarni  bog‘lashda  faqat  takror  holda  qo‘llanuvchi  
bog‘lovchilar berilgan qatorni toping. 
A) goh…goh, ba’zan…ba’zan, yo…yo, dam…dam                               B) goh…goh, ba’zan… 
ba’zan,  dam…dam  C) goh…goh, dam…dam, yoki…yoki D) goh…goh, ba’zan…ba’zan     
13.  Eshik  sekin-sekin  ochildi-yu,  Arslonbek  Qalandarovning  ozg‘in  yuzi  ko‘rindi.    Ushbu 
misol bog‘langan qo‘shma gapning qaysi turiga mansub? 
A)  biriktiruv  munosabatli  bog‘langan  qo‘shma  gap  B)  zidlov  munosabatli  bog‘langan  qo‘shma 
gap C) ayiruv  munosabatli bog‘langan qo‘shma gap D) inkor munosabatli bog‘langan qo‘shma 
gap   
14. Biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan? 
A)  Quyosh  erga  nurini  har  qancha  sochsa  ham,  u  erdan  buning  evaziga  hech  narsa  talab 
qilmaydi.  B)  Tantanali  kechaning  badiiy  qismida  konsert  berildi  ham  hujjatli  film  namoyish 
qilindi. C) Suv keldi - nur keldi. D) Bahaybat fil xartumini suvga solishi bilan, suvdagi to‘lin oy 
birdan qalqiy boshladi.   
15. Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gapni toping. 
A)  Ko‘nglimni  zavq  asir  etdi-yu,  yosh  boladay    har  yon  yugurdim.  B)    Uying  tor  bo‘lsa  ham, 
ko‘ngling keng bo‘lsin.         C) Agar har bir kishi bir donadan ko‘chat o‘tqazsa, diyorimiz bog‘-
u bo‘stonga aylanadi.  D) Sevinch esdan chiqadi-yu, qayg‘u unutilmaydi.   
16.Ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gapni belgilang. 
A)  Narsalarga  qiziqishing  yo‘qolsa,  xotirangdan  ham  ayrilasan.  B)  Bema’ni  fikrlar  har  kimda 
ham  bo‘ladi,  faqat  aqlli  kishigina  uni  ishlatmaydi.  C)  Ba’zan  sho‘x  musiqa  yangraydi,  ba’zan 
zo‘r qahqaha olamni buzadi. D) Go‘zallik kishi uchun katta baxt, ammo mehnatsevarlik bebaho 
ziynatdir.  
17.  Sobir  anhor  bilan  hovuz  o‘rtasidagi  supaga  joy  qildirib  berdi-da,  o‘zi  qayoqqadir  ketdi
Ushbu qo‘shma gapning turi... 
A) ergashgan qo‘shma gap B) bog‘lovchisiz qo‘shma gap  
C) ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap  
D) zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap  
18. Qaysi qatordagi gapda –u, -yu yuklamasi zidlov bog‘lovchisi vazifasida kelgan? 
A)    Siz  ham  “ish,  ish”  deb,  umringizni  san’atga  baxshida  qilganingizda  nima  bo‘ldingiz-u, 
Nigora nima bo‘ldi? B) Qiziq, odamning umri shuncha qisqa-yu, tipirchilashi olamni tutadi.   C)  
Havoni quyuq tuman bosdi-yu, hech narsa ko‘rinmadi.        D) Kun kelar-u, sendan meni Begona 
qilar bu  she’r.   
19.  Ergashgan  qo‘shma  gap  tarkibidagi  sodda  gaplarning  yordamchilarsiz  birikishiga 
qaysi qatorda misol berilgan? 
A)  Tashqaridan  kelgan  oyoq  tovushi  bahona  bo‘ldi-da,  Aziza  o‘rnidan  turdi.  B)  Yomg‘ir  ko‘p 
yog‘di,  ko‘katlar  gurkirab  o‘sdi.  C)  Kasalning  kelishi  oson,  ketishi  ancha  qiyin.  D)  Yaxshida 
gina bo‘lmas, yomon gina ketmas.   
20.  Omborchi  -  erkak,  ferma  mudiri  –  erkak,  do‘kon  mudiri  –  erkak.  Yuqoridagi  gap 
tuzilishiga ko‘ra qanday gap sanaladi? 
A)  sodda  yoyiq  gap  B)  bog‘langan  qo‘shma  gap  C)  ega  ergash  gapli  qo‘shma  gap  D) 
bog‘lovchisiz qo‘shma gap   
21. Bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan? 
A) Hijron shunday og‘ir yukki, uni hamma ham ko‘tara olmaydi, visol shunday shirin sharbatki, 
hech kim uni oxirigacha ichishga muvaffaq bo‘lmaydi. B) Ilm boshqalarga o‘rgatish uchungina 
qo‘lga  kiritilsa,  odam  undan  biron  foyda  ko‘rmasa,  u  suvidan  hamma  foydalanadigan,  lekin 
undan  o‘zi  bebahra  buloqqa  o‘xshaydi.  C)  Baxt  topilmas  hech  zamonda,  el  qul  bo‘lsa,  bo‘lsa 
yalang‘och,  Jannatlarni  yaratgan  odam,  Natijada  o‘zi  qolsa  och.  D)  Tashqarida  chaqmoq 
yaltirar, momaqaldiroq borliqni larzaga keltirar, bahor yomg‘iri salobatli shovullardi.   
22. Botirlari kanal qazadi, Shoirlari g‘azal yozadi. Gapning turini toping.   
A)  ergash gapli qo‘shma gapning bog‘lovchisiz turi                          B) bog‘langan qo‘shma 
gapning bog‘lovchisiz turi C) yoyiq sodda gap D)  murakkablashgan sodda gap. 

 
 
243 
23. Yordamchilarsiz bog‘langan qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan? 
A)  Ulug‘  odam  o‘z  zamonasidan  o‘tib  ketadi,  aqlli  odam  esa  har  qanday  sharoitda  ham 
zamonasi  bilan  qadam-baqadam  boradi,  ayyor  undan  foydalanib  qolishga  urinadi,  tentak 
zamona  yo‘liga  to‘g‘anoq  bo‘ladi.  B)  Baxt  topilmas  hech  bir  zamonda,  El  qul  bo‘lsa,  bo‘lsa 
yalang‘och,  Jannatlarni  yaratgan  odam  Natijada  o‘zi  qolsa  och.  C)  Ilm  boshqalarga  o‘rgatish 
uchungina  qo‘lga  kiritilsa,  odam  undan  biron  foyda  ko‘rmasa,  u  suvidan  hamma 
foydalanadigan, lekin undan o‘zi bebahra bo‘lgan buloqqa o‘xshaydi. D) Hijron shunday og‘ir 
yukki, uni hamma ham ko‘tara olmaydi, visol shunday shirin sharbatki, hech kim uni oxirigacha 
ichishga muvaffaq bo‘lmaydi.   
24.  Qaysi  qo‘shma  gap  tarkibidagi  sodda  gaplar  o‘zaro  faqat  mazmun  va  tobelik  ohangi 
bilan birikkan? 
A)  Safarov  qo‘liga  endi  piyolani  olgan  edi,  Shodiev  gap  boshladi.  B)  Vaqting  ketdi  -  baxting 
ketdi.  C)  Bag‘rida  nur  borki,  qarimas  quyosh.  D)  Bular  ketmoqchi  bo‘lib  qo‘zg‘algan  paytda, 
O‘rmonjon kirib keldi.   
25.  Bog‘lovchisiz qo‘shma gap berilgan qatorni aniqlang. 
A)  Mehnat  qilmasang,  rohat  yo‘q.  B)  Chang  chiqsin  uchun,  derazalarni  ochdi.  C)  Xizmatkor 
undan  haq  talab  qilganda,  u  biror  bahona  topadi.  D)  Orzigul  darvozadan  ichkariga  kirdi, 
darvoza o‘z-o‘zidan bekildi.   
26.  Ohang  vositasida  bog‘langan  qo‘shma  gaplarning  qaysi  birida      shuning  uchun 
bog‘lovchilarini qo‘llash mumkin? 
A) Jismimiz  yo‘qolur o‘chmas nomimiz. B) Qishloq obod, mening ko‘nglim shod. C) Shaharlar 
boqiydir, umr o‘tkinchi, daryolar sobitdir, suvlar ko‘chkinchi. D) Shamol orqadan esardi, unga 
qarab borishim uncha qiyin emas edi.   
27. Ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang. 
A) Bir xil talantga ega bo‘lgan ikki odam bir xildagi sharoitda ikki olam bo‘lib qolishi mumkin. 
B)  Xalqqa  yaxshilikni  o‘rgatib,  o‘zini  unutgan  olim  o‘zini  yondirib,  xalqqa  yorug‘lik  bergan 
shamga  o‘xshaydi.  C)  Detal  pardoz  emas,  husn  bo‘lib  asarni  ochishi  kerak.  D)      Tirik,  ya’ni 
yurakdan  chiqqan  jo‘shqin  nutq  o‘likni  tiriltirsa,  o‘lik,  ya’ni  yurakdan  chiqmagan  sovuq  nutq, 
darhaqiqat, o‘likka ham ozor  etkazadi. 
28. Yaxshilab ta’zirini berish kerak, toki boshqalarga namuna bo‘lsin.  Ushbu gapda ergash 
gap bosh gapga qanday vosita yordamida bog‘langan? 
A)  ergashtiruvchi  bog‘lovchilar  orqali  B)  –sin  qo‘shimchasi  orqali    C)  ohang  va  shaxs-son 
qo‘shimchalari orqali  D) toki yordamchi so‘zi orqali    
29. Qaysi qatorda qo‘shma gap bor? 
A)  Ayting  –  kirishsin.  B)  Biz,  sinf  rahbarimiz  aytdi,  ertaga  sayohatga  boramiz.  C)  Kishilar 
mehnatni qadrlaydilar, ulug‘laydilar. D) Dasturxonni yozib, nonlarni ushatdi.  
30.  Qaysi qatorda qo‘shma gap bor?  
A)  Kishilar  mehnatni  qadrlaydilar  ulug‘laydilar  B)  Dasturxonni  yozib,  nonlarni  ushatdi.  C) 
Nabotot  olami  bo‘lmasa,  hayotning  o‘zi  bo‘lmaydi.  D)  Biz,  sinf  rahbarimiz  aytdi,  ertaga 
sayohatga boramiz.   
31.  Tobe-hokim  munosabatli  qo‘shma  gap  qismlarini  bog‘lash  uchun  xizmat  qiladigan 
bog‘lovchilar... 
A)  zidlov  bog‘lovchilar  deyiladi  B)  ayiruv  bog‘lovchilari  deyiladi.  C)  inkor  bog‘lovchilar 
deyiladi. D)   ergashtiruvchi bog‘lovchilar deyiladi. 
32. Ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang.  
A) Kim mehnatni sevsa, uning qadri baland bo‘ladi.                      B) Muhabbat eski narsa, ammo 
har bir yurak uni yangilaydi.       C) Orzular buyukdir, umrlar qisqa. D) Biz ko‘rgan, eshitgan, 
lekin e’tibor bermagan voqealarga san’atkorona baho beramiz.   
33. Qo‘shma gapni toping. 
A) Ertalab turib hovli supurmagan, yakshanba eng shimarib kir yuvmagan er er bo‘libdimi! B) 
Ba’zan vijdonning pokligini isbotlash uchun ham hujjat talab qilinadi. C) Azaga borgan kampir 

 
 
244 
o‘z dardini aytib yig‘laydi, deganlari rost ekan. D)   Seni bir dam tutmoqqa endi na haqqim bor, 
na huquqim bor. 
34. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro qanday bog‘lanadi? 
A) bog‘lovchilar orqali B) yuklamalar orqali C) ayrim fe’l shakllari va ohang bilan D)    A, B, C.   
35.  Ergashtiruvchi  bog‘lovchilar  qanday  munosabatli  qo‘shma  gap  qismlarini  bog‘lash 
uchun xizmat qiladi? 
A) qo‘shma gapning teng huquqli qismlarini B) qo‘shma gap tarkibidagi uyushiq bo‘laklarni C) 
tobe-hokim munosabatli  qo‘shma gap qismlarini D) qo‘shma gapning teng huquqli qismlari va 
uyushiq bo‘laklarni   
 
O‘ZGALARNING NUTQINI IFODALASH USULLARI 
 
    Muallif  o‘z nutqida boshqalar ifodalagan fikrlardan ham foydalanishi mumkin. 
Bunday fikrlar ko‘chirma gapo‘zlashtirma gapdialog va ko‘chirma shaklida 
beriladi. 
 
1-§.  Ko‘chirma gap 
 
      O‘zgalarning    hech  o‘zgarishsiz  berilgan  gapi  ko‘chirma  gap  deyiladi. 
Ko‘chirma gapda ikki xil gap bo‘ladi: ko‘chirilgan gap va muallif gapi. Ikkalasi 
birgalikda ko‘chirma gapli qo‘shma gapni hosil qiladi (20; 66). Muallif gapining 
kesimi    dedi,  deb  so‘radi,  deb  javob  berdi,  gapirdi,  so‘zladi,  aytdi    kabi  fe’llar 
bilan  ifodalandi.          Ko‘chirma  gaplar  so‘zlashuv  va  badiiy  uslublarda  ko‘p 
ishlatiladi. Ko‘chirilgan gap  muallif  gapidan  avval, undan  keyin, uning ichida, 
uning  ikki  tomonida  kelishi  mumkin:  "Mehnat  ishtaha  ochar",  -  deydi  bobom. 
CHo‘pondan  so‘radik:  "Bu  qo‘ylar  kimning  qo‘yi?"    “Men,  -  dedi  u,  -  ertaga 
kelaman”.  Bosh  injener  nihoyatda  bosiqlik  bilan:  -  Bu  gapga  Xudoyqulovning 
aloqasi yo‘q, - dedi.(J.Abd.)   
    
2-§.  Ko‘chirma gapda tinish belgilarining ishlatilishi 
 
    Ko‘chirilgan  gap  qo‘shtirnoq  ichiga    olinadi,  badiiy  asarlarda  tire  bilan  ajratib 
beriladi. 
    Ko‘chirma  gapda,  ko‘chirilgan  gapning  o‘rniga  qarab,  tinish  belgilarining 
ishlatilishi quyidagicha bo‘ladi: 
     1. Ko‘chirilgan gap darak gap bo‘lib, muallif gapidan oldin kelsa, undan keyin 
vergul  va  tire  qo‘yiladi:  "YUring,  men  o‘sha  tomonga  boraman",  -  dedi  Komila 
(badiiy  asarlarda  tire  ishlatiladi).  So‘roq  va  undov  belgilari  qo‘shtirnoq 
yopilmasdan oldin qo‘yiladi. 
     2.  Ko‘chirilgan  gap  muallif  gapidan  keyin  kelsa,  muallif  gapidan  keyin  ikki 
nuqta  qo‘yiladi:  Bir  kun  Husayn  Mirzo  shipga  qarab  yotib,  vazirlariga  shunday 
debdi:  - Olib keling!  (“El desa Navoiyni”) 
  3.  Muallif  gapi  ko‘chirilgan  gap  ichida  kelsa,  tinish    belgilari  quyidagicha 
qo‘yiladi: 
     1)  ko‘chirilgan  gapning    uzilib  qolgan  qismida    hech  qanday  tinish    belgisi 
bo‘lmasa  yoki  vergul  yoxud  ikki  nuqta  bo‘lsa,  bu  belgilar  tushirilib,  muallif  gapi  

 
 
245 
har  ikki  tomondan  vergul  va  tire  bilan  ajratiladi:    "Hazrat,  -  debdi  Xudoyberdi 
unga qarab, - tandirni qurolmadim". (“El desa Navoiyni”) 
     2)  ko‘chirilgan    gapning      uzilib    qolgan  qismidan  so‘ng  nuqta  qo‘yish  lozim 
bo‘lsa,  muallif  gapidan  oldin  vergul  va    tire,  muallif  gapidan    so‘ng    esa    nuqta  
qo‘yiladi: "Noyib to‘raning gaplaridan bilinadi o‘zi, dedi Miryoqub. – Siz bo‘lgan 
gaplarni aytib bering". (CH.) 
      3)  ko‘chirilgan  gapning    uzilib    qolgan  qismidan    so‘ng  so‘roq  yoki  undov  
belgisi  qo‘yish  lozim  bo‘lsa,  muallif  gapidan  avval  o‘sha  belgi  va  tire  qo‘yiladi, 
muallif  gapidan  so‘ng  nuqta  va  tire  qo‘yilib,  ko‘chirma    gapning  davomi    bosh  
harf  bilan  boshlanadi:  "Xadichaxon  ko‘zlarini  ayyorlik  bilan  o‘ynatib  turib, 
kundoshiga qaradi: - Gapni eshitayotirsizmi? – dedi. – Ertaga biznikiga shaharlik 
mehmonlar kelishar ekan!".(CH.) 
     4.  Ko‘chirilgan  gap  muallif    gapining    o‘rtasida    kelsa,  tinish  belgilari 
quyidagicha qo‘yiladi: 
     1)  muallif  gapining    uzilib  qolgan  qismining  oxiriga    ikki  nuqta  qo‘yilib, 
ko‘chirilgan    gap  qo‘shtirnoq  ichiga  olinadi;  ko‘chirilgan  gapdan  keyin  vergul  va 
tire  qo‘yilib,  keyin  muallif  gapining    davomi  yoziladi:  Saodat:  "Biz  ham  astoydil 
mehnat qildik", - dedi. 
     2)  ko‘chirilgan    gap  so‘roq  yoki  his-hayajon  gap  bo‘lsa,  ularning  belgilari 
qo‘shtirnoq  ichida  bo‘ladi:    O‘qituvchimiz  :  "Sen  qaysi  badiiy  kitoblarni  o‘qib 
chiqqansan?" - deb so‘radilar. 
      5.  Ko‘chirma  gaplar  hamsuhbatlarning  luqmasi  tarzida  ifodalanganida  yozma 
nutqda  har  bir  luqmadan  avval  tire  qo‘yiladi.  Bu  luqmalarda  muallif  gapi 
bo‘lmaydi: - SHaharda qarindoshingiz bormi?  - Yo‘q. 
 
3-§.  O‘zlashtirma gap 
 
O‘zgalarning shakli o‘zgartirilib, mazmuni ifodalangan gapi o‘zlashtirma gap 
deyiladi. O‘zlashtirma gap ko‘chirma gapga aylantirilishi mumkin bo‘lgan gapdir: 
Qurbon  ota  ertaga  kelishini  aytdi  (o‘zl.  gap)  –  Qurbon  ota  dedi:  “Men  ertaga 
kelaman”(ko‘ch. gap).
 
So‘roq,  buyruq  mazmunini  ifodalagan  ko‘chirma  gaplar  o‘zlashtirma  gapga 
aylantirilganda,  darak gap shaklida bayon qilinadi. 
Ko‘chirma gap 
O‘zlashtirma  gap 
- Bu qanday  bino, nimaga 
mo‘ljallaysiz? - dedi O‘ktam. 
O‘ktam bu qanday bino ekanligini, uning 
nimaga mo‘ljallanishini so‘radi 
           Undalma,  kirish  so‘z  qatnashgan  ko‘chirma  gaplar  o‘zlashtirma  gapga 
aylantirilganda,  kirish  so‘zlar  tushib  qoladi,  undalma  vositali  to‘ldiruvchiga 
aylantiriladi,  1-, 2-shaxslarni ko‘rsatuvchi so‘zlar       3-shaxsga aylantiriladi: 
 
Ko‘chirma gap 
O‘zlashtirma  gap 
Xo‘shKanizakxon, qanday 
yangiliklar bor?  - so‘radi 
O‘ktam. 
Men ketdim, -  dedi ukasi. 
O‘ktam Kanizakxondan qanday 
yangiliklar borligini so‘radi. 
Ukasi o‘zining ketayotganini aytdi.  

 
 
246 
      O‘zlashtirma  gapning  kesimi  aytmoq,  gapirmoq,  buyurmoq,  so‘ramoq, 
undamoq (demoq fe’lidan tashqari) so‘zlari bilan   ifodalanadi. 
      
4-§.    Ko‘chirma va unda ishlatiladigan tinish belgilari 
 
     Biror  matndan  ko‘chirilgan  gaplar  ko‘chirma  deyiladi.  Ko‘chirma  ikki  xil  
bo‘ladi:   
     1. Muallif  gapi  bilan  birga qo‘llangan ko‘chirma: Alisher Navoiy ilm olishga  
da’vat qilib:  "Olim bo‘lsang,  olam seniki", - degan edi . 
     2. Muallif gapisiz qo‘llangan ko‘chirma:  
   
 
Koinot gultoji insondir azal, 
Undadir eng oliy tafakkur, amal. 
U hatto tubanlik ichra ham tanho, 
YO falak, ijoding buncha mukammal. 
A.Oripov 
     Muallif  gapi    bilan  qo‘llangan ko‘chirma    bayon    qilinayotgan  fikrni  asoslash, 
tasdiqlash yoki inkor etish uchun keltiriladi. SHe’riy parchalar ko‘chirma  tarzida 
keltirilsa,  qo‘shtirnoqqa  olinmaydi.  Ko‘chirma  muallif    gapisiz    qo‘llansa    ham, 
qo‘shtirnoqqa  olinmaydi. Bu tarzdagi ko‘chirmalar  epigraf  tarzida qo‘llanadi va 
qo‘shtirnoqqa olinmaydi. 
5-§.  Dialog 
 
    Ikki  kishining  nutqi  dialog  deb  ataladi.  Dialogda  ko‘chirma  gaplardan 
foydalaniladi, har bir gap tire bilan boshlanadi. (Bunda muallif gapi ishlatilmasligi  
ham    mumkin.):    -  Qaysi    maktabda    o‘qiysan?    -  24-maktabda.  –  Nechanchi 
sinfda? – Beshinchi sinfda.   
Gap   tahlili namunasi 
1Ifoda maqsadiga ko‘ra turi. 
2.  His-hayajon ifodalashiga ko‘ra turi. 
3. Tuzilishiga ko‘ra turi. 
4. Gap bo‘laklari va ularning turlari. 
5. Uyushiq va ajratilgan bo‘laklar bo‘lsa, 
aniqlanadi. 
6. Gap bo‘laklari sanalmaydigan birliklar 
bo‘lsa, aniqlanadi. 
7. O‘zga gap bo‘lsa, turi aniqlanadi. 
Takrorlash uchun savollar:
 
1. Muallifning nutqida ifodalangan 
boshqalarning fikrlari qanday shakllarda 
bo‘lishi mumkin? 2. Ko‘chirma gapning 
ta’rifini ayting.  3. Ko‘chirilgan gap va muallif 
gaplari haqida ma’lumot bering. 4. 
Ko‘chirilgan gapning joylashish o‘rinlari 
haqida gapiring. 5. Ko‘chirilgan gap muallif 
gapidan oldin kelsa,tinish belgilari qanday 
qo‘llanadi? 6. Ko‘chirilgan gap muallif 
gapidan keyin kelsa,tinish belgilari qanday 
qo‘llanadi? 7.Muallif gapi ko‘chirilgan gap 
ichida kelsa,tinish belgilari qanday qo‘llanadi? 
8. Ko‘chirilgan gap muallif gapining o‘rtasida 
kelsa, tinish bo‘lgilari qanday qo‘llanadi?  
9. Muallif nutqida ishlatilgan qanday birliklar 
qo‘shtirnoqqa olinadi? 10. Ko‘chirma gaplar 
dialogik nutqda luqma tarzida kelgan bo‘lsa, 
qanday tinish belgilari ishlatiladi? 11. 
O‘zlashtirma gapning ta’rifini ayting. 12. 
Ko‘chirma gaplar o‘zlashtirma gaplarga 
aylantirilganda, ular tarkibidagi gap bo‘laklari 
hisoblanmaydigan birliklar qanday 
o‘zgarishlarga uchraydi? 13. Ko‘chirma va 
uning turlari haqida gapiring. 14. Ko‘chirmada 
tinish belgilari qanday ishlatiladi? 15. 
Ko‘chirma gapda ishlatiladigan tinish 
belgilarining barchasini sanab ko‘rsating. 
 

 
 
247 
Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari: 
 
1.  Uzoqdan,  chayla  tomondan,  itning:  «vov,  vov,  vov»  degan  ovozi  eshitildi.  Ushbu  gap 
o‘zlashtirma gapga qay ko‘rinishda aylantiriladi? 
A)  Uzoqdan,  chayla  tomondan,  it  «vov,  vov,  vov»  deb  hurdi.                              B)  Uzoqdan,  chayla 
tomondan, itning vovillagani eshitildi.          C) Itning: «Vov, vov, vov», deb vovillagani uzoqdan, 
chayla tomondan eshitildi. D)   O‘zlashtirma gapga aylanmaydi. 
2. Ko‘chirma  gap bilan muallif gapining o‘rni qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 
A) Ko‘chirma gap faqat muallif gapidan oldin keladi.                  B) Ko‘chirma gap faqat muallif 
gapidan  keyin  keladi.                                        C)  Muallif  gapi  faqat  ko‘chirma  gap  orasida  keladi.                     
D)  Ko‘chirma  gap  muallif  gapidan  oldin,  keyin  yoki  uning  ichida,  muallif  gapi  esa  ko‘chirma 
gap orasida kelishi mumkin.   
3. Ko‘chirma gaplar nisbatan qaysi uslublarda ko‘proq qo‘llanadi? 
A) so‘zlashuv va badiiy uslubda B) ommabop va so‘zlashuv uslubida C) ilmiy va badiiy uslubda 
D) so‘zlashuv, rasmiy va badiiy uslubda   
4.  -  Anavi  erda,  -  u    Sherzodning  qo‘lidagi  xatga  imo  qildi,  -  to‘g‘ri  yozishibdi.  Ushbu  gap 
qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan? 
A) ko‘chirma gap                             B) sodda yoyiq gap   
C) kirish gapli gap                           D) qo‘shma  gap 
5.  Ko‘chirma  gap  bilan  birga  qo‘llanadigan  muallif  gapi  kesimining  ifodalanishi  haqida 
bildirilgan qaysi fikr to‘g‘ri? 
A) faqat demoq fe’li bilan B) faqat so‘zlamoq fe’li bilan                   C) faqat gapirmoq fe’li bilan 
D)   demoq, aytmoq, so‘zlamoq, gapirmoq kabi fe’llar bilan 
6.  Muallif  gapi  kesimining  qaysi  fe’llar  bilan  ifodalanishi  to‘g‘ri  ko‘rsatilgan  qatorni 
toping. 
A)    dedi,  ko‘rdi,  yog‘di,  ko‘kardi;  B)    so‘radi,  ishondi,  chiqdi,  chiqdi,  ketdi;  C)  uyg‘ondi, 
yuvindi, tarandi, gapirdi; D) aytdi, gapirdi, so‘zladi, buyurdi;   
Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling