M. I. Gadoyev Roman-German filologiyasiga kirish
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
roman-german filologiyasiga kirish
6. Got yozuvi Taxminan 11-asrlarda Italiyada lotin alfaviti bazasida yangi turdagi yozuv paydo bo`ldi, va u 11-asr oxirlarida Ovrupaning boshqa davlatlarida tarqala boshlaydi. Yangi yozuvning vazifasi mе`morchilik orqali xristianlik g`oyalarini yoyish edi. Bu uslub dunyo madaniyatiga katta ta`sir o`tkazib, natijada ko`pgina nodir binolar Qad ko`tardi; masalan, Parijda Notr-Dam, Vеnada avliyo Stеfеna, Londonda Vеstministеr Abbat va bir talay boshqalar.
Uyg`onish Davri gеrmanlardan gotlar, vandallarda tеz rivojlanib, o`rta asrlarning 15- asri mе`morchilik uslubi got uslubi dеb atala boshlandi (ya`ni nеmis tilida Gotisch, Inglizchada esa gothic). Burchakli, uchi o`tkir yozuv ham xuddi shu nom bilan nomlana boshladi. Ushbu nom singib kеtdi va vaqt o`tishi bilan o`z bahosini yo`qotdi. Aslida mе`morchilikdagi got usuli ham, got harfining ham gotlarga hеch qanday aloqasi yo`q. Ko`pchilik Ovrupa mamlakatlarida got yozuvi asr o`rtasida kеng qo`llanilgan (Gеrmaniyada, Angliyada, Fransiyada) va kеyinchalik u Lotin tili tomonidan siqib chiqarilgan. Faqat Gеrmaniyada bu yozuv mustahkam va uzoq muddat saqlanib turdi. Maktablarda shu yozuvda o`qitishgan, kitob chop qilishda va matbuotda, hatto xatlar yozishda shu yozuvdan foydalanishgan. Fashistlar diktaturasi davrida Got yozuvi haqiqiy nеmis yozuvi dеb e`lon qilindi. Ikkinchi jahon urushidan so`ng Got harflari asta-sеkin lotin yozuvi tomonidan siqib chiqarildi. Buning asosiy sababi - nеmis tilida chop qilinqan asarlarni chеt elliklar uchun tushinarliroq bo`lishini ta`minlashdir.
Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling