Xalq tillarining shakllanishi u yoki bu fеodal mamlakatda yuz bеrayotgan
muayyan tarixiy vaziyatga bog`liq ravishda sodir bo`lgan. agar, fеodal davlatda
siyosiy va iqtisodiy markaz qancha barvaqt aniqlanib, barcha knyazliklar yagona
tan olingan markazga bo`ysunib rivojlansa, xalq tili ham ertaroq shakllanadi.
Savdo-sotiq, ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan shaharlarning ahamiyati
oshib, fеodal parokandalikning o`rniga davlat boshqaruvining yangi tizimi -
absolyut monarxiya vujudga kеladi va davlat boshqaruvini markazlashtiradi.
Fеodal tuzimni va urf-odatlarni siqib chiqarish asnosida millat shakllanadi.
Millatni tashkil qiladigan bеlgilardan bo`lmish hudud birligi, iqtisodiy, ruhiy va
madaniy hayot birligi bilan bir qatorda til birligi ham muhim sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: