M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

to’g’ri  pushta  joylashadi.  To’g’ri  pushta  ustki  peshana  pushtasining  pastdagi 
davomi  hisoblanadi.  Xidlov  egatining  tashqi  tomonida  ko’z  kosasining  ustki 
devoriga  tegib  turuvchi  bir  nechta  egatlar  va  ular  orasida  ko’z  pushtasi  va 
boshqa  pushtalar  joylashgan.  Ensa  pallaning  til  pushtasi  kollateral  (aylanma) 
egat  bilan  chegaralangan.  Bu  egat  chakka  pallaning  ostki  yuzasiga  o’tib, 
paragippokampal  pushtani  medial  ensa-chakka  pushtasidan  ajratadi.  Kollateral 
egatdan  old  tomonda  burunsimon  egat  joylashib,  paragippokampal  pushtani 
oldingi  uchida  joylashgan  ilmoqni  chegaralab  turadi.  Ensa-chakka  egatining 
tashqi tomonida chakka pushtisining pastki qismi, ensa - chakka egati bilan yen 
egat o’rtasida ensa-chakka yen pushtasi joylashgan.  


 
156 
Yarim  sharlarning  medial  va  ostki  yuzalarida  bir  nechta  tuzilma  limbik 
tizimini  tashkil  etadi.  Peshona  pallasining  ostki  yuzasida  joylashgan  xidlov 
sugoni,  xidlov  yo’li,  xidlov  uchburchagi,  oldingi  ilma-teshik  modda,  bel 
pushtasi,  dengiz  oti  pushtasi  ilmogi  bilan  birgalikda  va  tishsimon  pushtasi 
limbik tizimini hosil qiladi. 
 
Miya po’stlogini tuzilishi. 
Miya 
po’stlogini 
hosil 
bo’lishi 
evolyutsiya 
yo’nalishlaridan 
aromorfozlarga  kirib,  birinchi  marotaba  reptiliyalarda  paydo  bo’lgan.  Miya 
po’stlogi  yaxlit  organizmni  tashkil  etuvchi  turli  morfo-funktsional  tizimlarning 
faoliyatini, ayni vaqtda tizimni tashkil etuvchi har bir a’zoni mustaqil faoliyatini 
idora etish bilan ayni vaqtda tashqi va ichki muhitdan qabul qilingan ta’sirotlarni 
analiz va sintez qiladi.  
Oxirgi miya kulrang va oq moddadan iborat. Kulrang modda tashqaridan 
joylashib,  miya  po’stlogini  hosil  qiladi,  uning  qalinligi  yarim  sharlarning  turli 
sohalarida 1.3-5mm yetishi mumkin. 
Oxirgi  miya  po’stlogining  sathi  1800-2200  sm
2
  teng  bo’lib,  14-16  mlr. 
nerv  hujayralaridan  iborat.  Kievlik  anatom  V.A.Bets  fikrigi  ko’ra  miya 
po’stlogida  neyronlarni  tuzilishi,  joylashuvi  miyaning  tsitoarxitektonikasini 
ifodalaydi.  
Bir  biriga  o’xshash  hujayralar  ma’lum  qatlamlarni  hosil  qiladi.  Oxirgi 
miya  po’stlogi  mikroskop  ostida  tekshirilganda  nerv  hujayralari  6  qavat  bo’lib 
joylashganligi ko’rinadi.  
1. Molekulyar qavat -  miyaning tashqi qavati bo’lib, asosan mayda gliya 
hujayralaridan,  assotsiativ  neyronlardan  va  bu  qatlam  ostida  joylashgan 
neyronlarning oxirgi shoxlangan tolalaridan. iborat. 
2.  Tashqi  donadar  qavat  -  bu  qavat  mayda  multipolyar  neyronlardan 
tashkil topgan. 
3. Piramidal qavat - turli xajmli piramidal hujayralardan iborat. 
4.  Ichki  donador  qavat  -  bu  qavatda  mayda  yumaloq,  poligonal  yoki 
yo’ldo’zsimon shaklga ega bo’lgan hujayralar joylashgan. 
5. Ichki piramidal  hujayralar  qavati  -  Bu  hujayralar  1874  yilda V.A.Bets 
tomonidan  birinchi  marotaba  tasvirlangan.  Piramidal  nerv  hujayralari  yirik 
bo’lib, xajmi 125 mkm teng. 
6.  
Polimorf  hujayralar  qavati  har  xil  shaklga  ega  bo’lgan,  mayda 
neyronlardan tashkil topgan. 
 
Bosh miya po’stlogida markazlarning joylashuvi 
Tashqi  va  ichki  muhitdan  qabul  qilingan  ta’sirotlar  miya  po’stlogida 
analiz  va  sintez  qilinadi.  Organizm  tomonidan  bajariladigan  turli  vazifalarning 
miya po’stlogida o’z joylari yoki markazlari bor ekanligi aniqlangan. I.P.Pavlov 
miya  po’stlogini  yuzasi  -  bu  barcha  analizatorlar  oxirgi  bo’limlarining 
yig’indisidan  iborat  deb  tasdiqladi.  Analizator  deb  ta’sirotlarni  qabul  qiluvchi 
maxsus nerv oxirlari - retseptorlar, oraliq va markaziy nerv hujayralari va ularni 
bog’lovchi tolalardan tashkil topgan nerv tizimining bir qismiga aytiladi. Har bir 


 
157 
analizatorning  ishi  retseptorlardan  boshlanib,  tashqi  va  ichki  muhitdan  qabul 
qilingan ta’sirotni nerv impulsi xoliga aylantirib maxsus neyronlar zanjiri orqali 
bosh  miya  yarim  sharlariga  yetkaziladi.  Olimlarning  o’tkazilgan  tadqiqotlariga 
asoslanib,  odam  miyasining  po’stlogida  markazlarning  joylashish  tartibi 
belgilangan  va  miya  haritasi  tuzilgan.  Miya  po’stlogida  ba’zi  bir 
analizatorlarning joylashuvini ko’rib chiqamiz. 
1.harakatlantiruvchi  analizator  markaz  oldi  pushtasida  joylashgan.  miya 
po’stogining  bu  sohasi  asosan  propriotseptiv,  kinestetik  sezgilarni  muskul 
paylaridan,  boylamlardan,  qisman  teridan,  skelet  muskulaturasidan  yetkazadi. 
harakatlantiruvchi 
analizator 
turli 
sezgi 
ta’sirotlar 
ta’siri 
ostida 
harakatlantiruvchi shartli refekslarni hosil bo’lishini ta’minlaydi.  
2.  Teri  sezgilari  analizatorining  yadrolari  orqa  markaziy  pushtada 
joylashgan.  Bu  pushtaning  eng  tepasida  oyoq  terisining  analizatorlari,  eng 
pastida  esa  bosh  terisining  analizatori  turadi.  Teri  sezgisining  bir  qismi 
paypaslab  bilish  (ko’zni  yumgan  holda  narsalarni  kul  bilan  ushlab  aniqlash) 
sezgisini  analizatori  tepa  bo’lakning  ustki  qismida  (o’ng  qo’lniki  chap  yarim 
sharda, chap qo’lniki o’ng yarim sharda) turadi. 
3.  Eshituv  analizatori  yadrosi  ustki  chakka  pushtasining  o’rtasida, 
orolchaga qaragan yuzasida joylashgan. 
4.  
Ko’ruv analizatorining yadrosi miyaning ensa qismida, tepa-ensa egati 
sohasida joylashgan. 
5. Yezma nutqning harakatlantiruvchi analizatori o’rta peshana pushtasini 
orqa bo’limida joylashgan. 
6.  Nutq  bilan  bog’liq  bo’lgan  harakatlarni  harakatlantiruvchi  analizatori 
pastki peshana pushtasini orqa bo’limida joylashgan. 
7.  Nutqning  eshituv  analizatorining  yadrolari  umumiy  eshituv 
analizatoriga o’xshash ustki chakka pushtasining orqasida joylashgan. 
Boshqa  turdagi  analizatorlar  ham  farqlanadi.  Ulardan  ayniqsa  nutqni 
amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan analizatorlar muhim ahamiyatga ega. 
 Oxirgi miyaning markaziy kulrang tugunlari (bazal yadrolar). Yarim 
sharlarning  ko’ndalang  kesmasida  medial  qismida,  miyaning  tubiga  yaqin 
sohada oq modda ichida kulrang moddaning to’plamlarini - tugunlarni aniqlash 
mumkin. Bu tugunlarni bazal yadrolari deyiladi. 1. Ularning ichidan eng kattasi 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling