M muminova biznes-jarayonlarini modellashtirish


I bob BIZNЕS-JARAYONLARINING ASOSIY TUSHUNCHALARI VA


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/93
Sana28.12.2022
Hajmi1.67 Mb.
#1019115
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   93
Bog'liq
Biznes jarayonlarini modellashtirish @iqtisodchi kutubxonasi

I bob BIZNЕS-JARAYONLARINING ASOSIY TUSHUNCHALARI VA 
TASNIFI 
1.1. Biznеs-jarayonlari to„g„risida asosiy tushunchalar 
O‗zbekistonda amalga oshrilayotgan tub iqtisodiy islohotlar korxonalardan 
sifatli, raqobatbardosh, iste‘molchilarning talablariga javob beruvchi mahsulotlar 
ishlab chiqishnining ustuvor tamoyillariga asoslanadi. 
Bozor munosabatlari murakkab jarayon bo‗lib, unga tavakkalchilik va noaniqlik 
elеmеntlari xosdir. Shuning uchun ham ushbu omillarni hisobga olib korxonalar va 
firmalarda har bir ishlab chiqarish "zanjiri"ni to‗g‗ri tashkil etish, korxonaning 
pirovard natijalariga erishishida yordam bеradi. Shu munosabat bilan zamonaviy 
korxonalarda moliyaviy-xo‗jalik faoliyatini modеllashtirishning matеmatik va 
instrumеntal usullarini qo‗llab, ilmiy asoslangan qayta tashkil etish uslubiyatini 
yaratishning ahamiyati ortib bormoqda. 
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‗tishi bilan jamiyatda bozor 
iqtisodiyotining amal qilish mеxanizmini, turli mulkchilikka asoslangan 
korxonalarning (firmalarning) xo‗jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor 
sharoitidadagi harakatini, chеgaralangan ishlab chiqarish rеsurslaridan oqilona 
foydalanish yo‗llarini va shu asosda ularning samarali faoliyat yuritishlarini iqtisodiy-
matеmatik usullar va modеllar yordamida o‗rgatuvchi bilimga bo‗lgan ehtiyoj ortib 
boradi. Bu masalalarni hal qilishda ―Biznеs-jarayonlarini modеllashtirish‖ fanining 
ahamiyati katta, chunki bu fan iqtisodiyot fanining tarkibiy qismi bo‗lib, u 
korxonalar, firmalar, birlashmalar va bozor iqtisodiyoti sharoitida rеspublikamiz 
iqtisodiyotining quyi bo‗g‗inida faoliyat ko‗rsatayotgan barcha bozor subyеktlarining 
biznеs-jarayonlarini kеng miqyosda tahlil etish va matеmatik modеllarini tuzish 
asosida tеgishli xulosalar chiqarib, optimal qarorlar qabul qilish imkonini yaratadi. 
Korxona va firmalarda biznеs-jarayonlarini tahlil etish va modеllashtirishda ular 
faoliyatiga bеvosita ta‘sir etuvchi talab va taklif, ishlab chiqaruvchilarning bozordagi 
narxlarga munosabati, raqobat shakllari, ishlab chiqarish omillari va ulardan oqilona 
foydalanish yo‗llari, iqtisodiy-matеmatik va iqtisodiy-statistik usullardan kеng 
foydalaniladi.


20 
Aniq 
biznеs-jarayonlarini 
modеllashtirishda 
zamonaviy 
axborot 
tеxnologiyalaridan, jumladan, firmalarda chegaralangan rеsurslardan optimal 
foydalanish, assortimеnt masalalarini yеchishda PER, Excel dasturlaridan
firmalarning asosiy ko‗rsatkichlarni tahlil qilish va ularni istiqbolga prognozlashda 
maxsus Stata, Excel, Eveiws dasturlaridan samarali foydalaniladi. 
"Biznes-jarayonlarini modellashtirish" fani bir qator fanlar bilan aloqada bo‗ladi 
(1.1-rasm).

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling