M. N. Musayev sanoat chiqindilarini tozalash texnologiyasi


Anod  oksidlanish  va  katod  qaytarilish


Download 3.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/46
Sana12.12.2017
Hajmi3.87 Mb.
#22110
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46

Anod  oksidlanish  va  katod  qaytarilish.  Quyidagi  18.16-rasmda 

elektrolizyorning  sxemasi  keltirilgan.  Musbat  elektrodlarda  — 

an o d d a  io n lar  elek tro n larn i  beradi,  y a’ni  elektrokim yoviy

196

www.ziyouz.com kutubxonasi



oksidlanish  reaksiyasi  sodir  bo‘ladi.  Manfiy  elektrodlarda  — 

katodda elektronlami birikishi,  qaytarish reaksiyasi sodir bo ‘ladi.

Ushbu jarayonlar  oqova  suvni  erigan  aralashmalardan  tozalash 

uchun  qo‘llaniladi.  Bunday  aralashmalarga  sianidlar,  rodanidlar, 

am inlar,  spirtlar,  aldegidlar,  nitrobirikm alar,  azo b o ‘yoqlar, 

sulfidlar,  merkaptanlar  va  shu  kabilar  kiradi.  Elektrokimyoviy 

oksidlanish  jarayonlarida  oqova  suv  tarkibidagi  moddalar  to'liq 

parchalanib,  C 0 2,  N H 3,  suv  va  oddiy  hamda  toksik  bo‘lmagan 

moddalarga  aylanib,  ulami boshqa  usuliar yordamida  ajratib  olish 

mumkin.


18.16-rasm.  Elektrolizyor 

sxemasi:

1-korpus;  2-anod;  3-katod; 

4-diafragma.

Anod sifatida turli elektrolitik erimaydigan materiallar qo‘llaniladi: 

titan  asosiga  yuritilgan  grafit,  magnetit,  qo‘rg‘oshin,  marganets, 

ruteniy dioksidlari ishlatiladi.

Katod sifatida  molibden, volfram va temir yoki nikel qotishmasi, 

molibden,  volfram  yoki  ulaming  qotishmalari  bilan  qoplangan 

zanglam as  p o ‘lat  va  boshqa  m e ta llar  ish latilad i.  Jaray o n  

elektrolizyorda  diafragma  bilan  yoki  diafragmasiz  ishlatiladi. 

Elektrooksidlanish va  qaytarish  asosiy jarayonlaridan tashqari  bir 

paytda elektroflotatsiya, elektroforez, elektrokoagulatsiya jarayonlari 

ham  borishi  mumkin.

Tarkibida  sianid lar  b o ‘lgan  oqova  suvlar  m ashinasozlik, 

asbobsozlik,  qora  va  rangli  metalluigiya,  kimyoviy  va  boshqa 

korxonalarda  hosil  bo'ladi.  Oddiy  sianidlardan  (KCN,  NaCN) 

tashqari oqova suv tarkibida mis, temir, rux sianidlari ham uchraydi. 

Ulaming konsentratsiyasi  10 dan 600 mg/l atroflda bo‘ladi.  Odatda 

bunday suvlaming pH i 8—12 atroflda bo‘ladi.

Sianidlaming anodda oksidlanishi quyidagi reaksiya asosida boradi: 



C N  +  2 0 H   -2e  - » C N O   + H 20

197

www.ziyouz.com kutubxonasi



CNO-  +2H 20  —» N H 4t  +   CO,2 

Oksidlanishda bir paytda azot  ham  hosil bo‘lishi mumkin:



2CNO-  +  40H -  -  6 e - » 2 C 0 2+ N 2+ 2H 20  

Oqova  suvning  elektr  o‘tkazuvchanligini  oshirish  uchun  suvga 

NaCl  tuzi  qo‘shiladi.  Oqova  suvda  CN  ning  konsentratsiyasi  1  g/1 

bo‘lganda suvga  20—30 g/1  NaCl tuzi  qo‘shlladi.  Ushbu jarayonda 

grafitli anod va katod elektrodlari qo‘llaniladi.  Oksidlanishni optimal 

sharoitlari:  tokning anod  zichligi  3—4 A /dm 3,  elektrodlar orasidagi 

masofa  3  sm,  suvning tezligi  30 dm3/soat,  muhit pH  i  8—9.  Ushbu 

sharoitlarda suvning tozalash darajasi  100% ga yaqin boMadi.  Bunda 

quyidagi  reaksiyalar  sodir  boMadi:

2C1-  -2e —>C12 

CN-  +   Cl2  + 2 0 H - > C N 0 -   +2C1-  +  H 20  

2CNO-  +3C12 

+4 

OH  —> 2 C 0 2  +  N 2  +6C1'  + 2H 20  

Oqova  suvlami  sianidlardan  elektrokimyoviy  usulda  tozalash 

qurilmasining sxemasi quyidagi  18.17-rasmda keltirilgan.

Ushbu qurilma sodda va ishlatishga qulaydir. Oqova suvda aktiv xlor 

miqdori 200 mg/1 gacha bo‘lishi lozim.  Katodda ajralayotgan metall 

utilizatsiya qilinadi.

Rodanidlar quyidagi sxema bo‘yicha yemiriladi:

*  

CNS-  +ЮОН-  -8e  - » C N O   + S 0 42-  +   5H 20

11,0


N a C l

18.17-rasm.  Oqova  suvlarni 

sianidlardan  elektrokimyoviy 

usulda  tozalash  qurilmasining

sxemasi:

1-  o'rtalagich;

2 -n a tr iy  

xlor 

eritm asi 

tayyorlash  baki;

3-elektroHzyor;

4-doimiy tok manbayi.

Sulfid  ionlar pH=7  da oksidlanib sulfatga aylanadi.  Muhit pHi 7 

dan  kichik  bo‘lganda  elementar  oltingugurt  hosil  boMadi.  Oqova

198

www.ziyouz.com kutubxonasi



suvdagi  fenollami xloridlar ishtirokida  oksidlanishi  quyidagi  sxema 

bo‘yicha boradi:



4 0 H   - 4 e —» 2 H 20   + 0 2 

2H + + 2 e - » H 2 

2C1-  -2e —>C12  Cl2  +   H20 - » H C 1 0   +   HC1 

НСЮ  +   о н - - > н 2о +   CIO- 

12СЮ-  +6H 20   -12e —>4HC10j  +8HC1  + 3 0 2 

C6H5OH  + 1 4 0 — > 6 C 0 2  +3H 20  

Katodli  qaytarish  usuli  yordamida  oqova  suvdagi  zararli  metall 

ionlarim  cho‘kma  ko‘rinishida  yoki gaz  ko‘rinishida  ajratib,  ulami 

zararsiz  modda  holiga  keltirish  mumkin.  Ushbu  usulni  oqova  suv 

tarkibidagi  og‘ir  metall  ionlari  —  Pb2+,Sn2+,Hg2+,  Cu2+,As3+,  Cr*+ 

lardan  tozalash  uchun  ham  ishlatish  mumkm.

Metallarni katod qaytarilishi quyidagi sxema bo‘yicha boradi:

Me"  + n e_  —►Me0

Bunda metallar katodda cho'kishi va alohida rekuperatsiya qilinishi 

mumkin. Masalan, xrom birikmalarini qaytarish uchun yuqori tozalash 

dar^jasiga erishilgan, bunda xromning konsentratsiyasi  1000 dan  lmg/1 

gacha  kamaygan.  Tozalash  jarayoni  uchun  0,12  kVt.soat/m2  elektr 

eneigiyasi sarfbo‘lgan. Taikibida N2C r07 li oqova suv elektroliz qilinganda 

muhitning optimal ko‘rsatkichi  pH =2 ga,  tok zichligi 0,2-2 A/dm2 ga 

teng bo‘ldi. Qaytarish  reaksiyasi quyidagi ko'rinishda boradi:



C rO /2  +  14H+  + 1 2 e —»2C r  +   7H 20  

Oqova suvlarni  Hg2+,  Pb2+,  Cu2+,Cd2+  ionlaridan tozalash uchun 

ko‘mir va  oltingugurt  kukunlaridan  iborat  boMgan  C:  S  ning  80:20 

dan 20:80  gacha nisbatdagi katodda amalga oshiriladi. Bunda muhit 

pHi 7 dan kichik, tok zichligi 2,5 A /dm 2 ga teng.  Ushbu  ionlaming 

cho‘kishi  erimaydigan  sulfid  va  bisulfid  ko'rinishida  bo‘lib,  ular 

mexanik ravishda ajratiladi.

Aralashmalarni  zararsizlantirish  jarayonida  ularni  gaz  fazasiga 

o ‘tishini  ammoniy  nitritni  zararsizlantirish  misolida  ko‘rishimiz 

mumkin. Bunda ammoniy nitrit moddasi grafit elektrodida ammoniy 

nitritgacha  qaytariladi,  keyin  esa  elem en tar  azot  va  suvga 

parchalanadi:



NH «N O ,+2H ++2e - » N H 4N 0 2+ H 20

199

www.ziyouz.com kutubxonasi



NH4N 0 2- » N 2+2H20

Anodli oksidlanish jarayoni temir birikmalarini, turli bo'yoqlami, 

selluloza-qog‘oz,  neftni  qayta  ishlash  korxonalari  oqova  suvlarini 

zararsizlantirishda qo‘llanUadi.



Elektrokoagulatsiya.  Elektrolizyorning elektrodlararo bo‘shlig‘idan 

oqova  suv  o ‘tganda  suv  elektrolizi,  zarralarni  qutblanishi, 

elektroforez,  oksidlanish-qaytarilish  jarayonlari  va  elektroliz 

mahsulotlarini o ‘zaro ta ’siri  sodir bo'ladi.

Erimaydigan  elektrodlar  ishlatilganda  koagulatsiya  jarayoni 

elektroforetik  holatlar  natijasida  sodir  bo'lib,  asosan  oqova  suvda 

kolloid zarralar kam bo‘lganda qo‘llaniladi.

Oqova suvda yuqori tuig‘un tarkibli birikmalar uchraganda elektroliz 

jarayoni eriydigan po‘lat yoki aluminiy tarkibli elektrodlar ishtirokida 

amalga oshiriladi.  Bunda tok ta’sirida metallarning erishi kuzatiladi. 

Natijada  suvga  temir  yoki  aluminiyning  kationlari  o ‘tadi.  Ushbu 

kationlar  suvdagi  gidrooksid  ionlari  bilan  to‘qnashih,  metallarning 

gidrooksidlarini  hosil  qiladi  va  bu  pag'alar  koagulatsiya jarayonini 

o‘tkazishga sababchi bo‘ladi.

Elektrokoagulatsiya jarayoniga elektrodlaming materiallari, ular 

orasidagi  masofa,  oqova suvning elektrodlar orasidagi tezligi,  suv 

harorati va tarkibi, tok kuchlanishi va uning zichligi ta’sir ko‘rsatadi. 

Oqova  suvdagi  muallaq  zarralarning  konsentratsiyasi  100  mg/l 

dan  oshganda  elektrokoagulatsiyanmg  samaradorligi  pasayadi. 

Elektrodlar orasidagi masofa ham kamayganda anod metallarining 

erishiga  sarf bo‘ladiga-n  elektroenergiya  miqdori  kamayadi.  lg 

temirning  erishi  uchun  nazariy  jihatdan  sarf  bo‘ladigan  elektr 

energiyasining  miqdori  2,9  Vt/soat  ni,  1  g  aluminiy  erishi  uchun 

esa  12 Vt/soatni tashkil etadi.  Elektrokoagulatsiya jarayonini o‘tkazish 

uchun  neytral  yoki  kuchsiz  ishqoriy  muhit  boMgani,  tok  zichligi 

esa  10 A /m 2,  elektrodlar orasidagi  masofa 20 mm dan oshmasligi, 

suv  tezligi  0,5  m /s  dan  kam  bo‘lmasligi  lozim.

Elektrokoagulatsiya  jarayonining  afzalliklari:  qurilm aning 

kompaktligi va  uni  ishlatishni  qulayligi,  reagentlami  ishlatilmasligi, 

jarayonni  o ‘tkazish  sharoitlarining  o‘zgarishiga ta’sirchanmasligi, 

yaxshi mexanik-strukturali shlamlami hosil bo‘lishi.  Kamchiligi: elektr

200

www.ziyouz.com kutubxonasi



eneigiya va metallaming katta sarfi. Quyidagi rasmda elektrokoagulatsiya 

o'tkazish  qurilmasining sxemasi  keltirilgan  (18.18-rasm.)

Ushbu qurilmada elektrokoagulatsiya jarayoni natijasida ajralgan 

shlamlar sentrifugada yoki filtrpressda suvsizlantiriladi. Jarayonda hosil 

bo‘luvchi  vodorodni  esa  gidrooksidni  flotatsiyasi  uchun  ishlatish 

mumkin.  Shu  sababdan  tozalash  sxemasida  elektrokoagulator- 

flo tato rlarn i  yoki  maxsus  flo tatsio n   ap p aratlarn i,  m asalan, 

gidrosiklon-flotatorlami ishlatish tavsiya etiladi. Tmdiigichni flotatoiga 

almashtirish qurilmaning o ‘lchamlarini,  hamda kapital xarajatlami 

kamaytiradi.

NaCl 

H.O


Ш

I '

Oqova suv  —



JLX

Cho'kma 


_____

18.18-rasm.  Elektrokoagulatsiya  qurilmasining  sxemasi:

1-  o ‘rta1agich;  2-eritma tayyorlash baki;  3-doim iy tok manbayi;  4-elektrokoa- 

gulator;  5-tindirgich;  6-ch o‘kmani  suvsizlantirish  apparati.

Elektrokoagulatsiya tozalash jarayoni oqova  suv tarkibidagi  neft 

mahsulotlarini,  moylami,  yog‘lami  tozalash  uchun  qoMlaniladi. 

Bunda neft mahsulotidan  tozalash  54  —  68%  ni,  yog‘lardan  92  — 

99%  ni tashkil  etadi.

Nazorat  uchun  savollar:

1.  Elektrokimyoviy  usullaiga  qanday  jarayonlar  kiradi  va  ular 

yordamida oqova suvdan qaysi  mahsulotlar ajratib olinadi?

2.  Elektrokimyoviy  usullaming  samaradorligi  qanday  faktorlar 

orqali baholanadi?

3.  Elektrolizyorda  qanday jarayon  sodir  boMadi  va  ushbu  usul 

yordamida oqova suvdan qaysi moddalar ajratiladi?

4.  Elektrokoagulatsiya jarayoni qanday amalga oshiriladi?

5.  Elektrokoagulatsiya jarayoni qanday afzalliklaiga ega?

201

www.ziyouz.com kutubxonasi



19-BOB.  OQOVA  SUVLARNI  KIMYOVIY

TOZALASH  USULLARI

Bu  usullarga:  neytrallash,  oksidlash  va  qaytarish  usullari  kiradi.

Ushbu usuliar turli reagentlaming sarfi bilan bog‘liq bo‘lgani uchun 

qimmat  usuliar  qatoriga  kiradi.  Shuning  uchun  bu  usuliar  yopiq 

suv  sistemalarida  lozim  boMganda  erigan  moddalarni  ajratishda 

qo‘llaniladi. Kimyoviy usul ba’zan biologik tozalash jarayonidan oldin 

ishlatiladi.

Neytrallash

Bu  usul  aralashtirish,  reagentlami  qo‘shish,  neytral  materialdan 

o‘tkazish,  kislotah  gaz  bilan  neytrallash jarayonlari  asosida  olib 

boriladi.

Agar korxonada yoki  2 ta qo‘shni korxonada kislotah va ishqoriy 

oqova suvlar ajralsa, ular o ‘zaro aralashtirihb, bir-birini neytrallaydi 

(19.1.-rasm).

Kislotali suv 

Ishqorli suv

19.1-rasm.  Suvlarni  aralashtirish  neytralizatori:

1-sig‘im;  2-havo  taqsimlagichi.

N ey trallash   u ch u n   re a g en tla r  sifatid a 



NaOH, 

кон, 


N a ,c o ,, 

N H 4OH,  CaCO,,  M gCO,, 

sem ent  birikm alari  ishlatiladi.  Eng  arzon 

reagent  ohakli  suv  hisoblanadi 

(C a(O H )2-   5-10%  li). 

Ba’zan 


korxonalam ing  qattiq   chiqindilari  ham   ishlatilishi  m um kin 

(kuyindi  shlaklar).

Reagentlar oqova suvdagi kislotaning tarkibi,  konsentratsiyasiga 

qarab  tanlanadi.  Shunda  neytrallash jarayonida  ch o ‘kma  hosil 

bo‘lish-bo‘lmasligi  hisobga  olinadi.  Kislotali  oqova  suvlar  3  xil 

ko‘rinishda bo'ladi:



202

www.ziyouz.com kutubxonasi



1)  kuchsiz  kislotali  oqova  suvlar  (H2CO„  CH,COOH);

2) 


kuchli  kislotali  oqova  suvlar  (HC1,  HNO,);

3) 


H2S 0 4,  H2SO„ 

kislotali  suvlar 



(C a S 0 4 

cho‘kmasi  hosil  bo‘Hshi 

mumkin).

Ohak  oqova suv tarkibidagi  kislotalarni  neytraHash  uchun  kalsiy 

gidrooksid tuzi ko‘iinishida(ohakli suv) yoki quruq kukun ko‘rinishida 

beriladi.  Ushbu qurilmaning sxemasi quyidagicha (19.2-rasm).



19.2-rasm.  Kislotali  oqova  suvlarni  kalsiy  gidrooksidi  ishtirokida  neytraHash

qurilmasi:

1— o ‘rtalagich;  2-ohak so'ndirish  apparati;  3-eritma baklari;  4-dozatorlar;

5-metallizator;  6-tindirgich.

Bu yerda, oqova suv  1  — o ‘rtalash apparatiga beriladi. Yuqoridan 

esa  2 -   va  3—apparatlarda  tayyorlangan  ohakli  suv  eritmasi  4— 

d o z a to rla r  o rq a li  b e rila d i.  K eyin  u lar  5—n e y tra liz a to rd a  

aralashtiriladi, cho'km a hosil bo‘lgandan keyin suv 6—tindirgichga 

yuboriladi.  Tindirgichning  tagidan  cho‘kma  ajratihb  olinadi, 

tozalangan  suv  esa  tindirgichning  yuqori  qismidan  oqib  chiqadi. 

Oqova suv tarkibida sulfat kislota uchraganda, tozalash jarayonida 



C aS 04  2H 20  

— gips  hosil  bo‘ladi.



203

www.ziyouz.com kutubxonasi



Ishqoriy  oqova  suvlar turli  kislotalar  va  kislotali  xususiyatga  ega 

bo‘lgan gazlar bilan  ham neytrallanadi.  Bunda kislotali gazlar sifatida 



CO  ,  S02,  NO,,  N20, 

va  shu  kabi  gazlar  qo‘llaniladi  (19.3-rasm).

O qova suv

19.3-rasm.  Ishqoriy  oqova  suvlarni 

tutun  gazlari  bilan  neytrallash 

qurilmasi:

Yuqorida keltirilgan qurilmada neytralizatsiya jarayoni aralashtiigichli 

reaktorda amalga oshiriladi. Bunda tutun gazlari ventilator yordamida 

aralashtirgichning  halqali  bo‘shlig‘iga  beriladi  va  aralashtirgich 

yordamida oqova suvda pufakcha va oqim ko‘rinishida taqsimlanadi. Suv 

va  gaz  o‘rtasidagi  to‘qnashish  yuzasining  yuqoriligi  sababli  tezda 

neytralizatsiya jarayoni sodir bo‘ladi. Gaz tarkibida S 0 2 gazining bo‘lishi 

ishqoriy suvlaming neytralizatsiya qilinishiga yordam beradi.

Neytralizatsiya uchun  kerak bo‘ladigan kislotali gazning miqdori 

quyidagi tenglama asosida aniqlanadi:



M = x P cFAc

bu  yerda,  M-neytralizatsiya  uchun  sarf bo'ladigan  kislotali gazning miqdori; 

X

 -tezlanish  faktori; Д . -su yu q  fazadagi  massa berish koeffitsienti;  F—fazalararo 

kontakt  yuzasi;  Д

с

 -jarayonning  yurituvchi  kuchi.

Ishqoriy xususiyatdagi oqova suvlarni zararsizlantirish qurilmalari 

sement  ishlab  chiqarish  korxonalarida  o‘matilgan.  Bunda  ushbu 

kotxonada muhit pHi  12—13 ga teng suvlar ajraladi. Bu suvlar tarkibida 

5—6%  S 0 2 gazlari bo'lgan tutun gazlari bilan tarelkali  kolonnalarda 

neytralizatsiya  qilinadi.



Nazorat  uchun  savollar:

1. Oqova suvlami kimyoviy tozalash usullariga qaysi usullar kiradi?

2.  Neytrallash  usuli  qanday amalga oshiriladi  va jarayonda  qaysi 

reagentlar  qo‘llanlladi?

3.  Oqova  suv  tarkibidagi  kislotalami  neytrallash  uchun  qaysi 

reagent  keng  qo‘llaniladi?



204

www.ziyouz.com kutubxonasi



4.  Ishqoriy oqova suvlar qaysi reagentlar ishtirokida neytrallanadi?

5. Neytralizatsiya jarayoni qanday qurilmalarda amalga oshiriladi?



Oksidlash  va  qaytarish

Oqova suvlarni tozalash uchun quyidagi oksidlovchilar qo'llaniladi: 

gazsimon va suyuq xlor,  xlor  dioksidi,  kalsiy xlorit,  kalsiy gipoxlorid, 

kaliy  perm anganat,  kaliy  bixrom at,  vodorod  peroksidi,  havo 

kislorodi, ozon va boshqalar.

Oksidlash jarayonida oqova suvdagi zaharli birikmalar zararsiz holgacha 

parchalanadi va ular suvdan ajiatiladi. Oksidlash jarayonida katta miqdorda 

reagentlar sarf bo‘ladi.  Shuning  uchun bu usul qolgan boshqa  usullar 

yordamida  oqova  suvni  zararsizlantirishning  iloji  bo'lmagandagina 

qo‘llanilanadi.  Masalan, oksidlash usuli sian,  mishyak birikmali oqova 

suvlarni zararsizlantirish lozim bo‘lganda qo‘llanilishi mumkin.

Har  bir  oksidlovchining  oksidlash  potensiali  bo'lib,  ulaming 

aktivligi shu ko‘rsatkich orqali belgilanadi.  Oksidlovchilaming ichida 

ftor eng  aktivdir,  ammo  uning toksik xususiyati  ftomi  suv tozalash 

jarayonida keng ishlatish  imkonini bermaydi.

Qolgan  oksidlovchilaming  oksidlash  potensiali  quyidagicha: 



Ozon—2,67,  xloi-0,94,  H20 2-0 ,6 8 ,  KMn04-0 ,5 9

Xlor  bilan  oksidlash.  Xlor  va  xlorli  birikmalar  keng  tarqalgan 

oksidlovchilar  qatoriga  kiradi.  Ular  oqova  suvda  H 2S,  gidrosulfid, 

metil-oltingugurt  birikmalari,  fenol,  sian  birikmalari  uchraganda 

yaxshi natija beradi. Xlor suvga solinganda erib, aktiv formadagi xlor 

hosil bo'ladi va u oqova suvdagi birikmalami oksidlaydi.  Xlor suvga 

solinganda vodorod oksoxlorat va HC1 kislotasi hosil bo‘ladi:



c i

2+

h

2

o

->

h o c i

+

h c i

Keyinchalik 



HOS1 

kislotasining  dissotsiatsiyasi  sodir bo‘ladi:



H O C l^ > H ++OCl-

Bunda 


Cl2+HOCl+OCl- 

yig‘indisini  erkin  «aktiv xlor»  deb ataladi.

Sianidlami oqova suvda zararsizlantirish jarayoni ishqoriy muhitda, 

pH=9  da  olib  boriladi.  Sianidlami  elementar  azotgacha  oksidlash 

mumkin:

CN  + 20H + C 12-> C N 0 + 2 C 1 + H 20

205

www.ziyouz.com kutubxonasi



19.4-rasm.  Oqova  suvlarni  xlorlash  usulida  tozalash:

1 - o ‘rtalagich;  2,5-nasos;  3—ijektor;  4—sig‘im.

Xlorlash jarayoni sig‘imda olib boriladi.  Ijektorda gazsimon xlor 

oqova suv bilan aralashib sirkulatsion sistemaga qo'shiladi.  Suv to'liq 

tozalangandan  keyin  sistemadan  chiqarilib,  keyingi  bosqichga 

yuboriladi.

2 C N 0 + 4 0 H -  +3C12-> C 0 2+ 6 C 1 + N 2+2H 20

«Aktiv  xlor» manbayi  sifatida kalsiy xlorat,  gipoxlorit,  xloratlar, 

xlor dioksidi bo'lishi mumkin.  Kalsiy xlorat quyidagicha olinadi:

Ca(OH)2+C l2 ->C a0C l2+ H 20

Gipoxlorit  esa quyidagicha olinadi:



Ca(OH)2+2C l2  ->  Ca(C10)2+CaCl2+ 2H 20

Sianidlami  «aktiv  xlor»  bilan  oksidlanishini  quyidagicha  ohb 

borish  mumkin:

CN  +OC1-  ->CNO  +С Г  (a)

CNO  +2 H 20->  C 0 3’2+N  H4+

Gidroliz tezligi  muhit  pH  iga  bog'liq.  Muhit  pH=5,3  bo'lganda 

bir  sutkada  sianidlami  80%i  gidrolizlanadi.  Bunda  ikki  bosqichda 

sianidlar N2 va C 0 2 gacha oksidlanadi.  1-bosqichda reaksiya (a) bo'yicha 

boradi.  Keyingi bosqich quyidagi reaksiya bo'yicha boradi:

2 C N O +ЗО С1+ H 20 -> 2 C 0 2+ N 2+ 2 0 H   +3C1-  (b)

Reaksiya  davomida  muhit  pH =8—11  atroflda  bo'lishi  kerak. 

Oksidlanish  jarayoni  qanday  borganini  qoldiq  «aktiv  xlor»ning 

konsentratsiyasiga  qarab  baholanadi.  Ishlatiladigan  kalsiy  xloratda 

«aktiv  xlor»  miqdori  33%  gacha bo'lishi  kerak,  gipoxlorit kalsiyda

206

www.ziyouz.com kutubxonasi



esa  60%  gacha.  Oksidlash  uchun  kerak  bo'ladigan  reagentlaming 

miqdori X,  (kg/sut)  quyidagi  formula  orqali  topiladi:



X,=Xa +Qn/a

bu  yerda,  XC1  —  sianidlami  oksidlanishi  uchun  kerak bo'ladigan  «aktiv xlor* 

ning  sarfi,kg/m-1;

Q — suv sarfi,  m ’/sut;

n -   reagentni ortiqcha berish k oeffitsien ti(n = l,2-l,3);

a —  reagentdagi  «aktiv xlor»  ning miqdori, birlik ulushda.

Vodorod peroksidl yordamida oksidlash. Vodorod peroksidi rangsiz 

suyuqlik bo‘lib, suv bilan barcha nisbatlarda aralashadi. U oqova suv 

tarkibidagi  nitritlami,  aldegidlami,  fenollami,  sianidlami,  aktiv 

bo'yoqlami, hamda oltingugurt tarkibli chiqindilami oksidlash uchun 

qo'llaniladi.  Sanoatda 85—95%li vodorod peroksidi ishlab chiqiladi. 

Vodorod  peroksidi  toksik  xususiyatga  ega  bo‘lib,  uning  suvdagi 

REChK =0,l  mg/1 ga teng.

Vodorod peroksidi kislotali va ishqoriy muhitda  quyidagi sxema 

bo‘yicha parchalanadi:

2bF +H20 2+2e -»2HzO

20HT+H20 2+2e-> 2 ^ 0 2 0 2 '

U  kislotali  muhitda  oksidlovchi,  ishqoriy  muhitda  qaytaruvchi 

sifatida  o‘zini kengroq namoyon etadi.  Kislotali muhitda vodorod 

peroksidi  2  valentli  temir  tuzini  3  valentli  tuzga,  nitrit  kislotasini 

nitrat kislotasiga, sulfidni sulfat ko‘rinishiga o ‘tkazadi.

Suv tozalash jarayonlarida vodorod peroksidi nafaqat oksidlovchi, 

balki  qaytaruvchi  sifatida  ham  o‘zini  namoyon  etadi.  Neytral  va 

kuchsiz ishqoriy muhitlarda vodorod peroksidi xlor  va gipoxloritlar 

bilan  oson birikib,  ulami xloridlaiga  aylantiradi:

H20 2+C l2- > 0 2+2HCl

N aC 10+H 20 2-> N a C l+ 0 2+ H 20

Ushbu reaksiya suvni dexlorlash jarayonlarida qo'llaniladi. Ortiqcha 

vodorod peroksidi  marganets dioksidi yordamida ajratib olinadi: 


Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling