Muhokama uchun savollar:
Turkman adabiyotida keng ko’lamli tarixiy romanning nomini ayting.
O’zbek ijodkorlari bilan turkman adabiyoti taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shgan va qo’shayotgan adiblar haqida fikringizni bildiring.
9-Amaliy mashg’ulot: Maxtumquli she’riyati
Darsning maqsadi: Turkman mumtoz adabiyotining yirik vakili Maxtumquli she’riyati haqida tushuncha berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Maxtumqulining lirik she’rlari haqida so’zlaydi.
2. Shoir she’rlarida axloq-odob masalalariga alohida e’tibor berganligi to’g’risida fikr bildiradi.
3. Maxtumquli she’rlarining ikkinchi tomoni –vatanparvarlik pafosi bilan katta mavqe’ga ega ekanligi to’g’risida so’z yuritadi.
Ishni bajarish tartibi:
Shoir she’rlaridagi vatanparvarlik g’oyalarini aniqlash, she’rlarini o’rganish;
Shoir she’riy to’plamlarining o’zbekcha tarjimalarini aniqlash;
Maxtumquli ijodidagi nasihatgo’ylik motivlari o’rin egallagan she’rlarini o’rganish;
Mashg’ulotni yakunlash.
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Maxtumquli yashagan davrdagi tarixiy sharoitni izohlang.
2. Maxtumquli she’rlarining o’ziga xos tomonlari haqida so’z yuriting.
3. Shoirning adolat va vatanapvarlik to’g’risidagi she’rlariga baho bering.
Asosiy adabiyotlar:
Turkman shoirlari. -T.: 1963 y. 16-21- b.
Maxtumquli. She’rlar. -T.: 1976 y. 13-14- b.
R. Inog’omov. Adabiy qardoshlik taronalari.-T.: 1972 y.
10 -mavzu: Berdi Kerboboev
Do'stlaringiz bilan baham: |