Mijozlar haqida ma’lumot tizimi bilan integratsiya
|
Ko‘plab yetkazib beruvchilar - ko‘plab mijozlar Markaz - mijoz Mijozlarning ilova va jarayonlari bilan birlashtirilgan elektron biznes xizmatlari (dasturlar)
Asos - Internet, tadbirlarga asoslan gan boshqaruv Sust bog‘liq dasturlar va xizmatlar Barcha darajalarda to‘liq integratsiya
|
Axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi Internet tizimlari eng yaxshi qaror qabul qilish uchun mijoz tomonida ma’lumotlarning avtomat- lashtirilgan integratsiyasi. Insonning ishtiroki intellektual faoliyat va qarorlarni optimal- lashtirish bilan chegaralanadi
|
Uchinchi avlod elektron biznes tizimlarida asosiy e’tibor provayderdan mijozga o‘tadi. Kompaniyalar o‘zlarining ma’lu- motlarini mijozlar va yetkazib beruvchilarning ma’lumotlari bilan integratsiyalash samaradorligi bo‘yicha o‘zaro raqobat- lashadi. Kompaniyaning muvaffaqiyatiga nafaqat biznes-jarayon- lar va qarorlarni qabul qilish tizimini avtomatlashtirish va optimallashtirish, balki mijozlar va yetkazib beruvchilarga o‘zlarining qaror qabul qilish jarayonini tezlashtirish, avtomatlashtirish va optimallashtirish uchun ma’lumot berish orqali erishiladi .
Uchinchi avlod tizimlarida nafaqat biznes va axborot yetkazib beruvchilarning biznes-jarayonlarini ta’minlash, balki mijoz faoliyatining bir qismi ham avtomatlashtirilgan bo‘ladi. Mijoz uchun foydalari oydinlashadi: axborot integratsiyasini avtomatlashtirish va uning talqini katta hajmi qo‘yish mumkin hamda shu asosda ma’lumotlarni qarorlar qabul qilish jarayonlarini takomil- lashtirish.
Uchinchi avlod elektron biznesi inson resurslaridan maqbul foydalanishni o‘z ichiga oladi . Aqlli o‘zaro ta’sirlashadigan ilovalar tufayli, ular hal qiladigan vazifalar faqat xodimlar ulush- iga - tahlil qilish, tajribadan foydalanish, alohida vaziyatlarni hal qilish uchun qoladi.
Elektron biznesning asosiy turlari
Elektron biznes - bu raqamli formatga o‘tgan va hozir- da Internetda ishlaydigan turli xil biznes yo‘nalishidagi kom- paniyalarning yirik to‘plamidir. Kompaniyaning elektron yoki boshqa turdagi biznesga kiritilishi ishlatilayotgan texnologiyalar bilan emas, balki ushbu kompaniya faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi.
Quyidagi elektron bizneslar Internetda hayotiyligini asoslagan.
2.2.4-jadval
Elektron biznesning asosiy turlari
Do'stlaringiz bilan baham: |