Talabalarning malakaviy amaliyot jarayonida bajargan
ishlarini hisobga olish.
Malakaviy amaliyot davrida talabalar olib borgan o‘quv-tarbiyaviy ishlari, kuzatishlari bo‘yicha kundalik daftar yuritadilar. Unda amaliyot dasturi bo‘yicha olingan topshiriqlarning bajarilishi haqidagi ma’lumotlar, o‘quv-pedagogik tavsifnomaga taalluqli ma‘lumotlar ifodalanadi. Amaliyot yakunida hisobotlar tayyorlashda talabalar daftardan foydalanadilar. Malakaviy amaliyot yakunida talabalar guruh rahbariga belgilangan tartibdagi hujjatlarni topshiradilar:
Kafedraning amaliyot yakuni bo‘yicha yig‘ilish qarori.
Pedagogik amaliyot Nizomi.
Kundalik.
Mashg‘ulot-ishlanma ( ko‘rgazmasi bilan)
Pedagogik jarayonlarni kuzatish va tahlil qilish daftari.
Pedagogik kengash qaroridan ko‘chirma.
Hisobot.
Albom
Amaliyot rahbari maktabgacha va boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasining o‘qituvchilaridan iborat komissiya taqdim etilgan hujjatlar va tavsifnomaga asosan talaba bajargan ishlarga baho qo‘yadi. Talabalarning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga asosan baholanadi. Pedagogik amaliyotining yakuniga bag‘ishlab makatabgacha ta’lim tashkilotida yig‘ilish, institutda esa yakuniy konferentsiya o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |