M. S. Maxmudova Logopediya (Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar)


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/70
Sana21.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1217689
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70
Bog'liq
logopediya

Yon sigmatizm. Sirg‘aluvchi yoki shovqinli tovushlar ikki xil ohangda 
talaffuz etiladi: tilning uchi alveolalarga taqalib turadi, tilning qolgan qismi esa 
qirra bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘ida yotadi va bir tomoni bilan orqa jag‘ tishlari tomon 
ko‘tariladi, havo oqimi tilning yonidan o‘tadi, natijada yoqimsiz tovush paydo 
bo‘lib, havo oqimi yon tomondan chiqadi. Bu l tovushi talaffuziga o‘xshaydi. Yon 
sigmatizm bir tomonli yoki ikki tomonli bo‘lishi mumkin. 
6. Burun sigmatizmi. Nutqning bunday nuqsonida sirg‘aluvchi va shovqinli 
tovushlar talaffuzi paytida tilning orqa qismi yumshoq tanglay pastga tushishi 
natijasida havo oqimi burun orqali chiqadi va x tovushiga o‘xshash, beo‘xshov 
tovush paydo bo‘ladi. 
 
S tovushi
frikat
shovqinsiz til oldi
undosh 


86 
S, Z tovushlari. Bu tovushlar sirg‘aluvchi tovushlar gruppasiga kiradi. 
Ularning talaffuzidagi kamchiliklarni to‘g‘rilash, yuqorida qayd etilganidek, 
bolada bu tovushlarni eshitib, ularni bir-biridan farqlash malakalarini 
rivojlantirishdan boshlanadi. So‘ngra artikulyatsion mashqlar o‘tkaziladi. Keyin 
esa shu tovushlarning to‘g‘ri artikulyatsiyasi o‘rgatiladi. S tovushining talaffuzida 
artikulyatsion apparat quyidagi holatda bo‘ladi (7-rasm): 
– talaffuz vaqtida lablar iljaygansimon ochiq; 
– pastki va ustki tishlar esa bir-biriga tegar-tegmas darajada yaqin holatda 
bo‘ladi; 
– tilning uchi yoyilib, yuqori milkka tegar-tegmas holatda bo‘ladi, ya’ni 
tilning sathi bilan qattiq tanglay orasidagi masofa torayib boradi, yumshoq 
tanglay esa biroz ko‘tariladi. 
Havo oqimi til va yuqori milkdan sirg‘alib chiqadi. 
Z tovushining talaffuzi s tovushi artikulyatsion holatiga o‘xshashdir, faqat 
unga ovoz qo‘shiladi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling