M. S. Maxmudova Logopediya (Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar)


Til orqa va chuqur til orqa tovushlari talaffuzidagi kamchiliklar


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/70
Sana21.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1217689
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   70
Bog'liq
logopediya

Til orqa va chuqur til orqa tovushlari talaffuzidagi kamchiliklar
Talaffuz vaqtida k, q tovushlari hosil bo‘lmasa kappatizm, g, g‘ – 
gammatsizm, x, h – xitizm deb ataladi. Ushbu tovushlar nutqda boshqa 
tovushlarga almashtirilsa parakappatsizmparagammatsizmparaxitizm deb 
ataladi. 
Til orqa va chuqur til orqa tovushlari talaffuz qilinganda artikulyatsion a’zolar 
holati quyidagi holatda bo‘ladi. 
K-G tovushi talaffuz qilinganda tilning orqa qismi yumshoq tanglay 
tomon yoysimon shaklida ko‘tarilib, pastki tishlarga tegib turadi. Qattiq tanglay 
bilan tilning o‘rta qismi orasidagi masofa torayadi. SHu masofadan siqilib, kuch 
bilan yorib chiqqan havo k va g undosh tovushini hosil qiladi. 
X tovushi talaffuzi vaqtida lablar va tishlar oralig‘i o‘rta va orqa qismi 
yoysimon shaklda yuqori tomon ko‘tariladi va tanglayga tegib turadi. Qattiq 
tanglay bilan tilning oxirgi qismi o‘rtasida ma’lum oraliq hosil bo‘ladi. Yumshoq 
tanglay esa biroz ko‘tariladi. Tilning orqa qismi va yumshoq tanglay oralig‘idan 
sirg‘alib o‘tgan havo to‘lqini yumshoq tanglayni titratib shovqin hosil qiladi. 

tovushi
undosh
jarangsiz
til orqa
yumshoq


96 
1. 
H tovushi talaffuzi vaqtida artikulyatsiya organlari avvalgi tovushdek 
bo‘lib, butun nutq a’zolari erkin holatda bo‘ladi. Chiqayotgan havo oqimi hech 
qanday to‘siqqa
uchramay, h undosh tovushini hosil qiladi. 
tovushi talaffuzi vaqtida tishlar oralig‘i bir barmoq kengligida ochiq bo‘lib,
lablar erkin holatda turadi. Tilning chekka qismi yuqori tishlar qatoriga tegib 
turadi.
Tilning orqa qismi va o‘zagi yoysimon shaklda egilib, yumshoq tanglayga 
tegib turadi. Bunda til o‘zak tomon tortilib, til bilan qattiq tanglay orasidagi 
masofa torayadi.
1. 
Havo oqimi toraygan masofani yorib, shovqinli q tovushini hosil qiladi. 
G’ tovushining talaffuzi paytida tishlar oralig‘i q tovushi talaffuzi 
vaqtidagidan kengroq ochilib, til uchi pastki tishlar qatoriga tegib turadi. Lablar q 
tovushidagidek ikki yonga tomon biroz tortiladi. Qattiq tanglay bilan til yuzasi 
oralig‘idagi masofa bir tekisda bo‘lmaydi. Chiqayotgan havo oqimi til orqa qismi 
va yumshoq tanglay orasidan sirg‘alib chiqib, ko‘tarilgan yumshoq tanglayni 
tebratadi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling