97
Parakappatsizmda
k, q tovushlari
t va
x tovushlariga almashtirilishi nazarda
tutilib, yuqorida bayon etilganlardan tashqari
k, q va
t, k, q va
x tovushlarini bir-
biridan farqlash bo‘yicha og‘zaki va yozma mashqlar o‘tkaziladi.
Xitizmni tuzatish. X tovushini hosil qilishda bolaga
sa-sa-sa bo‘g‘inini
aytish taklif etiladi, shu vaqtning o‘zida maxsus
zond yordamida tilning uchi
bosilib, orqaga bir oz itariladi. Bunda avvalo sya, so‘ngra til biroz ichkariroq
itarilganda, xa bo‘g‘ini eshitiladi.
X tovushining artikulyatsiyasi aniq hosil
bo‘lgandan so‘ng mexanik vositalar yordamisiz
x tovushini
talaffuz etish tavsiya
qilinadi va u bo‘g‘in, so‘z, gaplarda va she’rlarda mustahkamlanadi.
Paraxitizmda
x tovushi
t va
k tovushlariga almashtirilishi
nazarda tutilib,
yuqorida bayon etilganlardan tashqari
x va
t,
x va
k tovushlarini bir-biridan
farqlash bo‘yicha og‘zaki va yozma mashqlar o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: