M. S. Maxmudova Logopediya (Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar)


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/70
Sana21.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1217689
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   70
Bog'liq
logopediya

Yopiq rinolaliyada olib boriladigan logopedik ishning samaradorligi burun-
halqum holatiga, uning funksiyasiga va bolaning yoshiga bog‘liq. 
Logopedik mashg‘ulotning boshlang‘ich davrida nafas mashqlarini olib 
borish tavsiya etiladi. Bundan maqsad og‘iz va burundan nafas olish nafas 
chiqarishni differensiatsiya qilishdir. Bu mashqlar avval puflashdan boshlanib
keyin burundan qisqa va chuqur nafas chiqarish bilan almashtiriladi. SHu bilan 
birgalikda yumshoq tanglay va halqumning orqa devor muskullari harakatini
nafas chiqarishni muvofiqlashtirish ustida ish olib boriladi. Bu mashqlar m, n 
burun tovushlarining talaffuzini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va mustahkamlashga 
imkon yaratadi. Yakunlovchi davrda unli tovushlarni jarangdorligi va burun 
tovushlariga qarama-qarshi qo‘yilgan tovushlar (p, b-m; t, d-n) ustida ish olib 
boriladi.
Ochiq rinolaliya. Rinolaliyaning ochiq formasiga og‘iz bo‘shlig‘ida hosil 
bo‘luvchi tovushlar dimog‘da talaffuz etiladi. 
I va u unli tovushlarida tembr sezilarli darajada o‘zgaradi, bu unli tovushlar 
artikulyatsiyasida og‘iz bo‘shlig‘iga hamma tovushlar artikulyatsiyasiga ko‘ra 


106 
toraygan bo‘ladi. A unli tovushlar talaffuzida yuqoridagi holat kamroq uchraydi, 
chunki bu tovush talaffuzida og‘iz bo‘shlig‘iga kengroq ochiladi.
Undosh tovushlar talaffuzida tembr buzilishlari kuzatiladi.
SHovqinli va qorishiq tovushlar talaffuzida xirillagan tovush qo‘shilib keladi. 
Portlovchi p, b, t, k va g tovushlari noaniq talaffuz qilinadi, chunki og‘iz 
bo‘shlig‘ida yetarli darajada havo bosimi hosil bo‘lmaydi, natijada burun 
bo‘shlig‘i to‘liq bekilmaydi. 
Ochiq rinolaliyani aniqlash uchun funksional tekshirish usullari mavjud. Eng 
oddiy tekshirishlardan biri Guttsman usulidir. Bunda logoped bolaga galma-gal

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling