M. S. Maxmudova Logopediya (Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar)


-bosqich. Oralpraksisni rivojlantirish


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/70
Sana21.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1217689
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   70
Bog'liq
logopediya

2-bosqich. Oralpraksisni rivojlantirish. Diafragmal nafas olishni 
rivojlantirish bo‘yicha qilinadigan ishlar bilan parallel ravishda unli va undosh 
tovushlar artikulemasiga oid artikulyatsion apparat gimnastikasi o‘tkaziladi. 
Nutqning aniqligi ko‘p jihatdan unli tovushlarning tG‘
ғri talaffuziga boғliq. 
Shuning uchun unli tovushlarni talaffuz qilish vaqtida artikulyatsion organlar 
holati diqqat bilan kuzatib boriladi. Bu o‘rinda ham asosiy e’tibor til uchining 
holatiga qaratiladi. Uni dastlabki davrlarda barcha unli tovushlar artikulemasini 
tayyorlashda pastda ushlab turish lozim. Bu usul og‘iz bo‘shlig‘ining hajmini 
kattalashtirishga yordam beradi, hamda havo qatlamining og‘iz bo‘shlig‘i orqali 
o‘tishi uchun imkoniyatlarni ta’minlaydi. Muskullar, paylar o‘rtasidagi o‘zaro 
bog‘liqlik sababli unlilar artikulyatsiyasida lablar holatining o‘zgarishi tabiiy yo‘l 
bilan har bir alohida tovush uchun tilni to‘g‘ri holatga olib keladi. Gimnastika unli 
tovushlar artikulyatsiyasini o‘rganishdan boshlanadi. Bu artikulyatsiya 
xarakteridagi mashqlar 1-jadvalga kiritiladi.


115 
Tayyorgarlik bosqichida asosiy vazifa og‘izdan nafas olishni 
shakllantirishdan iborat. Shuning uchun ham barcha artikulyatsion mashqlar 
ovozni jalb qilmasdan amalga oshiriladi. Bola hali o‘zi bajarayotgan mashqlar 
unli tovushlar artikulemalari hisoblanishini bilmaydi. Bu vaqtda logopedga 
artikulemalar ukladini aniqlashtirish va yaxshilash imkoniyatini beradi. 
SHakllanayotgan artikulyatsiyalarni rinolalik bola sinestetik tarzda eslab qoladi. 
Bu holatda artikulema va uning rasmi o‘rtasidagi shartli refletor 
munosabatlari o‘rnatiladi va u rasmga tayangan holda tovushni shivirlab erkin 
talaffuz qila boshlaydi. Logopedning tushuntirishi bolani talaffuz organlarining 
aniq holati bilan, havo qatlamining og‘iz orqali yo‘naltirilishi bilan shakllantirib 
boriladi. 
Artikulemaning shakllanishida mashqlarni ortiqcha zo‘riqishlarsiz 
bajarishga e’tibor qaratish hamda yuz va mimik muskullar sinkneziyasining 
paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. 
Artikulyatsion gimnastika tamoyili qo‘shimcha artikulyatsion mashqlar 
(bevosita nutq tovushlari, artikulemani yuzaga keltirmaydigan) dan foydalanishga 
imkon beradi. Masalan, bolada rinolaliya va dizartriya qo‘shilganda til yuqoriga 
ko‘tarilganda u chap tarafga ketadi. Bu tilning o‘ng tomonidagi paylar chap 
tarafdagiga nisbatan kuchsizroq ekanligidan darak beradi. Bu o‘rinda tilning o‘ng 
tarafidagi paylar kuchini rivojlantirish va mustahkamlashga oid tegishli 
mashqlarni bajarish tavsiya qilinadi. Buning uchun bolaga tilni tishlarning chap 
tomondagi pastki va yuqori qismiga tekkizish, til bilan chap lunjni siypalash taklif 
qilinadi. Bu esa tilning o‘ng tomonidagi paylarga ko‘proq vazifa yuklaydi. Tilning 
chap tomonidagi paylar zaifligida ko‘rsatilgan barcha mashqlar tilning chap 
tomoniga ko‘proq vazifa yuklashni hisobga olgan holda bajariladi. Qarama-
qarshilikni bartaraf qiluvchi mashqlar samarali hisoblanadi. Masalan, tilning o‘ng 
tomoni nisbatan zaif bo‘lganda boladan tilni chiqarish va chap tarafga yo‘naltirish 
so‘raladi. Bunga logoped tilning o‘ng tarafi paylariga ko‘proq vazifa yuklash 
uchun shpatel bilan tilni bosgan holda qarshilik ko‘rsatadi. 


116 
Artikulyatsiya paytida til, lablar va yuz muskullarini, paylarning erkin 
harakatini yaxshilash uchun bolaga qayerda va qaysi muskulni nisbatan 
zo‘riqtirish haqida so‘zlab berish maqsadga muvofiq. Bola bu jarayonda ishtirok 
etayotgan organlar harakatini his qilishi, Shuningdek, bu holatni kinestetik tarzda 
va oynadan foydalangan holda eslab qolishi lozim. 
Bu holatni bola yana ham aniqroq his qilishi uchun bolaga mexanik tarzda 
yordam berish mumkin. Masalan, tilni sterillangan doka salfetka bilan ushlagan 
holda kerakli til ukladi amalga oshiriladi. 
Artikulyatsion praksisni shakllantirishda artikulyatsiya organlari paylari 
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni hisobga olish lozim bo‘ladi. Buning uchun 
quyidagi usullardan foydalanish tavsiya qilinadi. Masalan, ma’lumki, 
ko‘rinishdagi artikulyatsiya ukladini shakllantirish uchun tilni og‘izning 
chuqurroq tomoniga harakatlantirish kerak. Buning uchun og‘iz burchaklari 
mexanik usul bilan oldinga harakatlantiriladi. Aksincha, og‘iz burchaklari 
chekkaga harakat qilinganda til oldinga harakatlantiriladi. 
Ko‘rsatilgan usullarni ko‘rish nazorati yordamida amalga oshirish lozim 
(oyna oldida mashq qilish nazarda tutilmoqda). 
Bu esa o‘z navbatida bolaga u yoki bu paylar guruhining harakatini va Shunga 
tegishli paylar zo‘riqishini va ularni o‘zaro differensiatsiya qilishni his qilishga 
va anglashga yordam beradi. 
Shunday qilib, logopedik ishlarning tavsiya qilinayotgan tizimida 
artikulyatsiya organlarining maxsus gimnastikasidan foydalaniladi (faqatgina 
nutq tovushlari uchun zarur bo‘ladigan harakatlar mashq qilinadi); shu bilan bir 
vaqtda artikulyatsion praksisni rivojlantirishga yordam beradigan qo‘shimcha 
mashqlar ham ko‘zda tutiladi. 
Artikulyatsion praksisni rivojlantirish nutqiy nafas olishni rivojlantirish bilan 
bir vaqtda amalga oshiriladi.
Tayyorgarlik bosqichida tovushlar talaffuzidagi ishlarning izchilligi. 


117 
Unli tovushlar artikulemalari quyidagi izchillikda shakllanadi: a, e, o, u, i, ya, 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling