M. S. Maxmudova Logopediya (Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar)


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/70
Sana21.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1217689
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70
Bog'liq
logopediya

ye, yuYa, ye, yo, yu tovushlari y tovushining tegishli unli tovush (a, e, o, u) 
bilan qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Y tovushi diftongning birinchi qismida ham
ikkinchi qismida ham nafas chiqarishning yo‘nalishini kuzatib borishga yordam 
beradi. 
Undosh tovushlar. Unli tovushlar artikulemalari bilan tanishgandan keyin 
jarangsiz undosh tovushlar artikulemalari asosida og‘izdan nafas chiqarishni 
rivojlantirish bo’yicha mashqlar boshlanadi. Unlilar artikulemalari ustida ishlash 
ularni shivirlab talaffuz qilishda davom ettiriladi. 
Bunday izchillik og‘izdan erkin nafas olish ko‘nikmasini mustahkamlash va 
talaffuz organlari faollashganda tovushlarni avtomatlashtirish imko-nini beradi. 
Bolaning butun diqqat-e’tibori artikulema va og‘izdan nafas chiqarishning 
yo‘naltirilganligiga qaratiladi. Eshitilishiga esa diqqat jalb qilinmaydi. Bolada 
jarangsiz undosh tovushlarning artikulyatsiya ukladini logoped artikulyatsiyasiga 
ko‘rish taqlidi, og‘zaki tushuntirish asosida hosil qilish mumkin (lablarning, 
tilning holati va og‘izning ochilish darajasi yozib beriladi). Bola tovush jarangini 
eshitmasligi lozim.
Ishning tayyorgarlik bosqichida jarangsiz frikativ undoshlar quyidagi 
izchillikda shakllanadi: f, s, sh, x
Undosh tovushlarni shakllantirish ishlari artikulyatsiyasi buyicha nisbatan 
qulay bo‘lgan f tovushidan boshlanadi. Ushbu tovushni talaffuz qilishning 
davomiygi bolaning e’tiborini og‘izdan nafas chiqarishga qaratish va nazorat qilib 
borishga imkon beradi. 
Portlovchi tovushlar guruhi bu borada birmuncha murakkabdir. Shuning 
uchun ular ustida ishlash kechroq o‘tkaziladi. 
II. Asosiy davr. Bu davrda 3 bosqich bo’yicha quyidagi ishlarni olib borish 
nazarda tutiladi: 
1-bosqich – og‘iz orqali uzoq nafas chiqarishda ovozni qo‘shish; 
2-bosqich – portlovchi undosh tovushlarni realizatsiya qilishda og‘izdan 
qisqa nafas chiqarishni shakllantirish; 


118 
3-bosqich – sanor tovushlar va affrikat tovushlar guruhi talaffuzini 
shakllantirishda uzun va qisqa xarakterdagi og‘izdan hamda burundan nafas olish 
va chiqarish differensiatsiyasi. 
Bu davrdagi mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad ham birinchi bosqichdagi 
singari, ya’ni artikulemalarni rivojlantirish bilan bir vaqtda to’g‘ri nutqiy nafas 
olishni shakllantirishdan iborat. 
1-bosqich frikativ tovushlar ustida ishlash jarangsiz undosh tovushlar 
shakllanguncha davom etadi. Chunki o‘rganilgan barcha artikulemalar bir xil, 
ya’ni og‘izdan uzoq nafas chiqarishda realizatsiya qilinadi. 
Birinchi bosqichning maqsadi – bolaga og‘izdan uzoq nafas chiqarishda 
ovozni jalb qilishni o‘rgatish. 
Ovozni jalb qilishni unli tovushlar artikulyatsiyalarida mashq qilish 
mumkin. Ammo bu boradagi ishni undosh f tovushi talaffyzidan boshlash 
maqsadga muvofiqdir (bola f va v tovushlarini differensiatsiya qilishi mumkin). 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling