M. S. Maxmudova Logopediya (Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar)
V tovushini talaffuz qilish chog‘ida ovozning ishtirok etganligini aniqlash uchun bola jarangsiz f
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
logopediya
V tovushini talaffuz qilish chog‘ida ovozning ishtirok etganligini aniqlash
uchun bola jarangsiz f va jarangli v tovushini talaffuz qilishda halqumning harakatidagi farqni kuzatishi lozim. Buning uchun taktil - vibratsiya nazoratidan foydalaniladi. Bolaning ko‘rsatuv barmog‘i logopedning bo‘g‘ziga (qalqonsimon kemirchakning ustiga) qo‘yiladi. Logoped f tovushi talaffuzida ovozsiz nafas olganda halqum yumshoq, ovoz qo‘shib talaffuz qilganda esa (v tovushini) halqum taranglashadi va oldinga harakatlanadi. Ushbu zo‘riqish, taranglik ovoz eshitilib turgan butun jarayon davomida ushlab turiladi. Ushbu holat mexanizmi bolaga qulay shaklda tushuntiriladi, ya’ni bu zo‘riqishning sababi Shundan iboratki, ovoz to‘qimalari, birikmalari yaqinlashadi va halqumni oldinga harakatlantiradi. Bola bu jarayonni o’zida ham kuzatishi (ko‘rsatish barmog‘ini halqumga qo‘ygan holda) va uni eslab qolishi lozim. 2-bosqich - ushbu bosqichda og‘izdan nafas chiqarishning ikkinchi turi, ya’ni og‘izdan qisqa nafas chiqarish shakllantiriladi. Bolaning diqqat-e’tiborini chiqarilayotgan havo oqimining bir lahzalik va keskinligiga, shiddatliligiga qaratish lozim. 119 Nafas chiqarishning ushbu turini o’zlashtirish p, b, t, d, k, g tovushlarining shakllanishi jarayonida yuzaga keladi. P tovushini talaffuz qilish uchun bola lablarini yumgan holda Shunday nafas olishi kerak-ki, chiqarilayotgan havo oqimi shiddatli, tez bo‘lib, kaftdan paxtani surib yuborsin. Shundan keyin shu tarzdagi nafas chiqarish qayd qilinadi, ammo bu safar b tovushi uchun ovozning ishtirokida amalga oshiriladi (ovoz ishtiroki ustidan nazorat ham shu singari). T tovushini talaffuz qilishda esa asosiy e’tibor yuqori tishlar orqasidagi tilning holatiga va uning yuqori alveolalarga mustahkam siqilganligiga qaratiladi. Shundan keyin t va d tovushlari ustida ish olib boriladi. K tovushi uning artikulyatsiyasini yozish va ko‘rsatish asosida amalga oshiriladi. Bolaga tilning uchini til ostidagi birikma oldiga harakatlantirib va ushlab, og‘zini sekin yopgan holda og‘izdan nafas chiqarish taklif qilinadi. Ushbu artikulyatsiyani birmuncha obrazli qilib tasvirlash uchun bola tilini o‘z qo‘lining mushtini bukkani singari bukishi (qo‘li bilan pastga) mumkin deb tushuntiriladi. Agar bu holat muvaffaqiyatli chiqmasa k tovushini t tovushidan farqlashdagi singari umum qabul qilingan metodikadan foydalanish mumkin. Shundan keyin g tovushini hosil qilish ustida ish olib beriladi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling