M. S. Maxmudova Logopediya (Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar)


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/70
Sana21.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1217689
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   70
Bog'liq
logopediya

 


41 
Tayanch tushunchalar: 
1. 
Kompensatsiya-o’rnini qoplash. biror psixik funktsiya qisman yoki to’la 
ishdan chiqqanda, uning vazifasini boshqa kuchli rivojlangan sog’ funktsiyalar 
bajaradi. 
2. 
Logopediya termini grekcha logos (so’z, nutq) peydeo (tarbiyalayman, 
o’qitaman) ya’ni «nutqni tarbiyalash» ma’nosini anglatadi. 
3. Neyrofiziologiya (neyro+fiziologiya) – fiziologiyaning bir bo‘limi, nerv tizimi 
mexanizm faoliyatini o‘rganish. 
4. Patopsixologiya (pato+psixologiya) – psixologiyaning bir bo‘limi. Pixik 
faoliyatning o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi. 
 
Bob yuzasidan savol va topshiriqlar: 
1. Logopediyani fan sifatida. 
2. Logopediyaning predmeti, ob’ekti va ahamiyati nimadan iborat? 
3. Logopediya fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat? 
4. Logopediya qaysi tamoyillarni o‘z ichiga oladi? 
5. Logopediya fanining metodlarini yoriting. 
6. Logoped shaxsini ta’riflang. 
7. Logopediyada kategorial apparat tushunchasini ta’riflang. 
8. Logopediya qaysi fanlar bilan bog‘langan? 
9. Logopediyaning metodologik asoslarini sharhlang. 
10. Logopediya qaysi tamoyillarni o‘z ichiga oladi? 
11. Logopediya fanining metodlarini yoriting. 
12. Logoped shaxsini ta’riflang. 
 
 
 
 
 
 
 


42 
II BOB. NUTQ FAOLIYATINING XUSUSIY PATOLOGIYASI 
2.1. Ovoz buzilishlari. Ovoz apparati va hiqildoqning ovoz hosil qilish 
funksiyasi 
Reja
1. Ovoz va uning ahamiyati
2. Ovoz hosil bo’lishining mexanizmi
3. Ovoz apparatining akustikasi va ovozning akustik tuzilishi 
 
Ovoz - bu un naychalarining elastik tebranishi natijasida hosil bo‘ladigan turli 
xil tovushlarning o‘ziga xos xususiyatlari majmuasidir. 
Otorinolaringologiya fanining rivojlanishi sababli, foniatriya degan yangi fan, 
mustaqil bo‘lib ajralib chiqdi. Foniatriya-ovoz apparati kasalliklarini vujudga 
kelishi va ularni davolash yo‘llarini o‘rganadi. Fonopediya-logopediya fanining 
bir bo‘limi. U maxsus pedagogik yo‘llar bilan ovozni to‘g‘rilash bilan 
shug‘ullanadi. 
Fonopediya-nutq terapiyasining maxsus integratsion sohasi bo'lib, u 
funktsional va organik kasalliklarda ovozni va pedagogik tuzatish usullarini 
o'rganadi. Bu fanlarning barchasi-ovozni maxsus mashqlar bilan yo‘lga qo‘yib, 
to‘g‘rilashni bildiradi. 
Fonatsiya - fiziologik tarkibiy qismlardan tashkil topgan murakkab 
psixofiziologik jarayon hisoblanadi. Ma’lumki, ovoz hosil bo‘lishda: diafragma, 
o‘pka, bronxlar, traxeya, halqum, hiqildoq, burun bo‘shlig‘i va uning yuz, 
peshana suyaklari orasida joylashgan qo‘shimcha kovaklari ishtirok etadi. 
Hiqildoqda joylashgan ovoz boylamlari, muskullari bilan birga, ovoz hosil 
bo‘lishida til, lablar, og‘iz bo‘shlig‘i ham ishtirok etadi. Ovoz buzilishi ovoz 
apparatdagi patologik o'zgarishlar tufayli fonatsiyaning yo'qligi yoki buzilishi 
hisoblanadi. Ovoz buzilishlarini tasniflash quyidagilarga asoslangan: 
- patologiyaning harakteri, 
- uning lokalizatsiyasi, 
- etiopatogenez. 


43 
Ovozning yosh evolyutsiyasi bosqichlari 
1. Maktabgacha (0-7 yil). 
2. Mutatsiyagacha (7-13 yil). 
3. Mutatsion (13-15let). 
4. Mutatsiyadan keyingi (15-17 yil). 
5. Shakllanuvchi (17-35 yil). 
6. Dadil faoliyat (35-60 yil). 
7. Pasayib borishi (60 yosh va undan katta). 
Ovoz – bu insonning ovoz apparati hosil qiluvchi turli tovushlar yig’indisidir. 
Ovoz nutqiy, kuylovchi va shivirlovchi bo’ladi. Inson baqirishi, ingrashi, turli 
tovushlarda taqlid qilishi mumkin. Biz qanday tovushni olmaylik,barchasi fizik 
hodisa bo’lib, akustikada o’rganiladi. Tovush yaxshi o’rganilgan bo’lib, uning 
qonuniyatlari aniqlangan. Kuylovchi yoki nutqiy ovozning birgina tovushi ham 
akustik ahamiyatga egadir. Uni bilgan holda ovozning kerakli xususiyatlarini 
yuzaga keltirish mumkin. Tovush deganda akustikada tebranish va to’lqinlarning 
zich muhitda tarqalishi tushuniladi. Ovoz tovushi to’lqin ko’rinishida havo 
qismlarining tebranishidir. Bu to’lqinlar ovoz boylamlarida yuzaga kelib, ularni 
bir-biriga yaqin joylashgani, tarangligi natijasida havo oqimi o’tib, boylam osti 
bosimi yuqori va nerv impulslarining ta’sirida tebranish yuzaga keladi. Tovush 
to’lqinlari kekirdakda hosil bo’lib, faqat tashqariga emas, organizmning ichki 
to’qimalarida ham tarqalib, bosh, bo’yin, ko’krak to’qimalarida tebranish hosil 
qiladi, shunga ko’ra ovoz to’lqinlarining bir qismigina tashqarida tarqalib 
eshituvchining qulog’iga yetib boradi. +o’shiqchilarning pedagogikasida «ovozli 
nafas» degan tushuncha mavjud bo’lib, uni og’iz bo’shlig’ining turli qismlarida 
kuzatish tavsiya etiladi. SHuni esda saqlash kerakki, tovush yopiq ovoz payida 
hosil bo’lib, akustik qonuniyat asosida havoda tarqaladi. Havo esa tovushda 
aerodinamik qonuniyatlar asosida tarqaladi. 
Ma’lumki, ovoz hosil bo’lishda: diafragma, o’pka, bronxlar, traxeya, halqum, 
xiqildoq, burun bo’shlig’i va uning yuz, peshona suyaklari orasida joylashgan 
qo’shimcha kovaklari ishtirok etadi. 


44 
Xiqildoqda joylashgan ovoz boylamlari, muskullari bilan birga, ovoz hosil 
bo’lishishda til, lablar, og’iz bo’shlig’i ham ishtirok etadi. 
Diafragma va qovurg’alararo mushaklar nafas olishda faol qatnashadi. 
+ovurg’alararo muskullarning faol ishtirok etishi-ko’krak bilan nafas olishdir. 
Nafas chiqarish harakati ichki qovurg’alararo va qorin muskullarining qisqarishi 
orqali ta’minlanadi. 
O’pka-nafas olish sistemasining asosiy organlaridan biridir. O’pka bir juft 
bo’lib, konussimon tuzilgan. Ular ko’krak qafasining ikki tomonida. O’ng va chap 
o’pkaning o’rtasida traxeya, qizilo’ngach, qon tomirlari, ayrisimon bez, nerv 
tolalari, limfa tomirlari va tugunlari hamda yurak joylashgan. O’pkaning nafas 
olish va chiqarish funktsiyasini asosan alveolalar bajaradi. 
Traxeya-xiqildoqning pastki qismidan, ya’ni VI-VII bo’yin umurtqalari 
ro’parasidan boshlanib, V ko’krak umurtqasi ro’parasigacha davom etadi va shu 
joyda o’ng va chap bronxlarga bo’linadi. Uning uzunligi odamning bo’yiga qarab 
11-13 sm gacha yetadi. 
Bronxlar-ko’krak umurtqasi ro’parasida traxeyaning ikkiga bo’linishidan 
hosil bo’ladi. Bronxlar, huddi daraxt shohiga o’xshab, ko’p bronxlarga 
tarmoqlanadi va bora-bora alviola pufakchalarini hosil qiladi. 
Xiqildoq-IV-VI bo’yin umurtqalari ro’parasida joylashgan. Xiqildoq havo 
o’tkazuvchi nafas yo’li vazifasini bajaradi. U tovush hosil qiladigan apparatdir. 
Xiqildoqdan havo traxeyaga o’tadi. 
Odam gapirmay turganda hiqildoqda joylashgan ovoz boylamlari teshigi 
ochiq holda bo’ladi. So’zlashganda, kuylaganda ovoz teshiklari yopiladi va 
o’pkadan nafas bilan chiqariladigan havo katta kuch bilan ovoz boylamlariga 
ta’sir qilib, ularning tebranishi natijasida ovoz hosil bo’ladi. 
Burun bo’shlig’i-yuqori, pastki va ikkita yon devoridan tashkil topgan. 
Burundan normal sharoitda olgan va chiqargan hamma havo o’tadi. Burun 
bo’shlig’i-nafas olish, saqlash, hid bilish va rezonatorlik funktsiyasini bajaradi. 
Ovoz hosil qilishda nafas olish va rezonatorlik funktsiyasi katta ahamiyatga ega. 


45 
Burun bo’shlig’ida havo normada bo’ladi. U ovoz uchun harakatsiz rezonator 
bo’ladi, u ovozni kuchaytiradi va ovozga ma’lum tembr va kuchayish beradi. 
Burun bo’shlig’i xiqildoq tomonidan ochiq qoladi: burun bilan talaffuz 
qilinadigan undosh tovushlar m va n hamda ba’zi bir unlilar gapirilganda halqum 
ovoz rezonatori bo’lib xizmat qiladi. Xalqum, ovoz bo’shlig’i bilan unli va undosh 
tovushlarni shakllantiradigan, tembrli xususiyatlarga ega organlardir. 
Xiqildoqda asosiy tovush hosil bo’ladi, so’zlash nutqi esa tepa qo’yilgan 
trubkada hosil bo’ladi. SHunday qilib, odamning ovoz apparati o’zi bilan 
murakkab tizimni tashkil qiladi. Uning harakati natijasida tovush hosil bo’ladi. 
Ovoz apparatining barcha funktsiyalari-bir biri bilan bog’langan holda, bosh miya 
po’stlog’iga bo’ysunadi. 
Ovozning barcha ko’rinishlari vakti mobaynida uch akustik tovush 
o’lchovining o’zgarishi natijasidir. Bular: tebranish chastotasi, ularning amplitudasi 
va murakkab tovushlar tarkibi, ularning spektri, ya’ni balandligi, kuchi, tembri.
Tovush balandiligi-bu to’lqinlar harakati chastotasini sub’ektiv qabul 
qilishidir. Havo tebranishlari qanchalik ko’p bo’lsa,tovush shunchalik baland 
bo’ladi. Kekirdak aniqrog’i,ovoz boylamlari yig’iluvchi va yoyiluvchi to’lqinlar 
hosil bo’lishi mumkin bo’lgan yagona joy hisoblanadi. Boylamlarning tebranish 
vaqtida necha marta bir-biriga tegib bir-biridan uzoqlashishi va bunda qancha 
havoni chiqarish, paydo bo’lgan tovush chastotasini belgilaydi. To’lqin uzunligi 
degan tushuncha ham bo’lib, u har ikki havo bo’lagi ya’ni, boylamlar ochilishi va 
yopilishi o’rtasidagi vaqt bilan o’lchanadi. To’lqinning tarqalish chastotsi bir xil 
bo’lgani sababli (342 m) ularning to’lqinlari bir sekund ichida bosib o’tadi. SHu 
yo’sinda to’lqin uzunligi tovushning balandligini aks ettiradi. Uzun to’lqin va qisqa 
tebranish-bu past tovush, qisqa to’lqin va ko’p tebranishlar-bu baland tovushlardir. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling