86
S, Z tovushlari. Bu tovushlar sirg‘aluvchi tovushlar gruppasiga kiradi.
Ularning talaffuzidagi kamchiliklarni to‘g‘rilash, yuqorida qayd etilganidek,
bolada bu tovushlarni eshitib, ularni bir-biridan farqlash malakalarini
rivojlantirishdan boshlanadi. So‘ngra artikulyatsion mashqlar o‘tkaziladi. Keyin
esa shu tovushlarning to‘g‘ri artikulyatsiyasi o‘rgatiladi.
S tovushining talaffuzida
artikulyatsion apparat quyidagi holatda bo‘ladi (7-rasm):
– talaffuz vaqtida lablar iljaygansimon ochiq;
– pastki va ustki tishlar esa bir-biriga tegar-tegmas
darajada yaqin holatda
bo‘ladi;
– tilning uchi yoyilib, yuqori milkka tegar-tegmas holatda bo‘ladi, ya’ni
tilning sathi bilan qattiq tanglay orasidagi
masofa torayib boradi, yumshoq
tanglay esa biroz ko‘tariladi.
Havo oqimi til va yuqori milkdan sirg‘alib chiqadi.
Z tovushining talaffuzi
s tovushi artikulyatsion holatiga o‘xshashdir, faqat
unga ovoz qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: