M. S. Maxmudova Logopediya (Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar)
Til orqa va chuqur til orqa tovushlari talaffuzidagi kamchiliklar
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
logopediya
Til orqa va chuqur til orqa tovushlari talaffuzidagi kamchiliklar
Talaffuz vaqtida k, q tovushlari hosil bo‘lmasa kappatizm, g, g‘ – gammatsizm, x, h – xitizm deb ataladi. Ushbu tovushlar nutqda boshqa tovushlarga almashtirilsa parakappatsizm, paragammatsizm, paraxitizm deb ataladi. Til orqa va chuqur til orqa tovushlari talaffuz qilinganda artikulyatsion a’zolar holati quyidagi holatda bo‘ladi. K-G tovushi talaffuz qilinganda tilning orqa qismi yumshoq tanglay tomon yoysimon shaklida ko‘tarilib, pastki tishlarga tegib turadi. Qattiq tanglay bilan tilning o‘rta qismi orasidagi masofa torayadi. SHu masofadan siqilib, kuch bilan yorib chiqqan havo k va g undosh tovushini hosil qiladi. X tovushi talaffuzi vaqtida lablar va tishlar oralig‘i o‘rta va orqa qismi yoysimon shaklda yuqori tomon ko‘tariladi va tanglayga tegib turadi. Qattiq tanglay bilan tilning oxirgi qismi o‘rtasida ma’lum oraliq hosil bo‘ladi. Yumshoq tanglay esa biroz ko‘tariladi. Tilning orqa qismi va yumshoq tanglay oralig‘idan sirg‘alib o‘tgan havo to‘lqini yumshoq tanglayni titratib shovqin hosil qiladi. K tovushi undosh jarangsiz til orqa yumshoq 96 1. H tovushi talaffuzi vaqtida artikulyatsiya organlari avvalgi tovushdek bo‘lib, butun nutq a’zolari erkin holatda bo‘ladi. Chiqayotgan havo oqimi hech qanday to‘siqqa uchramay, h undosh tovushini hosil qiladi. Q tovushi talaffuzi vaqtida tishlar oralig‘i bir barmoq kengligida ochiq bo‘lib, lablar erkin holatda turadi. Tilning chekka qismi yuqori tishlar qatoriga tegib turadi. Tilning orqa qismi va o‘zagi yoysimon shaklda egilib, yumshoq tanglayga tegib turadi. Bunda til o‘zak tomon tortilib, til bilan qattiq tanglay orasidagi masofa torayadi. 1. Havo oqimi toraygan masofani yorib, shovqinli q tovushini hosil qiladi. G’ tovushining talaffuzi paytida tishlar oralig‘i q tovushi talaffuzi vaqtidagidan kengroq ochilib, til uchi pastki tishlar qatoriga tegib turadi. Lablar q tovushidagidek ikki yonga tomon biroz tortiladi. Qattiq tanglay bilan til yuzasi oralig‘idagi masofa bir tekisda bo‘lmaydi. Chiqayotgan havo oqimi til orqa qismi va yumshoq tanglay orasidan sirg‘alib chiqib, ko‘tarilgan yumshoq tanglayni tebratadi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling