M. S. Maxmudova Logopediya (Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar)


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/70
Sana21.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1217689
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   70
Bog'liq
logopediya

Kappatsizmni tuzatish. K tovushini hosil qilishda bolaga ta-ta-ta bo‘g‘inini 
aytish taklif etiladi, shu vaqtning o‘zida maxsus zond yordamida tilning uchi 
bosilib, orqaga biroz itariladi. Bunda til orqa tomon surilgan sari ka-ka-ka bo‘g‘ini 
eshitiladi. K tovushi artikulyatsiyasi aniq hosil bo‘lgandan so‘ng mexanik 
vositalar yordamisiz k tovushini talaffuz etish tavsiya qilinadi va u bo‘g‘in, so‘z, 
gaplar, she’rlarni ayttirish yordamida mustahkamlanib boriladi. 
Q tovushini hosil qilishda asosan taqlid qilish usulidan foydalanish tavsiya 
etiladi. Buning uchun bola qarg‘aning qag‘illashiga (qa-qa-qa), tomoqning qattiq 
qirishga taqlid qilishi lozim. Bu jarayonni logoped avval bolaga ko‘rsatib beradi, 
so‘ng bola logopedga taqlid qilib, uni qaytaradi. Bu usul orqali hosil qilingan q 
tovushi avval bo‘g‘inlarda, so‘ng so‘zlarda, gaplarda, she’rlarda 
mustahkamlanadi. 


97 
Parakappatsizmda k, q tovushlari va x tovushlariga almashtirilishi nazarda 
tutilib, yuqorida bayon etilganlardan tashqari k, q va t, k, q va x tovushlarini bir-
biridan farqlash bo‘yicha og‘zaki va yozma mashqlar o‘tkaziladi. 
Xitizmni tuzatish. X tovushini hosil qilishda bolaga sa-sa-sa bo‘g‘inini 
aytish taklif etiladi, shu vaqtning o‘zida maxsus zond yordamida tilning uchi 
bosilib, orqaga bir oz itariladi. Bunda avvalo sya, so‘ngra til biroz ichkariroq 
itarilganda, xa bo‘g‘ini eshitiladi. X tovushining artikulyatsiyasi aniq hosil 
bo‘lgandan so‘ng mexanik vositalar yordamisiz x tovushini talaffuz etish tavsiya 
qilinadi va u bo‘g‘in, so‘z, gaplarda va she’rlarda mustahkamlanadi. 
Paraxitizmda x tovushi t va k tovushlariga almashtirilishi nazarda tutilib
yuqorida bayon etilganlardan tashqari x va t, x va k tovushlarini bir-biridan 
farqlash bo‘yicha og‘zaki va yozma mashqlar o‘tkaziladi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling