M. S. Maxmudova Logopediya (Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar)
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
logopediya
Ekstrapiramidali dizartriya (qobiq osti dizartriya).
Ekstrapiramidali tizim tez, aniq va differensial harakatlarni bajarish imkonini beruvchi tayyorgarlik foniniavtomatik tarzda yaratadi. U mushaklarning tonusini, mushaklar qisqarishining ketma-ketligi, kuchi va harakatchanligi boshqarishda alohida o’rin tutadi va harakat aktlarini emotsional ifodali, avtomatik tarzda bajarishni ta’minlaydi. Ekstrapiramidali dizartriyada tovushlar talaffuzida kamchiliklar aniqlanadi: – nutqiy mushaklarda mushak tonusini o’zgarish; – zo’riqish harakatlari mavjudligi (giperkinezlar); – nutqiy mushaklardan propritseptiv afferentatsiya kamchiliklari; – emotsional – harakat innervatsiya kamchiliklari. Ekstrapiramidali dizartriyada artikulyatsiya apparati mushaklarining harakatlari hajmi psevdobulbar dizartriyadan farqli ravishda yetarlicha rivojlangan bo’ladi. Bola doimo o’zgaruvchi mushaklar tonusi va zo’riqishli harakatlar ta’sirida artikulyatsiya holatini his etishga va bajarishga qiynaladi. Shuning uchun, ekstrapiramidali dizartriyada ko’p hollarda kinestetik dispraksiya kuzatiladi. Nutq mushaklarini tinch turgan holatida mushaklarning yengil tebranishi (dispgoniya) yoki uning ma’lum ma’noda pasayishi (gipotoniya) kuzatilishi mumkin. His-hayajonli, ta’sirchan holatlarda nutqiy bayonni amalga oshirishda urinishlarda mushaklar tonusini va zo’riqishli harakatlarning ortishi kuzatiladi. Til tuguncha bo’lib, ildizi tomon tortiladi, juda tez zo’riqadi, tortiladi. Ovoz apparati va nafas mushaklari tonusining ortishi tovushni ixtiyoriy tarzda chiqishini yo’qotadi va bola bittagina tovushni ham talaffuz eta olmaydi. Mushak tonusining yaqqol namoyon bo’lgan kamchiliklarida nutq noaniq, tushunarsiz, 136 ovoz manqalarining ega bo’lib, nutqning ma’no tomonida, uning intonatsiyail- ohangli tuzilishida, tempida kamchiliklar kuzatiladi. Nutqning emotsional belgilari namoyon bo’lmaydi, nutq monoton, bir xil bo’ladi. Ovozni «O’chib qolib», tushunarsiz ming’illashga o’tishini kuzatish mumkin. Ekstrapiramidali dizartriyaning xususiyatlari – bu tovush talaffuzini turg’un va bir xil ko’rinishdagi kamchiliklarining kuzatilmasligi, Shuningdek, tovushlarni mustahkamlash jarayonining qiyinchilik bilan amalga oshirilishidir. Ekstrapiramidali dizartriya ayrim hollarda neyrosensor karlik kabi eshitish kamchiliklari bilan birgalikda keladi. Bunda avvalo, balanda tonlarni eshitish zararlanadi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling