M. S. Maxmudova Logopediya (Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar)


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/70
Sana21.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1217689
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   70
Bog'liq
logopediya

Nutqiy nafasni korreksiyalash. Nafas gimnastikasi umumiy nafas 
mashqlaridan boshlanadi. Uning asosiy maqsadi nafas hajmini oshirish va uning 
ritmini normallashtirishdir. 
Bolaning og’zi yopiq holda burun teshiklarini navbatma-navbat yopib nafas 
olishga o’rgatiladi. Nafas olishni chuqurlashtirish uchun bolaning burun teshigi 
yonida «nafas yelpig’ichi» hosil qilinadi. 


145 
Burundan nafas chiqarishni o’rganish bo’yicha mashqlar o’tkaziladi. Bolaga 
og’zini ochmasdan «chuqur nafas ol va cho’zib burun orqali chiqar» deb 
ko’rsatma beriladi. 
Keyingi mashqlar og’izdan nafas olishni rivojlantirishga qaratiladi. Logoped 
bolaning burnini yopib alohida unli tovush yoki bo’g’inlarni talaffuz qilishni 
so’rashga qadar o
ғizdan nafas olish taklif qilinadi. 
Nutqiy nafasni korreksiyalashda «qarshilik mashqlaridan» ham foydalaniladi. 
Bola og’izdan nafas oladi. Logoped nafas olishga qarshilik qilgandek, 1 – 2 
sekund davomida qo’lini bolaning ko’kragiga qo’yadi. Bu ancha chuqur va tez 
nafas olishga va uzoq nafas chiqarishga imkon yaratadi. 
Nafas mashqlari har kuni 5 – 10 minut davomida o’tkaziladi. Ushbu 
mashqlarni bajarishda nafas chiqarish vaqtida logoped unli tovushlarning turli 
qatorini talaffuz qiladi va bolani unga taqlid qilishga undaydi va bunda ovozni 
balandligini o’zgartiradi. So’ngra bolani undosh tovushlarni alohida va unli 
tovushlar bilan birgalikda talaffuz qilishga undaydi. 
Dinamik va statik nafas mashqlari mavjud. 
Nafas mashqlarini o’tkazishda bolaning toliqib qolmasligiga yelka va
bo’yin muskullarini taranglashtirmasligiga ahamiyat berish lozim. Mashqlar
sanoq ostida yoki musiqa jo’rligida bajarilishi lozim. 
Nafas mashqlari ovqatlanishga qadar yaxshi shamollatilgan xonada 
o’tkaziladi. 
Artikulyatsion harakat sezgilari va artikulyatsion praksisni rivojlantirish. 
Harakat-kinestetik bog’lanishlarni rivojlantirish uchun quyidagi mashqlarni 
o’tkazish zarur. 
Pastki jag’ni yuqoriga ko’tarish va pastga tushirish. Tilni yuqori va pastki 
milklarga tekkizish. Logoped mashqlarni avval oyna oldida, so’ngra oynasiz 
bajaradi, bolaning ko’zlari yumiq, logoped u yoki bu harakatlarni bajaradi, bola 
esa ularni nomlaydi. 
Quyidagi artikulyator sensor sxemada mashq qilish zarur: 


146 
– lablararo: lablar passiv jipslashadi va shu holatda ushlab turish. Bolaning 
diqqati jipslashgan lablarga qaratiladi va undan lablar o’rtasidan ularning 
jipslovini buzib puflash taklif qilinadi
– lab-tish aro: chap qo’lni ko’rsatkich barmog’i
bilan logoped bolaning 
yuqori labining tepa tishlarini ko’rsatib ko’taradi, o’ng qo’linint ko’rsatkich 
barmog’i bilan pastki labni yuqori milklarigacha ko’taradi va bolaga puflash taklif 
qilinadi; 
– til-tish aro: til tishlar o’rtasiga qo’yiladi va shu holatda ushlab turiladi
– til-tanglay: bolaning boshi birmuncha orqaga egiladi, tilning orqa qismi 
qattiq tanglayga ko’tariladi, boladan yo’talish harakatlarini bajarish so’raladi va 
diqqati til hamda tanglay sezgilariga qaratiladi. 
Artikulyatsion praksisni rivojlantirishda erta boshlangan logopedik ish, 
bolaning nutqiy tajribasini kengaytirish va boyitish, maxsus bo’yin mashqlari 
katta ahamiyat kasb etadi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling