M satriy kattaliklar bilan ishlash


Download 31.38 Kb.
Sana30.10.2023
Hajmi31.38 Kb.
#1734841
Bog'liq
AlgoritmMT2


MT2. Satriy kattaliklar bilan ishlash
C# dasturlash tilida satr bilan ishlash uchun String ishlatiladi. String o’zgaruvchisi ikkita tirnoq (" ") bilan o’ralgan belgilar to’plamini o’z ichiga oladi. string kalit so’zi String uchun taxallus hisoblanadi, ya’niki string && String so’zlari o’zaro tengdir va qaysi ko’rinishdan foydalanish esa dasturchining xohishiga bog’liq. string tipidagi o'zgaruvchi eng ko'pi bilan 2 Gb ma'lumotni, yoki 1073741791 ta belgini saqlashi mumkin.


String sinfi metodlari:
CompareTo() – berilgan satrni boshqa bir satr bilan solishtiradi va bizga bool ya’ni True/False qiymatda javob qaytaradi

string str1 = "Hello";


string str2 = "World";
bool IsSame = str1.CompareTo(str2) == 0;

ToLower() – berilgan satrdagi barcha harflarni kichik harflarga o’zgartiradi


string str1 = "Hello, WORLD !";


string str2 = str1.ToLower();
Console.Write(str2);

ToUpper() – berilgan satrdagi barcha harflarni katta harflarga o’zgartiradi


string str1 = "Hello, World !";


string str2 = str1.ToUpper();
Console.Write(str2);

Split() – berilgan satrni biz kiritgan belgi ajratib turgan qismlarga bo'ladi va yangi massivga yuklaydi:


string satr = "satr,ustun,katakcha";


string[] massiv = satr.Split(',');
foreach (string a in massiv)
Console.WriteLine(a);

StartsWith() – berilgan satr biz kiritgan satr bilan boshlanganmi yoki yo'qligini tekshiradi. bool tipida qiymat qaytaradi.


string str1 = "Hello World";


string str2 = "He";
bool result = str1.StartsWith(str2);

Contains() – berilgan satr tarkibida ko’rsatilgan satr yoki belgi bor yoki yo’qligini tekshiradi. Agar bor bo'lsa true, aks holda false qiymat qaytaradi.


string str1 = "Hello World";


string str2 = "bye";
bool result = str1.Contains(str2);
Console.Write(result); Console.Write(str1.Contains("rld"));
Console.Write(str1.Contains('a'));

IndexOf() – berilgan satr tarkibida kor’rsatilgan satrni indeksini topib, bizga int tipida qaytarib beradi. Agar berilgan satr tarkibida biz ko'rsatgan satr mavjud bo'lmasa, -1 ni qaytaradi.


string str1 = "Hello World";


string str2 = "lo";
int result = str1.IndexOf(str2);

Substring() – berilgan satrning ko’rsatilgan diapazondagi qismini qirqib olib, bizga qaytaradi


string str1 = "Hello World";


string str2 = str1.Substring(1, 4);

IsNullOrEmpty() – berilgan satrni bo’sh yoki null ekanligini tekshiradi. Agar satr bo'sh bo'lsa yoki qiymati null ga teng bo'lsa true, aks holda false qiymat qaytaradi.


string name = "";


bool IsEmpty = String.IsNullOrEmpty(name);

Concat() – berilgan ikki satrnni birlashtiruvchi funksiya


string FirstName = "Farrukh";


string LastName = "Kholmatov";
string name = string.Concat(Firstname, Lastname);

String.Format - satr va obyektlar ustida bir vaqtning o’zida ishlash imkonini beradi


string name = "Petr";


int year = 45;
string str = String.Format("Hello {0}, {1}", name, year);
int a = 5;
int b = 7;
string result = $"{a} + {b} = {a + b}";
Download 31.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling