M. T. Saidovichning texnika fanlari nomzodi disertatsiyasi malumotlariga koʼra mdhning Oʻrta Osiyo mintaqasidagi glinozyom ishlab chiqarish boʼyicha birlamchi va ikkilamchi kaolinlarning Angren Oʻzbekiston Respublikasi
Download 146 Kb.
|
KAOLIN KONLARI HAQIDA
Zarafshon mintaqasida joylashgan konlar haqida malumotlar quyidagi maqolalarda [5,9] keltirilgan malumotlarga koʼra Oʻzbekistonda 77 ta kaolin koni mavjud boʻlib, ulardan 22 tasi Zarafshon vodiysida joylashgan boʼlib Gʼarbiy Oʼzbekistonda quyidagi zahiralarga ega boʼlgan bir qancha istiqbolli kaolin konlari mavjud: [5] Oltintov tizmasining janubi-sharqida: A + B + C1 - 5403 ming t, C2 - 6934 ming t; Oltintov tizmasining shimoli-gʼarbiy qismida: B + C1 - 4048,5 ming t; Zaxquduq konida: P2 - 123,75 mln.t.; Orozali konida: P2 - 5000 ming tonna; Alyans konida: B + C1 - 1352 ming tonna, C2 - 608 ming tonna, P1 + P2 - 3,7 million tonna; Karnabskoye konining gʼarbiy qismida: P2 - 1796 ming tonna, sharqiy qismida: P2 - 576 million tonna [5]. Bulardan tashqari O’zbekistonda yirik kaolin konlari qatoriga Angren koni ham kiradi. Quyidagi rasmda kaolinning tashqi kurinishi tasvirlangan. ] Angren kaolin konining xaritasi M.T.Saidovichning texnika fanlari nomzodi disertatsiyasi malumotlariga koʼra MDHning Oʻrta Osiyo mintaqasidagi glinozyom ishlab chiqarish boʼyicha birlamchi va ikkilamchi kaolinlarning Angren (Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent viloyati) koni hamda Yablonovskoye koni (Qozogʻiston Respublikasi) mavjud boʻlib, mintaqamizda keramika ishlab chiqarishda va texnik glinozyom ishlab chiqarishda foydalanilmoqda. Quyidagi jadvalda Angren koni kaolinining birlamchi va ikkilamchi kaolinlarining tarkibi keltirilgan [10. 20-bet]
Kaolin xomashyosi konlari zahirasi bo‘yicha bir nechta guruhlarga bu xaqdagi ma’lumotlar [94;2-3b.] manbada ba’tafsil keltirib o‘tilgan. Jaxon miqyosidagi aniqlangan kaolin zahirasi 15 mlrd tonnadan ortiqni tashkil etishi haqidagi [95;14-19 b.] manbada ma’lumotlar keltirilgan. Quyidagi rasmlarda kaolin xomashyosini foydalanish sohalari va MDH mamlakatlridagi zahiralari haqida ma’lumotlar keltiriladi [96; 6-17 b]. 1. Ukraina; 2. O‘zbekiston; 3. Rossiya; 4. Qozog‘iston; 5. Turkmaniston; 6. Gruziya. MDHda kaolin xomashyosini tarqilishi. 1.Qog‘oz sanoati; 2. Silikat materiallari; 3. Kimyo sanoati; 4. Sanoatning boshqa sohalari. Kaolin xomashyosini ishlatilish sohalari. Download 146 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling